Mualliflar

  • Irodaxon Muhtorova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.82311

Kalit so‘zlar:

tixogramma brakon paraziti oltinkoʻz xonqizi gabrobrakon

Annotasiya

Ushbu tezisda hasharotlarning tabiatdagi ahamiyati, ularning faunasidagi foydali hashorotlarning qishloq xoʻjaligi ekinlariga keltiradigan foydali tomonlari oʻrganildi. Keyingi yillarda entomofoglarni xona sharoitida sunʻiy ozuqa jihatida koʻpaytirib, keyin daladagi zararkunandaga qarshi qoʻyib yuborish usuli keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi ekinlarini biologik himoya qilishda keng qoʻllanilayotgan entomofoglardan: toʻr qanotlilar (Neuroptera) turkumiga mansub oltinkoʻzlar Chrysopidae oilasi vakillaridan oddiy oltinkoʻz (Chrysopa carnea Stephens, 1836), trixogramma avlodiga mansub hashoratlar va gabrobrakonlar kiradi. Ularning qulay tomoni shundan iboratki, ularni yil davomida maxsus laboratoriya sharoitida koʻpaytirish mumkin


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

185

Universaljurnal.uz

Muhtorova Irodaxon Baxromjon qizi

Andijon davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Uzbekistan

irodaxonmuxtorova07@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda hasharotlarning tabiatdagi ahamiyati, ularning faunasidagi foydali

hashorotlarning qishloq xoʻjaligi ekinlariga keltiradigan foydali tomonlari oʻrganildi. Keyingi yillarda

entomofoglarni xona sharoitida sunʻiy ozuqa jihatida koʻpaytirib, keyin daladagi zararkunandaga qarshi

qoʻyib yuborish usuli keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi ekinlarini biologik himoya

qilishda keng qoʻllanilayotgan entomofoglardan: toʻr qanotlilar (Neuroptera) turkumiga mansub

oltinkoʻzlar Chrysopidae oilasi vakillaridan oddiy oltinkoʻz (Chrysopa carnea Stephens, 1836),

trixogramma avlodiga mansub hashoratlar va gabrobrakonlar kiradi. Ularning qulay tomoni shundan

iboratki, ularni yil davomida maxsus laboratoriya sharoitida koʻpaytirish mumkin.

Kalit so‘zlar:

tixogramma, brakon paraziti, oltinkoʻz, xonqizi, gabrobrakon.

Аннотация:

В данной диссертации изучается значение насекомых в природе и польза,

которую полезные насекомые из их фауны приносят сельскохозяйственным культурам. В

последние годы широкое распространение получил метод разведения энтомофагов в комнатных

условиях на искусственных кормах с последующим выпуском их против вредителей в полевых

условиях. В настоящее время к энтомофагам, широко используемым в биологической защите

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

FOYDALI HASHAROTLAR ENTOMOFAUNASINI OʻRGANISH

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 28.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

18

6

сельскохозяйственных культур, относятся: обыкновенный щегол (Chrysopa carnea Stephens, 1836),

насекомые рода Трихограмма и габбробраконы из отряда сетчатокрылых семейства Chrysopidae. Их

преимущество в том, что их можно выращивать круглый год в специальных лабораторных

условиях.

Ключевые

слова:

тиксограмма,

браконьерский

паразит,

гоголь,

ханкизи,

габбробраконьерство.

Abstract:

This thesis studies the importance of insects in nature, the beneficial effects of beneficial

insects in their fauna on agricultural crops. In recent years, the method of breeding entomophages in room

conditions on artificial feed and then releasing them against pests in the field has been widely used.

Currently, entomophages widely used in the biological protection of agricultural crops include: common

goldfish (Chrysopa carnea Stephens, 1836), insects belonging to the genus Trichogramma, and

gabbrobracones from the family Chrysopidae of the order Neuroptera. Their advantage is that they can be

bred in special laboratory conditions throughout the year.

Keywords:

tixogramma, poaching parasite, goldeneye, khankizi, gabbropoaching.

Language:

Uzbek

Citation:

Muhtorova , I. (2025). STUDY OF THE ENTOMOFAUNA OF BENEFICIAL INSECTS.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

185–189.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1545

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15310659

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Trixogramma (Trichogramma) —

qishloq xoʻjaligiga zarar keltiruvchi xavfli
zararkunandalar

bilan

oziqlanuvchi

hasharot hisoblanadi. Tunlam kapalagining
tuxumlarini yoʻqotishda asosiy biologik
vosita sifatida ishlatiladi. Tanasining
uzunligi 0,3-0,9 mm. Trixogrammaning
qisqa qanotli va qanotsiz turlari mavjud.
Moʻylovi 5-9 boʻgʻimli, qanotlari keng
hoshiyali, oldingi qanotlari qisqa shokilali.
Orqa

juft

qanotlari

ingichka.

Urgʻochisining moʻylovi qisqa, bir halqali,

xivchini

ikki

boʻgʻimli.

Erkaklari

koʻpincha

qanotsiz

yoki

qanoti

soddalashgan. Trixogramma polifag boʻlib,
200 ga yaqin turdagi hasharot tuxumini
zararlaydi.

Trixogrammalardan

hasharotlarga

(tunlamlar,

parvonalar,

odimchilar va boshqalar) qarshi kurashda
foydalaniladi. Maxsus biolaboratoriyalarda
koʻproq pintoi Voegele turi koʻpaytiriladi.
Dalalardagi kemiruvchi tunlamlarga qarshi
uch marta har gektariga 200 ming donadan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

18

7

yetuk trixogramma tarqatish tavsiya etiladi
[6; 12-16 b.].

Brakonidlar

(Braconidae)

-

tanasining uzunligi 5-15 mm. Qornining
dastlabki 3 boʻgʻimi (segmenti) kalta,
baʼzan birinchisi bir oz uzunroq. Oyoqlari,
odatda

ixcham,

boldirida

pixi

bor,

oʻtirgʻich yoki poyasimon qorinli; 2-3
boʻgʻimlari oʻzaro harakatsiz birikkan.
Qattiq

qanotlilar,

tangaqanotlilar,

tengqanotlilar

turkumi

vakillarida

parazitlik

bilan

hayot

kechiradi.

Brakanidlarning

koʻpgina

turlari

qandalalar,

qoʻngazlar,

kapalaklar,

arrakashlar, chumolilar va pashshalarning
ichki parazitidir. Voyaga yetgan gul nektari
yoki soʻruvchi hasharotlarning chiqindilari
(shirasimon suyuklik) bilan oziqlanadi.
Katta yoshdagi lichinkasi xoʻjayin qurtida
qishlaydi.

Yilda

5-6

avlod

beradi.

Brakanidlarning koʻpchiligi serpusht (1000
tagacha tuxum qoʻyadi). Oʻrta Osiyoning
sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqasida
Brakanidlarning

Apanteles

congestus

(Nees,

1834),

Aleiodes

dimidiatus

(Spinola, 1808), Microplitis spectabilis
(Haliday, 1834), Macrocentrus collaris
(Spinola, 1808), Habrobracon hebetor
(Say, 1836) va boshqa turlari tarqalgan.
Brakonidlarda

koʻpgina

vakillaridan

zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik
kurashda keng foydalaniladi [4; 122-128
b.].

Oltinkoʻzlar (Chrysopidae) - Oʻrta

Osiyo

faunasida

24

turi

tarqalgan.

Oʻzbekistonda

Chrysoperla

carnea

(Stephens, 1836), Ch. albolineata L. va Ch.

vittata W. koʻp uchraydi. Tanasi och yashil,
kuzlari

tillarang,

sadafeimon

yoki

kamalaksimon

tovlanuvchi

qanotlari

yoyilganda

19-50

mm.

Moʻylovi

choʻtkasimon, peshonasi tekis. Ingichka
dastali och yashil, tuxumini oʻsimlikka
yopishtirib qoʻyadi. Lichinkasi tigiz, old va
orqa tomoni ingichka, koʻkrak oyoqlari
yaxshi rivojlangan. Gʻumbagi ochiq tipda,
rangi yashil. Oltinkoʻzning lichinkalari
yirtqich hayot kechirib, ular juda xoʻra va
nihoyatda harakatchan. Ular polifag (ozuqa
turi koʻp). Lichinkasi 3000 tagacha bit,
oʻrgimchakkana va zararkunanda tunlam
tuxumlarini yoʻq qilishi mumkin. Yetuk
hasharot fazasida, kamdan-kam gʻumbak
xolida qishlaydi. Qishlovdan mart oxiri-
aprel boshlarida, sutkalik oʻrtacha harorat
10-11°C boʻlganda chiqadi. Tuxumini
oʻsimlikning bargi va boshqa qismlariga
bittadan yoki toʻp qilib qoʻyadi. Urgʻochisi
bir kunda 65 ta hayoti davomida esa 500-
750 tagacha tuxum qoʻyadi. Dehqonlik
mintaqalarida yashaydigan Oltinkoʻzning
asosiy turlari 4-5 avlod beradi. Paxta
dalalari agrobiotsenozida gʻoʻza va boshqa
qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini yoʻq
qiluvchi

etnomofaglar

sifatida

katta

ahamiyatga

ega.

Oʻsimliklarni

zararkunanda

hasharotlardan

ximoya

qilishda qoʻllash uchun laboratoriya
sharoitida, tabiiy va sunʼiy ozuqa muhitida
koʻpaytirish usuli ishlab chiqilgan [3; 225 -
230 b.].

Xonqizi (Cocinellf septempunctata)

- tanasi yumaloqlashgan va yelka qismi
qavariq. Kattaligi 8 mmgacha. Tanasi toʻq


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

188

qizil rangli boʻlib, 7 tadan qora nuqtalari
bor. Qanotining osti va qorin qismi qora.
Bosh qismi kichik boʻlib, koʻkrak-qorin
qismiga kuchli qoʻshilib ketgan. Tanasida
4juft oyoqlari boʻlib, ohirgi 4chi jufti
koʻrinmaydi,

chunki

juda

kalta.

Oyoqlarining bogʻinlarida maxsus teshik
poralari boʻlib, havf tugʻlganda toʻq sariq
rangli

ishqoriy

gemolimfa

suyukligi

chiqaradi. Ular asosan, Yevropa, Osiyo,
Shimoliy Afrikada keng tarqalgan. Oʻrta
Osiyo xonqizilari 2700 m balandlikkacha
boʻlgan togʻ zonalarida toshlar ostida
toʻplanib qishlaydi. Bahorda uchib chiqib
ekinzorlarga, bogʻlarga keladi. Oziq yetarli
boʻlganda urgʻochilari serpusht boʻladi va
ular 200-400 tagacha tuxum qoʻyadi.
Oʻsimlik tanasiga qoʻyilgan tuxumlaridan
juda serharakat lichinka chiqadi. Toʻq
rangli qizil dogʻlari boʻlgan bu lichinkalar
rivojlanish stadiyasi davomida 1000 ta
shiralarni yeydi. Bir sutkada kunduzi 60-
100

shira

bitlari

va

300

tagacha

lichinkalarini yeb tugatadi. Voyaga yetgan
formalar

shiralar,

oqqanotlar,

oʻrgimchakkana bilan oziqlanadi [7; 69-75
b.].

Gabrobrakon (Habrobrocon hebetor

Say) - yetuk hasharot och sargʻich rangli 2-
3 mm, yozgi boʻgʻin zotlari rangliroq,
bahorgi

va

kuzgilari

qoramtirroq.

Moʻyloʻvlari yoʻgʻonroq, bosh va koʻkrak
uzunligidan kaltaroq. Ular tuxumlarini
oʻlja

qurtlari

tanasiga

qoʻyadi.

Gabrobrakon tashqi parazit. U koʻsak
qurtiga 2-16 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir
urgʻochi 10-100 tagacha tuxum qoʻyishi

mumkin. Lichinkasi oyoqsiz, jagʻlari
oʻroqsimon [1; 115 - 130 b.].

Demak,

entomofag

hasharotlar

doimo

zararkunanda

hasharotlarning

miqdor

zichligiga

taʻsir

koʻrsatadi.

Ularning soni qanchalik koʻp boʻlsa,
zararkunandalarning soni ham shunchalik
kamayib boradi. Har bir tuman va
qishloqlarda

biolaboratoriyalarda

ish

faoliyatini rivojlantirishimiz kerak. Ayrim
chekka

qishloqlarda

biolaboratoriyalar

mavjud emas yoki ishlamaydi. Hozirda
ayrim

biolaboratoriyalar

xususiylashtirilgan. Tabiat barchamizning
umumiy

uyimizdir.

Foydali

xashoratlarning tabiat va inson uchun
ahamiyati beqiyos ekan, ularni muhofaza
qilish

har

birimizning

muqaddas

burchimizdir [2; 190-195 b.].

XULOSA

Foydali hasharotlar entomofaunasini

oʻrganish natijasida aniqlanishicha, bu
organizmlar tabiiy ekotizimlar va qishloq
xoʻjaligi uchun muhim biologik resurs
hisoblanadi.

Tabiatda

va

agrobiotsenozlarda

ular

zararkunanda

hasharotlar sonini nazorat qilish orqali
ekinlar hosildorligini saqlab qolish va
oshirishda

katta

rol

oʻynaydi.

Trixogramma, brakonidlar, oltinkoʻzlar,
xonqizilar

va

gabrobrakonlar

kabi

entomofaglar tabiiy yirtqich yoki parazit
xususiyatga ega boʻlib, ular bir qancha
zararli hasharotlarning tuxumlari yoki
lichinkalarini yemirib, ularning tarqalishini
sezilarli darajada cheklaydi. Ushbu foydali


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

18

9

hasharotlar biologik kurash vositasi sifatida
nafaqat ekologik toza, balki iqtisodiy
jihatdan ham tejamkor usul hisoblanadi.
Ularni maxsus laboratoriyalarda sunʼiy
sharoitda

koʻpaytirish,

keyinchalik

dalalarga chiqarib yuborish orqali ko‘plab
zararli hasharotlarga qarshi samarali kurash
olib borish mumkin. Bu jarayon ayniqsa,
pestitsidlardan voz kechish yoki ularni
minimal darajada qo‘llashga intilayotgan
zamonaviy ekologik qishloq xo‘jaligi
uchun

muhim

ahamiyatga

ega.

Shuningdek, ushbu turlarni keng miqyosda
saqlab qolish, ko‘paytirish va tabiatda
ularning yashash sharoitlarini yaxshilash

orqali barqaror qishloq xo‘jaligi tizimiga
erishish mumkin. Buning uchun har bir
hududda

samarali

ishlaydigan

biolaboratoriyalar tarmog‘ini kengaytirish,
mavjudlarini modernizatsiya qilish muhim
vazifalardan biridir. Foydali hasharotlar
nafaqat zararkunandalarni nazorat qiladi,
balki biologik xilma-xillikni saqlashda,
tabiiy muvozanatni barqarorlashtirishda
ham beqiyos ahamiyatga ega. Ularni
muhofaza qilish va ulardan to‘g‘ri
foydalanish bugungi va kelajak avlodlar
uchun ekologik barqarorlikni ta’minlashda
muhim qadam hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
2. R.A Olimjonov "Entomologiya"
3. H. Kimsanboyev, S. Ergashev, R. Oʻlmasboyeva, B. Sulaymov "Entomologiya"
4. Muhammadiev A.M. Umurtqasizlar zoologiyasi. T., "Oʻqituvchi ", 1976.
5. Lukin E.I Zoologiya. M., "Agropromizdat" ,1989. 384s
6. Бей-биенко Г.Я. Общая энтомология. – М.: «Высшая школа», 1980.
7. Дьяков Ю.Т. и др. Общая и сельскохозяйственная фитопатология. – М.: «Колос», 1984.
8. in-academy.uz
9.

www.wikipedia.org

10. Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING DASTLABKI
TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES, EDUCATION AND NEW
LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.
11. Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY KOMPYUTER
DASTURLARINI QO ‘LLASH.
12. Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT
KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO ‘LLASH.
13. Maratovich, A. I. (2025). O ‘QUV JARAYONIDA GAMIFIKATSIYA ELEMENTLARIDAN
FOYDALANISH VA TALABALARNING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH. Global Science
Review, 2(1), 75-81.
14. Maratovich, A. I. (2025). BOSHLANG ‘ICH TA'LIM TALABALARINI TA'LIMIY
GEYMIFIKATSIYA

ELEMENTLARIDAN

FOYDALANISH

KO

‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS,
72(1), 144-146.

Bibliografik manbalar

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

R.A Olimjonov "Entomologiya"

H. Kimsanboyev, S. Ergashev, R. Oʻlmasboyeva, B. Sulaymov "Entomologiya"

Muhammadiev A.M. Umurtqasizlar zoologiyasi. T., "Oʻqituvchi ", 1976.

Lukin E.I Zoologiya. M., "Agropromizdat" ,1989. 384s

Бей-биенко Г.Я. Общая энтомология. – М.: «Высшая школа», 1980.

Дьяков Ю.Т. и др. Общая и сельскохозяйственная фитопатология. – М.: «Колос», 1984.

in-academy.uz

www.wikipedia.org

Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO ‘LLASH.

Maratovich, A. I. (2025). O ‘QUV JARAYONIDA GAMIFIKATSIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH VA TALABALARNING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH. Global Science Review, 2(1), 75-81.

Maratovich, A. I. (2025). BOSHLANG ‘ICH TA'LIM TALABALARINI TA'LIMIY GEYMIFIKATSIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH KO ‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 72(1), 144-146

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари