MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
556
KO‘ZI OJIZ BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA INTEGRATSIYALASHDA
KLASTER SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika kafedra o‘qituvchisi
Xusnuddinova Zulayho Xamidullayevna
Chirchiq davlat pedogogika universiteti
Maxsus pedagogika: tiflopedagogika yo‘nalishi
3-bosqich talabasi Tojiakhmedova Shirina Tohirjon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15254927
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ko‘zi ojiz bolalarni ijtimoiy hayotga integratsiyalashda
klister subyektlarining hamkorligi yoritilgan. Muallif ijtimoiy tashkilotlar, xususan, mahalla, oila,
tibbiyot birlashmalari, xayriya jamg‘armalari va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini
tahlil qilgan. Har bir subyektning alohida vazifalari ko‘rsatilgan holda, ularning ko‘zi ojiz bolalar
uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek,
tiflotexnik vositalar, metodik yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda malaka oshirish
kurslarining tashkil etilishi orqali inklyuziv ta’lim samaradorligi oshirilishi ta’kidlangan.
Maqolada ijtimoiy tashkilotlarning birgalikdagi harakati natijasida ko‘zi ojiz bolalarning
jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashiga erishilishi mumkinligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ko‘zi ojiz bolalar, Inklyuziv ta’lim ijtimoiy tashkilotlar, integratsiya,
tiflotexnika, psixologik yordam, oila, mahalla, ta’lim muassasalari, pedagogik yondashuv, Brayl
alifbosi.
Inklyuziv ta’lim – barcha bolalar, jumladan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
teng sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim tizimi hisoblanadi. Bu ta’lim tizimning ajralmas qismi
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni sog‘lom ko‘ruvchi tengdoshlariga qo‘shish. Shu bilan birga
umumta’lim muassasalarida ularga qulay va mos sharoitlarni yaratishdir. Bu yo‘nalishda jamoat
tashkilotlarining roli muhim. Ular nafaqat bolalarga, balki ularning ota-onalariga, o‘qituvchilariga
va ta’lim muassasalariga ham uslubiy, moddiy va psixologik yordam ko‘rsatishadi[3].
Inklyuziv ta’lim bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ta’lim tizimlaridan biridir.
Ushbu tizimni o‘qituvchilarga, ota-onalarga va keng jamoatchilikka tanishtirish hozirgi kunda
bizning muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bu jarayonni samarali amalga oshirish uchun
ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligini yaratish zarur. ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligida har
bir subyektnig roli va bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni aniq bilib olish talab etiladi.
Quyida ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga integratsiyalashda ijtimoiy tashkilotlarning
hamkorligi tuzilmasini taqdim etamiz.
-
Ta’lim tashkilotlari
-
Mahalla va oila
-
Hayriya jamg‘armasi
-
Respublika tashxis markazi
-
Tibbiyot birlashmasi
Mahalla jamiyati – aholi ijtimoiy hayotining shakllanish markazi bo‘lib, aynan shu muhitda
ko‘zi ojiz bolalar aniqlanib, ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari chuqur o‘rganiladi. Shu asosda,
bunday bolalarni erta aniqlash va oilalariga dastlabki yordam ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb
etadi, chunki mahalla darajasida inklyuziv ta’lim bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, ijtimoiy
yordam, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Shuningdek,
mahalladagi faollar va ijtimoiy ishchilar orqali psixologik yordam tashkil etilib, bolalarning
jamiyatga integratsiyasi mustahkamlanadi.
Oila har bir bolaning ilk ta’lim muhitini shakllantiruvchi poydevor sifatida ahamiyatga ega
bo‘lib, ko‘zi ojiz bolalar uchun ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi bebaho hisoblanadi. Shu bois,
ta’limga tayyorlash jarayonida maxsus pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, ota-onalarni
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
557
pedagogik va psixologik jihatdan doimiy qo‘llab-quvvatlash zarurati paydo bo‘ladi,
bu esa uy sharoitida moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali bolaning o‘zlashtirish
darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Tibbiyot birlashmalari esa ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning salomatligini muntazam
nazorat qilib, oilalarga kerakli yordam ko‘rsatadi. Har bir ta’lim muassasasida ko‘zi ojiz bolalar
yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, shuningdek, nogironlikning oldini olishga
qaratilgan ma’ruzalar va suhbatlar orqali erta turmush qurish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning
salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish tizimining samarali ishlashini
ta’kidlaydi.
Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib,
inklyuziv ta’lim laboratoriyasi tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar ishlab
chiqilib, o‘qituvchilarga yo‘riqnoma va tavsiyalar yetkaziladi. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limga
oid huquqiy hujjatlar mazmuni tushuntirilib, maxsus o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilib,
amaliyotga tatbiq etilishi jarayonida ta’lim tizimining sifatini oshirish ko‘zda tutiladi [6].
Respublika tashxis markazi tomonidan inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinf
o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalari ham ushbu
jarayonga jalb etilib, bo‘lajak o‘qituvchilarga eng so‘nggi yondashuvlar o‘rgatiladi. Natijada, ular
zamon bilan hamnafas holda ta’lim jarayoniga faol hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi [2].
Xayriya jamg‘armalari va ijtimoiy tashkilotlarning faol ishtiroki inklyuziv ta’lim rivojiga
katta turtki berib, nafaqat moliyaviy yordam ko‘rsatish, balki jamiyat ongini shakllantirish va
imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu
yo‘nalishda, ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga integratsiyalashda ijtimoiy tashkilotlarning
hamkorligi katta ahamiyat kasb etadi, chunki maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida
qulay shart-sharoit yaratish ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida mustahkam poydevor bo‘lib
xizmat qiladi.
Ijtimoiy tashkilotlar ushbu jarayonda uslubiy yordam (maxsus darsliklar, Brayl alifbosida
kitoblar va audiomateriallar yaratish), o‘qituvchilarni tayyorlash (ko‘zi ojiz bolalar bilan ishlash
bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkazish), psixologik yordam (ota-onalar va bolalarga
moslashish jarayonida maslahat berish), moddiy-texnik ta’minot (tiflotexnika vositalari – elektron
lupalar, Brayl printerlari, taktil kartalar bilan maktablarni jihozlash) va tadbirlarni tashkil etish
(inklyuziv festivallar, ekskursiyalar, sport musobaqalari) kabi sohalarda hamkorlik qiladi.
Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida ijtimoiy tashkilotlar loyihalar, masalan,
murabbiylik dasturlari (o‘qituvchilar va ota-onalar uchun malaka oshirish kurslari), resurs
markazlari (inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilim va metodikalar bazasini yaratish), ko‘ngillilar
dasturlari (ko‘zi ojiz bolalarni maktabda qo‘llab-quvvatlash) va maxsus kurslar (muhitda mustaqil
harakatlanish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish) orqali ta’lim jarayonining sifatini oshirishga
qaratilgan faoliyat olib boradi.
Shuningdek, ta’lim jarayonini moslashtirishda individual o‘quv dasturlarini ishlab chiqish,
o‘quv materiallari va uslublarni o‘quvchining o‘zlashtirish tezligi va uslubiga mos ravishda tanlash
orqali samaradorlik oshiriladi. Shu bilan birga, ovozli yordamchilar va taktil materiallar joriy etish,
shuningdek, o‘qituvchilarni tiflotexnika vositalaridan foydalanishga o‘rgatish orqali ko‘zi ojiz
yoki zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun qulay va samarali ta’lim muhitini yaratish yo‘lida katta
yutuqlarga erishiladi.
Ushbu keng qamrovli chora-tadbirlar majmuasi nafaqat ko‘zi ojiz bolalarning o‘qish
jarayonini yengillashtiribgina qolmay, balki ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida mustahkam
asos bo‘lib, ularni zamonaviy ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalash imkonini beradi.
Ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv ta’limga integratsiyalashda ijtimoiy tashkilotlarning roli
beqiyosdir. Ular ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib, moslashuvchan va samarali o'quv
jarayonini tashkil etishga yordam beradi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
558
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishdagi asosiy vazifa moddiy va ijtimoiy to‘siqlarni
bartaraf etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va bag‘rikeng jamiyatni shakllantirishdir.
Hamkorlikning kengayishi esa har bir bolaning sifatli ta’lim olishiga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Qodirova, F. U., & Xusnuddinova, Z. X. (2023). Maxsu pedagogika.
2.Qodirova, F. U., & Xusnuddinova, Z. X. (2024). Tiflopsixologiya.
3.Qodirova, F. U., & Pulatova, D. A. (2023). Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot.
4.Xusnuddinova Z. (2022). Corrective pedagogy for blind children cluster mechanisms to
increase work efficiency. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(2), 68-
70.
5.Zulayho X. (2022). Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni
tashkillashtirishda ilk qadamni tashlash. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 80-82.
6. Xusnuddinova Z. X. (2022). Increasing the profitability of the learning environment
through the organization of adaptive learning. NeuroQuantology, 1(20), 1217-1224.
