Mualliflar

  • Manzura Qodirova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Manzura Qodirova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat  pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86320

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha yosh diqqatni jamlash rivojlanish jarayonlari

Annotasiya

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqatini jamlash va uni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, bolalar psixologiyasining dastlabki bosqichlarida diqqatning qanday shakllanishi va rivojlanishi haqida ilmiy yondashuvlar taqdim etiladi. Shuningdek, bolalarning diqqatini jamlashni rag‘batlantirish uchun o‘yinlar, mashqlar va pedagogik metodlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Maqola diqqatning o‘zgaruvchan va individual xususiyatlari, shuningdek, bu jarayonga turli tashqi va ichki omillarning qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikrlar bilan boyitilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

272

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING DIQQATINI JAMLASH

ORQALI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Qodirova Manzuraning Iftixorjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230695

Annotatsiya

. Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqatini jamlash va uni

rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, bolalar psixologiyasining
dastlabki bosqichlarida diqqatning qanday shakllanishi va rivojlanishi haqida ilmiy yondashuvlar
taqdim etiladi. Shuningdek, bolalarning diqqatini jamlashni rag‘batlantirish uchun o‘yinlar,
mashqlar va pedagogik metodlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Maqola diqqatning
o‘zgaruvchan va individual xususiyatlari, shuningdek, bu jarayonga turli tashqi va ichki
omillarning qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikrlar bilan boyitilgan.

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha yosh, diqqatni jamlash, rivojlanish jarayonlari, bolalar

psixologiyasi, pedagogik metodlar, o‘yinlar va mashqlar, ta’lim jarayoni, tashqi va ichki omillar.

Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos ravishda faoliyatni boshqarish,

diqqatni jamlash va maqsadga erishish jarayonlarini tushuntirish kerak. Chunki, maktabgacha
yoshdagi bolalar o‘z faoliyatlarini ongli ravishda boshqarish, imkoniga ega emaslar, shuning
uchun ularning faoliyatini turli yosh bosqichlariga qarab boshqarish usullari farq qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik jihatdan sog‘ligi juda muhim, chunki bu yoshdagi
bolalar o‘z shaxsiyatlarini, hissiyotlarini va ijtimoiy munosabatlarni shakllantira boshlaydilar.
Psixologik sog‘lik nafaqat bolalarning hissiy holati, balki ular o‘zlarini qanday anglashlari,
boshqalar bilan munosabatda bo‘lishlari va dunyoqarashlarini shakllantirishlariga ta'sir qiladi.
Quyida, maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik sog‘ligi qanday bo‘lishi kerakligini yoritib
beraman: O‘zini anglash va o‘zlikni qabul qilish:Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar
o‘zlarini anglashni boshlaydilar. Ular o‘zlarini va boshqalarni ajratishga, shaxsiy chegaralarni
belgilashga harakat qiladilar. Bu jarayon bolaning o‘zlik hissini rivojlantirishga yordam beradi.
sog‘lom o‘zlik hissi va o‘zini anglash — bu jarayonlarning rivojlanishi yoshga qarab o‘zgaradi va
har bir bolaning imkoniyatlari farq qiladi. Bu nafaqat bola yashayotgan sharoitlar, balki uning
shaxsiy rivojlanishiga, temperamentiga va atrof-muhitga ham bog‘liq. Sog‘lom o‘zlik hissi ya'ni,
o‘zini qadrlash va o‘ziga ishonish bola psixologiyasida juda muhim, lekin bu bolaning rivojlanish
darajasi va yoshiga mos holda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali o‘z-o‘zini anglash
va o‘zlikni qabul qilishni to‘liq amalga oshira olishmaydi, lekin ular asta-sekin bu jarayonni
o‘zlashtiradilar. Bolalarni diqqatini jamlash orqali bilim berish — bu maktabgacha ta'lim
jarayonida juda muhim va samarali usul. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatlarini uzoq vaqt
davomida biror narsaga jamlashda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, chunki ularning
diqqat qobiliyati hali rivojlanmagan. Shuning uchun, bolalarning diqqatini jamlash va unga
asoslanib bilim berish jarayonini quyidagi usullar yordamida amalga oshirish mumkin.

Bola diqqatini jamlash uchun faoliyat qiziqarli va interaktiv bo‘lishi kerak. Bolalar o‘zlari

qiziqayotgan va faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarga ko‘proq e'tibor
beradilar. O‘yinlar orqali bolalarni faol ishtirok etishga undash mumkin. Masalan, ranglar yoki
shakllar bilan bog‘liq o‘yinlar, hayvonlar haqidagi o‘yinlar yoki masalalar bolalarning diqqatini
jamlashni osonlashtiradi.Bolalar bilan faol muloqot qilish, ular bilan qo‘shma ishlarni bajarish,
masalan, rasm chizish, modellash, yoki qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish, diqqatni jamlashda
samarali bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim faolyat eng asosiy inobatga olinadigan holat mazmunli qisqa
va maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bo‘lishi kerak, chunki bolalar uzun vaqt davomida biror
narsaga e'tibor bera olishmaydi. Shuning uchun, mashg‘ulotlarni qisqa, lekin samarali qilish zarur.
Har bir mashg‘ulotning aniq maqsadi bo‘lishi kerak, bu bolalarga nima uchun ishlayotganliklarini
tushunishga yordam beradi. Qisqa muddatli mashg‘ulotlar: 5-10 daqiqa davomida biror


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

273

mashg‘ulotga e’tibor berish bolalar uchun yaxshi bo‘ladi. Bunda ular diqqatni jamlab,

qisqa va aniq maqsadni amalga oshiradilar. Maqsadni aniqlash: Har bir mashg‘ulotning
boshlanishida bolalarga uning maqsadi tushuntirilishi kerak. Masalan, “Bugun biz ranglarni
o‘rganamiz va ular bilan rasm chizamiz!” degan tarzda. Ushbu faolyatlar davlat nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh guruhlariga mos ravishda bo‘lishi lozim.

Birinchi guruh: Kichik yoshdagi bolalar(3-4 yosh ). Bu yoshdagi bolalar uchun faoliyatni

boshqarish juda oddiy va intuitiv bo‘lishi kerak. Bolalar bu yoshda ko‘proq o‘yinlar orqali
o‘rganishadi, diqqatni qisqa muddatga jamlay olishadi va ularning faoliyati ko‘pincha tasodifiy va
spontandir.

Faoliyatni boshqarish: Kuchaytirish, susaytirish, tezlashtirish, sekinlashtirish Faoliyatni

kuchaytirish: Ushbu yoshdagi bolalar uchun faoliyatni kuchaytirish, ko‘proq jismoniy va qiziqarli
o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, ularga rangli o‘qlar yoki shakllar yordamida ta'lim
berish. Faoliyatni susaytirish: Bu yoshda bolalar qisqa muddatli e'tibor va faoliyatga ega, shuning
uchun agar faoliyat uzoq davom etsa yoki ular charchasa, dam olish vaqti kerak bo‘ladi. Faoliyatni
tezlashtirish: Kichik yoshdagi bolalar uchun tezlashtirish ko‘proq qiziqarli va rag‘batlantiruvchi
elementlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, o‘yinlar orqali faoliyatni tezlashtirish mumkin.
Faoliyatni sekinlashtirish: Agar bola faoliyatga diqqatini jamlay olmayotgan bo‘lsa yoki
charchagan bo‘lsa, faoliyatni sekinlashtirish va unga dam olish imkoniyati yaratish zarur. 5-6
yoshdagi bolalar uchun faoliyatni boshqarish va yo‘naltirish, ularning mustaqil ishlash qobiliyatini
rivojlantirishga yordam berishi kerak. Bu yoshdagi bolalar ko‘proq o‘zlariga ishongan holda
harakat qilishni boshlaydilar, lekin ular hali ham qo‘llab-quvvatlash va yo‘l-yo‘riqqa muhtoj.
Ularni samarali yo‘naltirish uchun bir necha amaliy usullarni qo‘llash mumkin. Bolalarga aniq va
sodda vazifalar berish, ular faoliyatni boshqarishda o‘zlarini ko‘proq erkin va ishonchli his
qilishlariga yordam beradi. Vazifalar qanchalik oddiy va aniq bo‘lsa, bolalar shunchalik
muvaffaqiyatli bajaradilar. Ijobiy Rag‘batlantirish va Tashakkur Bolalar muvaffaqiyatli bajarilgan
har bir kichik vazifani baholash va rag‘batlantirishni yaxshi ko‘radilar. Bu ularni keyingi vazifaga
rag‘batlantiradi va faoliyatni davom ettirishga undaydi. Har bir faolyatni oxirida rag‘bat qilish
kerak va kichik maslahatlar berish lozim. Bolalar 5-6 yoshda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantira
boshlaydilar. Ularni guruhda faoliyatni boshqarish va boshqalar bilan hamkorlikda ishlashga
yo‘naltirish muhim.Masalan: “Hamma o‘yinchoqlarni bo‘lishing, bir-biringizga yordam berishga
harakat qiling”. Navbat kutish va birgalikda ishlashni o‘rgatish: “Endi navbat bilan o‘ynaymiz.
Har biringiz o‘z navbatingizda yordam bering. Qoidalarga Amal Qilishni O‘rgatish- bolalar bu
yoshda qoidalarga rioya qilishni o‘rganishlari kerak. Ularni tartibga solish va qoidalar asosida
faoliyatni boshqarish muhimdir. Qoidalarga amal qilish bolalarga o‘zlarini boshqarishni o‘rgatadi.
Masalan: Biz o‘yin tugagandan keyin o‘yinchoqlarni yig‘ishimiz kerak. Qoidalarga rioya qilishni
mustahkamlash: “Har birimiz o‘z joyimizga o‘tib, kutamiz. O‘zini Boshqarishni O‘rgatish-
bolalar o‘z harakatlarini boshqarishni o‘rganishlari kerak. Bu ularni o‘z vaqtlarini boshqarish,
diqqatni jamlash va o‘zlarini to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ko‘rsatma va nazorat qilish: Endi o‘z harakatlaringni diqqat bilan amalga oshirib, vazifani
tugatishga harakat qil. Bolalarni mustaqil boshqarishga tayyorlash -bolalar 5-6 yoshga kelib
o‘zlarini boshqarishni o‘rganishlari kerak, lekin ular uchun mustaqil ishni qadam-baqadam
o‘rgatish zarur. Masalan: “Bugun biz biror ishni yakunlashni o‘rganamiz. Qaysi rangdagi
shakllarni joylashtirishni boshlashni xohlayapsiz?” Yo‘naltirish: “Har bir shaklni tartibda
joylashtiring, keyin esa biror narsa yaratish uchun o‘z ranglaringizni tanlang”. 7 yoshli bolalar
Maktabgacha ta’limning yakuniy bosqichi: Bu yoshda bolalar ko‘proq mustaqil harakat qilishni
o‘rganadilar va ular o‘z faoliyatlarini to‘liq boshqarish imkoniga ega bo‘lishadi. Faoliyatni
boshqarish, bolalarni o‘z vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilishga, kerakli ishlarni rejalashtirishga va
bajarishga o‘rgatadi. Bu yoshdagi bolalar uchun faoliyatni boshqarish, ayniqsa, bir nechta ishni
birgalikda bajarish, o‘zgarishlarga moslashish va muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Maktabga tayyorgarlik jarayonida, bolalar o‘z faoliyatlarini ko‘proq boshqarish orqali o‘zlariga
bo‘lgan ishonchni oshiradilar va yangi o‘quv yili uchun tayyorlanadilar. Ijtimoiy ko‘nikmalar


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

274

rivojlanadi, chunki bolalar o‘zaro o‘yinlarda o‘z navbatini kutishni, boshqalar bilan

muvofiqlikda ishlashni va guruhda faoliyatni boshqarishni o‘rganadilar.

Bola tayyor iroda bilan tug‘ilmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi davrda bola irodasini

o‘stirishda oila va yaqin atrofdagi sotsial muhit nihoyatda katta ro‘l o‘ynaydi . Bola hayotida
ko‘proq uning o‘z tashabbusi bilan uyushtirilgan o‘yin harakatlari asosiy o‘rinda turadi. Hozirgi
kunda Maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyati yanada takomilashib bormoqda, maktab faolyatining
ayrim ta’lim jarayonlari maktabgacha ta’lim tashkiloti zimmasiga yuklatildi. Ilgari maktabgacha
talim tarbiyalanuvchisini faqatgina qamarab turish bo‘lsa hozirgi kunda esa Bolalarni yosh guruh
mos ravishda diqqatni jamlash orqali bilimlarni bilish. 5-6 yoshdagi bolalarni faoliyatni boshqarish
va yo‘naltirishda qo‘llash juda muhimdir. Ularni mustaqil ishlashga rag‘batlantirish, ammo ularni
doimo nazorat qilish va yo‘naltirish zarur. Bu yoshdagi bolalar uchun faoliyatni boshqarishda
qadam-baqadam rag‘batlantirish, o‘z vaqtini boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va
qoidalarga amal qilish muhim sanaladi. Shuningdek, bolalar qoidalarga rioya qilishni o‘rganishda
o‘zlarini rivojlantiradilar, bu esa ularga yanada muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston

faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo‘latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha

pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018

y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, T- 2022 y.
5. Qodirova.N.R. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.



























Bibliografik manbalar

M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

Qodirova F.R, Toshpo‘latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

D.R. Babaeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y. Darslik.

Takomillashtirilgan ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, T- 2022 y.

Qodirova.N.R. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари