Mualliflar

  • Xojaroy Jabborova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.82310

Kalit so‘zlar:

Kapalaklar qoʻngʻizlar termitlar chumolilar nekrofag va kaprofag

Annotasiya

Ushbu tezisda hasharotlarning iqtisodiyotdagi va tabiatdagi ahamiyati hamda tuproq hosil boʻlish jarayonidagi o‘ni va hasharotlardan olinadigan mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

190

Universaljurnal.uz

Jabborova Xojaroy Xasanboy qizi

Andijon davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Uzbekistan

xojaroyjabborova05@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda hasharotlarning iqtisodiyotdagi va tabiatdagi ahamiyati hamda tuproq

hosil boʻlish jarayonidagi o‘ni va hasharotlardan olinadigan mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Kapalaklar, qoʻngʻizlar, termitlar, chumolilar, nekrofag va kaprofag.

Аннотация:

В диссертации представлена информация о значении насекомых в экономике и

природе, а также об их роли в почвообразовании и продуктах, получаемых от насекомых.

Ключевые слова:

Бабочки, жуки, термиты, муравьи, некрофаги и капрофаги.

Abstract:

This thesis presents information on the importance of insects in the economy and nature,

as well as their role in soil formation and the products obtained from insects.

Keywords:

Butterflies, beetles, termites, ants, necrophagous and caprophagous.

Language:

Uzbek

Citation:

Jabborova, K. (2025). IMPORTANCE OF INSECTS IN NATURE AND ECONOMY.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

190–193.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1546

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15310887

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

HASHAROTLARNING TABIATDAGI VA IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 28.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

191

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Hasharotlarning

tabiatdagi

ahamiyati haqida soʻz yuritadigan boʻlsak,
bilamizki, tabiatda faqat zararli yoki faqat
foydali

organizmlar

boʻlmaydi.

Hayvonlarning foydali yoki zararli ekanligi
toʻgʻrisida soʻz yuritilganda kishilar
ularning hayot faoliyati toʻgʻrisida oʻz
manfaatlari yuzasidan subyektiv xulosa
chiqarishadi [1; 36-42 b.].

Juda xilma-xil va koʻp sonli boʻlishi

tufayli hasharotlar tabiatda sodir boʻlib
turadigan moddalar almashinuvida muhim,
ahamiyatga ega boʻladi. Ular gulli
oʻsimliklarni changlatib hosilni oshiradi.
Moʻtadil mintaqalarda oʻsadigan gulli
oʻsimliklarning 30 foizga yaqini, tropik
oʻlkalarda yarimidan koʻprogʻi hasharotlar
yordamida changlanadi. Pardaqanotlilar -
asosiy

changlatuvchi

hasharotlar

hisoblanadi. Changlatishda ikki qanotlilar,
kapalaklar, qisman qoʻngʻizlar ham
ishtirok etadi. Ayrim oʻsimliklar, masalan,
grechixa, kungaboqar kabi oʻsimliklar
faqat

hasharotlar

bilan

changlanadi.

Hasharotlar yordamida changlanadigan
oʻsimliklar

entomofill

deyiladi.

Evolyutsiya jarayonida hasharotlar bilan
gulli oʻsimliklar oʻrtasida oʻziga xos
moslanishlar paydo boʻlgan. Xususan,
hasharotlarning soʻruvchi xartumi guldan
nektar yigʻishga, hidni sezishi va ranglarni
ajrata bilish qobiliyati esa nektar beruvchi

gullarni oson topishga yordam beradi [2;
73-78 b.]

Hasharotlar

tabiatda

moddalar

almashinuvida ham katta ahamiyatga ega.
Koʻpchilik hasharotlar tirik oʻsimlik
toʻqimalari

bilan

oziqlanadi.

Lekin

ularning hammasini zararkunanda deyish
mumkin emas. Aksincha, ular tabiatda
moddalar

aylanishining

eng

muhim

zvenosi hisoblanadi. Bu jihatdan ularni
oʻtxoʻr umurqali hayvonlarga oʻxshatish
mumkin. Oʻz navbatida hasharotlarning
oʻzi ham boshqa hayvonlar (masalan,
qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda hamda
quruqlikda yashovchilar, hasharotxoʻr sut
emizuvchilar, yirtqich hasharotlar) uchun
oziq manbai hisoblanadi. Hasharotlarsiz
umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning
koʻpchiligi hayot kechira olmagan boʻlar
edi [3; 48-56 b.]

Hasharotlar tuproq hosil boʻlish

jarayonida ham oʻz ahamiyatiga ega.
Oʻsimlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan
hasharotlar tuproqni organik moddalar
bilan boyitadi. Termitlar chumolilar va
boshqa bir qancha hasharotlar in qazib
tuproqni yumshatadi va gʻovak qiladi;
uning havo va suv oʻtkazish xususiyatini
yaxshilaydi; tuproqni chirindi moddalar
bilan boyitib yemirilishidan saqlaydi.
Oʻsimlik qoldiqlari, ayniqsa igna barglilar
xazonining

chirishida

hasharotlarning

ahamiyati katta. Hasharotlar uchun qulay


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

19

2

sharoit boʻlmagan botqoq tuproqlarda
oʻsimlik qoldiqlari parchalanmasdan torf
hosil

qiladi.

Hasharotlar

orasida

hayvonlarning

murdalari

bilan

oziqlanuvchi nekrofaglar (oʻlaksaxoʻrlar)
va goʻngxoʻr - kaprofaglar tabiiy sanitarlar
vazifasini bajaradi. Goʻngxoʻr hasharotlar
hayvonlarning goʻngini parchalab uning
chirishiga ya'ni tuproq hosil boʻlishiga
yordam beradi [4; 101-105 b.].

Hasharotlar inson hayotida ham

muhim ahamiyatga ega. Hasharotlardan
olinadigan mahsulotlar farmasevtika va
sanoatda turli xil dori darmonlar va
boʻyoqlar olish maqsadidafoydalaniladi.
Oziq-ovqat va ipak olish maqsadida
kishilar asalari va tut ipak qurtini qadimdan
xonakilashtirishgan. Hozir asalarichilik va
pillachilik qishloq xoʻjaligining muhim
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. [5; 24-28
b.].

Asalarichilik

qishloq

xoʻjaligining

tarmoqlaridan

biri,

asalarilarni

asal,

mum

va

boshqa

mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi,
asalari zahari) olish, shuningdek qishloq
xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish
uchun ularni changlatish maqsadlarida
boqish [6; 32-34 b.].

Asalarichilik bilan 20-50 (90%) yoki

50-150 (10%) quti asalarisi boʻlgan
xususiy asalchilar ham shugʻullanadi.
Mavsumda ikki marta may-iyun (bahorgi)
va avgust-sentabrda (yozgi) asal olinadi.
1996-yil 17,1 ming tonna asal, 187 tonna
mumlarda

tayyorlandi.

Respu-blikada

yiliga 20 ming tonnadan koʻproq asal

tayyorlash imkjoniyatlari bor. Asalarilar
asosan

koʻchma

usulda

boqiladi.

Asalarilardan qishloq xoʻjaligi ekinlarini
(gʻoʻza, mahsar, kanop, urugʻlik beda va
boshqalar) changlatishda foydalaniladi.
Asalarilar

bilan

changla-tish

gʻoʻza

hosildorligini

oʻrtacha

5,1-5,9

s/ga

oshirishi aniqlangan [7; 63-64 b.].

Pillachilik — ipak qurti boqish, pilla

yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining
ipakchilik sanoati uchun xom ashyo
yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan
biri. Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning
ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo
qilish; tutning yangi navlarini yaratish;
ipak qurtining zotlari va durapillalarni
yaratish; naslchilik ishlari, ipak qurti boqib,
uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik
sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani
quritib, quruq pilla standarti talablariga
moye keltirib korxonalarga topshirish;
pillani

dastlabki

qayta

ishlash

va

boshqalarni oʻz ichiga qamrab oladi [8; 41-
43 b.].

Oʻzbekistonda tut ipak qurti urugʻini

tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki
ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt
zotlari va duragaylarini yaratishni va
tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal
majmua

yaratilgan.

Tut

ipak

qurti

respublikaning

barcha

viloyatlarida

yetishtiriladi.

Jahonda pilla yetishtirish va xom

ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston
Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-
oʻrinni

egallaydi.

Hozirgi

kunda

yetishtirilayotgan

pilla

respublikaning


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

19

3

hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq
taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish
imkonini ham beradi.

Pillachilik

Xitoy,

Hindiston,

Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan,
Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr
va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.
Tabiiy ipak jahonda ishlab chiqariladigan
toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5%
ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak
gazlamalarning

texnika

va

maishiy

turmushda keng qoʻllanishi tufayli jahon
bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda
yuqori [9; 84-84 b.].

XULOSA
Hasharotlar

tabiatda

va

inson

hayotida muhim ekologik va iqtisodiy
ahamiyatga ega organizmlar sirasiga
kiradi. Ularning biologik xilma-xilligi va
keng tarqalganligi sababli, hasharotlar
ekotizimlarda

moddalar

almashinuvi,

changlatish, tuproq hosil bo‘lishi va tabiiy
sanitar vazifalarini bajarishda beqiyos rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, gulli o‘simliklarning
ko‘pchiligi ularning faol ishtirokida
changlanadi, bu esa qishloq xo‘jalik
ekinlarining hosildorligiga bevosita ta’sir
qiladi.

Inson hayotida ham hasharotlarning

roli katta. Asalarilar asal, mum, asalari suti
va boshqa foydali mahsulotlar manbai
bo‘libgina qolmay, ular qishloq xo‘jaligi
ekinlarini changlatish orqali hosildorlikni
oshiradi.

Pillachilik

esa

ipakchilik

sanoatining asosiy manbai bo‘lib, iqtisodiy
jihatdan

foydali

tarmoq

hisoblanadi.

O‘zbekiston bu borada jahon miqyosida
yetakchi davlatlar qatoriga kiradi.

Umuman

olganda,

hasharotlar

nafaqat ekologik muvozanatni saqlashda,
balki iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda
ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Muhammadiev A.M. Umurtqasizlar zoologiyasi. T., "Oʻqituvchi ", 1976.

2.

Lukin E.I Zoologiya. M., "Agropromizdat" ,1989. 384s

3.

Бей-биенко Г.Я. Общая энтомология. – М.: «Высшая школа», 1980.

4.

Дьяков Ю.Т. и др. Общая и сельскохозяйственная фитопатология. – М.: «Колос», 1984.

5.

Uktamovna, M. M. (2022). epitetning lingvistik tabiati. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali, 2(8), 26
6.

Uktamovna, M. M. (2023). transferred epithet in english language. научный фокус, 1(1), 921-924.

7.

O’zbekiston milliy ensklopediyasi.

8.

R.A Olimjonov “Entamalogiya”. T. 1977-y.

9.

H.Kimsanboyev, S.Ergashev, R.O’lmasboyeva, B.Sulaymonov “Entamalogiya”.

10.

Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING DASTLABKI

TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING
TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.
11.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY KOMPYUTER

DASTURLARINI QO ‘LLASH.
12.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT

KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Bibliografik manbalar

Muhammadiev A.M. Umurtqasizlar zoologiyasi. T., "Oʻqituvchi ", 1976.

Lukin E.I Zoologiya. M., "Agropromizdat" ,1989. 384s

Бей-биенко Г.Я. Общая энтомология. – М.: «Высшая школа», 1980.

Дьяков Ю.Т. и др. Общая и сельскохозяйственная фитопатология. – М.: «Колос», 1984.

Uktamovna, M. M. (2022). epitetning lingvistik tabiati. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 2(8), 26

Uktamovna, M. M. (2023). transferred epithet in english language. научный фокус, 1(1), 921-924.

O’zbekiston milliy ensklopediyasi.

R.A Olimjonov “Entamalogiya”. T. 1977-y.

H.Kimsanboyev, S.Ergashev, R.O’lmasboyeva, B.Sulaymonov “Entamalogiya”.

Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари