Mualliflar

  • Guloyim Mirzaabdullayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74176

Kalit so‘zlar:

Inkulyuziv ta’lim huquq maxsus ta’lim korreksion alohida ta’lim

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi
ya’ni inkulyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inkulyuziv ta’limning huquqiy asoslari
haqida fikr yuritiladi. Inkulyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar va Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

230

INKULYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI

Mirzaabdullayeva Guloyim Ergashboy qizi

ADPI, Maktabgacha ta’lim pedagogika

va psixologiyasi yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi

ya’ni inkulyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inkulyuziv ta’limning huquqiy asoslari
haqida fikr yuritiladi. Inkulyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan
qarorlar va Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan.

Kalit so‘z:

Inkulyuziv ta’lim, huquq, maxsus ta’lim, korreksion, alohida ta’lim,

pedagog, imkoniyati cheklangan.

Inkulyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib , imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar

o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish , maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra
nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy
qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijyimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim
jaryoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.

Inkulyuziv ta’lim (ing. Inclusive uyg‘unlashmoq , qamrab olmoq , qamrab olish)

ma’nolarini bildiradi.

O‘zbekistonda inkulyuziv ta’limning takomillashtirish alohida ta’lin ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda ularga ko‘rsatiladigan
ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020- yil 13- oktyabrda “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi ( PQ 4860 ) qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorda alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar to‘g‘risida quyidagi fikrlar
bayon etilgan.

·

inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;

·

inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta

tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;

·

inklyuziv

ta’lim

joriy

etilgan

muassasalarning

moddiy-texnika

bazasi

mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va
boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va
jihozlar bilan ta’minlanadi;

·

inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va

innovatsion loyihalar joriy etiladi;

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv

o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit
shakllantiriladi;

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada

bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

·

inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining

faoliyatiga joriy qilinadi.

Inkulyuziv ta’lim tizimi yurtimizga yangi kirib kelayotgan ta’lim ta’lim tizimi

bo‘lganligi sababli muammolari hali to‘liq bartaraf etilmagan. Bugungi kunda alohida
ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun maktab va internatlar ochilgan . Imkoniyati
cheklangan bolalar inkulyuziv ta’lim sinflari va va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflariga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan guruhlarga ajratiladi.

Quyidagilar qabul qilinadi:


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

231

1.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar – (eshitish qobilyatining yo‘qotilishi 60

Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar).

2.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar – (ko‘rish qobilyatining buzilishi 0,1 gacha

bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar).

3.

Somatik kasalliklari – (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga

mos kelmaydigan bolalar).

4.

Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar – (alaliya, dislaliya, afaziya,

rinolalaliya, dizartiya, psixik – nutqiy rivojidagi sustlik duduqlanish).

5.

Tayanch – harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar – ( bolalar serebral

falaji, sokolioz, poliomuyelit, miopatiya, osteomiyalit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining
yetishmasligi – pakanalik).

6.

Aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch – harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan

bolalar.

7.

Aqliy rivijlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar –

( serebel falaji – o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik
aravachasida harakatlanadigan bolalar).

8.

Intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy

rivojlanishda orqada qolgan bolalar.

9.

Hulq – atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistic spektri buzilgan

bolalar.

10. Intellektual rivojlanishi saqlanib qolgan , tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar- (

agar bola anticonvulsant dorisini qabul qilganda tutqanoq 1 oyda 1 marotabadan
oshmagan paytda).

Quyidagi bolalar qabul qilinmaydi :

1.

Aqli o‘ta zaif bolalar – (imbisil , idiotiya darajasidagi oligrifeniya).

2.

Xulq – atvorning og‘ir buzilishlari – ( hissiy – irodaviy sohasida organic

nuqsonlari bo‘lgan bolalar ).

3.

Tayanch – harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan mustaqil ravishda harakatlana

olmaydigan va o‘z – o‘ziga hizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar.

4.

Ko‘r – kar – soqov bolalar.

5.

Tez – tez takrorlanadigan epileptic tutqanoqdan aziyat chekadigan ( epileptik

demensiya kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘I tez – tez takrorlanadigan bolalar ).

6.

Markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab

turolmaydigan bolalar.

Yurtimizda bolalar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi

konvensiya “ qabul qilingan . Kanvensiyada quyidagilar bayon qilingan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar

alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari,
ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi
majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va
yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi
sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt,
mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etilgan.1924 yilgi
Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda
tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

232

muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro
tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilgan

Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan

shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi
organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari
yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.

Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan

himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha
uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda
tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-
tadbirlarni ko‘radilar.

Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish

uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan
belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi
xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai
nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Выготский

Л

.

С

.

Дефект

и

сверхкомпенсация

// “

Проблема

дефектологии

” M.,1996.-C.42.

2.

Maktablar hamma uchun - Save the children – 2002y

3.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. 2020 – yil 13 – oktyabr ( PQ4860).

4.

Pulatov Sh. N. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy –

siyosiy vaziyat . Academic Research In Educational Sciences . Volume 1 . 2020 .
468474 P.

Bibliografik manbalar

Выготский Л . С . Дефект и сверхкомпенсация// “Проблема

дефектологии” M.,1996.-C.42.

Maktablar hamma uchun - Save the children – 2002y

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. 2020 – yil 13 – oktyabr ( PQ4860).

Pulatov Sh. N. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy –

siyosiy vaziyat . Academic Research In Educational Sciences . Volume 1 . 2020 .

P.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари