MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
573
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI ERTAKLAR ASOSIDA
RIVOJLANTIRISH
Farg’ona Davlat Universiteti
filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna
Farg’ona Davlat Universiteti
Ta’lim va tarbiya na’zariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi, 1-bosqich magistranti
Mirzayeva Risolatxon Shokirjon qizi
yuldilaf@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255099
Annotatsiya.
Maqola ertak terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar nutqini
o‘stirishga bag‘ishlangan. Ertak bolalar ma’naviy olamiga ta’sir qilish bilan birgalikda ularda juda
ko‘p qobiliyatlarni ham shakllantirishga yordam beradi. Ushbu maqolada ertaklar orqali
bolalarning lug‘at boyligi ortishi, grammatik va talaffuz muammolari hal bo‘lishi ifodalangan.
Ertak terapiya bolalarda obrazli nutqini boyitish usuli sifatida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ertak, ertak terapiya, maktabgacha yoshdagi bola, nutq, grammatik
muammolar.
Nutq rivojlanishi bola shaxsiyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nutq orqali bola
o‘z fikrlarini ifoda etadi, atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi va bilim oladi. Nutq
rivojlanishidagi muammolar, bolaning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish qobiliyatiga va kelajakdagi
muvaffaqiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nutq rivojlanishidagi muammolar turli
shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: lug‘at boyligining kamligi, grammatik xatolar, talaffuzdagi
nuqsonlar, so‘zlashuvdagi qiyinchiliklar. Ushbu muammolarni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash,
bolaning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Ertak terapiyasi, nutq rivojlanishidagi
muammolarni hal qilishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Ertaklar bolaning diqqatini jalb qilib,
uning lug‘at boyligini oshiradi, grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam beradi va so‘zlashuv
malakalarini rivojlantiradi.
Ertak terapiyasi – bu bolaning ruhiy va emotsional holatini yaxshilash, shaxsiy muammolarini
hal qilish va nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ertaklardan foydalanishga asoslangan
psixologik usuldir. Ertaklar bolaning ongiga kirib, uning ichki dunyosini tushunishga yordam
beradi. Ertak terapiyasining asosiy usullari quyidagilardan iborat: ertak o‘qish, ertak yaratish,
ertakni sahnalashtirish, ertak asosida o‘yinlar o‘ynash va ertakni muhokama qilish. Ushbu usullar,
bolaning nutqiy faolligini oshiradi, uning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va o‘ziga bo‘lgan
ishonchini mustahkamlaydi. Ertak terapiyasida, bolaning yoshiga, qiziqishlariga va
muammolariga mos keladigan ertaklarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Ertaklar bolaning ichki
dunyosini aks ettirishi, uning savollariga javob berishi va muammolarini hal qilishga yordam
berishi kerak. «Ertak terapiyasi» tushunchasining usul sifatida ta’rifi 1997 - yilda T.D.Zinkevich-
Evstigneeva tomonidan berilgan. Uning ta’rifiga ko‘ra, «ertak terapiyasi» - bu ruhning ma’naviy
yo‘li va insonning ijtimoiy realizasiyasi haqidagi bilimlarni uzatish usullari to‘plami, insonning
ma’naviy tabiatiga mos keladigan ta’lim tizimidir.
I.Vachkovning so‘zlariga ko‘ra, ertak maktab yoshidagi bolalarning psixologik xavfsizligini
shakllantirish usuli sifatida ikkita muhim vazifani hal qilishga imkon beradi:
1. «Oyna» ning vazifasi. Ertak bolaga o‘zini ko‘rishga, o‘zi bilan uchrashishga yordam
beradi, shuning uchun o‘z-o‘zini anglashni rivojlantiradi va shaxsiy makonini uyg‘unlashtirish
imkoniyatini beradi. Masalan, Zumrad va qimmat obrazlari. 2. «Kristal» ning vazifasi. Ertak
terapiyasi tufayli bola atrofdagi dunyoni va uning atrofidagi odamlarni yangicha ko‘ra oladi,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
574
shuning uchun odamlar va umuman dunyo bilan yangi, konstruktiv munosabatlar
o‘rnatadi. Ertak terapiyaning bola rivojlanishiga kompleks ta’siri quyidagilardan iborat:
Lug‘at boyligi: Ertaklar bolaga yangi so‘zlar va iboralar bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Ertaklardagi obrazli til bolaning tasavvurini boyitadi va uning nutqini rang-barang qiladi.
Grammatik tuzilmalar: Ertaklar bolaga grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam beradi.
Ertaklardagi to‘g‘ri tuzilgan gaplar bolaning grammatik xatolarini kamaytirishga va uning nutqini
ravon qilishga xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati: Ertaklar bolaning fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi. Ertaklardagi muammoli vaziyatlar bolani mustaqil fikrlashga, yechimlar topishga
va qarorlar qabul qilishga undaydi. Ertak terapiya quyidagi bosqichlarda olib boriladi: Ertakni
tanlash, bolaning yoshi, qiziqishlari va muammolariga mos keladigan ertakni tanlash. Ertakning
syujeti, personajlari va til uslubi bolaga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak.
Ertakni o‘qish: Ertakni ifodali va ta’sirli o‘qish. Ertakni o‘qish jarayonida, ovoz ohangini
o‘zgartirish, turli personajlarni tasvirlash va bolaning diqqatini jalb qilishga harakat qilish kerak.
Ertakni muhokama qilish: Ertakni o‘qib bo‘lgandan so‘ng, uni muhokama qilish. Muhokama
jarayonida, bolaning fikrlarini so‘rash, uning his-tuyg‘ularini tushunish va ertak qahramonlariga
o‘xshash vaziyatlarni tahlil qilish foydali. Xozirgi texnologiya davrida bolalarga ertaklarni yanada
qiziqarliroq va tasirliroq qilib yetkazish uchun turli xil texnik vositalardan ham foydalanishimiz
mumkin. Bugungi kunda texnologiyalarning tez rivojlanib borayotganligi, ta’limda yangiliklarni
joriy etish va bolalarni tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlarni saqlagan holda ularni
birlashtirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bolalarning madaniy
o‘zligini shakllantirishdagi va turli ilova va texnologiyalar yordamida ta’limni yanada samarali
qilishda katta rol o‘ynaydi. Zamon talablariga ham nafas bo‘lgan holda ta’lim-tarbiya jarayonlarini
tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa.
Ertak terapiya maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini samarali o‘stirishga yordam
beradigan usuldir. Bola ertak davomida yangi so‘zlarni o‘rganadi, qahramonlar xarakteri va ovozi
orqali obrazli nutqi rivojlanadi. Nutq rivojlanishi bola shaxsiyatining shakllanishida muhim rol
o‘ynaydi, chunki nutq orqali bola o‘z fikrlarini ifoda etib, atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi
hamda bilim oladi. Ertak terapiyasi, grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam berish va
so‘zlashuv malakalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2018.
2.
Тамарченка
Н
.
Д
.
Поэтика
:
слов
актуал
терминов
и
понятний
. –
М
.:
Издателъство
Кулагиной
;
Интрада
, 2008.
3.
Қуронов
Д
.
ва
б
.
Адабиётшунослик
луғати
. –
Тошкент
:
Академнашр
, 2010.
4.
Раҳмон
Ш
.
Абадият
оралаб
(
тўплаб
,
нашрга
тайёрловчилар
:
Г
.
Раҳмонова
,
О
.
Толиб
;
масъул
муҳаррир
И
.
Мирзо
). –
Тошкент
:
Мовороуннаҳр
, 2012.
5. Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2017.
6. Babayeva D.R Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. – TDPU, 2018.
7. Qodirova F.R. Katta guruh uchun nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmalari. –
Toshkent, 2011.
8. Sobirovich, Soliyev Ilhom, and Toychiyeva Shokhidaxon Qakhramon Kizi.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarni
zamonaviy texnologiyalar orqali singdirish.” Eurasian Journal of Technology and Innovation 3.1
(2025): 33-36.
9. Mirzayev, O. (2023).
Е
RT
А
K-T
Е
R
А
PIY
А
SI V
А
T
А
DBIRK
О
RLIK M
А
D
А
NIY
А
TI
Е
L
Е
M
Е
NTL
А
RINING
INT
Е
GR
А
TSIY
А
SINI
T
А
’MINL
А
SHNING
M
Е
T
О
DIK
TIZIMI.
Инновационные
исследования
в
современном
мире
:
теория
и
практика
,
2
(25), 92-
94.
