Mualliflar

  • Guloyim Mirzaabdullayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Guloyim Mirzaabdullayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiyasi yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86233

Kalit so‘zlar:

: Inklyuziv ta’lim huquq

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar va Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

517

INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQIY ASOSLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiyasi yo‘nalishi

talabasi Mirzaabdullayeva Guloyim Ergashboy qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15236889

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni

inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr
yuritiladi. Inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar va
Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan.

Kalit so‘z:

Inklyuziv ta’lim, huquq, maxsus ta’lim, korreksion, alohida ta’lim, pedagog,

imkoniyati cheklangan.

Inkulyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar

o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra
nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan
qat’iy nazar ijyimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jaryoniga qo‘shishni
ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim (ing. Inclusive uyg‘unlashmoq, qamrab olmoq,
qamrab olish) ma’nolarini bildiradi. O‘zbekistonda inkulyuziv ta’limning takomillashtirish
alohida ta’lin ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda
ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020- yil 13- oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya
berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ 4860) qarori qabul
qilindi. Mazkur qaror bilan 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inkulyuziv ta’limning
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha 2020-2021-
yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasqidlandi. Inkulyuziv ta’lim tizimi yurtimizga yangi kirib
kelayotgan ta’lim ta’lim tizimi bo‘lganligi sababli muammolari hali to‘liq bartaraf etilmagan.
Bugungi kunda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun maktab va internatlar ochilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalar inkulyuziv ta’lim sinflari va va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflariga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan guruhlarga ajratiladi.

Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam
huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila
va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega
bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga
erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil
qilgan holda,

bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila

g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib,
bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida
e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va
birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya
qilish zarurligi 1924-yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda
tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan
muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro
tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilgan. Bolalarga nisbatan barcha xatti-
harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy
muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-
yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари