Mualliflar

  • Manzura Qodirova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74208

Kalit so‘zlar:

Diqqat shaxs pedagog bilish jaroyonlari ong

Annotasiya

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy faolyatida diqqatning o‘rni va diqqatning
sezish jaroyonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jaroyonlarida har doim ishtirok etishi
haqida fikr yuritiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

583

SHAXSNING KASBIY FAOLYATIDA DIQQATNING O‘RNI.

Qodirova Manzura Iftihorjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

“Maktabgacha ta’lim” yonalishi 102-gurux talabasi

Anotatsiya:

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy faolyatida diqqatning o‘rni va diqqatning

sezish jaroyonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jaroyonlarida har doim ishtirok etishi
haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Diqqat, shaxs, pedagog, bilish jaroyonlari,ong,adabtatsiya,individ.

Diqqat kishi faolyatining barcha turlari, eng avvalo, mehnat o‘quv faolyati samaradorligi

muhim hisoblanadi. Insonlar teverak atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir
idrok qiladi, nimanidir faraz qiladi, nimadir haqida fikr yuritadi. Ongning muhim xossasi diqqat kabi
xususiyat bilan bog‘liqdir. Diqqat tushunchasi psixolog olimlar tomonidan bir qator ta’rif keltirgan.
Xususan, psixolog P.I .Ivanov tamonidan diqqat deb – ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir
obyektga faol qaratilishi hisoblanadi. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha
faolyatlarida albatta ishtirok etadi. Diqqatning muhim tamoni uning bir faolyat turidan boshqa bir
faolyat turiga o‘tishidir. Shaxsda diqqatni jamlash ko‘p hollarda o‘qituvchilarda ,pedagoglarda,
haydovchilarda asaosan katta o‘rin egallaydi. Pedagoglar tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va
talabalarni diqqatini jamlashda 45 minut 80 minut bir me’yorda ushlab turishi va qiziqtirishi lozim.
O‘quvchilarda bu jaroyon irodaviy zo‘riqmagan holda ro‘y berish kerak. Diqqatning o‘ziga xos
xusiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, eng murakkab faolyatni ham diqqatning ishtirokisiz
bo‘linishi, kulami parishonxotiralik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Parishonxotirlik diqqatning sabiy
tamoni tashkil etadi. Parishanxotirlik deganda ko‘pincha ishga nihoyat berilib ketish
tushuniladi.shunday paytda odam atrofdagi narsalar mutloqa payqamay qoyadi. Bolalarda
parishonxotirlik tez-tez uchrab turadi.Shaxs kasb tanlashda diqqatni o‘rni katta hisoblanadi.Kasblar
juda ham ko‘p, lekin ularni egallashda qiyinchiliklar, mashaqatlar uchraydi.Diqqatning bilish
jaroyoni uchun ahamyati alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir.Diqqat sezish jaroyonida, idrok qilishda,
xotira, xayol va tafakkur jaroyonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks etish
jaroyonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir.Diqqat barcha psixik jaroyonlarimizda qatnashsa ham, lekin
diqqatnining o‘zi hech narsani aks etmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida
uning tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Diqqat qaratilgn narsani yaxshi idrok
qilish uchun unga muvofiqlashiga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash quloq olish) qilinadi.
Yana ortiqcha harakat to‘xtaydi.Jiddiy diqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim
turishidir.Bunga misol: auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi
bo‘lib, bu jimlik odamlar ma’ruzachini yoki artistni zo‘r e’tibor bilan tinglashyotgani
anglatadi.Kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi Shaxs kasbiy
faolyatini puxta egalashda diqqat jarayoni muhim hisoblanadi.Inson ayrim narsalarga o‘z diqqatini
ongli ravishda o‘zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatini beixtiyor ya’ni bizning
hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Shunga diqqat ikki turga bo‘linadi: Ixtiyorsiz diqqat- rejasiz,
maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror ob’ektga to‘planishi. Ixtiyoriy diqqat-reja maqsad
iroda kuchi bo‘ladi. Odamlarning ko‘pchilik faolyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan
amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faolyat turlarida, ya’ni o‘qish, o‘yin va mehnat
faolyatlarida ixtiyoriy diqqatning ro‘li nihoyat ahamyatli.Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan
uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo‘lib,u zo‘r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf
qilishlikni talab qilinadi.Shuni aytish lozimki,ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan
almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi , chunki ixtiyoriy diqqat odamdan
hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab qiladi.Iroda kuchini sarflashni orqali, ya’ni odam o‘zini
majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odaamni charchatadi.Ixtiyorsiz diqqat esa hech qanday
irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.Shaxsni kasb faolyat egallashida diqqatning ixtoyoriy
to‘planganligi emas, balki uning mazmuni va jaroyonning o‘zi qiziqarligi va ahamyatli bo‘lsa
ixtiyordan so‘nggi diqqat deb tushunish mumkin.Bu holda faolyat kishini shu qadar qiziqtirib
yuboradiki, u diqqatni obyektga qaratish irodaviy kuch sezirali darajada sarflash shart bo‘midi. Shaxs


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

584

o‘zi qiziqqan kasbiy faolyatni o‘rganishda dastvval irodaviy kuch-g‘ayrat madadiga tayangan diqqat
ixtiyordan so‘ngi diqqatga aylanadi. Ixtiyordan so‘ngi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda
barqaror qaratilishiga bilan belgilinadi, ko‘proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faolyatning
barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqatning turi bilan
bog‘liq hisoblanadi.Odamlarning diqqati bir qancha xusiyatlariga ega bo‘lib, ulardan asosiylari-
diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko‘lami, bo‘linuvchanligi, ko‘chuvchanligi iborat.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Insonlarda diqqatning xususiyatlari hammda har xil

nomoyon bo‘ladi. Shunday qilib, diqqatning asosiy xususyatlari insonlarning faqatgini kasbiy
faolyatgina emas,balki barcha turdagi faolyatlari uchun muhim o‘rin egallaydi. Diqqatning bu asosiy
xususiyatlari tug‘ma berilmaydi irsiy ham o‘tmaydikan. Bu xususiyat insonlarning yoshlik chog‘idan
boshlab turli faolyat o‘yin, o‘qish mehnat faolyatlari jaroyonlari orqali tarkib topadi.

Foydalangan adabiyotlar:
1.M.X.ASRANBAYEVA,

D.D.ORIBBOYEVA,D.D.BOYMIRZAYEVA

“Bolalar

psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent “Tafakur avlodi”2023

2.F.I. XAYDAROV, N.I.XALILOVA. “Umumiy psixologiya”Toshkent” INNOVATSIYA-

ZIYO 2019

3. htts://azkurs.org/diqqat/-va-uning-xususiyatlari.html?page=4
4.https://www.savol-javob.com/diqqat-va-uning-xususiyatlari

Bibliografik manbalar

M.X.ASRANBAYEVA, D.D.ORIBBOYEVA,D.D.BOYMIRZAYEVA “Bolalar

psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent “Tafakur avlodi”2023

F.I. XAYDAROV, N.I.XALILOVA. “Umumiy psixologiya”Toshkent” INNOVATSIYA-

ZIYO 2019

htts://azkurs.org/diqqat/-va-uning-xususiyatlari.html?page=4

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари