“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
669
VIRTUAL O‘YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI VA UNING
ASORATLARI
Madaminjonova Ruhshona Dilmurodjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
aniq fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya:
Maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va jamiyatimizning
barcha qatlamlari orasida keng tarqalayotgan virtual o‘yinlar va shuning bizning yashash
tarzimizga ta’siri va uning salbiy jihatlari haqida so‘z yu ritiladi. Shu bilan birqa torda
quyidagi maqola virtual olam o‘zi nima? U bizning hayotimizga qanday kirib keladi? Yoshlar
rivojlanishiga ta’siri qanday?- kabi savollarning javobini topishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar
: internet, ijtimoiy tarmoqlar, kasallik, tobelik, borliq, electron o‘yinlar,
ommaviy madaniyat, strategiya, auksion.
Internet - bu hozirgi kunda davr talabidir. Uning hayotimizning bir bo‘lagiga aylangani
bizga sir emas. Bizga internetning qulaylik taraflari ko‘p bo‘lishiga qaramay salbiy jihatlari
ham mavjud. Uzog‘imizni bizga yaqin qilish bilan birga o‘zimiz uchun kerakli barcha
ma’lumotlarni osongina topa olish imkonitini beradi. Internetdan qanday foydalanish esa
o‘zimizning qo‘limizda. Hozirgi kunda internetdan turli maqsadlarda foydalanishmoqda.
Internetdagi virtual video o‘yinlar yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazish bilan birqa, ularning
ma’naviy ongiga va ruhiyatiga putur y
е
tkazyapdi. Bu virtual o‘yinlarni Amerika tibbiyot
uyushmasi video o‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklariqa olib kelishi va
tez gakiritishi mumkunligini tasdiklagan. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki-
uch soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu
internetdan ko‘ngil xushlik izlaydiganlarga ham tegishli.
Kompyut
е
r avval maxsus zallarda paydo bo‘ldi, ularda yuqori malakali mutaxassislar
ishlay boshladilar. Asosan mudofaa va boshqa tadqiqotchilik masalalari bilan
shug‘ullandilar. Ko‘pincha hisoblash t
е
xnikasi mat
е
matika, mantiq, ratsional g‘oyalar bilan
bog‘liq masalalar ustida ish yuritdilar. Insonlar undan umuman oddiy maqsadlarda (masalan,
o‘yinlar uchun) foydalanishlari mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmagan.
«Kompyut
е
r o‘yinlari» iborasi esa b
е
ma’ni xayold
е
k tuyulishi mumkin edi. Shunday bo‘lsa
ham monitor oldidagi jiddiy, zavqsiz, sovuqqon olimlarning o‘rinlarini zavqli, qiziquvchan
o‘yinchi bolalar egalladi.
Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va
yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan
muammolardan biridir. Bir taqqoslab ko‘raylik, internet mavjud bo‘lmagan davrda
axborotlarni dunyo bo‘ylab uzatishning eng tez usuli bu televidenye bo‘lgan bo‘lsa, bugungi
kunda axborotlar telekompaniyalar tomonidan uzatilgunga qadar ijtimoiy tarmoqlar orqali
bir necha soniyalar mobaynida butun dunyoga tarqatilmoqda. Jamiyatimiz ham allaqachon
o‘zlarini qiziqtirgan yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardan izlashga o‘rganib ham qoldi.
Televidenye esa jamiyatimiz tomonidan asosan siyosiy habarlarni ishonchli manbasi sifatida
kuzatib boriladi. Internetning, ijtimoiy tarmoqlarning kashf etilishi ana shunday imkoniyatlar
yaratdi. Ammo, bu kashfiyot boshqa kashfiyotlar singari ozining salbiy va hatto ayrim havfli
jihatlarini ham namoyon etdi. Ma’lumotlar, yangiliklar, e’lonlarning bunchalik katta tezlikda
tarqalishi dunyo hamjamiyatida katta o‘zgarishlar va ayrim havflarni yuzaga keltirgani rost.
Ayniqsa, gap yosh avlod haqida ketganida bu havfni yaqqol sezish mushkul emas. So‘nggi
yillarda diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi bilan shug‘illanuvchi o‘ta havfli
jamoalarning jabr diydalarining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning changaliga
tushib qolmoqda. Ammo, bu yagona havf emas!
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
670
Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor
g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘I orqali ko‘proq ko‘zga tashlanyapti.Bu
jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter o‘yinlariga
qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya
targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Ko‘rinib
turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandlarning xatti-
harakatlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘p hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish
mumkin. Zero uning oqibati yoki information o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida
nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni
internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ruhiy
kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lishi kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti.
Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.
Kompuyuter o‘yinlari yoshlarning vaqtini o‘g‘irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni
o‘qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o‘yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda
mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani tashvishli holat.
Chunki internet va kompyuter o‘yinlari asriga aylangan o‘smirlar hayotdan, ilm olish, kasb
o‘rganishdan va ma'naviy qadriyatlardan tamoman uzilib, butunlay manqurtlashib boradi.
Hozir kompyuter o‘yinlari orqali o‘smir yoshlarga salbiy ta'sir qilib, ular ongiga o‘z
buzg‘unchi g‘oyalarini singdirish yoki ularni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga urinadigan yashirin
kuchlar juda ko‘p. Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan o‘smirlar o‘zlari bilmagan
holda yashirin kuchlarning qo‘g‘irchog‘iga aylanadi. Kompyuterga mute bo‘lgan
yoshlarning fikri-xayoli, butun vaqti, hatto uyqusi ham bemani o‘yinlar bilan band bo‘ladi.
Oxir-oqibat bunday manqurt yoshlar tengdoshlari, yaqinlari va hatto ota-onasiga ham qo‘l
ko‘tarishgacha agar mubolag‘a bo‘lmasa qurol o‘qtalishgacha borib yetadi. Bu esa jamiyatda
ilimsizlik, johillikning tomir yoyishiga oqibatda yurt parokanda bo‘lishiga olib keladi.
O‘yinlarning bolalarga qanday ta'sir qilishi darsliklarda, maqolalarda, gazeta va jurnallarda
muhokama qilinadi, televidenie, radio va bolalar poliklinikalarida muhokama qilinadi. Axir
bu muammo tobora dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bolalar kattalarga qaraganda yomonroq
kompyuter o‘yinlariga jalb qilinadi. Darhaqiqat, odamning, ayniqsa kichik odamning
ruhiyatiga, tashqaridan osongina ta'sir qilish mumkin. Internetda ko‘plab onlayn o‘yinlar
mavjud.
Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus
shifoxonalar bor. Bunga misol qilib Koreyada va Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tgan
voqealarni aytib o‘tish joiz, - deb topdik. Bu o‘yinga berilib ketish; u inson (bola) hayotni
emas faqat virtual hayotni o‘rgana boshlaydi bu esa hammaga ma’lumki inson hech qanday
zarbaga tayyor bo‘lolmaydi.
Bunga misol qilib; O‘zbekistonda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 12-16
yoshli o‘smir bolalarning yarmi ko‘pincha tengdoshlari bilan suhbat qurishdan, kompyuter
o‘ynashni afzal biladi. O‘smirlarning 43,7 foizi o‘quv adabiyotini o‘qish bilan cheklanar
ekan. Bundan ma’lumki 10 boladan 1-tasi o‘quv adabiyotlardan boshqa kitob o‘qimaydi.
Axborotlardan ma’lum qilishicha Rossiyada 15 yoshli bola onasini pichoqlab o‘ldirgan
aniqlashicha ona bolasiga ko‘p kampyuter o‘ynamasdan dars qilishini aytgan ko‘ryapmizki
virtuall oyinlarqan kanchalik xavfli ekanligini ongimizni qachon zaharlab qo‘yganini bilmay
qolar ekanmiz.Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishimiz, farzand tarbiyasini doimiy
nazorat qilib turishimiz juda ham muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash
mumkinmi? Afsuski bunaqa ish qilishimiz xato chunki ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada
qiziqishning kuchayishi tabiiy.
Internet global tarmog‘I insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish
uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni
olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. Farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
671
uning dunyo qarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka
yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga
yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘lqo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib
kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlik kutmaydi. Xuddi
shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning
xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish, eng asosiysi, ko‘ziga
chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajadan nodonlik botqog‘iga
botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.
Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani yoshligidan yolg‘on
gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har birnarsadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, Vatanga
muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada amalga oshiriladi. Xulosa o‘rnida shuni
aytishimiz mumkinki, farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga
emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan
asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Internetning ta'limga ta'siri [Elektron resurs]. – Kirish rejimi:
http://www.vfmgiu.ru/ sovremennie_tendencii_v_visshem_obrazovanii_506/say
2. S.N. Makeev // Tarix, falsafiy, siyosiy va yuridik fanlar, madaniyatshunoslik va
san'at tarixi. Nazariya va amaliyotga oid savollar. – Sertifikat, 2015. – No 7 (57). – I qism.
– B. 96.
3. www.ziyouz.com.kutubxonasi.
4. www.arxiv.uz
