Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 167
MODULLARNING TA’RIFI VA ULANISHI.
TASODIFIY – RANDOM () MODULI
Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich
Farg‘ona davlat unversiteti amaliy matematika va informatika
kafedrasi dotsenti
maxmaqsad@gmail.com
Sotvoldiyeva Zarnigor Egamnazar qizi
Farg’ona davlat unversiteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi modullar tushunchasi,
ularning vazifasi va ulanish usullari haqida ma’lumot beriladi. Asosiy e’tibor standart
random moduliga qaratilgan bo‘lib, u orqali tasodifiy sonlar bilan ishlashning turli usullari
ko‘rib chiqiladi. Maqolada random() funksiyasining ishlash printsipi, undan foydalanish
imkoniyatlari va amaliy misollar yordamida tushuntirishlar berilgan.
Kalit so‘zlar
: modul, random(), tasodifiy son, funksiyalar, Python, dasturlash
Abstract:
This article provides an overview of the concept of modules in the Python
programming language, their purposes, and methods of integration. Special focus is placed
on the standard random module, which allows for various operations with random
numbers. The paper explains the working principle of the random() function and
demonstrates practical applications through examples.
Keywords:
module, random, random number, functions, Python, programming
Аннотация:
В данной статье рассматривается понятие модулей в языке
программирования Python, их назначение и способы подключения. Особое
внимание уделяется стандартному модулю random, который используется для
работы со случайными числами. Раскрываются принципы работы функции random()
и представлены практические примеры её использования. Тема особенно полезна
для начинающих программистов.
Ключевые слова:
модуль, random, случайное число, функции, Python,
программирование
Python dasturlash tilida modullar orqali turli funksiyalar, sinflar va o‘zgaruvchilarni
tashqi fayllardan import qilib ishlatish mumkin, bu esa dastur kodining ixcham va
tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Python tilida juda ko‘plab tayyor (standart) modullar mavjud bo‘lib, ulardan biri
random() modulidir. Ushbu modul yordamida tasodifiy sonlar, qiymatlar yoki tartiblar
generatsiya qilish mumkin. random() funksiyasi va uning boshqa imkoniyatlari dasturlarda
simulyatsiya, o‘yinlar, test yaratish va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 168
Modul — bu Python dasturlash tilida yozilgan, biror maqsadga xizmat qiluvchi
funksiyalar, sinflar va o‘zgaruvchilar to‘plamidan iborat fayldir. Modullar dastur
tuzilmasini soddalashtirish, kodni tartibga solish va qayta foydalanish imkonini beradi. Har
bir modul alohida fayl sifatida mavjud bo‘lib, kerakli joyda import operatori yordamida
chaqiriladi.
Python tilida modullar ikkiga bo‘linadi:
1. Standart modullar – Python bilan birga keladigan tayyor kutubxonalar (masalan,
math, random, datetime va boshqalar)
2. Foydalanuvchi modullari – dasturchi tomonidan yaratilgan maxsus modullar.
Modul konsepsiyasi modullik dasturlash tamoyiliga asoslanadi, bu esa murakkab
tizimlarni soddalashtirish va ularni mantiqiy qismlarga ajratib ishlab chiqish imkonini
beradi. Har bir modul o‘zida biror muayyan funksional vazifani bajaradi va boshqa
modullar yoki dastur qismlari bilan mustaqil ishlay oladi.
Python dasturlash tilida moduldan foydalanish uchun uni dasturga ulash, ya’ni
import qilish talab etiladi. Modulni ulash orqali biz uning ichidagi funksiyalar, sinflar yoki
o‘zgaruvchilardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Python tilida modulni
ulashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum ehtiyojlarga qarab
tanlanadi.
Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi.
Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi.
Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud.
1-usul.
Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod
fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday dasturlarni o‘qish juda
oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin.
Sintaksisi:
import modul fayli nomi
import modulni yuklovchi kalit so‘z
>>> import math
Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi.
2-usul
. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan
dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni
funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish kerak bo‘ladi.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import *
from ... import * – modulni yuklovchi kalit so‘z
3-usul
. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar
dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas,
kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
Sintaksisi:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 169
from modul fayli nomi import funksiya nomi
>>> from random import *
>>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
>>> from random import randint
>>> randint(1,5)
Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi.
Massiv elementlarini ixtiyoriy tasodifiy sonlar bilan toʻldirish uchun python
dasturlash tilida imkoniyat yaratilgan. Agar massiv elementlarini tasodifiy sonlar bilan
toʻldirish kerak boʻlsa, tasodifiy sonlar bilan ishlash funksiyasiga murojat qilish kerak.
Python dasturlash tilida tasodifiy sonlarni hosil qilishni random() funksiyasi va uning bir
nechta kutubxonalari amalga oshiradi. [a,b] oraliqda n ta sonni tasodifiy tanlash random
funksiyasining umumiy koʻrinishi quyidagicha boʻladi. Random.randint(a,b,n) Random
funksiyasining vazifasi biror bir oʻzgaruvchiga yoki massiv elementlariga tasodifiy sonni
oʻzlashtirish uchun xizmat qiladi.
Dasturiy taʻminotni yaratishda bizning dasturlarimiz odatda turli elementlarni ishlab
chiqarishni talab qiladi. Bu oʻyin, OTP yaratish, raqamlar oʻyinlari va boshqalar kabi
ilovalarda keng tarqalgan. Python oʻrnatilgan funksiyalari bilan bu qiymatlarni yaratish
vazifasini oson bajaradi. Python-da tasodifiy raqamlar generatorlari haqidagi ushbu
mavzuda siz turli xil oʻrnatilgan funktsiyalardan foydalangan holda raqamlarni qanday
yaratishni oʻrganish mumkin.
Ushbu modul turli taqsimotlar uchun psevdo-tasodifiy raqamlar generatorlarini
amalga oshiradi. Butun sonlar uchun diapazondan yagona tanlov mavjud. Ketma-ketliklar
uchun tasodifiy elementni bir xil tanlash, oʻz joyida roʻyxatning tasodifiy almashtirishini
yaratish funktsiyasi va almashtirmasdan tasodifiy tanlab olish funksiyasi mavjud.
Sodda misol.
import random
tasodifiy_son = random.randint(1, 100)
print("Tasodifiy tanlangan son:", tasodifiy_son)
Tasodifiy sovg’a yutish dasturi:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 170
random.shuffle(sovgalar) – sovg‘alar ro‘yxatini tasodifiy tartibda aralashtiradi.
random.choice(sovgalar) – ro‘yxatdan bitta tasodifiy elementni tanlaydi.
ism.title() – foydalanuvchi ismini birinchi harfini katta qilib chiqaradi.
Xulosa
Python dasturlash tilida modullar — bu dasturiy ta’minotni soddalashtirish, kodni
mantiqiy qismlarga ajratish va funksiyalarni qayta ishlatish imkonini beruvchi muhim
vositalardan biridir. Moduldan foydalanish orqali dasturchilar takrorlanuvchi funksiyalarni
alohida fayl sifatida saqlab, ularni turli loyihalarda qulay tarzda qo‘llashlari mumkin.
Ushbu maqolada random modulining vazifasi, uning yordamida tasodifiy sonlar,
qiymatlar, elementlar tanlash kabi funksiyalarni bajarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Misollar orqali modulning amaliy qo‘llanilishi yoritildi va dasturchilar uchun qanchalik
qulay vosita ekani isbotlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Daliev, K. S., Ahmedov, M. M., & Onarkulov, M. K. (2021). Influence Of The
Temperature And Cyclic Deformations Of [([Bi. sub. x][Sb. sub. 1-x]). sub. 2][Te. sub. 3]
Films On Their Resistance. Journal of Engineering Physics and Thermophysics, 94(5),
1369-1374.
2. Онаркулов, М. (2021). Influence of the temperature and cyclic deformations of
(BixSb1-x) 2Te3 films on their resistance. Инженорно-Физический журнал. Беларусия,
94(5), 1403-1408.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 171
3. Onarkulov MK, Otajonov sm. Device for studying tenze sensitivity in
photosensitive semiconductor films. Euroasian Journal of Semiconductors Science and
Engineering. 2021;3(1):5.
4. Далиев, х. С., & Oнаркулов, м. К. (2020). Диффузионные процессы в
полупроводниковых микроструктурах на основе a4b6. O’zbekiston respublikasi oliy
va o'rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish
vazirligi, 44
Foydalanilgan internet saytlar
1. http://cppstudio.com –Python tilida programmalash bo‘yicha namunalar izoxlari
bilan keltirilgan
2. http://cplusplus.com – Python tilida mavjud konstruksiyalar ta’rifi, ishlatish
namunalari bilan keltirilgan.
3. http://www.compteacher.ru/programming - dasturlash bo‘yicha video darsliklar
mavjud.
4. http://www.intuit.ru – internet universitet, dasturlash bo‘yicha yozma va video
ma’ruzalar o‘qish, test sinovlaridan o‘tish va sertifikat olish imkoniyati mavjud.