MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
577
ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV
TAMOYILLARINING TAKOMILLASHUVI
Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna FarDU
filologiya fanlari doktori (DSC), dotsent
yuldilaf@mail.ru
Habibuddinova Moxlaroyim Akmaljon qizi FarDU,
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi, 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255162
Annotatsiya.
Ushbu maqola zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida boshqaruv
tamoyillarining takomillashuvi va nutqiy kompetensiyaning rivojlanishi muammolarini yoritadi.
Nutqiy kompetensiyaning rivojlanishi bolalar bilan samarali muloqotda bo‘lish, ularning o‘z
fikrlarini aniq ifodalash, va umumiy ta'lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada
nutqiy kompetensiya rivojlanishining boshqaruv tamoyillari bilan bog‘liqligi, pedagogik
yondashuvlar va metodlarning ahamiyati ko‘rsatiladi.
Kalit so‘zlar:
boshqaruv tamoyillari, maktabgacha ta’lim, nutqiy kompetensiya, pedagogik
yondashuvlar, takomillashuv, malaka oshirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv tamoyillarini zamonaviy yondashuvlar
asosida takomillashtirish ta’lim sifatini oshirish va muassasalarning samarali faoliyatini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida, zamonaviy boshqaruv tamoyillari,
axborot texnologiyalarini joriy etish, kadrlar siyosatini takomillashtirish va ota-onalar bilan
hamkorlikni mustahkamlash orqali ta’lim tashkilotlarining boshqaruv tizimi samarali ishlashi
mumkinligi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida
boshqaruv
tamoyillarini
takomillashtirish
va
nutqiy
kompetensiyani
rivojlantirish
o‘qituvchilarning malakali faoliyat yuritishiga, shuningdek, bolalarning umumiy rivojlanishiga
bevosita ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish va pedagogik yondashuvlarning
yangilanishi, bolalar bilan samarali muloqotda bo‘lish, ularni nutqiy kompetensiyaga
yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega. Nutqiy kompetensiya bolalarning o‘z fikrlarini to‘g‘ri
ifodalash, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va umuman ta'lim jarayonida
muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun zarurdir.
Boshqaruv tamoyillarining takomillashuvi va nutqiy kompetensiyaning o‘zaro bog‘liqligi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish, umumiy boshqaruv
jarayonlarining samaradorligini oshiradi. Boshqaruv jarayonida nutqiy kompetensiyaning
ahamiyati juda katta. O‘qituvchilar bolalar bilan to‘g‘ri va samarali muloqot o‘rnatish, ularning
fikrini tinglash, o‘z fikrini aniq ifodalash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon
yaratadi. Boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish orqali pedagogik tizimdagi islohotlar o‘z
samarasini beradi. Shavkat Mirziyoyevning O
ʻ
zbekiston Respublikasi maktabgacha ta
ʼ
lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, maktabgacha ta
ʼ
lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg
ʻ
or pedagogik va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish” to‘g‘risida so‘z yuritilib bu konsepsiya maktabgacha
ta’limni rivojlantirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqiy
kompetensiyasini shakllantirishda yanada takommillashtirilgan vosita va metodlarni ko‘payishida
muhim qadam bo‘ldi.
Pedagoglarning malakasini oshirish. Pedagoglarning malakasini oshirish va ularning
pedagogik faoliyatini takomillashtirish uchun maxsus treninglar va kurslar tashkil etilishi kerak.
Pedagoglarni nutqiy kompetensiya rivojlanishiga yo‘naltirilgan treninglar bilan ta'minlash, bolalar
bilan samarali muloqotda bo‘lishlari uchun zarurdir. Pedagoglar uchun zamonaviy metodik
qo‘llanmalar, resurslar va materiallar yaratish, ularning pedagogik faoliyatida innovatsion
yondashuvlarni qo‘llashga yordam beradi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
578
Muammolar va takliflar:
1. O‘qituvchilarni malaka oshirishda cheklangan imkoniyatlar: O‘qituvchilarga taqdim
etilayotgan malaka oshirish kurslari va treninglar soni cheklangan, bu esa ularning o‘qituvchilik
faoliyatida zamonaviy metodlarni qo‘llashda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
2. Pedagogik metodlarning eskirishi: Ko‘pgina maktabgacha ta’lim muassasalarida
pedagogik metodlar eskirgan, yangi metodlar va texnologiyalarni qo‘llashda qiyinchiliklar
mavjud.
3. Resurslarning yetishmasligi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida zarur pedagogik
resurslar, metodik qo‘llanmalar va texnik vositalar yetishmayapti.
Takliflar:
1. O‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish: Maktabgacha ta’lim
o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun maxsus treninglar va kurslar tashkil etilishi kerak.
Treninglar zamonaviy pedagogik metodlar va nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
2. Pedagogik yondashuvlar va metodlarni yangilash: O‘qituvchilar yangi pedagogik
metodlar, texnologiyalar va interaktiv yondashuvlar bilan tanishtirilishi kerak. Bu pedagogik
islohotlar bolalar bilan samarali ta'lim va muloqotda bo‘lishni ta’minlaydi.
3. Infrastruktura va resurslarni yaxshilash: Maktabgacha ta’lim muassasalarida zarur bo‘lgan
infratuzilma va pedagogik resurslar mavjudligini ta’minlash zarur. Nutqiy kompetensiya
rivojlanishiga yordam beradigan materiallar, didaktik qo‘llanmalar, texnik vositalar va o‘quv
resurslari o‘qituvchilarga yetarlicha taqdim etilishi lozim.
Xulosa. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida boshqaruv tamoyillarining
takomillashuvi nutqiy kompetensiyaning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Maktabgacha
ta’lim tizimida boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish, pedagogik yondashuvlar va metodlarni
yangilash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish orqali bu jarayonni yanada samarali qilish
mumkin.O‘qituvchilarning malakasini oshirish, yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash,
zamonaviy metodlar va texnologiyalarni taqdim etish, bolalarning nutqiy kompetensiyasini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.Nutqiy kompetensiyaning rivojlanishi va boshqaruv
tamoyillarining takomillashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur o‘rganish, maktabgacha ta’lim
sohasida yanada samarali boshqaruvni amalga oshirish imkonini yaratadi. Biroq, o‘qituvchilarning
malakasini oshirish, pedagogik yondashuvlarni yangilash va nutqiy kompetensiyani
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O
ʻ
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PF-4312-son
“O
ʻ
zbekiston Respublikasi maktabgacha ta
ʼ
lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to
ʻ
g
ʻ
risida”gi qarori.
https://lex.uz/docs/-4327235
2.
PQ–4527-sonli Prezident qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019-yil 6-noyabr. – www.lex.uz
3.
PQ–5-sonli Prezident qarori. “Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida”, 2023-yil 10-yanvar. – www.lex.uz
4.
Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston – maktabgacha ta’limdan boshlanadi.
Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B. 12-18.
5.
Sh.M. Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston – maktabgacha ta’limdan boshlanadi.
Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B. 12-18.
6.
Sobirjonovich S. I. (2023). Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini
rivojlantirishning lingvo-didaktik shart-sharoitlari. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn
ilmiy jurnali, 3(4), 124–130.
7.
Soliyev, I., & Habibuddinova, M. (2025). MAKTABGACHA TA'LIM
TASHKILOTLARIDA
BOSHQARUV
TAMOYILLARINING
ZAMONAVIY
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
579
YONDASHUVLARI.
В
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND
INNOVATION (
Т
. 4,
Выпуск
1,
сс
. 132–134). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14754126
8.
Xusanovich,
M.
O.
(2024,
November).
MAKTABGACHA
TA’LIM
MUASSASALARIDA
TADBIRKORLIK
MADANIYATIGA
O
‘RGATISH.
In
INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3,
No. 25, pp. 16-18).
