MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
659
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ERTAKNING AHAMIYATI
Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna
FarDU
filologiya fanlari doktori (DSc)dotsent
Saydullayeva Gulasal Umidjon qizi
FarDU, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va
metodikasi (maktabgacha ta’lim)
mutaxassisligi, 1-bosqich magistranti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258089
Annotatsiya.
Maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash hamda nutqini rivojlantirish masalasi tahlil qilingan. Zero
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda alla-qo‘shiqlarining ijtimoiy-
g‘oyaviy mazmuni va tarbiyaviy ta’siri, xalq ertaklaridan maktabgacha yoshdagi bolalarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish mazmuni va xalq maqollari vositasida maktabgacha
yoshdagi bolalarda dastlabki xulq-atvor madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
xalq og‘zaki ijodi namunalari, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, maktabgacha
ta’lim tashkilot.
Zamonaviy ta’lim tizimi yangi avlod pedagoglarini tayyorlashda innovatsion
texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Innovatsion yondashuv nafaqat bilimlarni uzatish,
balki shaxsning ijodkorlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsining
shakllanishi, uning bu bilimlarni singdirilishi lozim bo‘lgan ob’ektlikdan ularning barchasini o‘z
ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zi o‘zlashtirishga moyil bo‘lgan sub’ekt darajasiga ko‘tarilishi,
mustaqil shaxs sifatida tan olinishi muhitida tashkil etilishi kompetentli shaxs shakllanishida katta
ahamiyat kasb etadi.
Bolalarni o‘z ona tilida nuqsonsiz so‘zlashishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, tafakkurini
rivojlantirishga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilganidan boshlab tevarak-
atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni,
buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar xalq og‘zaki
ijodi namunalaridan tanishtirishlari, mustaqil fikrlashi va fikrini erkin bayon qilishlari uchun shart-
sharoit yaratib berishlari bolalarning nutqini, dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ko‘pincha muammoli vaziyatlar savolni to‘g‘ri qo‘yilmaganligi sababli qiyinchiliklar bilan
hal etiladi, bunday holatlarda boshqa yo‘llarini izlab topish kerak bo‘ladi. Ba’zi ertak qahramonlari
bo‘y-basti, gavdasi bilan farqlanib turadi, lekin hal etuvchi vaziyatda aql yoki ayyorlik, jasurlik
yoki uddaburonlik ustun keladi (bu juda hayotiy holatligiga shubha yo‘q). Xalq ertaklarida shunga
o‘xshash ko‘plab epizodlarni ko‘rish mumkin. Masalan, birovlar uchun qo‘ygan qopqoniga o‘zi
tushgan salbiy qahramon. Bunday misollar bolalarni osongina boylik to‘plash uchun bosilgan
noto‘g‘ri qadam qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi, har qanday vaziyatda chuqur mushohada
qilib, keyin ish tutish kerakligiga o‘rgatadi.
Yuzaga kelgan turli masalalarni oqilona hal etish uchun inson tevarak atrofdagi voqea-
hodisalarni idrok etishi, o‘z aqli va fikriga tayanib xulosa chiqarishni bilishi zarur. Qadimgi
odamlar hayot va o‘limni, aqllilik va nodonlikni, qo‘rqinchlilik va kulgilikni, ijobiy va salbiy
qahramonlar vositasida ertaklarda aks ettirishgan. Xalq ertaklari ilm ahli tomonidan har
tomonlama o‘rganilganligi ma’lum. Mana insoniyat voyaga etdi, endi uning qiziqishlari o‘zgardi:
e’tiqod, ilm, san’at. Ertaklarchi? Ular uzoq o‘tmishda qolib ketdimi? Yo‘q, ertaklar hamon
yashamoqda, qayta-qayta chop etilmoqda (eski va yangi ko‘rinishlarda), ularni nafaqat bolalar,
balki kattalar ham jon dili bilan sevib o‘qiydilar. Ertaklar – bolalarni mustaqil fikrlash jarayonini
rivojlantirish uchun bebaho boylikdir.
Ertaklarni o‘qib berish uchun maxsus dasturlar kerak emas dersiz? Tasavvur qiling muzey
eksponatlarni aylanib yuribsiz! Muzey xodimlari hikoyasidan keyin esa, har bir eksponat jonlanib,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
660
tilga kirgandek, taassurotlaringiz jo‘shqin va unutilmas bo‘ladi. Ertaklarni jozibador
va ta’sirli o‘qib berish jarayoni pedagoglardan mahoratni talab etadi. Tajribali tarbiyachilarning
fikricha, oddiydek ko‘ringan ertaklar bolalar bilan muhokamadan so‘ng butunlay boshqacha
natijani beradi, ochilmagan qirralar, nazardan chetda qolgan vaziyatlar batafsil yoritiladi. Inson
qanchalik dunyoqarashi keng bo‘lsa, hayotning yangi- yangi qirralarini ko‘ra oladi, hayotdan zavq
olish qobiliyati charxlanadi, ilmsiz odam uchun kunlar bir- biridan zerikarli bo‘lib, hayoti nolish
bilan o‘tadi. Bolalarga zavqlanishni ham o‘rgatish kerak! Xalq ertaklarida inson va hayot
munosabatlari, muammoli vaziyatlarni oqilona yechish usullari o‘z aksini topadi.
Tarbiyachi ertakni aytib berish jarayonida ishni shunday olib borishi kerakki, bolalar ertak
qahramonlari bilan birgalikda muammoli vaziyatlarni yechsinlar, asosiy qahramonlar
munosabatlarini tahlil qilsinlar. Xalq ertaklarida voqealar rivoji turli ko‘rinishlarda ro‘y beradi.
Qizig‘i shundaki, bolalar ertakning davomini kutilmagan tarzda yakunlashlari, ehtimoldan yiroq
bo‘lgan xulosalarni aytishlari mumkin. Ularning kattalarni hayron qoldiradigan xulosalari aynan
ertakni eshitib bo‘lganlaridan keyingi bahs munozaralarda yuzaga keladi. Ertaklar esa o‘z sirli
jilosini zig‘irchayam yo‘qotmaydi, bolalar shunday muhokamalarni o‘z ota-onalari bilan uyda
tahlil qiladilar, ertak mazmuniga mos rasmlar chizadilar, o‘zlarining yangi ertaklarini to‘qiydilar.
Mohir tarbiyachi bilan birgalikda hatto barchaga yod bo‘lib ketgan “Zumrad va Qimmat”
ertagining ham kutilmagan sirli qirralarini topish mumkin.
Bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun ertakni o‘zlashtirish jarayonida ular asar
mavzusiga oid rasmlar chizishlari, ertakdagi voqealar rivojini o‘zlari hohlagandek davom
ettirishga urinishlari juda muhimdir. Bu mustaqil fikrlashga o‘rgatish dasturining asosiy
qismlaridan biridir: bolalar ertaklardan ijodiy fikrlashni o‘rganadilar. Rivojlantiruvchi ta’lim
kattalardan ko‘p narsani talab qiladi: tarbiyachi savollarni aniq qo‘yishni, bolalarning kutilmagan
javoblariga tayyor turishni, bolalarni munozara qilishga undashni, asosli misollar keltirishni,
o‘ylab topishga usta bo‘lishi, bolalar yaratgan kashfiyotlardan quvonishni bilishi kerak. Bunday
malakalarga ega bo‘lish o‘qishni, kasbiy kompetentlikni, izlanuvchanlikni talab qiladi.
Muhimi, bolalarga topshiriqlarni bajarishda erkinlik berish, o‘z kashfiyotlaridan, aqlli
munozaralaridan
zavq
olishlariga,
xulosalaridan
quvonishga
imkoniyat
yaratishdir.
Mashg‘ulotlarda ijodiy izlanishga muhit yaratilsa, bolalar kattalar majburlagan yo‘nalish bo‘yicha
ketmasdan, xatolardan qo‘rqmay mustaqil harakat qilishlarga sharoit yaratilsa, fikrlash jarayoni
ishga tushadi. Maqsad – ana shu. Qolganlari – vositalar.
Xulosa.
Xalq ertaklari bolalarga ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni o‘rgatib, muammoli
vaziyatlarni oqilona hal qilish, aql-idrokni ishlatish va turli shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Ertaklarni o‘qib berish jarayonida pedagogning mahorati va bolalar bilan
o‘zaro munosabatlari juda katta ahamiyatga ega. Ertaklarni tahlil qilish, qahramonlar bilan
muhokama qilish va bolalarga ijodiy fikrlashga imkoniyat yaratish, ular uchun yangi kashfiyotlar
qilish va o‘z xulosalarini chiqarish imkoniyatini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. G‘oziev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2011.
2. Vigotskiy L. S. Voobrajenie i tvorchestvo v detskom vozraste. –Moskva: Prosveshenie,
1991; Vo‘gotskiy L. S. Mishlenie i rech. –Moskva: Pedagogika, 2012.
3. Tixomirov O. K. Psixologiya mishleniya. – Moskva: MGU, 2015.
4. Alavutdinova Ganievna, N. (2015). 20. Asir özbek dilbiliminde morfolojiye ait görü
ş
lerin
ş
ekillenmesinde prof. Eyyüp gulamov’un yeri. Turkish Studies (Elektronik), 10(12), 1-14.
5.Saydullayeva, G. (2025). Innovatsion yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning
intellektual kompetentligini rivojlantirish ahamiyati.
в
yangi o
ʻ
zbekiston pedagoglari
axborotnomasi (
Т
. 3,
Выпуск
1,
сс
. 57–58). Zenodo.
