Mualliflar

  • Zuxra To‘xliboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74385

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim bola nutq nuqtiy kamchilik nutq nuqsoni

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy
xususiyatlari , nutq kamchiliklari hamda ulardagi nutq nuqsonlarni bartartar etishda o‘yining ahamiyat haqida so‘z boradi.

background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

780

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY KAMCHILIKLARINI

BARTARAF ETISHDA O‘YINNING AHAMIYATI

Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim nazaruyasi kafedrasi o‘qituvchisi

To‘xliboyeva Zuxra Abdumutal qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy

xususiyatlari , nutq kamchiliklari hamda ulardagi nutq nuqsonlarni bartartar etishda o‘yining
ahamiyat haqida so‘z boradi

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, bola, nutq, nuqtiy kamchilik, nutq nuqsoni, nutqiy

xususiyatlar, o‘yin

Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar malaka oshirishning

shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu
jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, hozirgi kunda
Respublika-mizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, takomillashtirish borasida
amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida makabgacha ta’lim tashkilotlarining
moddiy-texnik bazasi, huquqiy-meyoriy, metodik ta’minot jihatdan bosqichma-bosqich
musahkamlanib bormoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy kamchiliklarini
bartaraf etish vositalaridan yana biri o‘yinlar hisoblanadi.

Shu o‘rinda muhtaram Prezidentimizning mazkur fikrlarini keltirishimiz maqsadga

muvofiqdir. “Bolalar tarbiyasi jarayonida

о

‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir

bolaga individual

у

ondosha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularning ongi va

tafakkurini go‘dakligidan to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va
ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi”. Shu kunlarda
maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
uchun tarbiyachilarning malakasi oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati
paydo bo‘ldi. Qiziqishimiz, bor diqqat e’tiborimizni qaratmog‘imiz lozimdir. Shu o‘rinda
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni keng qamrovli bilimlarini o‘zlashti-rishlari
hamda mustaqil fikrlay oladigan yetuk shaxslarni tarbiyalash pedagoglar tomonidan olib
boriladigan ta’limiy faoliyatlarining samarali tashkil etilishiga bog‘liqdir. Maktabgacha
ta’limda olib boriladigan nutq o‘stirish faoliyatlarining ahamiyati shundan iboratki,
bolalarning o‘z atrofdagi insonlar bilan muloqotga kirishishida, o‘z fikr va mulohazalarini
o‘zgalarga bildirishida, kattalar va tengdoshlari muloqotiga taqlid qilishida, o‘z xohish va
istaklarini namoyon qilishida, tengdoshlari bilan muloqotga kirishish va ular bilan munosabat
o‘rnatishida, o‘zini o‘zi baholashida, eng asosiysi mustaqil fikrlash qobiliyatlariga ega
bo‘lishida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir. Nutq nafaqat maktabgacha
yoshdagi bolalar hayotida balki butun bir insoniyatning jamiyatda yashashi, o‘z o‘rnini
topishida muhim ahamiyatga egadir.

O‘yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o‘yin dunyosi boy va xilma–xildir.

Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan faoliyatlarda o‘yin usullari
hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo’llaniladi.
Shu sababli o‘yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta’sir etish
mumkin. O‘yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O‘yin vaqtida xilma – xil aqliy
jarayonlar faollashadi, o‘yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to‘plash, analizatorlarni
farqlash, taqqoslash, umumlash-tirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi
harakat va so‘zlarning ko‘p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam
bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam

background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

781

beradi. “O‘yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir”, degan edi
V. A. Suxomlinskiy

.

O‘yin bolalarning har tomonlama kamol topishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin

vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa
ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga, ularning
fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi.

Biz bilamizki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy kamchiliklarini

bartaraf etishda asosan tarbiyachi nutq o‘stirish va savodga tayyorlash faoliyatlari davomida
o‘yinlardan foydalanadi. Misol uchun “Qog‘irchoq Olima ovqatlanyapti”, “Qo‘g‘irchoq
sayrga otlanyapti“, “Kim qanday o‘ylaydi”, “Qaydi shamol”, “Ayiqcha biznikiga mehmonga
keldi”, shuningdek, “Ortiqchasi top”, “Ajoyib xaltacha” kabi o‘yinlar shular jumlasidandir.
Bunday didaktik o‘yinlar asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini shakllantirish,
tovushlarni aniq talaffuz qilish ustida ishlash, lug‘at boyligi oshirish hamda nutqiy
kamchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

“QUVNOQ QAYIQCHAM”

Maqsad:

Har bir bolani bir nafas chiqarishda “

f

“tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish yoki bir nafas

chiqarishda

“ p “ (p-p-p)

tovushini qayta-qayta

talaffuz qilish ko‘nikmasiga erishish.

Kerakli jihozlar:

suv havzani ( suv to‘ldirilgan

idish), qog‘ozli qayiqchalar tayyorlanadi.

O‘yin jarayoni:

Bolalar katta yarim doira

shaklda o‘tirishadi. Markazda stul ustida suv
to‘ldirilgan idish bo‘ladi. Qayiqchalar suvga
qo‘yiladi. Chaqirilgan bolalar stullarga o‘tirgan
holatda

f

yoki

p

tovushlarni talaffuz qilib,

qayiqchalarni puflab harakatlantirishadi. O‘yin
qiziqarli

tus

olishi

uchun

tarbiyachi

markazlarni belgilab, nomlaydi. (mazkazlar
shahar nomlari bilan nomlanadi. Masalan:
Soliha puflagan qayiqcha Samarqand yetib
keldi kabi). Kimning qayiqchasi qayerga suzib
borganini aniqlash uchun. Bu jarayon bolalar

tomonidan tartib bilan birin - ketin davom etadi.

Metodik ko‘rsatma:

O‘yin jarayonida

F

tovushini talaffuz qilayotganda yanoqlar

bilan puflamaslikka ishonch hosil qiling. shunday qilib, bolalar bir nafas chiqarishda

p

tovushini 2-3 marotaba talaffuz qiladilar va talaffuz jarayonida lablar ishtirokini ta’minlashga
ahamiyat qaratish lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq kamchiliklari ustida ishlash jarayonida nutq

kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmlari va tuzilishi, alomatlarini aniqlash, bu
masala yuzasidan ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilsa foydali natijalar beradi.
Nutqiy kamchliklarini bartaraf etish prinsiplari, metodlarini va vositalarini ishlab chiqish,
nutq buzilishlarini oldini olish metodlarini takomillashtirish va hamkorlik ishlarini to‘g‘ri
tashkillashtirish tarbiyachilarni metodik mahorati oshirilsa, yangi pedagogik texnologiyalar
bilan qurollantirilsa, shuningdek faoliyatlar asosan nutq o‘stirish hamda savodga tayyorlash
va boshqa faoliyatlar noan’anaviy tashkil etilsa bolalar orasida uchraydigan nutq
kamchiliklarini bartaraf qilishda katta yutuqqa erishiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qulay va samarali

usullardan hamda foydalanishning muhim ahamiyati katta ekan. Biz bo‘lg‘usi pedagoglar
sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni yaxshi bilmog‘imiz va tarbiyaviy

background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

782

ish jarayonini va o‘qitishni shu asosda tashkil etishni o‘rganmog‘miz darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev O‘RQ 637-sonli 2020- yil 23-

sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston

Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasi
to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori.
3.

O‘zbekiston respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019- yil 22- oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan
2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.

O‘RQ-595 (18.06.2020 y. kundan kuchga kiradi).

4.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 1450-

sonli “O‘zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan

Davlat

talablarini

tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

Buyrug‘i.

QHMMB:

10/18/3032/1450-son. 04.07.2018 y.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida 802-sonli
qarorining birinchi ilovasida “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari”
6.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining Muvofiqlashtiruvchi

kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Ilk qadam”
takomillashtirilgan davlat o‘quv dasturi.
7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 14 fevral

kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqidan
8.

Ayupova M. “LOGOPEDIYA” O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

Toshkent - 2019
9.

,Rahimova V. S. “Defektologiya asoslari” . Toshkent - “Voris- nashriyoti” 2012 y

10.

Mo‘minova L, Ayupova M, Nurkeldieva D, Kalbaeva X. “Maxsus pedagogika”,

“Noshir”. Toshkent - 2012 y.
11.

Shamuratova Z. “ Logopediya me’yoriy talaffuzga o‘rgatish”, “Niso poligraf”.

Toshkent - 2012 y.
12.

Shomahmudova R. “ To‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish va nutq o‘stirish”

“Ilm-ziyo” nashriyoti. Toshkent - 2013 y.
13.

Shodiyeva Q. “Nutq o‘stirish uslubyoti”, “O‘qituvchi nashriyot - matbaa ijodiy

uyi,Toshkent - 2009 y.
14.

Hasanboyeva O.U. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Ilm-ziyo, Toshkent - 2012 y.

15.

A.V.Kayumov “Pedagogik diagnostika va korreksion pedagogika” o‘quv uslubiy

majmua 2019 y.
16.

Qoridova F. R, Fayzullayeva M, Rustamova M, Raximova Z,

Fayziyeva Z. “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish” - Toshkent - 2011 y.
17.

Nurmonov Sh, Iskandarov Sh. “Umumiy tilshunoslik”- Andijon - 2007 y

18.

Ne’matov X, Bozorov O. “Til va nutq” - Toshkent. “ O‘qituvchi” 1993 y.

19.

Saidahmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar” T., “O‘qituvchi” 2002. y

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev O‘RQ 637-sonli 2020- yil 23-

sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston

Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasi

to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori.

O‘zbekiston respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019- yil 22- oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan

yil 14 dekabrda ma’qullangan. №O‘RQ-595 (18.06.2020 y. kundan kuchga kiradi).

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 1450-

sonli “O‘zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

qo‘yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Buyrug‘i. QHMMB:

/18/3032/1450-son. 04.07.2018 y.