Mualliflar

  • Umida G’ofurova
    Qo’qon davlat universiteti
  • M Maxmudova
    Qo‘qon davlat universiteti

Muallif tarjimai holi

  • Umida G’ofurova, Qo’qon davlat universiteti

    Magistratura bo’limi Maxsus pedagogika(logopediya) yo’nalishi 2-bosqich magistranti

  • M Maxmudova, Qo‘qon davlat universiteti

    Ilmiy rahbar: PhD, dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86267

Kalit so‘zlar:

autizm oligofren alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalar

Annotasiya

Alohida ta’lim ehtiyojlari  bo’lgan bolalar umumta’lim maktablarida sog’lom tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya olishi izchil yo’lga qo’yildi. Ularning nuqsonlari va nuqsonning darajasiga qarab korreksion mashg’ulotlar ishlab chiqilishi, ularning umumta’lim muassasasida bilim ola bilish ko’nikmasi hisobga olingan holda tashkil etiladi. O’quvchilarning aqliy faoliyati, jismoniy faolligi hisobga olingan holda ularning har biriga yakka tartib mashg’ulotlar tuzib chiqaladi. Undan tashqari bilim olish ko’nikmasi ham tekshirilib, ularga mos tarzda dars tashkil etiladi. Umumta’lim maktablarida savodga o’rgatish samarali natija bermoqda


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

418

ALOHIDA TA`LIM EHTIYOJLARI BO`LGAN BOLALARNI SAVODGA

O`RGATISHDA UMUMTA`LIM MAKTABLARINING AHAMIYATI

Qo’qon davlat universiteti Magistratura bo’limi

Maxsus pedagogika(logopediya) yo’nalishi

2-bosqich magistranti G’ofurova Umida O’tkirbek qizi

Ilmiy rahbar: PhD, dotsent M.S.Maxmudova

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233567

Annotatsiya.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar umumta’lim maktablarida sog’lom

tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya olishi izchil yo’lga qo’yildi. Ularning nuqsonlari va
nuqsonning darajasiga qarab korreksion mashg’ulotlar ishlab chiqilishi, ularning umumta’lim
muassasasida bilim ola bilish ko’nikmasi hisobga olingan holda tashkil etiladi. O’quvchilarning
aqliy faoliyati, jismoniy faolligi hisobga olingan holda ularning har biriga yakka tartib
mashg’ulotlar tuzib chiqaladi. Undan tashqari bilim olish ko’nikmasi ham tekshirilib, ularga mos
tarzda dars tashkil etiladi. Umumta’lim maktablarida savodga o’rgatish samarali natija bermoqda.

Kalit so’zlar:

autizm, oligofren, alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalar, inklyuziv ta’lim,

integratsiya, savodga o’rgatish jarayoni, zamonaviy texnologiyalar, adaptatsiya.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarni inklyuziv ta’lim asosida umumta’lim maktablarida

sog’lom bolalar bilan birgalikda bilim olishlarini ta’minlash maqsadida bir nechta qaror va
qonunlar kuchga kirgan bo’lib, ularni amaldagi holatiga qarab inklyuziv ta’limning qanchalik
muhim ekanligini ko’rishimiz mumkin. Inklyuziv ta’lim bolalarga ijtimoiy adaptatsiyani
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bolalar o’z tengdoshlari bilan birga ta’lim olib, ular bilan
muloqot qiladi. O’z navbatida muloqot qilish mobaynida bolada turli xil ko’nikma va malakalar
shakllanib boradi. Jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lish uchun avvalo muloqot ko’nikmasi yaxshi
rivojlangan bo’lishi lozim. Imkoniyati cheklangan bolalar sog’lom bolalar bilan birga ta’lim olishi,
o’yin o’ynashi, muloqot qilishi ularga sog’lom fikrlashni o’rgatadi. Ya’ni bolalar miyasidagi “Men
nuqsonliman” degan fikrni o’chirishga va tashqi muhitga tezroq moslashishga yordam beradi.
Inklyuziv ta’limni joriy etish oldidan bir nechta muammo va to’siqlarga uchrash tabiiy albatta.
Sababi ko’pchilik vatandoshlarimiz onggiga singib ketgan qarashlarni o’zgartirish oson
kechmaydi albatta. Buning uchun ota-onalarni, bolalarni, ustozlarni, umuman barcha-barchani
inklyuziv ta’limga bo’lgan qarashlarini tuzatish, to’g’ri tushunchalar berib, ularning fikrlarini
tuzatish lozim. Bu eng katta va hali ham yechimini to’liq topmagan muammolaridan biridir.

Inklytuziv ta’limni bosqichma-bosqich butun respublikamizda joriy etilishi nazorat qilib

kelinmoqda. Maktablarda o’quvchilarning nuqsoniga va alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarning
soniga qarab xonalar ajratiladi, moddiy-texnik bazaga o’zgartirishlar kiritiladi, maxsus pedagoglar
ishga qabul qilinadi. Ular bolalar bilan sinfda va sinfdan tashqari nuqsonidan kelib chiqqan holda
mashg’ulot ishlari, korreksion mashg’ulotlar olib boradilar. Inklyuziv ta’limni joriy etish va
natijaga erishish davlat tomonidan nazorat qilib boriladi.

Bolalar odatda biror malak yoki ko’nikmaga ega bo’lish uchun kattalarga taqlid qiladilar.

Ya’ni nutqiy madaniyati, so’z boyligi, o’zlashtirishi ko’p jihatdan ota-onasiga bog’liq hisoblanadi.
Agar bola maktrabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalansa, uning nutqiga boshqa bolalar va o’z
tengdoshlari ta’sir o’tkazadi. Bola ularga ham taqlid qiladi. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan
muloqot qilganda o’zi sezmagan va istamagan holatda ham nutqiy muammolar kuzatilishi
mumkin. Bu inklyuziv ta’limning ham ijobiy, ham salbiy Tomoni. Chunki agar bola sog’lom
nutqiy muhitda tarbiyalansa, unda paydo bo’lgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan nutq
kamchiliklari bartaraf etiladi. Va aksincha nutqiy muammosi bo’lgan bola sog’lom tengdoshlariga
aks ta’sir o’tkazib, ularda ham ayni shu nutq kamchiliklarini yuzaga keltirishi mumkin bo’ladi.

Sog’lom muhitda ta’lim olayotgamn o’quvchi sog’lom fikrlaydi, sog’lom muloqot qiladi

va bemalol Ijtimoiy hayotga moslasha oladi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etilishining asosiy
sababi ham aynan shunda. Barcha bolalar huquqlari har tomonlama tengdir. Xoh u imkoniyati


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

419

cheklangan bo’lsin va yoki sog’lom. Har bir bola o’zi istagan ta’lim muassasasida

sifatli va bepul ta’lim olish huquqiga egadir. Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalarni umumta’lim
maktablarida bilim olishlarini ta’minlash va ularni jamiyatga kerakli inson bo’lishlarini nazorat
qilish davlatimiz mutassaddilari tomonidan amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har
qanday bola o’z huquqlaridan bemalol foydalangan holda o’zi istagan davlat qaramog’idagi
umumta’lim maktablarida bilim olishlari, hunar egallashlari mumkin. Bu esa kelajakda
vatanimizda barcha teng huquli ekanligini ta’minlaydi va alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan
bolalarni sog’lom fikrlashiga yordam beradi. Bola do’stllari bilan muloqot qiladi, ularga taqlid
qilib jamiyatga qo’shiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.R.R.Zamilova. “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim”. “USMON NOSIR

MEDIA” Namangan -2023-yil.

2.Z.N.Mamarajabova, B.Q.Subanova “Inklyuziv ta’lim” o’quv qo’llanma. Toshkent-2022.
3.D.S.Qaxarova. “Inklyuziv ta’lim texnologiyasi”. Toshkent -2014-yil.
Foydalanilgan internet saytlari:
1.http://www.tdpu.uz
2. http://www.Ziyonet.uz


































Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

R.R.Zamilova. “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim”. “USMON NOSIR MEDIA” Namangan -2023-yil.

Z.N.Mamarajabova, B.Q.Subanova “Inklyuziv ta’lim” o’quv qo’llanma. Toshkent-2022.

D.S.Qaxarova. “Inklyuziv ta’lim texnologiyasi”. Toshkent -2014-yil.

Foydalanilgan internet saytlari:

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари