491
“QUTADG‘U BILIG” VA “HIBAT UL-HAQOYIQ” DOSTONLARIDA
BILIM VA BILIMNING FOYDASI HAQIDA
Baratova Malika Ulug‘bek qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Ilmiy rahbar:
Sharipova Sunbula Ahad qizi,
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ilk uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining noyob durdonalari
hisoblangan, turkiy pandnoma ruhida yozilgan “Qutadg‘u bilig” va “Hibat ul-haqoyiq”
dostonlarining ilm-ma’rifat, uning afzalligi, ilmsizlikning zarari kabi jihatlari keng mushohada
qilingan. O‘zbek adabiyotidagi birinchi masnaviy usulida yozilgan doston bilan axloq muallimi
nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk so‘z san’atkori Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari
o‘rtasidagi g‘oyaviy-badiiy fikrlarning yaqinliklarini ko‘rsatuvchi baytlar ham talaygina.
Kalit so‘zlar.
Yusuf Xos Hojib, didaktik adabiyot, Ahmad Yugnakiy, bilim va bilimsizlik,
pandnoma.
“KUTADGU BILIG” VE “HIBETÜ’L-HAKAYIK” DESTANLARINDA BILGI VE
BILGININ FAYDASI ÜZERINE
Baratova Malika Ulug‘bek kizi,
Özbekistan-Finlandiya Pedagoji enstitüsü öğrencisi
Bilimsel danışman: Sharipova Sunbula Ahad kızı,
Özbek dili ve edebiyatı bölümü öğretim görevlisi
Özet.
Bu makalede, Erken Rönesans dönemi Özbek edebiyatının eşsiz şaheserleri sayılan ve
Türk pandnamesi ruhuyla yazılmış “Kutadgu Bilig” ve “Hibet ül-hakoyık” destanlarında bilgi ve
aydınlanmanın yönleri, yararları ve cehaletin zararları kapsamlı bir şekilde incelenmektedir. Özbek
edebiyatının mesnevi tarzında yazılmış ilk destanı ile ahlak hocası olarak bilinen büyük söz
sanatçısı Ahmed Yünnaki’nin "Hibetü’l-hakkıyık" adlı eseri arasında ideolojik ve sanatsal düşünce
bakımından benzerlikleri ortaya koyan çok sayıda beyit de bulunmaktadır.
Anahtar kelimeler
. Yusuf Hüs Hacib, didaktik edebiyat, Ahmed Yugnakiy, bilgi ve cehalet,
pandnâme.
В ПОСЛАНИЯХ «КУТАДГУ БИЛИГ» И «ХИБАТ УЛЬ-ХАКОЙИК»
О ЗНАНИЯХ И ПРЕИМУЩЕСТВАХ ЗНАНИЙ
Баратова Малика Улугбек кызы,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Научный руководитель: Шарипова Сунбула Ахад кызы,
преподаватель кафедры Узбекского языка и литературы
Аннотация.
В данной статье подробно рассматриваются аспекты знания и
просвещения, его преимущества и вред невежества в эпосах «Кутадгу билиг» и «Хибат ул-
хакойик», которые считаются уникальными шедеврами узбекской литературы периода
раннего Возрождения и написаны в духе тюркских панднаме. Также имеется множество
стихов, демонстрирующих сходство идейно-художественных идей между первой в
узбекской литературе эпической поэмой, написанной в стиле маснави, и произведением
«Хибат ул-хакойик» великого художника слова Ахмада Югнаки, известного как учитель
нравственности.
492
Ключевые слова.
Юсуф Хос Хаджиб, дидактическая литература, Ахмад Югнакий,
знание и невежество, панднама.
IN THE EPISTLES “QUTADG‘U BILIG” AND “HIBAT UL-HAQOYIQ”
ON KNOWLEDGE AND THE BENEFITS OF KNOWLEDGE
Baratova Malika Ulug‘bek qizi,
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Scientific advisor: Sharipova Sunbula Ahad qizi,
Lecturer at the lepartment of Uzbek language and literature
Annotation.
This article extensively examines the aspects of knowledge and enlightenment,
its advantages, and the harm of ignorance in the epics “Qutadgu’u bilig” and “Hibat ul-haqoyiq”,
which are considered unique masterpieces of Uzbek literature of the early Renaissance period and
written in the spirit of the Turkic pandnama. There are also many verses that show the closeness of
ideological and artistic ideas between the first epic in Uzbek literature written in the masnavi style
and the work "Hibat ul-haqoyiq" by the great word artist Ahmad Yugnakiy, known as the teacher of
morality.
Keywords.
Yusuf Khos Hajib, didactic literature, Ahmad Yugnakiy, knowledge and
ignorance, pandnama.
“Bo‘stonul orifin”da shunday hadis keltiriladi: “Banda sadaqa qiladigan narsaning eng afzali
ilm o‘rganmog‘i so‘ng uni o‘zidan boshqalarga o‘rgatmog‘idir” [1, 4 b.]. Darhaqiqat, mumtoz
mutafakkirlarimiz ilm o‘rganmoq, ilmning insоn hayotidagi ahamiyati, qolaversa, ilm talabidagi
insonning maqomi xususida doimo mulohaza yuritganlar. O‘zbek adabiyoti tarixida turkiy adabiyot
namunalarining eng ko‘hnasi bo‘lmish “Qutadg‘u bilig” “Hibat ul-haqoyiq” kabi asarlarda ham
ushbu mavzu borasida atroflicha fikrlar, hikmatlar, pand-nasihatlar keltiriladi. Xususan, o‘z
davrining yetuk faylasufi, olimi, fozili, davlat arbobi, fan va adabiyot homiysi bo‘lmish Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ideal shaxs, jamiyat, davlat qanday shakllanishi kerak, ideal
shaxs fazilatlari qanday bo‘lishi kerak va bu fazilatga qanday qilib erishish kerak, mansub
sohiblarining xususiy, shaxsiy hayoti va jamiyat hamda davlat munosabati qay tartibda bo‘lishi
shart kabi muhim masalalarning falsafiy tizimini yaratadi. Muallif o‘z asariga “Qutadg‘u bilig” deb
nom qo‘yganligi haqida shunday deydi:
Kitab ati urdum “Qutadg‘u bilig”,
Qutadsu o‘qug‘liqa tutsu elig [8, 112 b.].
Mazmuni: Kitob otini “Qutadg‘u bilig” qo‘ydim, O‘quvchiga baxt keltirsin qo‘lidan tutsin.
O‘sha davr adabiyotida, xususan, turkiy adabiyotda ham an’anaga aylangan, pandnoma ruhi
bilan yozilgan asarlardan biri XII asr oxiri – XIII asr birinchi yarmida yashab ijod qilgan, o‘zbek
adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ulug‘ shoir va mutafakkir Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-
haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) dostonidir.
Ahmad Yugnakiyning Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilib, islom dini
axloqini targ‘ib qilish va komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan ushbu
asardagi hikmatlarning mavzusi keng va rang-barang: ularda olam va odam munosabatlari,
hayotning mazmuni, inson umrining mohiyati, bilimning afzalligi, odob-axloqning kishi kamoloti
uchun ahamiyati, insoniy fazilat va qusurlar xususida chuqur bilim va katta hayotiy tajriba asosida
kundalik turmushdan olingan misollar vositasida teran mulohazalar yuritib ibratli xulosalar
chiqarish uchun asosiy manbalardan biridir. Xususan, olim ilm manfaati va jaholat zararlari haqida
deb nomlangan bobda bilim, bilimlilik, bilimsizlikning qiymati, ilm qadri, donolik, zakovatlilik,
bilimsizlikning ziyoni haqida o‘z fikrlarini bayon etadi:
Baholiq dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz – bahosiz beshi [2, 17 b.].
493
Mazmuni: Bilimli oltindek har yerda ustun, Bilimsiz misoli qurigan o‘tin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, adib bilimli insonni oltinga bilimsizni esa o‘tinga tenglashtirishi orqali
oltin va o‘tinning orasida qanchalik farq bo‘lsa bilimli va bilimsiz orasida ham shunchalik tavofut
borligini bir bayt misolida ochib bera olgan.
Yoki “Qutadg‘u bilig” asaridagi ushbu misralarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
Bilimsizga to‘rda o‘rin bo‘lsa ko‘rgin,
Bu to‘r poyga sanaladi poyga esa to‘r sanaladi.
Agar donoga poygadan o‘rin tegsa,
Bu poyga to‘rdan ham to‘rroq bo‘ladi [8, 100 b.].
Ushbu misralardan bilimning qadri har qachon va har yerda yuqori bo‘lishi muqarrarligiga,
bilimsizning esa bunday mavqega erisha olmasligiga amin bo‘lamiz. Yuqorida keltirilgan
parchalarni o‘rganish orqali quyidagi hadis yodga tushishi bejiz emasdir: Ibn Abbos roziyallohu
anhumo bu borada aytganlarki, “Ulamolar va oddiy mo‘minlar orasida yetti yuz daraja bo‘ladi. Har
bir darajaning orasida besh yuz yillik masofa bor”.
Shuningdek, ushbu asarlar mualliflari bilim va zakovat tengi yo‘q ulug‘ narsa ekanini, kishi
shular tufayli g‘aflatdan uyg‘onishini, barcha orzu-tilaklariga, ulug‘likka erishishini, ro‘shnolik
topib, dunyo ishlaridan xabardor bo‘lishini uqtiradi. Jumladan, Yusuf Xos Hojib qorong‘u tunni
yorituvchiga qiyoslaydi:
Uqish ul yulateg qorong‘u tunni,
Bilig ul yaruqlug‘ yorutti sani [ 8, 102b.].
Mazmuni: Uquvdir chirog‘dek qorong‘u tuni, Bilimdir yorug‘lik yoritgay seni
Yoki Elig O‘gdulmishga bilim haqida savol berganda shunday baytni keltiriladi:
Qaranqu ev-ul bu kishi tun sani,
Uqush bir yo‘la-teg yarutar ani [8:314b.].
Mazmuni: Kishi zulmat bosgan qorong‘u bir uy kabidir, O‘quv-idrok bo‘lsa bir mash’aldirki
uni yoritadi.
“Baxtga eltuvchi bilim”da bilim inson hayotini yorituvchi mash’alga muqoysa etilgan
bo‘lsa, Ahmad Yugnakiyning ta’kidicha, u saodat yo‘lidir:
Biliktin ayurman so‘zumga ula
Bilikka yo do‘st o‘zungni ula.
Bilik birla bilnur saodat yo‘li,
Bilik bil saodat yo‘lini bula [8, 17b.].
Mazmuni: Bilimdan so‘zlayman so‘zimni eshit:
Bilimli kishiga o‘zni yaqin tut,
Bilimdan ochilur saodat yo‘li.
Bilim ol saodat manziliga yet,
Demak, bu misralardan ko‘rinib turibdiki, Yugnakiy bilimni saodatga eltuvchi yo‘l deb
bilsa, Yusuf Xos Hojib bilim baxtga eltuvchi vosita deb bilishi, baxtning kaliti ilmda ekanligini
fikrlarning qanchalik g‘oyaviy yaqinliklari borligini kuztishimiz mumkin.
Yusuf Xos Hojib bilimsiz kishini bir “
iglig”
ya’ni xasta ekanligini aytadi va uni o‘z
“
igligi
”ni bilim va zakovat bilan “
emlash
”ga undaydi:
Biligsiz kishi barcha iglig bo‘lur,
Igig emlamasa kishi tark o‘lur [8, 84 b.].
Mazmuni: Bilimsiz kishi barcha dardli bo‘lur,
Bu dardga davo qilmasa u o‘lar.
Bilimli va bilimsiz kishilar o‘rtasidagi tafovutni Ahmad quyidagi tashbehi orqali yanada
aniq ko‘rsatib beradi:
So‘ngakka yiliktak eranga bilik,
Eran ko‘rki aql ul so‘ngakning yilik.
Biliksiz – yiliksiz so‘ngaktak qoli,
Yiliksiz so‘ngakka sunulmas alik [2, 17 b.].
494
Ya’ni, suyakning ko‘rki (qiymati) ilik bo‘lganidek, insonning ko‘rki uning aqli, ilmidadir.
Bilimsiz esa bilimlining aksi o‘laroq “
yiliksiz so‘ngak”
ka qiyoslashi va bu suyakka qo‘l uzatilmas
(
sunulmas
)ligi bilimsiz insonlarning qiymatsiz va qadrsiz ekanligiga dalolatdir.
Yusuf Xos Hojib esa bilimsizni ko‘zi ojiz insonga qiyos etadi:
Biligsiz qarag‘u turur belguluq,
Yuri ey biligsiz bilig al ulug [8, 100 b.].
Mazmuni: Bilimsiz kishilar bo‘lar ko‘r misol, Bilimsiz bilimdan kelib hissa ol.
“Hibat ul-haqoyiq” dostonida esa,
Bilimli bilimsiz qachon teng bo‘lur,
Bilimli xotin – er, johil er – xotin [2, 17 b.].
misralari orqali bilimning ulug‘vorligini bilimli inson har doim xalqning yo‘lboshchisi bo‘lishini
ta’kidlaydi.
Xulosa qilib aytganda, turkiy didaktik adabiyotning nodir namunalari bo‘lgan “Qutadg‘u
bilig” va “Hibat ul-haqoyiq” asarlari insonlarni ezgulikka yetaklashga, bilimli bo‘lishga, oq-qorani
ajrata olishga, muomala, madaniyat, din, axloq-odob masalalarida, umuman olganda, insonlarni
ideal shaxs sifatida tarbiyalashga beminnat xizmat qiladi. Har ikkala asar ham ilmning sharafi, uni
egallashdagi mashaqqat va qunt oxiri ilm egasini qanchalik sharaflashi haqida muhim fikrlarni
o‘rtaga tashlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abu Lays Samarqandiy. Bo‘stonul orifin (Arab tilidan Beknazar Muhammadshukur va
Mas’udxon Mahdixon o‘g‘li tarjimasi). Toshkent, Movaraunnahr. 2008. 154 bet.
2.
Adib Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq. Toshkent, Sharq. 2013, 40 b.
3.
S.Tohirov. Matn va tahlil. Samarqand, 2008, 320.
4.
R.J.Vohidov, N.R.Eshonqulov. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. 1-qism. Toshkent,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006. 202 b.
5.
К.Махмудов. Ахмад Югнакийнинг “Хибат ул-хакойик” асари хакида. Тошкент, “Фан”,
1972. 300 б.
6.
Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual uslub.
In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 15, pp. 37-39).
7.
Б.Тўхлиев. Aдабиёт (Академик лицей ва касб-ҳунар колежлари учун дарслик). Тошкент,
Ўқитувчи, 2002, 288 б.
8.
Г.Хўжанова. “Ҳибат ул-ҳақойиқ” поэтикаси. Фил. фанл. номз. диссертация
автореферати. Тошкент, 2001,
9.
Юсуф Хос Хожиб. Кутадгу билиг. Тошкент, Фан, 1972, 160.