Mualliflar

  • Ruhshona Madaminjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74427

Kalit so‘zlar:

Virtual olam akseleratsiya ma’naviy tahdid dunyoqarash ijtimoiylashuv

Annotasiya

Maqolada yoshlar, xususan, o’smirlik davridagi bolalar
virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo’llari haqida so’z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

680

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI.

Madaminjonova Ruhshona

Andijon davlat pedagogika instituti

fizika va astronomiya yo`nalishi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya

:Maqolada yoshlar, xususan, o’smirlik davridagi bolalar

virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo’llari haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar

:Virtual olam, akseleratsiya, ma’naviy tahdid, dunyoqarash,

ijtimoiylashuv, o’smirlik, ta’lim, tarbiya.

Insoniyat ta’rixida aloqa almashinuv vositasi hisoblanmish nutqning rivojlanishi–

bu odamda hayvonot olamidan farqli ravishda odamiyliktuyg’ularining shakllanishiga
xizmat qildi. O’zaro munosabat orqali nafaqat axborot almashish, balki fikr va hissiy
barqarorlik ham ta’minlanadi. Ammo axborot almashinuv jarayoni inson aql kuchining
takomillashuvi natijasida yangi ko’rinishlarni kasb etdi. Oddiygina xat orqali uzoqdagi
yaqinlar bilan qilingan muloqot, bugungi kunga kelib virtual olamni yaratdi. Bu olam
hozirda shu darajada rivojlandiki, insoniyat o’z olamidan kechib, virtual dunyoda o’zini
baxtiyor his qilmoqda.Endilikda bolalar bolalikning beg’ubor pallalarini ekranlarga
termulish bilan o’tkazibyubormoqdalar. Hali ijtimoiy dunyoqarash, hayotiy hodisalarni
tahlil qilish ko’nikmasigaega bo’lmagan bolalarni virtual olam turli yo’llar orqali o’z
domiga tortib ketmoqda. Bugungi kunda yoshlar hayotida virtuallashuv nihoyatda keng
ommalashib bormoqda. Internet tarmoqlari turlari shunchalik ko’pki, ulardan foydalanish
uchun har bir odamda imkoniyatlar yetarlicha mavjud. Chunki har bir inson uchun
hozirgi paytda smartfon o’zining ikkinchi yarmiga aylanib ulgurgan. Smartfonlar xuddi
suvhavodek ehtiyoj manbai hisoblanadi. Har bir oilada o’sib kelayotgan farzandlar
uyali aloqa vositalaridan foydalanishni yaxshi tushunadilar va qiziqishlari ham shunga
yarasha yuqori suratlarni tashkil qiladi. Bularning barchasi bolalar rivojlanish
ko’rsatkichlarini oshishiga xizmat qilibgina qolmay, balki ma’naviy kamolotiga salbiy
ta’sirlarni vujudga keltirmoqda. “Ma’naviy tahdid” deb yuritiluvchi holatlarga ko’plab
misollar mavjud. Bu tushunchaning tub mohiyati shundaki, ma’naviy tahdid bu –insonni
o’ziga sezilmagan holda ruhiy olamini tubanlashuviga yetaklaydi. Xususan, I.Karimov
shunday ta’rif bergan: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy
nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan,
uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy,
g’oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutishi lozim”

Shularni inobatga olgan holda yoshlarni virtual olam qurboniga aylanishini oldini

olish har bir ota-onadan ta’lim-tarbiyada ogihlikka chorlaydi. Buning uchun esa, avvalo,
g’oyaviy ongni yot unsurlardan tozalash, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda
ulardan kelayotgan foyda va zarar nisbatini aniq baholay olish talab qilinadi.
Internetningfoydali tomonlari juda ko’p va uni XXI asrda tanqid ostiga olib bo’lmaydi.
Chunki, internet orqali butun dunyoda axborot almashinuv jarayoni amalga oshirilmoqda.
Masofaviy tarzda ta’lim olish jarayonidan tortib muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi
butunjahon doirasidagi loyihalar taqdimotlari amalga oshirilmoqda. Bugungi zamon
yoshlarini internet tarmoqlaridan foydalanish jarayonini nazorat qilish orqali hech
qanday tarbiyaviy natijaga erishish mumkin emas. Shuning uchun e’tiborni faqatgina
yoshlar ma’naviyatini o’stirish, e’tiqodini mustahkamlash, yot xurujlardan mustaqil


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

681

himoyalana olish ko’nikmasini shakllantirishga qaratish kerak bo’ladi. Internetning
yoshlar hayot tarzidagi salbiy jihatlari quyidagicha:
-real muloqotning virtual shaklga aylanishi;-internet o’yinlariga bog’lanib qolish;-sog’likka
zararli tomonlarining kengligi;-noxolis ma’lumotlarning mavjudligi;
-pornografik saytlar;-inson ongiga ta’sir etadigan saytlar (sektalar, terroristlar, pul bilan
o’ynaluvchi virtual o’yinlar, internet mahsulotlari va h.k.) -turli giyohvand va terroristik
klublar, o’z joniga qasd qilishga olib boruvchi, o’smirlar ruhiyati buzilishiga sabab
bo’luvchi virtual saytlar kabilardir.Bugungi zamon har bir ota-onadan pedagog-psixolog
bo’lishni talab etmoqda. Chunki yosh avlod barkamol rivojlanishiga ta’sir qiluvchi salbiy
omillar shunchalik turli-tumanki, ulardan bolalarni himoyalash har bir ota-onadan doimiy
hushyorlikni talab qiladi.

Pedagogika nima? Odamni insonga aylantirish ilmi. Fanlar orasida eng

qadimiysi. Pedagogikaning ta’rixi yer yuzida birinchi go’dak yig’isi eshitilgan kundan
boshlangan. U farzandlarimizni o’qitadi, tarbiyalaydi, O’zbekistonimizni –ozod va obod
Vatan, hayotimizni –erkin va farovon qilishga o’rgatadi. Pedagogikada akseleratsiya
jarayoni pedagogik nuqtai nazardan tezlashuvning bolalar tarbiyasidagi aqliy
rivojlanishni nazarda tutadi.[3] Aqliy rivojlanishning o’ta ketgan tezlashuvi esa tarbiyasi
qiyin o’smirlar guruhini vujudga keltiradi. Bunday yoshlar orasida virtual olamga chuqur
kirib qolganlar tarbiyasi bahstalab mavzuni hamda yechimini talab etayotgan muammo
sifatida turadi. Virtual olam ishtirokchilari ta’lim-tarbiya jarayonida murakkab
qiyinchiliklar tug’diradilar. Asosan ular xulq-atvorida egoistiklik va bilishga nisbatan
befarqlik kuchli namoyon bo’lib boradi. Psixologik nuqtai nazarga ko’ra tarbiyasi qiyin
o’smirlar bir necha turlarga bo’linib o’rganiladi. Xususan E.G’oziyev tadqiqotlarida
murakkab xulq-atvorga ega o’smirlar to’rt xil tipga ajratilib tushuntirilgan.[4] Biz esa
virtuallashuv sabablari ham aynan shu tiplarga mansub bolalar xulqi bilan bog’liq ekanligini
kuzatilishimiz mumkin. G’oziyev birinchi turdagi tarbiyasi qiyin o’smirlarni, bunday
bolalar orsizlar yoki subutsizlar deb ataydi. Ular o’zlari qilayotgan xatoni bilib, , ya’ni
virtual olam (odnoklassniki.ru, facebook, Telegram, Instagram, You Tube kabi tarmoqlar)da
juda ko’p vaqtlari o’tayotganligini anglab turadilar, lekin shunday zid hatti-harakatlardan
qaytmaydilar. Ular jamoa orasida hamisha o’z taassurotlarini boshqalarga bildirishga va shu
jamoani tarmoqlarga jalb qilishni istaydilar. Ja’miyatdagi qonun-qoidalarni hamisha tanqid
ostiga oladilar o’z g’oyalarini ko’proq do’stlari orasida tarqatib ularni o’z orqasidan
yurishga da’vat etadilar. Bunday bolalar ishonch qozonish va obro’ orttirish maqsadida
yolg’on gapiradilar, sekin asta virtual olamdan ajrala olmay qolishlari mumkin. Deviant
xulq-atvor ko’rinishlari bunday bolalarda tezroq va aniqroq ko’rina boshlaydi. Bunday
bolalar birovlarni xo’rlash, azob berishdan rohatlana boslaydilar. Ma’lum guruhlar tuzib,
ularga rahbarlik qilib kichik jinoiy ishlarga aralasha boshlashlari mimkin. Shu bois
kichik o’smirlik davridan boshlab virtual olamda “sayr” qilishni boshlagan bolalarni
aniqlash va tegishli choralarni ko’rish zarur. Avvalambor ota-ona bilan hamkorlikni
yanada kuchaytirish, bola bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganini qat’iy tekshirish, ularni
foydali mehnatga jalb qilish kabilarga e’tibor qaratiladi. Boladagi o’zgarishlarni uning ota-
onasiga to’g’ri tushuntirish, holat sabablarini to’g’ri aniqlash zarur. Chunki boladagi
salbiy sifatlarning paydo bo’lishida birinchi o’rinda irsiy omillar turadi. Ota-onadagi
bilimsizlik va tarbiyasizlik bola taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Tarbiyaning ilk bo’g’ini bo’lmish oila nosog’lom bo’lsa, undagi jarayonlar atrof-muhitga
ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Haqiqiy pedagog boladagi o’zgarishlarni o’z
vaqtidaanglaydi va uning sabablarini ham to’g’ri baholay oladi. Ota-onadan yetarli
natija olinmagan taqdirda mahalla yig’ini faoliyatini boshlaydi. Tushuntirish ishlari,
foydali maslahatlar, hayotiy faktlar va turli mashg’ulotlarga jalb qilishi mumkin. Bunda eng


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

682

to’g’ri yo’l o’smir xatosini o’zi anglab yetishiga va bu yo’ldan faqat o’z xohishi bilan
qaytishiga erishish hisoblanadi.

Bunda unga o’ziga bildirmagan holda u bilan psixologik suhbat o’tkazish, uning

hayot yo’liga yaqin bo’lgan videolavha yoki badiiy asar bilan tanishtirish, uning
qiziqishlarini bilish (ba’zan qobilyatni aniqlash), shuningdek uning hayot, yashash
to’g’risidagi qarashlarini aniqlash kerak bo’ladi. O’smirlar bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish,
ularda vatanga, ota-ona, yor-u do’stga nisbatan muhabbat kabi yuksak insoniy sifatlarni
tarkib toptirish, ular ongiga yot g’oyalar kirib qolishidan saqlash maqsadida iloji boricha
adabiy olam bilan oshno etib borish, turli-tuman to’garaklar fa’oliyatini takomillashtirish,
eng muhimi ular qiziqishlarini foydali tarmoqlardan foydalanish, yangi innovatsion
g’oyalar yaratish, turli tanlovlarda o’zining imkoniyatlarini sinab ko’rish ular tarbiyasiga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pedagoglar va ota-onalar hamkorligida bunday ishlarni amalga
oshirish eng yaxshi natijalarga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.I. Karimov, Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 176 bet
2.M.Quronov, Bolam baxtli bo’lsin desangiz, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2014, 201 bet
3.www.arxiv.uz Akseleratsiya
4.Gozi

е

v M. Umumiy psixologiya, Toshk

е

nt, 2004 yil

Bibliografik manbalar

I. Karimov, Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 176 bet

M.Quronov, Bolam baxtli bo’lsin desangiz, -Toshkent, “Ma’naviyat”, 2014, 201 bet

www.arxiv.uz Akseleratsiya

Goziеv M. Umumiy psixologiya, Toshkеnt, 2004 yil

Шобдурахимова, У. Т. (2022). МОЛОДОЕ ИНИЦИАТИВНОЕ ПОКОЛЕНИЕ-ОСНОВА БУДУЩЕГО. In СОВРЕМЕННЫЕ ВОПРОСЫ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ И ЭКОНОМИКИ (pp. 497-501).

Шобдурахимова, У. Т. (2022). Педагогический механизм развития у студентов чувства ответственности к образовательным реформам. In ТЕХНОЛОГИИ СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЫ В РАЗЛИЧНЫХ СФЕРАХ ЖИЗНЕДЕЯТЕЛЬНОСТИ (pp. 185-190).

SHOBDURAXIMOVA, U. T. (2022). THE ROLE OF THE TEACHER IN EDUCATIONAL REFORM. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (5), 759-763.

Халимова, М. В., & Шобдурахимовa, У. Т. (2015). Ўсмирлик даврида юзага келадиган агрессив хулқни психологик коррекция қилиш имкониятлари. Современное образование (Узбекистан), (2), 24-30.

Сулейманова, Т. Г., Халимова, М. В., & Шобдурахимова, У. Т. (2015). Оилада ўсмирлардаги ижтимоий-психологик дезадаптация ҳолатларини келтириб чиқарувчи омиллар. Современное образование (Узбекистан), (9), 33-37.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари