3
“FERRAKON” BFQ TARKIBIDAGI GLISIRRIZIN KISLOTASI VA
FLAVONOIDLAR MIQDORINI SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH
Asqarov Ibrohim Rahmonovich., Isaev Yusup Tojimamatovich., Rustamov
Sanjar Ashiraliyevich, Egamberdiyev Dostonbek Usmonjon o’g’li
Andijon davlat universitet
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 01.07.2024
Qayta qabul : 04.07.2024
Saytda mavjud : 08.06.2024
Muallif (lar)
I.A.Asqarov
*Yu.T.Isayev
S.A.Rustamov
D.U.Egamberdiyev
Muallif bilan aloqa
https://orcid.org/0000-0002-9904-6791
© I.A.Asqarov va boshqalar
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta
tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish va
litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Anotatsiya:
Ushbu tadqiqot ishida mahalliy
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan
tarkibida
shirinmiy
ildiz
ekstrakti
saqlovchi
“FERRAKON” biologic faol qo`simcha (BFQ)
tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda – glitsirrizin
kislotasi hamda flavonoidlar yig`indisi miqdorini
spektrofotometrik usulda aniqlash bo`yicha olib
borilgan tajribalar natijalari keltirilgan. BFQ tarkibida
glitsirrizin kislotasining miqdori 3.78%, flavonoidlar
yig`ndisining miqdori 9,97% ga yetishi aniqlandi.
Kalit so’zlar:
Shirinmiya ildizi; biologic faol
qo`shilmalar,
flavonoidlar;
pinosembrin;
standartlashtirish; spektrofotometriya.
Аннотация:
В данной исследовательской
работе
спектрофотометрическим
методом
определено основное действующее вещество -
глицирризиновая кислота и флавоноиды в
биологически
активной
добавке
(БФХ)
«ФЕРРАКОН»,
содержащей
экстракт
корня
солодки,
разработанной
отечественными
производителями. . Установлено, что количество
глицирризиновой кислоты в БФХ составляет 3,78%,
а количество флавоноидов – 9,97%.
Ключевые
слова:
корень
солодки;
биологически активные соединения, флавоноиды;
пиноцембрин; стандартизация; спектрофотометрия.
Annotation:
In this research work, the main
active substance - glycyrrhizic acid and flavonoids in the
"FERRAKON" biologically active supplement (BFQ)
containing licorice root extract, developed by local
manufacturers, was determined by spectrophotometric
method. the results of the experiments are presented. It
was found that the amount of glycyrrhizic acid in BFQ
is 3.78%, and the amount of flavonoids is 9.97%.
Keywords:
licorice root; biologically active
compounds, flavonoids; pinocembrin; standardization;
spectrophotometry.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
ISSN: 3060-4540
Universal International Scientific Journal
4
UNIVERSAL international scientific journal
Kirish.
Ayrim biologik faol qo’shilmalar
(BFQ), oziq-ovqat, ichimlik, yig‘malar va
dorivor preparatlarning tarkibiy qismi sifatida
funksional o‘simliklardan foydalanish ko’lami
kengayib bormoqda. Ular orasida bugungi
kunda silliq shirinmiya (Glycyrrhiza) yetakchi
o‘rinni egallaydi [1]. Shirinmiya (yoki
qizilmiya) – eng qadimgi samarali dorivor
o`simliklardan biri hisoblanadi. Shirinmiya
ildizini
Amerikaga
kelgan
yevropalik
ko‘chmanchi xalqlar qand o‘rniga saqich qilib
chaynashgan,
bu
ularni
kasalliklardan
saqlashga, yangi qit’aga, muxitga moslashishga
yordam bergan. Xozirgi kunda, shirinmiya
ildizidan oziq-ovqat qo‘shilmasi va xushbo‘y
ta’m beruvchilar – glitsirrizin (E958) ishlab
chiqariladi, bir qator mahsulotlarga ushbu
o‘simlikning ekstrakti qo‘shiladi [2].
Xozirgi vaqtda dorivor o'simlik xom
ashyosi va fitopreparatlarni standartlashtirish
usullarini
ishlab
chiqish
hamda
takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar alohida
dolzarblikka ega hisoblanmoqda [3]. Yuqori
nafas yo’llari yallig’lanish kasalliklarida
tarkibida shirinmiya ildiz ekstrakti saqlovchi
BFQ lardan keng qo’llanilib kelinmoqda.
Shirinmiya ildiz va ildiz ekstrakti asosida bir
qator
BFQ
hamda
preparatlar
ishlab
chiqarilmoqda
(ildiz
quruq
ekstraktlar,
qizilmiya siropi, elekasol, glitsiram, likvidit va
boshqalar).
Ushbu
BFQ
va
preparatlar
yallig'lanishga
qarshi,
antigistamin,
immunomodulyator, ekspektoran, xoleretik,
yaraga qarshi dorilar sifatida amaliy tibbiyot va
xalq tabobatida samarali qo’llanilib kelinmoqda
[4]. Yuqorida keltirilgan dori vositalarining
keng
qo'llanilishi
fonida
ularni
standartlashtirish
muammolari
hanuzgacha
to'liq hal qilinmagan. Hozirgi vaqtda shirinmiya
ildizi va ushbu xom ashyoga asoslangan
preparatlarni
standartlashtirish
glisirrizin
kislotasining
miqdoriga
qarab
amalga
oshiriladi. Farmatsevtika sanoatida yupqa
qatlamli
xromatografiya
(YuQX),
yuqori
samarali suyuqlik xromatografiya (YuSSX),
spektrofotometriya va boshqa usullarning joriy
etilishi BFQ, oziq-ovqat qo’shilmalar
hamda
dorivor
preparatlarni
standartlanishini
takomillashtirish,
mahsulotlarni
sifat
va
miqdor
ko’rsatkichlarini
aniqlashda
samarali
usullari hisoblanib kelinmoqda [5]. Shu
sababli silliq shirinmiya (
Glycyrrhiza
glabra L.
) va Ural qizilmiya (
Glycyrrhiza
uralensis
Fisch
.)
ildiz
ekstraktlari
tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi triterpen
saponin glisirrizin kislotasini miqdorini
aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar ko’plab
ilmiy markazlarda olib borilmoqda [6].
Maqsad.
Ushbu ishning maqsadi
kamqonlik xastaligini oldini olish va
davolash
uchun
tavsiya
etilgan
“FERRAKON” BFQ si tarkibidagi
glitsirrizin
kislotasi
hamda
umumiy
flavonoidlar miqdorini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot
ob'ektlari.
“FERRAKON” BFQ si ("VitaBiotik" XK),
shuningdek
laboratoriya
sharoitida
shirinmiya
(
Glycyrrhiza
glabra
L.
)
ildizidan olingan namunalari bo'lgan.
Standart namunalar sifatida glitsirrizin
kislotasi,
glitsirizin
kislotasini
monoammoniyli tuzi ishlatilgan.
“FERRAKON” BFQsi tarkibidagi
glisirrizin kislotasi miqdorini aniqlash
usuli. 2,00 ml BFQ
namunasi 250 ml tubi
yassi tubli shiriflangan konusimon kolbaga
quyildi ustiga 20 ml 95% etil spirti spirt
qo‘shiladi va aralashtiriladi. Keyin
trixlorsirka
kislotaning
50
ml
3%
asetondagi eritmasi qo‘shildi va 10 daqiqa
davomida qizdirildi. Sovutgandan so‘ng,
hosil bo‘lgan eritma qog‘oz filtri orqali
filtrlanadi,
kolba
3
ml
trixlorsirka
kislotaning 3% asetondagi eritmasi ikki
maroraba yuvildi hamda yuqoridagi usul
yordamida filtirlandi. Olingan filtratga
cho‘kma paydo bo‘lguncha tomchilab
konsentrlangan ammiak eritmasi (pH 8,3
dan 8,6 gacha) tomizildi. Hosil bo’lgan
cho‘kma bilan eritma Buxner voronkasi
yordamida filtirlandi. Kolba va filtr uch
ISSN: 3060-4540
Universal International Scientific Journal
5
UNIVERSAL international scientific journal
marotaba 50 ml aseton bilan yuviladi. Filtrli
cho‘kma dastlabki, ya’ni 250 ml ko’lbaga
o’tkazilib 50 ml suvda eritiladi, so’ngra 250 ml
belgigacha suv bilan etkaziladi (A eritma). 1 ml
A eritmadan 25 ml hajmli o‘lchov
kolbasiga solinadi va eritma hajmi suv
bilan belgiga keltiriladi (B eritma).
𝑥 =
𝐷 · 𝑚
0
· 250 · 25 · 5 · 100
V · 1 · 𝐷
0
50 · 25
=
𝐷 · 𝑚
0
· 2500
𝑉 · 𝐷
0
Bu yerda:
D - tekshirilayotgan eritma (B eritma) ning
258 nm dagi optik zichligi;
D
0
- tekshirilayotgan eritma tarkibidagi
GKMAT ni (B eritma) 258 nm optik
zichligi;
V – eritma hajmi, ml;
m
0
– GK massasi g.
“FERRAKON”
BFQsi
tarkibidagi
umumiy flavonoidlarni miqdorini aniqlash.
BFQ dan
1 ml olib 50 ml hajmli o'lchov
kolbasiga solindi, unga 2 ml 3% li alyuminiy
(III) xloridning spirtli eritmasi qo'shildi va
eritmaning hajmi 96% etil spirti bilan belgiga
keltirildi (A eritma), aralashtiriladi va alyuminiy
bilan flavonoidlar kompleks hosil qilish uchun
40 daqiqaga qoldirildi (A eritma). Solishtirish
uchun 1 ml
BFQ
(1:50) 50 ml hajmli o'lchov
kolbasiga solingan va eritmaning hajmi 96% etil
spirti bilan belgiga yetkazilgan (A eritmaga
solishtirish uchun). Keyin tekshiriluvchi A
eritmasining optik zichligi spektrofotometrda
310 nm to‘lqin uzunligida A etalon eritma
fonida o‘lchandi.
𝑥 =
𝐷 · 50 · 25 · 100
m · 680 · (100 − W)
Bu yerda:
D – tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi;
m-namuna massasi; 680 – pinotsembrin standart
namunasining 310 nm dagi solishtirma yutilish
ko`rsatkichi (
𝐸
1 𝑐𝑚
1%
); W - quritishdan keyingi
massa kamayishi
Olingan natijalar muhokamasi:
“FERRAKON”
BFQsi
tarkibidagi
glitsirrizin kislotasi 258 nm to'lqin uzunligida
spektrofotometriya yo'li bilan aniqlanganda
o‘rtacha miqdori 3,78 % ni tashkil qildi.
Ma’lumki glitserrizin kislotasi immunitet
tizimini
faollishtiradi,
vitamin
va
minerallarni
organizmga
so‘rilishini
yaxshilaydi. Bu esa BFQ tarkibidagi asosiy
biofaol birikmalar, vitaminlar, minerallar
va
biogen
elementlarni
organizm
tomonidan
yuqori
darajada
o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Olib borilgan
tadqiqotlardan ma’lumki, ushbu modda
genetik va orttirilgan aplastik anemiyaning
kuchli bo’lmagan turini davolashda
yordamchi
vosita
sifatida
samarali
hisoblanadi [7]. Ushbu kasallikni oldini
olish va davolashda ko’plab sintetik
preparatlardan
foydalaniladi,
bunday
preparatlardan
foydalanish
jigar
yetishmovchiligi bor kasallarda muammo
tug’diradi. Bu muammoni hal etish
maqsadida yondosh davolovchi vosita
sifatida tarkibida glitsirrizin kislotasi
saqlagan tabiiy BFQlar tavsiya etiladi.
Shuningdek
umumiy flavonoidlar
miqdori
310 nm to'lqin uzunligida
spektrofotometriya yo'li bilan mahsulot
tarkibida 9.97 % flavonoidlar borligi
aniqlandi. Flavonoidlar o'simliklar uchun
zaruriy moddalardan bo’libgina qolmay,
inson salomatligi uchun ham foydalidir.
Ya'ni, flavonoidlar qadim zamonlarda
an'anaviy tibbiy muolajalarda asosiy rol
o'ynagan va ulardan foydalanish hozirgi
kungacha davom etgamoqda. Tibbiyot
uchun flavonoidlarning eng qimmatli
xususiyati ularning yuqori toksik erkin
radikallarni
samarali
tozalash
va
oksidlovchi
stressni
kamaytirish
qobiliyatidir.
Bundan
tashqari,
ISSN: 3060-4540
Universal International Scientific Journal
6
UNIVERSAL international scientific journal
flavonoidlar temir kabi metall ionlari bilan
barqaror komplekslar hosil qiladi va bu ularning
antidote
xususiyatlarini
ifodalaydi[8].
Flavonoidlar bilan temir komplekslari temir
ionining ichakda so'rilishini inhibirlashi va
ferroportin jarayonini kamaytirishi ma'lum,
ammo ba'zi zamonaviy tadqiqotlar aksincha
ekanini ko’rsatmoqda. So'nggi paytlarda
quercetin temirni hujayra ichida va tashqarisida
tashish uchun vosita sifatida harakat qilishi
aniqlandi. Temirni flavonoidlar bilan kompleks
hosil qilishi, Fenton reaktsiyasi, ichaklar shilliq
qavat bloklari va oshqozon-ichak muammolari
kabi temir yetishmasligidan kelib chiqadigan
nojo'ya xolatlarning oldini olishda foydali
hisoblanadi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, olib borilgan
tadqiqotlarda
mahalliy
ishlab
chiqaruvchilar tomonidan kamqonlikni
oldini olish va davolashda qo`llash uchun
tavsiya etilayotgan
“FERRAKON”
BFQ si
tarkibidagi
glitsirrizin
kislotasi
va
flavonoidlar
yig`ndisining
miqdori
spektrofotometrik
usulda
aniqlandi.
Olingan
natijalar
mazkur
BFQ
ni
davolaovchi samaradorligini baholashda
ma`lum ahamiyat kasb etishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Куркин В.А., Егоров М.В. Стандартизация корней солодки голой и лекарственного
препарата «солодки экстракт жидкий» // Фундаментальные исследования. – 2014. – №6-
6. – С. 1232-1236; URL: https://fundamental-research.ru/ru/article/view?id=34320 (дата
обращения: 05.07.2024).
2.
Askarov, I.R., Rustamov, S.A., Egamberdiev, D.U., Isaev, Yu.T. & Kushiev, Kh.Kh. (2021).
Molecular complexes of monoammonium salt of glycyrrhizic acid with some urea and their
antibiotic activity. Chemical Problems, (3), 160-167.
3.
Исаев Ю.Т., Рустамов С.А., Эгамбердиев Д.У., Абдуллаев М.Н., Аскаров И.Р.,
“Фотометрическое определение глицирризиновой кислоты в сухих корнях солодки”.
Вестник Пермской государственной фармацевтической академии. Сборник материалов
(22 апреля 2021 года). 149-151 c.
4.
М.В.Егоров, В.А.Куркин, Г.Г.Запесочная, В.А.Быков. Качественный и количественный
анализ сырья и препаратов солодки. Вестник ВГУ. Серия: Химия, Биология. Фармация.
2005. №1. С.175-180.
5.
ФС 2.5.0040.15 «Солодки корни». ГФ РФ ХIV, т.IV, М., 2018 – c.6429.
6.
Askarov, I., Isaev, Y., Tashtemirova, G., Rustamov, S., Kadirov, M., & Shadmanov, K.
(2023). Synthesis of complex compounds of the monoammonium salt of glycyrrhizic acid and
thiourea. In E3S Web of Conferences (Vol. 383, p. 04023). EDP Sciences.
7.
Ren CA, Li YX, Cui JY, Sheng ZX, Ran XH, Wang BH, Zhang MH. Efficacy of glycyrrhizin
combined with cyclosporine in the treatment of non-severe aplastic anemia. Chin Med J
(Engl). 2013;126(11):2083-6. PMID: 23769562.
8.
Lesjak M, K S Srai S. Role of Dietary Flavonoids in Iron Homeostasis. Pharmaceuticals
(Basel). 2019 Aug 8;12(3):119. doi: 10.3390/ph12030119. PMID: 31398897; PMCID:
PMC6789581.
9.
Maryam Mazhara, Shaheen Faizib, Anum Gula, Nurul Kabira and Shabana U. Simjee.,
«Effects of naturally occurring flavonoids on ferroportin expression in the spleen in iron
deficiency anemia in vivo», RSC Advances., Issue 38, 2017, RSC Adv., 2017,7, 23238-23245
https://doi.org/10.1039/C7RA02138K
