Mualliflar

  • Ruhshona Madaminjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74284

Kalit so‘zlar:

Virtual olam akseleratsiya ma’naviy tahdid dunyoqarash ijtimoiylashuv

Annotasiya

Maqolada yoshlar, xususan, o‘smirlik davridagi bolalar
virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

460

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI.

Madaminjonova Ruhshona

Andijon davlat pedagogika instituti

fizika va astronomiya yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya

:Maqolada yoshlar, xususan, o‘smirlik davridagi bolalar

virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar

:Virtual olam, akseleratsiya, ma’naviy tahdid, dunyoqarash,

ijtimoiylashuv, o‘smirlik, ta’lim, tarbiya.

Insoniyat ta’rixida aloqa almashinuv vositasi hisoblanmish nutqning rivojlanishi–

bu odamda hayvonot olamidan farqli ravishda odamiyliktuyg‘ularining shakllanishiga
xizmat qildi. O‘zaro munosabat orqali nafaqat axborot almashish, balki fikr va hissiy
barqarorlik ham ta’minlanadi. Ammo axborot almashinuv jarayoni inson aql kuchining
takomillashuvi natijasida yangi ko‘rinishlarni kasb etdi. Oddiygina xat orqali uzoqdagi
yaqinlar bilan qilingan muloqot, bugungi kunga kelib virtual olamni yaratdi. Bu olam
hozirda shu darajada rivojlandiki, insoniyat o‘z olamidan kechib, virtual dunyoda o‘zini
baxtiyor his qilmoqda. Endilikda bolalar bolalikning beg‘ubor pallalarini ekranlarga
termulish bilan o‘tkazibyubormoqdalar. Hali ijtimoiy dunyoqarash, hayotiy hodisalarni
tahlil qilish ko‘nikmasigaega bo‘lmagan bolalarni virtual olam turli yo‘llar orqali o‘z
domiga tortib ketmoqda. Bugungi kunda yoshlar hayotida virtuallashuv nihoyatda keng
ommalashib bormoqda. Internet tarmoqlari turlari shunchalik ko‘pki, ulardan foydalanish
uchun har bir odamda imkoniyatlar yetarlicha mavjud. Chunki har bir inson uchun
hozirgi paytda smartfon o‘zining ikkinchi yarmiga aylanib ulgurgan. Smartfonlar xuddi
suvhavodek ehtiyoj manbai hisoblanadi. Har bir oilada o‘sib kelayotgan farzandlar
uyali aloqa vositalaridan foydalanishni yaxshi tushunadilar va qiziqishlari ham shunga
yarasha yuqori suratlarni tashkil qiladi. Bularning barchasi bolalar rivojlanish
ko‘rsatkichlarini oshishiga xizmat qilibgina qolmay, balki ma’naviy kamolotiga salbiy
ta’sirlarni vujudga keltirmoqda. “Ma’naviy tahdid” deb yuritiluvchi holatlarga ko‘plab
misollar mavjud. Bu tushunchaning tub mohiyati shundaki, ma’naviy tahdid bu –insonni
o‘ziga sezilmagan holda ruhiy olamini tubanlashuviga yetaklaydi. Xususan, I.Karimov
shunday ta’rif bergan: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy
nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan,
uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy,
g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutishi lozim”

Shularni inobatga olgan holda yoshlarni virtual olam qurboniga aylanishini oldini olish

har bir ota-onadan ta’lim-tarbiyada ogihlikka chorlaydi. Buning uchun esa, avvalo,
g‘oyaviy ongni yot unsurlardan tozalash, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda
ulardan kelayotgan foyda va zarar nisbatini aniq baholay olish talab qilinadi.
Internetningfoydali tomonlari juda ko‘p va uni XXI asrda tanqid ostiga olib bo‘lmaydi.
Chunki, internet orqali butun dunyoda axborot almashinuv jarayoni amalga oshirilmoqda.
Masofaviy tarzda ta’lim olish jarayonidan tortib muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi
butunjahon doirasidagi loyihalar taqdimotlari amalga oshirilmoqda. Bugungi zamon
yoshlarini internet tarmoqlaridan foydalanish jarayonini nazorat qilish orqali hech
qanday tarbiyaviy natijaga erishish mumkin emas. Shuning uchun e’tiborni faqatgina
yoshlar ma’naviyatini o‘stirish, e’tiqodini mustahkamlash, yot xurujlardan mustaqil


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

461

himoyalana olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratish kerak bo‘ladi. Internetning
yoshlar hayot tarzidagi salbiy jihatlari quyidagicha:

-real muloqotning virtual shaklga aylanishi;-internet o‘yinlariga bog‘lanib qolish;-

sog‘likka zararli tomonlarining kengligi;-noxolis ma’lumotlarning mavjudligi;

-pornografik saytlar;-inson ongiga ta’sir etadigan saytlar (sektalar, terroristlar, pul

bilan o‘ynaluvchi virtual o‘yinlar, internet mahsulotlari va h.k.) -turli giyohvand va
terroristik klublar, o‘z joniga qasd qilishga olib boruvchi, o‘smirlar ruhiyati buzilishiga
sabab bo‘luvchi virtual saytlar kabilardir.Bugungi zamon har bir ota-onadan pedagog-
psixolog bo‘lishni talab etmoqda. Chunki yosh avlod barkamol rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi salbiy omillar shunchalik turli-tumanki, ulardan bolalarni himoyalash har bir ota-
onadan doimiy hushyorlikni talab qiladi. Pedagogika nima? Odamni insonga aylantirish
ilmi. Fanlar orasida eng qadimiysi. Pedagogikaning ta’rixi yer yuzida birinchi go‘dak
yig‘isi eshitilgan kundan boshlangan. U farzandlarimizni o‘qitadi, tarbiyalaydi,
O‘zbekistonimizni –ozod va obod Vatan, hayotimizni –erkin va farovon qilishga
o‘rgatadi. Pedagogikada akseleratsiya jarayoni pedagogik nuqtai nazardan
tezlashuvning bolalar tarbiyasidagi aqliy rivojlanishni nazarda tutadi.[3] Aqliy
rivojlanishning o‘ta ketgan tezlashuvi esa tarbiyasi qiyin o‘smirlar guruhini vujudga
keltiradi. Bunday yoshlar orasida virtual olamga chuqur kirib qolganlar tarbiyasi
bahstalab mavzuni hamda yechimini talab etayotgan muammo sifatida turadi. Virtual
olam ishtirokchilari ta’lim-tarbiya jarayonida murakkab qiyinchiliklar tug‘diradilar.
Asosan ular xulq-atvorida egoistiklik va bilishga nisbatan befarqlik kuchli namoyon bo‘lib
boradi. Psixologik nuqtai nazarga ko‘ra tarbiyasi qiyin o‘smirlar bir necha turlarga bo‘linib
o‘rganiladi. Xususan E.G‘oziyev tadqiqotlarida murakkab xulq-atvorga ega o‘smirlar
to‘rt xil tipga ajratilib tushuntirilgan.[4] Biz esa virtuallashuv sabablari ham aynan shu
tiplarga mansub bolalar xulqi bilan bog‘liq ekanligini kuzatilishimiz mumkin. G‘oziyev
birinchi turdagi tarbiyasi qiyin o‘smirlarni, bunday bolalar orsizlar yoki subutsizlar deb
ataydi. Ular o‘zlari qilayotgan xatoni bilib, ya’ni virtual olam (odnoklassniki.ru, facebook,
Telegram, Instagram, You Tube kabi tarmoqlar)da juda ko‘p vaqtlari o‘tayotganligini
anglab turadilar, lekin shunday zid hatti-harakatlardan qaytmaydilar. Ular jamoa orasida
hamisha o‘z taassurotlarini boshqalarga bildirishga va shu jamoani tarmoqlarga jalb qilishni
istaydilar. Ja’miyatdagi qonun-qoidalarni hamisha tanqid ostiga oladilar o‘z g‘oyalarini
ko‘proq do‘stlari orasida tarqatib ularni o‘z orqasidan yurishga da’vat etadilar. Bunday
bolalar ishonch qozonish va obro‘ orttirish maqsadida yolg‘on gapiradilar, sekin asta
virtual olamdan ajrala olmay qolishlari mumkin. Deviant xulq-atvor ko‘rinishlari bunday
bolalarda tezroq va aniqroq ko‘rina boshlaydi. Bunday bolalar birovlarni xo‘rlash, azob
berishdan rohatlana boslaydilar. Ma’lum guruhlar tuzib, ularga rahbarlik qilib kichik
jinoiy ishlarga aralasha boshlashlari mimkin. Shu bois kichik o‘smirlik davridan boshlab
virtual olamda “sayr” qilishni boshlagan bolalarni aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish
zarur. Avvalambor ota-ona bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, bola bo‘sh
vaqtlarini qanday o‘tkazayotganini qat’iy tekshirish, ularni foydali mehnatga jalb qilish
kabilarga e’tibor qaratiladi. Boladagi o‘zgarishlarni uning ota-onasiga to‘g‘ri tushuntirish,
holat sabablarini to‘g‘ri aniqlash zarur. Chunki boladagi salbiy sifatlarning paydo
bo‘lishida birinchi o‘rinda irsiy omillar turadi. Ota-onadagi bilimsizlik va tarbiyasizlik bola
taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Tarbiyaning ilk bo‘g‘ini bo‘lmish oila
nosog‘lom bo‘lsa, undagi jarayonlar atrof-muhitga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Haqiqiy pedagog boladagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtidaanglaydi va uning sabablarini ham
to‘g‘ri baholay oladi. Ota-onadan yetarli natija olinmagan taqdirda mahalla yig‘ini
faoliyatini boshlaydi. Tushuntirish ishlari, foydali maslahatlar, hayotiy faktlar va turli
mashg‘ulotlarga jalb qilishi mumkin. Bunda eng to‘g‘ri yo‘l o‘smir xatosini o‘zi anglab


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

462

yetishiga va bu yo‘ldan faqat o‘z xohishi bilan qaytishiga erishish hisoblanadi. Bunda unga
o‘ziga bildirmagan holda u bilan psixologik suhbat o‘tkazish, uning hayot yo‘liga yaqin
bo‘lgan videolavha yoki badiiy asar bilan tanishtirish, uning qiziqishlarini bilish (ba’zan
qobilyatni aniqlash), shuningdek uning hayot, yashash to‘g‘risidagi qarashlarini
aniqlash kerak bo‘ladi. O‘smirlar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ularda vatanga, ota-ona,
yor-u do‘stga nisbatan muhabbat kabi yuksak insoniy sifatlarni tarkib toptirish, ular
ongiga yot g‘oyalar kirib qolishidan saqlash maqsadida iloji boricha adabiy olam bilan
oshno etib borish, turli-tuman to‘garaklar fa’oliyatini takomillashtirish, eng muhimi
ular qiziqishlarini foydali tarmoqlardan foydalanish, yangi innovatsion g‘oyalar yaratish,
turli tanlovlarda o‘zining imkoniyatlarini sinab ko‘rish ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Pedagoglar va ota-onalar hamkorligida bunday ishlarni amalga oshirish eng
yaxshi natijalarga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.I. Karimov, Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008,

176 bet

2.M.Quronov, Bolam baxtli bo‘lsin desangiz, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2014, 201 bet
3.www.arxiv.uz Akseleratsiya
4.Gozi

е

v M. Umumiy psixologiya, Toshk

е

nt, 2004 yil

Bibliografik manbalar

I. Karimov, Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008,

bet

M.Quronov, Bolam baxtli bo‘lsin desangiz, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2014, 201 bet

www.arxiv.uz Akseleratsiya

Goziеv M. Umumiy psixologiya, Toshkеnt, 2004 yil

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари