Mualliflar

  • Madiyeva Charos Dovutovna
  • Abdulhayeva Zilola Bahromjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106662

Kalit so‘zlar:

Ключевые слова: система образования правовая база устойчивое развитие правовые реформы нормативные документы человеческий капитал инновации правовая система образовательная политика.

Annotasiya

Аннотация. В данном исследовании анализируются вопросы достижения устойчивого развития через совершенствование нормативно-правовых документов в системе образования. Рассмотрены пути достижения научного, экономического и социального устойчивого развития путем укрепления нормативно-правовой базы в сфере образования, ее актуализации и систематизации в соответствии с современными требованиями. В нем также рассматриваются механизмы повышения качества образования, развития человеческого капитала и правового обеспечения инновационных подходов.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 187

TA’LIM TIZIMIDA YURIDIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH

ORQALI BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASH

Madiyeva Charos Dovutovna

Toshkent Amaliy fanlar universiteti Katta o'qituvchisi

Abdulhayeva Zilola Bahromjon qizi

Toshkent Amaliy fanlar unversiteti

Tarix va filalogiya fakulteti Tarix yo‘nalishi talabasi

Аннотация.

В данном исследовании анализируются вопросы достижения

устойчивого развития через совершенствование нормативно-правовых документов
в системе образования. Рассмотрены пути достижения научного, экономического и
социального устойчивого развития путем укрепления нормативно-правовой базы в
сфере образования, ее актуализации и систематизации в соответствии с
современными требованиями. В нем также рассматриваются механизмы повышения
качества образования, развития человеческого капитала и правового обеспечения
инновационных подходов.

Ключевые слова:

система образования, правовая база, устойчивое развитие,

правовые реформы, нормативные документы, человеческий капитал, инновации,
правовая система, образовательная политика.

Annotation.

This study analyzes the issues of achieving sustainable development

through the improvement of legal and regulatory documents in the education system. The
ways of achieving scientific, economic and social sustainable development by
strengthening the legal framework in the field of education, updating and systematizing it
in accordance with modern requirements are considered. It also covers the mechanisms for
improving the quality of education, human capital development and legal support for
innovative approaches.

Keywords:

education system, legal framework, sustainable development, legal

reforms, regulatory documents, human capital, innovation, legal system, education policy.

KIRISH

Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimi nafaqat bilim berish vositasi, balki ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Mamlakat barqaror rivojlanishini
ta’minlashda sifatli va izchil faoliyat yurituvchi ta’lim tizimi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu
tizimning samaradorligi esa, eng avvalo, uning huquqiy asoslariga, ya’ni yuridik
bazasining mustahkamligi va yangilanishiga bog’liq. Shu sababli, ta’lim sohasidagi
yuridik-me’yoriy hujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish dolzarb
masalalardan biridir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 188

Soʻnggi yillarda mamlakatda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilgʻor va

xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-
oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, taʼlim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik taʼlim tizimini
takomillashtirish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, milliy yuridik taʼlimning samaradorligi nisbatan pastligicha

qolmoqda, bu yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda
yuridik fanni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar
mavjudligi bilan izohlanadi.

Huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan joriy etish,

oʻqitishning ilgʻor uslublaridan keng foydalanish, shuningdek, zamonaviy talablarni
inobatga olgan holda taʼlim standartlarini modernizatsiyalash va oʻquv dasturlarini qayta
koʻrib chiqishga yetarli eʼtibor berilmayapti, bu esa yuridik taʼlim sifati va ilmiy
salohiyatning pasayishiga olib kelmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

VA TADQIQT METODOLOGIYASI

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish,
mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga
tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh
qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul

qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan
uyg‘unlashmaganligi, o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi
to‘laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin
egallashlariga to‘sqinlik qilmoqda.

Yuridik baza – bu davlat siyosatini amalga oshirishda huquqiy kafolat beruvchi

mexanizm bo‘lib, u ta’lim tizimining har bir bosqichida barqarorlikni ta’minlaydi. “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun bu yo‘nalishdagi asosiy hujjatlar sirasiga kiradi. Mutaxassislar fikriga
ko‘ra, zamonaviy ta’limning muvaffaqiyatli ishlashi uchun yuridik hujjatlarning tizimli,
aniqligi va amaliyotga mosligi muhim.

Barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi ta’lim tizimi uchun faqatgina an’anaviy

huquqiy yondashuvlar yetarli emas. STEAM-ta’lim, raqamli platformalar, masofaviy
o‘qitish kabi texnologik yutuqlarni qonunchilik darajasida muvofiqlashtirish zarur. Bu
borada O‘zbekiston Prezidentining 2022-yilgi farmonlari ta’limning innovatsion
rivojlanishini yuridik jihatdan mustahkamlashga qaratilgan.

Dunyo miqyosida oliy ta’lim muassasalarining avtonomiyasi ta’lim sifatini oshirishga

xizmat qilayotgani aniqlangan . O‘zbekistonda ham universitetlar faoliyatini yuridik


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 189

jihatdan erkinlashtirish bo‘yicha qadamlar tashlanmoqda, biroq bu borada huquqiy
mexanizmlar hali to‘liq shakllanmagan.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG-4) ko‘ra, 2030-yilgacha sifatli,

inklyuziv va adolatli ta’limni ta’minlash global vazifa sifatida belgilanmoqda. Ta’lim
tizimida gender tengligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash yuridik
jihatdan mustahkamlanishi kerak.[5; 456,460-b]

TAHLIL VA NATIJALAR

Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga

oshirilmoqda.

Ushbu

islohotlarning

huquqiy

asoslarini

yaratish

va

ularni

mukammallashtirish orqali ta’lim sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin.
Ta’limga oid qonunlar, prezident farmonlari, qarorlar, vazirlik buyruqlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar bu jarayonda muhim o‘rin egallaydi.

Yuridik baza quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirilishi lozim:
1. Yagona va tizimli yondashuv – turli darajadagi hujjatlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni

ta’minlash, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish;

2. Innovatsion rivojlanishga yo‘naltirish – raqamli ta’lim, masofaviy o‘qitish,

STEAM texnologiyalari kabi zamonaviy yondashuvlar uchun huquqiy imkoniyatlar
yaratish;

3. Akademik erkinlik va muassasalarning avtonomiyasi – oliy ta’lim

muassasalarining mustaqilligini kengaytirish orqali ularning tashabbuskorligini
rag‘batlantirish;

4. Teng imkoniyatlar va inkluzivlik – ta’limning barcha qatlamlari uchun ochiqligi va

teng imkoniyatlar yaratilishini yuridik jihatdan mustahkamlash;

5. Monitoring va nazorat mexanizmlari – qabul qilingan hujjatlarning amaliyotdagi

natijalarini tahlil qilish va takomillashtirib borish tizimini ishlab chiqish.

Ta’lim tizimidagi barqaror rivojlanish faqatgina moliyaviy va tashkiliy choralar

bilangina emas, balki aniq huquqiy asoslangan siyosat orqali erishiladi. Bu esa, yurtimiz
taraqqiyoti va global raqobatbardoshlikning oshishida muhim omil hisoblanadi.[6;
321,328-b]

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta’lim har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini

belgilovchi strategik soha hisoblanadi. Ta’lim sifati va uning barqarorligi ko‘p jihatdan
yuridik-me’yoriy asoslarning puxtaligiga bog‘liq. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
huquqiy asoslari yetuk bo‘lgan ta’lim tizimlari raqobatbardosh inson kapitalini
shakllantiradi. Shu bois, ta’lim sohasida yuridik bazani zamon talablari asosida
takomillashtirish orqali barqaror taraqqiyotga erishish imkoniyati ortadi. Ta’lim tizimining
yuridik bazasini takomillashtirish barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan
biridir. Har bir normativ-huquqiy hujjat hayotga yaqin, amaliyotga mos va kelajakka
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shu yo‘l bilan ta’lim sifatini oshirish, ijtimoiy tenglikni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 190

ta’minlash va zamonaviy global chaqiriqlarga javob bera oladigan barqaror tizim yaratish
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” to‘g‘risidagi Farmoni, PF–60,
2022 yil 28 yanvar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqot

ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ–3775-son, 2018 yil 6 iyun.

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti,

2023.

4. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, yangi tahriri – 2020 yil.
5. Abdullaeva, G. Sh. Ta’lim tizimida huquqiy islohotlar va ularning samaradorligi.

– Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021. 456-460

6. Tohirov, S. M. Huquqiy ta’lim va tarbiya: nazariya va amaliyot. – Toshkent:

“Adolat”, 2019. 321-328

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” to‘g‘risidagi Farmoni, PF–60, 2022 yil 28 yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ–3775-son, 2018 yil 6 iyun.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, yangi tahriri – 2020 yil.

Abdullaeva, G. Sh. Ta’lim tizimida huquqiy islohotlar va ularning samaradorligi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021. 456-460

Tohirov, S. M. Huquqiy ta’lim va tarbiya: nazariya va amaliyot. – Toshkent: “Adolat”, 2019. 321-328

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари