“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
610
MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALARNI BILISH JARAYONLARINI
SHAKLLANTIRISH VA MAKTAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH
Andijon Davlat pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” fakulteti
“Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiyasi”
yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Turdaliyeva Gulira’no Latibjon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarning xotirasini psixologik o‘yinlar yordamida
rivojlantirish haqida söz yuritildi. Va bu o‘yinlarni bevosita ota - onalar o‘z farzandlari bilan
o‘tkazishi va ota - onalarda psixologik bilimlarni shakllantirish haqida fikrlar baham korildi
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta`lim, psixologik tayyorlash, bolalarni bilish jarayonlari.
Xozirgi ilm-fan asri bo‘lgan globallashuv asrida yashayotgan ekanmiz biz zamon bilan
hamnafas rivojlanishimiz, intilishimiz kerak. Albatta Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev aytganidek
“Najot ta’limda, najot tarbiyada najot bilimda”.
Vatan taqdirini yoshlar hal qilishi bugungi kunda barchamizga birdek ayondir. Va albatta,
yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bejiz emas. Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun komil
insonlar tarbiyalash dolzarb masala bolib qoldi. Zero, berinchi prezidentimiz I. A. Karimov shunday
deb takidlagan: “Komil inson deganda biz, avvallo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bunday kishilarni
tarbiyalash uchun albatta pedagoglar ham balki ota-onalar ham birdek mas’uldir. Agar ota onalar
farzandiga psixologik aqliy yordam bera olsalar bu farzand albatta yuqori marralarga erishadi.
Barchamiz aqliy, jismoniy manan so‘zlarni tushunamiz lekin nima uchun psixologik yordam deb
o‘ylashimiz mumkin. Ota - ona farzandiga qanday qilib psixologik yordam beradi ? Albatta yordam
beradi.
Agar biz ota-onalarning psixologik saviyani oshirsak, ularda oddiy o‘yin orqali ham
farzandining xotirasi, diqqati, tafakkuri va fikrlash doirasini rivojlantirish mumkin ekanligini
tushuntira olsak, demakki ota-onalar o‘z farzandi onggining rivojlanishiga katta yordam bera oladi.
Psixoprofilaktika va psixologigiyenani biz albatta oiladan boshlashimiz darkor. Xo‘sh ular o‘zi
nima?
Psixoprofilaktika - ruhiy kasalliklar va buzilishlarning yuzaga kelishiga omil bo‘lgan
sabablarni o‘rganish ularni o‘z vaqtida bartaraf etish.
Psixogigiyena - odam ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashtirishdir. Agar ota - onalar
ozgina bo‘lsada farzandlari ruhiyatiga e’tibor berslalar nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Chunki ruhiyatan
sog‘lom bola ham aqlan ham ma’nan yetuk bo‘ladi. Buning uchun ota - onlalardan katta narsa ta’lab
qilinmaydi. Oddiy o‘yinlar orqali ham bolalarning xotirasini, diqqatini, umuman olganda ruhiyati
bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini rivojlantirish mumkin hisoblanadi.
Quyida biz bola xotirasini rivojlantiruvchi psixologik o‘yinlar bilan tanishishdan avval xotira
haqida to‘xtalib o‘tsak.
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash,
keyinchalik ularni elash yoki xotirlash jarayonidir. Ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga
shunday ta’rif beriladi. Individning o‘z tajribasida eslab qolishi, esda saqlashi va uni esga tushirishi
xotira deb ataladi. Xotiraga taniqli olim, professor E. Soziyer shunday ta’rif bergan “Xotira atrof-
muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravaishda, passiv va faol
holda reproduktiv va produktiv tarzda
verbal va noverbal shaklda mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks etiruvchi esda olib qolish, esda
saqlash, qayta esgatushirish va unutishdan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon
qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik
faoliyatdir. Demak, xotira juda keng qamrovli jarayon. Kishinining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli
ta'sir ko‘rsatadi. Agar bola biror narsaga qiziqsa uni juda yaxshi xotiralaydi. Agar qiziqmasa esda
saqlashi ham yomon boladi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar
ongda chuqur iz qoldiradi, uzoq yodda qoladi. samarali xotira kishining iroda sifatlariga bog‘liq.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
611
Irodasiz, dangasa kishilar han doim yuzaki yomon xotirlaydi. Irodali kishilar esa puxta va
chuqur yodda saylaydilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga,
bilimiga, fikrlash qobiliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak biz farzandimizning xotirasini
rivojlantirsak uni har tomonlama rivojlantirgan bo‘lamiz.
Figuralarni ta'nib ol o‘yini " O‘yin maqsadi bolalardo diqqat, xotira, tahlil qilish qobiliyatini,
mayda matorikani rivojlantirishga qaratilgan. Bolalar rang va shakliga qarab figuralarni ajratishlari
kerak. 16 ta turli rangdagi geometrik shakllar aralashtiriladi. Bolalar ularni ma’lum vaqt davomida
rangi qarab ajratadilar
“O‘zing top" Birorta gazeta yoki jurnalni olib, undagi matndan biror harf, masalan A yoki B ni
o‘chirishini topshiring. U duch kelgan joydan emas, o‘chirish jarayonini qatorma qator qilsin. Bu
bolada tezkorlikni rivojlantiradi.
“O‘nta sózni eslab qol" o‘yini Ushbu o‘yin bolalarning so‘z boyligini oshirish, ularning nutqini
o‘stirish, xotirasini rivojlantirish maqsadida olib boriladi. Bolalarga o‘nta so‘z aytiladi. Imkoni bo‘lsa,
ushbu so‘zlar ifodalanayotgan predmet - buyum rasmi ko‘rsatiladi. Bola ham narsaning sur’atini
ko‘radi, ham nomini eshitadi. O‘yin davomida sur'atdagi narsalarni bola qayta aytib berish kerak.
“Eslab ayt o‘yini” Bu o‘yinda ota-ona nonushtaga nima yedik?", "Sayr paytida nimalarni
ko‘rding?", “Kecha qaysi rangdagi kiyimni kiygan eding?" kabi savollarni beradi. Bu usulni ko‘p
marta takrorlagach, bola ham eslab qolishga o‘rganadi, ham unda kuzatuvchanlik ortadi.
“Surat chiz" o‘yini. Bu o‘yinda bolaga biroz sur’at kórsatiladi, sóng sur’at yashiriladi. Bola
sur’atda eslab qolganlarini chizadi.
Bu o‘yinlar oddiy ahamiyatsizdek ko‘rinishi mumkin, lekin, shu oddiy o‘yinlar yordamida bola
xotirasini rivojlantiradi. Xotira bilan bir qatorda uning barcha ruhiy jarayonlari shakllanadi. Buning
uchun onalardan ozgina psixologik bilim, e'tibor va mehr talab qilinadi, xolos. Aynan ota-orasi bilan
o‘tkazgan vaqt bola uchun ahamiyatlidir Zero, ko‘zlari munchoqdek, ilmga chanqoq bo‘lgan bu
bolalar ta’lim tarbiyasi uchun ota-onalar ham, pedagoglar ham birdek mas’uldir. Bugunimiz ertasi
bo‘lgan bu bolalar, Vatanimiz - Yangi O‘zbekiston kelajagini hal qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh. M. Mirziyoyev Prezident nutqidan
2. I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda - T „O‘zbekiston" 1999
3. F.A. Xaydarov N.R. Xalilova Umumiy psixologiya - Toshkent – Innovatsiya – Ziyo
4. Nasiba
Е
rxonova Shoira Isakova “Psixolog kitobi" - Toshkent, Evrila" 2021
5. https//tafakkur.
6. Abdulmadjidova, M. (2021). Muloqot–bola psixik rivojlanishining muhim omili.
Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 1(6), 614-617. abdulmadjidova, m. (2021).
muloqot–bola psixik rivojlanishining muhim omili. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy
jurnali, 1(6), 614-617.
