“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
549
BOLA NUTQI RIVOJLANISHIDA MUHIM SHART-SHAROITLAR.
ADPI Iminjonova Moxichexra Alimardon qizi.
Annatatsiya:
Ushbu maqolada bola nutqi rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlar
va bola nutqi rivojlanshi uchun ko‘rsatib o‘tilgan davrlar hamda lug‘at boyligini oshirish to‘g‘risidagi
masalalar keng tarzda o‘rganib chiqilgan.
Tayanch so‘zlar:
Nutq, genetik tamoyil, qobilyat, atrof muhit, til portlashi, ijtimoiylashuv
jarayoni, eshitish analizatori, ko‘rish analizatori, bilish faoliyati.
Nutq haqida so‘z borar ekan, nutq bolaning ruhiy hayotida muhim ahamyat kasb etishini
ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Bolaning gugulash davridan to to‘liq nutqga kirishgunga qadar bo‘lib
o‘tadigon davrlar haqida turli olimlar bir qator nazariyalarni keltirib o‘tishgan. Jumladan,
“A.N.Leontev bola nutqi rivojlanishining 4 ta muhim davrga ajratgan.Bular;
- tayyorgarlik davri (tug‘ilgandan 1 yoshgacha)
- bog‘chagacha bo‘lgan davri (1-3 yoshgacha)
- maktabgacha bo‘lgan davr (3-6yoshgacha)
- maktab davri (7-17 yoshgacha)”.[1.76-b]
Bola nutqi rivojlanishi uchunbir nechta muhim omillar mavjuddir. Shuningdek; bular sarasiga;
¬ Genetik tamoyil- ya’ni bolaning otasida, tog‘asida (o‘g‘il bola), ammasida (qiz bola bo‘lsa),
kech gapirgan holati kuzatilsa, bunda umuman bir dona ham so‘z aytmasdan 3 yoki 4 yoshidan tilishi
chiqishi nazarda tutiladi.Lekin nutq irsiy o‘tmaydi ya’ni “ Ha dadasiyam “R” ni yaxshi ayta olmasdi
keyin yaxshi bo‘lib ketgan” degan holat bunga to‘g‘ri kelmaydi.Chunki o‘zbekni bolasi rus oilada
katta bo‘lsa, u ruscha gapiradi.
Ruhiy taraflama sog‘lom bo‘lishi ya’ni bilish faoliyatining to‘liq ishlashi talab etiladi. Sezgi,
idrok, xotira, tafakkur, xayol va tasavvur bolada to‘liq shaklansagina mukammal nutq rivojlanib
boradi.
Atrof muhit- ya’ni bunda bola sog‘lom nutq muhitiga ega bo‘lishi kearak. Oilada bolaga
“choyni- imma, nonni- nanna” deb o‘rgatish holarlari yoki, aka “R”ni “Y yoki L” deb talafuz qilsa
uka ham akaga taqlid qilib, “R”ni “Y yoki L” deb talafuz qiladi. Masalan; arrani- ayya deb talafuz
qiladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida – bola o‘zidagi shaklangan nutq bilan muloqotga kirishi zarur
bo‘ladi.
Bolada nutq normal rivojlanishi uchun bolani eshitish va ko‘rish analizatorlari sog‘lom
bo‘lishi kerak. Chunki bola nutni taqlid orqali o‘zlashtiradi. Artkulyatsion bo‘lim harakatlarini
kuzatish yo‘li bilan o‘rganadi.Eshitish orqali bola axborotni qabul qiladi va o‘sha axborotga mos
bo‘lgan javobni qaytaradi.
Bolani nutqi rivojlanishida yana bir muhim omillardan biri bu bola biror qobilyatga ega
bo‘lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar biror o‘yinchoqni o‘ynayotganda ular ovoz chiqarib
o‘ynashadi. Masalan; O‘g‘il bolalar mashina o‘ynayotganda g‘ingng-g‘ingng deb mashinani ovozini
chiqarishga harakat qilib o‘ynaydi. Qiz bolalar esa biror qo‘g‘irchoq yoki doktor o‘yinchoqlarini
o‘ynayotganda qo‘g‘irchoq uchun alla aytib o‘zining onasini obraziga kiradi, doktor o‘yinchoqlarini
o‘ynayotganda huddi doktor kabi harakatlar qilib o‘ynaydi. Bolada diologik nutq oilada ota-ona, aka-
opalari va yaqinlari davrasida shakllanadi. Shu tariqa bola ijtimoiylashuv jarayoniga o‘tadI.
M. Ayupovani kuzatishlariga qaraganda “bola 1 yoshida aktiv nutqga kirishadi.Bunda bola
emotsiyalar orqali muloqor almashadi. Ovoz toniga e’tibor bergn holda otasi yoki onasining ovozi
ekanligini farqlaydi. Erkalatgan yoki g‘azablangan tovushlarni ajratadi. 1 yosh-u 6 oyda 10-15 ta
lug‘at boyligiga ega bo‘ladi. Bola hayotining 2 chi yiliga kelib, 300 ta lug‘at boyligiga ega bo‘ladi. 3
yoshga yetganda bolaning lug‘at boyligi keskin ko‘tariladi. Shu keskin ko‘tarilishi natijasida “Til
portlash” hodisasi sodir bo‘ladi. 4 yoshida hamma tovushlarni bir-biridan farqlay oladi. 3-7 yoshida
eshitish malakasi rivojlanib o‘z nutqi va o‘zgalar nutqiga e’tibor berish holatlar kuchayadi. Ya’ni
o‘zini nutqini kattalar nutqi bilan solishtiradi. 5 yoshga kelin qo‘shma gaplardan foydalanadi va to‘liq
mukammal nutqga kirishadi. 4-6 yoshda bolaning aktiv lug‘atidagi so‘zlar soni 3000-4000 tagacha
yetib boradi”. [2.75-b]
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
550
Bolaning lug‘at boyligi ko‘payishi uchun bolaga yuqorida aytib o‘tilgan shart-sharoitlar
bo‘lishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
M.Y.Ayupova. Logopediya. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati
nashriyoti, 2007.- 76 b.
2.
M.Y.Ayupova. Logopediya. Toshketnt: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati
nashriyoti, 2007.-75-b.
3.
Ziyouz.uz
