Mualliflar

  • Sharipova Sunbula Ahad qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112568

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. “Qutadg‘u bilik” Yusuf Xos Hojib irsoli masal bilim didaktika masal maqol pandnoma.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  turkiy  didaktik  adabiyotning  islomiy  manbalardan  tashqari  yana 
turkiy dunyoqarashni ifodalovchi qadim umumturkiy ildizlarga ham ega ekanligi “Qutadg‘u bilik” 
asarida qo‘llanilgan ayrim eski turkiy maqollarni tahlilga tortish orqali izohlangan. Shuningdek, 
poetik maqsadni amalga oshirishda qo‘llanilgan maqol va masallarning matnga singdirish usullari, 
irsoli masal she’riy san’atining ifoda usullari haqida mulohazalar bayon etilgan. 


background image

374

“QUTADG‘U BILIK”DA IRSOLI MASAL

Sharipova Sunbula Ahad qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti

sharipovasunbula730@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada turkiy didaktik adabiyotning islomiy manbalardan tashqari yana

turkiy dunyoqarashni ifodalovchi qadim umumturkiy ildizlarga ham ega ekanligi “Qutadg‘u bilik”
asarida qo‘llanilgan ayrim eski turkiy maqollarni tahlilga tortish orqali izohlangan. Shuningdek,
poetik maqsadni amalga oshirishda qo‘llanilgan maqol va masallarning matnga singdirish usullari,
irsoli masal she’riy san’atining ifoda usullari haqida mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar.

“Qutadg‘u bilik”, Yusuf Xos Hojib, irsoli masal, bilim, didaktika, masal,

maqol, pandnoma.

“KUTADGU BİLİK”DE IRSOLI MASAL

Sharipova Sunbula Ahad kızı,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü asistanı

Özet.

Makalede, “Kutadgu bilik” adlı eserde kullanılan bazı eski Türk atasözleri

incelenerek, Türk didaktik edebiyatının, İslami kaynakların yanı sıra, Türk dünya görüşünü ifade
eden eski Türk kökenlerine de sahip olduğu analiz edilmektedir. Ayrıca atasözleri ve benzetmelerin
metne dahil edilme yöntemleri, atasözünün şiir sanatının ifade biçimleri üzerinde durulmaktadır.

Anahtar kelimeler.

“Kutadgu bilik”, Yusuf Khos Hajib, atasözü, bilgi, didaktik.

PROVERBS İN “KUTADGU BILIK”

Sharipova Sunbula Ahad qizi,

assistant of the Uzbek-Finnish pedagogical ınstitute

Annotation.

The article analyzes the fact that Turkish didactic literature, in addition to

Islamic sources, also has ancient Turkic roots expressing the Turkic worldview by analyzing some
old Turkic proverbs used in the work “Kutadgu Bilik”. Also, the methods of incorporating proverbs
and sayings used to achieve the poetic goal into the text, and the methods of expression of the poetic
art of the irsoli masal are presented.

Keywords.

“Kutadgu Bili”, Yusuf Khos Hajib, irsoli masal,

knowledge, didactics,

proverb,

pandnama.

ИРСОЛИ МАСАЛЬ В «КУТАДГУ БИЛИК»

Шарипова Сунбула Ахад кизи,

ассистент Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В статье анализируется тот факт, что турецкая дидактическая

литература, помимо исламских источников, имеет также древнетюркские корни,
выражающие тюркское мировоззрение, путем анализа некоторых древнетюркских
пословиц, использованных в произве-дении «Кутадгу билик». Также рассматриваются
способы включения пословиц и пословицы в текст, а также способы выражения
поэтического искусства пословицы.

Ключевые слова.

«Кутадгу билик», Юсуф Хос Хаджиб, пословица, знание,

дидактика, пословица, поговорка.


background image

375


O‘zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning milliyligini inkor etmaydi.

Ulug‘ shoir-u adiblarimiz asarlarini milliy tilda yozgani, ularda turkiy millatga xos e’tiqod, ruhiyat,
dunyoqarash aks etgani buning isbotidir. Yusuf Хоs Hojibning “Qutadg‘u bilik” masnaviysi,
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asari turkiy-islom davri adabiyotining ilk buyuk
asarlaridir. Хоja Ahmad Yassaviy ham qoraxoniylar davrida yashab ijod etdi. U o‘zining “Devoni
hikmat” va boshqa pand-u nasihatlari bilan dovrug‘ qozondi.

Keyinchalik turkiy adabiyotda “Hibat-ul-haqoyiq”, “Turkiy Tafsir” singari asarlar yaratildi.

Qur’oni karimning turkiy o‘girmalari ham ilk bor qoraxoniylar davrida yuzaga keldi [2:4].

Didaktik adabiyotimizning dastlabki nodir namunalaridan hisoblangan “Qutadg‘u bilik”

ham islomiy falsafa bilan bir qatorda qadim umumturkiy ruhiyatni, dunyoqarashni o‘zida ifoda
etadi. Yusuf Xos Hojib asarning ba’zi o‘rinlarida o‘z fikrlarini dalillash maqsadida turkiy maqollar,
masallarga murojaat etganligi fikrimizni asoslaydi.

Mashhur sharqshunos Shibliy Nu’moniy “She’r ul-Ajam” kitobida shunday yozadi: “G‘arb

ham o‘z adabiyoti latofati bilan faxrlanadi, ammo bu adabiyot namoyandalari o‘z fikrlarini to‘liq
bayon etish uchun eng kamida uch-to‘rt misra yaratishga majburdirlar, holbuki Ajam she’riyati
tarixida bir misra yoki baytga ikki-uch va hatto undanda ko‘proq ma’nolarni singdirish odatiy holga
aylangandir”. Sharq shoirlarining so‘z san’atida bunday ulkan muvaffaqiyatga erishganliklariga, bir
tomondan, tilning ichki imkoniyatlari va so‘zlarning ko‘pma’noligi, ikkinchi tomondan, tasvir
vositalari, adabiy usul va she’riy san’atlardan mahorat bilan foydalana olganliklari sabab bo‘lgan
[4:100]. Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda baytda maqol yoki hikmatli so‘z keltirish

irsoli

masal”, “aqd”

kabi she’riy san’atlarni yuzaga keltiradi. Har ikki she’riy san’at turida ham poetik

maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun (fikrlarni dalillash, o‘xshatish va h.k.) maqol va matallar
keltiriladi. Adabiyotshunos Y.Is’hoqov she’riyatimiz tarixida maqol, matal va hikmatli iboralarning
poetik maqsad uchun ishlatilishi ya’ni irsoli masal, asosan, uch usulda o‘ziga xos tarzda ro‘yobga
chiqishini aytib o‘tgan. Bular:

1. Keltirilayotgan maqol yoki matalga “

masaldur”, “aytilur

” yoki

“masaldurkim”

so‘zi

yordami bilananiq ishora qilinadi yohud keltirilayotgan gap yoki iboraning manbaiga

“derlar”,

“ayturlar”

kabi vositalar bilan ishora qilinadi, uning xalq orasida ma’lum va mashxur ekanligi

ta’kidlanadi.

2. Maqol yoki matal aynan keltiriladi.
3. Maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz o‘zgartiriladi yohud

she’riy vazn talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi [5:20].

“Qutadg‘u bilik”da keltirilgan maqol va masallarni tadqiq etish mobaynida yuqorida

ko‘rsatilgan har uch xususiyatni uchratishimiz mumkin. Jumladan, adib bilim va uning foydasi
haqida mulohaza yuritar ekan, bilimli va bilimsiz kishilarni taqqoslaydi:

Uqush ul sengar edgu andlig‘ adash,
Bilig ul sanga bag‘irsaq kadash.
Biliksizka bilgi qilichni yag‘i,
Adin bo‘lmasa tab bu ikki chog‘i.

[7:311]

Baytlar mazmuni quyidagicha: Zakovat sen uchun ezgu ontli do‘stdir, bilim esa mehribon

qarindosh. Bilimsiz kishiga bilganlari va qilmishlari yovdir, shu ikki yovning o‘zi unga kifoyadir.
Keltirilgan qiyosga asos ularoq quyidagicha “

turkiycha masal”

ni keltiradi:

Munar mengzatu keldi turkcha masal,
O‘qig‘il muni sen kangul ogka al.

Uqushlug‘ kishika eshi tab uqush,
Biligsiz kishika ati tab sukush.

[7:311]

Ya’ni: turkchada bunga o‘xshash bir masal bor, sen uni qalbingga joylagin: Zakovatli kishi

uchun zakovati yetarli, bilimsiz kishining oti faqat tahqirga loyiqdir.
Asarning Tabg‘ach Bug‘ro Qoraxonga bag‘ishlangan bobida ham eski turkiy maqollardan biri
keltirilgan:


background image

376

Edi kechki so‘z ul masalda kelir,

Ata o‘rni, ati o‘g‘ulqa qolur

.

[7:298]

Ya’ni:

Masalda keladigan juda eski taʼbir bor, Otaning o‘rni va oti o‘g‘ilga qoladi.

Ushbu

maqolning hozirgi kunda

“Ot o‘rnini toy bosar, Ota o‘rnini - o‘g‘il”

shaklidagi ko‘rinishi mavjud.

Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida mazkur maqolning o‘ziga xos
ko‘rinishlarini keltirgan. Jumladan, u yerda “

Uluq yag‘iri o‘g‘ulqa qalir” ya’ni “ot kuragidagi

yag‘ir bolalariga meros bo‘lib qoladi”

degan maqol mavjud.

Masal keldi turkcha

mungar mengzatur,

Ani so‘zladim men muniu yangzatur,
Ukush ko‘rki so‘z ul bu so‘z o‘k telim,

Kishi ko‘rki yuz ul, bu yuz ko‘rki ko‘z.

[7:107]

Ya’ni: bunga o‘xshatadigan turkchada bir masal bor, bunga shu masalni moslab so‘zladim.

Zakovat ko‘rki so‘zdir, bu tilning ko‘rki so‘zdir. Kishining ko‘rki yuzdir, yuzning ko‘rki ko‘zdir.

Bilig qadrini ham biliglig bilar,

Guhar qadrini ham guhar-o‘q bilar

. [7:29]

Mazmuni: bilim qadrini bilimli biladi, gavhar qadrini gavhartarosh biladi. Bu bugungi “

Zar

qadrini zargar biladi”

maqolining qadimiy variantidir.

Asarda ba’zan maqollar mazmuni butun bayt yoki baytlarga singdirib yuborilganligining

guvohi bo‘lamiz. She’riyatda maqol har doim ham o‘zgarishsiz qo‘llanavermaydi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdik, maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz
o‘zgartiriladi yohud she’riy vazn yoki qofiya talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi:

O‘gush so‘zlama so‘z birar

so‘zla az

,

O‘gush so‘z tugunin bu bir so‘zda yaz.

[7:169]

Ya’ni: Talay so‘z so‘zlama, biroz oz so‘zla, talay so‘zning chigalini shu oz so‘zda yoz. Bu

bugungi o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan “

Oz so‘zla, soz so‘zla”

maqoliga mos keladi.

Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida didaktika uzoq tarixga ega.

Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi didaktikaning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning
"Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostonlari matni bilan tanishar ekanmiz
turkiy didaktik adabiyotning ikki muhim manba - turkiy dunyoqarashni ifodalovchi unsurlar va
islomiy g‘oayalar asosida shakllanganligiga guvoh bo‘lamiz. Shu ikki asosiy g‘oyalar
uyg‘unlashtirilgan holda didaktik matn mazmuniga yuqori mahorat bilan singdirilib yuborilgan. Bu
esa qator timsollar va badiiy san’ay xillarining yuzaga kelishiga yoki mavjudlarining mazmunan
boyishiga olib kelgan. Aqd, ishora, iqtibos, talmeh kabi she’riy san’atlar fikrimizni dalillaydi.
Didaktikaga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy, Soʻfi Olloyor,
Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Rahmonov N. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi
yarmigacha). O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2014. B. 222

2.

Sodiqov Q. Qoraxoniylar davri turkiy yozma yodgorliklari tili. – T.: “Akademnashr”. 2025. B.
360

3.

Vohidov R.J., Eshonqulov N.R. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. 1-qism. -T.: O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi, 2006. B. 196

4.

Давлатов О. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий
талқини. Филология фанлари бўйича PhD диссертацияси. – Самарқанд. 2017, B. 160

5.

Исҳоқов Й. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: “Зарқалам”. 2006. B. 128

6.

Хожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. -Т.: “Шарқ”. 1998, B. 160

7.

Юсуф Хос Хожиб. Кутадғу билиг. – Т.: “Фан”. 1972. B. 965

8.

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar an’anaviyligi.
Miasto Przyszłości, 53, 1347-1350.


background image

377

9.

Sharipova, S. (2025). Hikmatlarda iqtibos she'riy san'atining qo 'llanilishi. Jahon ilmiy
qarashlarini tahlil qilish Xalqaro ilmiy jurnal , 3 (1), 168-171.

10.

Azizovna Y.S.

Study of folktale in literature and its relation to the epic genre

. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosheva
%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

11.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
tasavvuf talqining yorqinligi.

Research Focus

,

3

(11), 46-50.

12.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
orifona rux ifodasi.

Prospects and main trends in modern science

,

2

(16), 36-39.

13.

Nazarova, H. (2021). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda oriflar
timsoli.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(11), 696-

701

.






Bibliografik manbalar

Rahmonov N. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi

yarmigacha). O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2014. B. 222

Sodiqov Q. Qoraxoniylar davri turkiy yozma yodgorliklari tili. – T.: “Akademnashr”. 2025. B.

Vohidov R.J., Eshonqulov N.R. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. 1-qism. -T.: O‘zbekiston

yozuvchilar uyushmasi, 2006. B. 196

Давлатов О. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий

талқини. Филология фанлари бўйича PhD диссертацияси. – Самарқанд. 2017, B. 160

Исҳоқов Й. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: “Зарқалам”. 2006. B. 128

Хожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. -Т.: “Шарқ”. 1998, B. 160

Юсуф Хос Хожиб. Кутадғу билиг. – Т.: “Фан”. 1972. B. 965

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar an’anaviyligi.

Miasto Przyszłości, 53, 1347-1350.

Sharipova, S. (2025). Hikmatlarda iqtibos she'riy san'atining qo 'llanilishi. Jahon ilmiy

qarashlarini tahlil qilish Xalqaro ilmiy jurnal , 3 (1), 168-171.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda

tasavvuf talqining yorqinligi. Research Focus, 3(11), 46-50.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda

orifona rux ifodasi. Prospects and main trends in modern science, 2(16), 36-39.

Nazarova, H. (2021). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda oriflar

timsoli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 696-701.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари