Mualliflar

  • Xamidaxon Sirojiddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Xamidaxon Sirojiddinova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va       metodikasi (maktabgacha ta’lim)1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86326

Kalit so‘zlar:

: Qum terapiyasi psixoterapiya

Annotasiya

Ushbu tezisda, qum terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, ijodkorlikka va estetik didni shakllanishiga yordam berishi haqida ma’lumot beradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

260

ART TERAPIYANING QUM TURI YORDAMIDA BOLALARNI MAYDA

MOTORIKASINI RIVOJLANTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va

metodikasi (maktabgacha ta’lim)1-bosqich magistranti

Sirojiddinova Xamidaxon Xasanboy qizi

Email: khamida.sirojiddinova@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230460

Annotatsiya

. Ushbu tezisda, qum terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning

mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, ijodkorlikka va estetik didni shakllanishiga yordam berishi
haqida ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar:

Qum terapiyasi, psixoterapiya, psixologik holat, mayda motorika, depressiya,

stress.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida

2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan
tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik xujjat O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9-sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi PF 5198-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli qarori, O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinadi. “Art terapiya” art-san’at, theorapy-davolash, san’at
yordamida davolash degan ma’noni anglatadi. Uning bir necha turlari mavjud. Shu jumladan, qum
turi bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlanishi uchun ahamiyati katta.

“Qum terapiyasi” texnikasi Yungning analitik yondashuvining bir qismi sifatida paydo

bo‘lgan va asosan ichki o‘sish va rivojlanish manbai sifatida ongsizlikning ramziy mazmuni bilan
ishlashga asoslangan. Taxminan 1940-yillarda Shvetsiyada Sharlotta Byuler tomonidan ishlab
chiqilgan “tinchlik testi” yoki “Erica usuli” paydo bo‘ladi, u hali ham Shvetsiyada bolalar
psixiatriyasida diagnostika vositasi sifatida ishlatiladi. Qum terapiyasi-analitik psixologiya
doirasida vujudga kelgan psixoterapiya usullaridan biri. Bolaning ijodiy salohiyatini oshiradi,
o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, tajriba va
yaratuvchanlik istagini uyg‘otadi. Diqqat, xotira, nutq, fikrlash va taktil sezgilarning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qum terapiyasi quyidagi holatlarda tavsiya etiladi.

Boladagi qo‘rquv va bezovtalik holatlarida

Depressiv va bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchining pastligi holatlarida

Psixologik zarbaga uchraganda

Giperaktivlik, nevroz holatlarida

Aqliy rivojlanishdan ortda qolganda

Psixo-emotsional buzilishlarda

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq shakllanishi va rivojlanish jarayoni kechadi. Bu

davrda ular o‘z fikrlarini bayon etish yoki tushuntirishda so‘z boyligining kamligi, yetarli darajada
rivojlanmagan nutqiy jarayonlar sababli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bolalar tushuntirishni
xohlagan yoki qiynalgan fikrlarini qum terapiyada yashash yoki chizish orqali oson bayon eta
oladilar. Qum terapiyada hech qanday qonun-qoidalar va cheklovlar hamda aniq texnikalar
bo‘lmaganligi sababli, bolalar xohlagancha, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘ylamasadan va
psixologik stresslarsiz o‘ynashlari mumkin. Qum terapiyasi bolaning yoshi, qiziqishi, ijodkorligi
va psixologik holatiga qarab 60 daqiqagacha davom ettirish mumkin.

Qum terapiyasi jarayonida bola 3 bosqichdan o‘tadi:

4.

Xaos


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

261

5.

Kurashish

6.

Muammo yechimi

Xaos-bola

turli xil o‘yinchoqlar ushlaydi, qum yuzida ular bilan o‘ynaydi yoki qum bilan

aralashtiradi. Bu jarayonda bola o‘z hissiyotlari bilan kurashadi.

Kurashish

-bolaning turli ko‘rinishdagi ruhiy kechinmalari-ichki nizolar, qiyin vaziyat,

xafagarchilik, agressiya qum maydoniga ongsiz ravishda ko‘chadi. Natijada bola qum maydonida
o‘z hissiyot va kechinmalari bilan kurashadi.

Muammo yechimi

-bola xayolotidagi syujetlar rivojiga rioya qiladi, tinchlanadi, o‘zini tabiiy

va xotirjam tutadi. Qum terapiyada har qanday turdagi qumdan foydalanish mumkin. Oddiy,
kinetik yoki olovda qizdirib ishlov berilgan. Qumni quruq yoki nam holatida ham qo‘llash
mumkin. Ho‘l qum bola uchun turli xil shakllarni yasash imkoniyatini beradi. K.D.Ushinskiy
aytganidek: “Bola uchun eng yaxshi o‘yinchoq bu bir uyum tuproqdir”.

Xulosa qilib shuni aytishimiz

mumkinki

, art terapiyaning qum terapiyasi orqali bolalardagi

mayda motorikasini rivojlantirish va vujudga kelgan stressda halos bo‘lishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

maktabgacha ta’lim tizi‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi. PF-5198-sonli Farmoni.

6.

M.Artikova-ART TERAPIYA //O‘quv-uslubiy majmua, Andijon 2023.4-

5b

7.

Лупандина Е.А.Развитие познавательного интереса у детей средствами

песочной терапии.Оренбург 2019

8.

Н.А.Сакович.Современные психотехнологии: основы юнгианской

песочной терапии.

Минск 2007.
9.

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. -T.: Oqituvchi, 1993.






















Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizi‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi. PF-5198-sonli Farmoni.

M.Artikova-ART TERAPIYA //O‘quv-uslubiy majmua, Andijon 2023.4-

b

Лупандина Е.А.Развитие познавательного интереса у детей средствами песочной терапии.Оренбург 2019

Н.А.Сакович.Современные психотехнологии: основы юнгианской песочной терапии.

Минск 2007.