488
“QOBUSNOMA” DIDAKTIK ADABIYOT NAMUNASI SIFATIDA
Akramova Jayrona Jamol qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Sharipova Sunbula Ahad qizi,
ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari, uning kompozitsion
tuzilishi, asarning didaktik adabiyotimiz rivojidagi o‘rni, muallifning inson kamoloti xususidagi
qarashlari tahlil etiladi. Fikr-mulohazalar ayrim boblarning tahlili orqali asoslaniladi.
Kalit so‘zlar.
“Qobusnoma”, pandnoma, hikoyat, Kaykovus, tarbiya yo‘riqnomasi, omonat.
DİDAKTİK EDEBİYATIN BİR ÖRNEĞİ OLARAK “QABUSNOMA”
Akramova Jayrona Jamol kızı,
Özbekiston-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Sharipova Sunbula Ahad kızı,
bilimsel danışman, Özbek dili ve edebiyatı bölümü öğretim görevlisi
Özet.
Bu makalede Kaykovus’un “Kobüsnoma” adlı eseri, eserin kompozisyon yapısı, eserin
didaktik edebiyatımızın gelişimindeki rolü ve yazarın insan mükemmelliğine ilişkin görüşleri ele
alınmaktadır. Yorumlar, bireysel bölümlerin analizine dayanmaktadır.
Anahtar kelimeler.
“Kâbus”, masal, öykü, Kaykovus, eğitim yönergeleri, güven.
«КАБУСНОМА» КАК ОБРАЗЕЦ ДИДАКТИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
Акрамова Джейрона Джамол кызы
Студентка Узбекско-Финского педагогического института
Шарипова Сунбула Ахад кызы,
научный руководитель, преподаватель кафедры
Узбекского языка и литературы
Аннотация.
В статье анализируется «Кобуснома» Кайковуса, его композиционная
структура, роль произведения в развитии нашей дидактической литературы, а также
взгляды автора на человеческое совершенство. Комментарии основаны на анализе
отдельных глав.
Ключевые слова.
«Кобуснома», Кайковус, дидактический рассказ, образовательные
установки, доверие.
“QOBUSNOMA” AS AN EXAMPLE OF DIDACTIC LITERATURE
Akramova Jayrona Jamol qizi,
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Sharipova Sunbula Ahad qizi,
scientific supervisor, lecturer at the department of Uzbek language and literature
Abstract.
This article analyzes Kaykovus’s work “Qobusnoma”, its compositional structure,
the role of the work in the development of our didactic literature, and the author’s views on human
development. The opinions are substantiated by the analysis of individual chapters.
489
Keywords.
“Qobusnoma”, pandnoma, story, Kaykovus, educational guidelines, deposit.
Musulmon sharq adabiyotida pand-nasihat, umuman, didaktika alohida o‘rin tutadi.
Kaykavus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari ham didaktikaning nodir namunalaridan
hisoblanib, u Sharq-u G‘arb mamlakatlari orasida juda mashhur hisoblanadi. Mo‘jaz rivoyatlar,
ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlar va hadislar asarni yanada jozibali, o‘qishli bo‘lishini
ta’minlaydi. “Qobusnoma” asari asrlar mobaynida bir qancha tillarga tarjima qilingan. Xususan,
turk, uyg‘ur, tatar, ingliz, farang, olmon, rus va boshqa tillarga tarjima qilinganini ko‘rishimiz
mumkin. Ma’lumki, asar turkiy tilga birinchi marta 1860-yilda buyuk mutafakkir va shoir
Muhammad Rizo Ogohiy tomonidan tarjima qilingan. Ogohiy tarjimalari ichida “Qobusnoma”
alohida o‘rinlardan birini egallaydi. Bu nodir asar 1965, 1973 va 1986-yillarda adabiyotshunos olim
Subutoy Dolimovning katta sa’y-harakatl.Sari bilan uch marta nashrdan chiqarilgan edi. Nashrga
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanuvchi
(inv.1274/11) Ogohiy tarjimasi qo‘lyozmasi asos qilib olindi, shu bilan birga, professor
Y.E.Bertelsning ruscha tarjimasi va Eron professori Said Nafisiy tomonidan tayyorlangan Tehron
nashridan foydalanilgan.
“Qobusnoma” asarikompozitsiyasi muqaddima va qirq to‘rt bobni o‘z ichiga olgan. Asarni
dastlabki, to‘rt bobi Haq taoloni tanimoq hamda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning faoliyati
haqida gapirilib o‘tilgan va qolgan qirq bobida esa ota-onani hurmatlash, ilm olish axloqi, uxlash
odobi, mehmon kutishlik axloqlari, farzand tarbiyasi va savdo, hunarmandchilik san’atlarini
egallash, saxovat va juvonmardlik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi [1].
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Qobusnoma” asari axloqiy-tarbiyaviy hikoyatlar, pand-
nasihat ruhidagi mulohazalar bilan boyitilgan. Asar turmushning turli jabhalarini, rang-barang
tomonlarini qamrab oladi. Asar muqaddimasi an’anaga ko‘ra Haq taolo alqovi (“Parvardigori
olamni tanimoq zikrida”) va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar xilqati (“Payg‘ambarlarning xilqati
zikrida”) boblarini o‘z ichiga oladi. Asar bir mayoq kabidir. U bizning o‘zligimizni oynadek
ko‘rsatib beradi. Asar insonlarni to‘g‘rilikka, yolg‘on so‘zlamaslikka, ilm olishlikka, omonatga
xiyonat qilmaslikka, Ollohni tanishlikka va saxovatli bo‘lishga chaqiradi. Asarning yigirma ikkinchi
bobi “Omonatni saqlamoq” zikrida deb nomlanib, bu bobda insonlarni to‘g‘rillikka, omonatga
xiyonat qilmaslikka undovchi fazilatlar ulug‘langan. Kaykovus murojaat qiladi (murojaat har bir
kitobxonning o‘ziga qaratilgandik):
“Ey farzand, agar senga bir kishi omonat topshirsa, to qila
olsang, hech hol bila qabul qilmag‘il. Ul jihatdinki, omonatni qabul qilmoq bag‘oyat dushvordur.
Mardum va juvonmardlikning yo‘li uldurki, omonatni qabul qilmag‘il va agar qabul qilsang, yaxshi
saqlag‘il, toki omonatni egasiga salomattopshirg‘aysan”
[2: 94-b.].
Bu bilan Kaykovus birovdan omonat olishlik qanchalar og‘ir va mushkulligiga urg‘u bergan.
Kishilar, avvalo, omonat olmaslikka, agarda olsalar omonatni qabul qilib, sog‘-omon
topshirishlikka da’vat etadi. Uning mas’uliyati katta ekanligi, bu yukni har kim ham ko‘tara
olmasligiga ishora etadi. Ammo bu mas’uliyatni vijdonan bajargan kishining martabasi ulug‘
ekanligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham Kaykovus omonat olishlikni mardum va
juvonmardlikning yo‘li deya ta’rif beradi. Muallif mulohazalarining isboti o‘laroq hikoyat keltiradi.
Tabir joiz bo‘lsa bu usul keying didaktik asarlarda ham faol qo‘llanilgan hisoblanadi. Hikoyatda
keltirilishicha,
bir kishi o‘z do‘sti bilan hammomga yo‘l oladi. Do‘sti yo‘lni yarmiga yetganda
ortiga qaytadi va do‘stining o‘rniga bir o‘g‘ri ergashadi. Lekin, u kishi payqamaydi. Hammomga
yetgandan so‘ng kishi o‘g‘rini o‘z do‘sti deb, yonidan yuz tilla zar chiqarib tutqazadi va “Bu zarni
senga topshirdim”, - deya kirib ketadi. So‘ngra hammomdan chiqib uyiga ketayotganda ortidan
490
o‘g‘ri chaqirib quyidagi so‘zlarni unga aytadi: “Ey juvonmard, kelg‘il va mendan zaringni olg‘il.
Bugun men sening omonatingni saqlab o‘z ishimdin qoldim”. Ul kishi dedi: “Sen kimdursan, bu
oltin qanday oltindur?” O‘g‘ri dedi: “Men bir o‘g‘ridurman va bu sening menga topshirgan
zaringdur ”. Ul kishi dedi: “Agar sen o‘g‘ri bo‘lsang, nima uchun zarni olib ketmading”. O‘g‘ri
dedi: “Agar ming tillo bo‘lsa ham sendin andisha qilmay olib ketar edim. Lekin sen, bu zarni
menga omonat topshurding. Omonatga xiyonat qilmoq juvonmardlikdin ermasdur”, - deya aytadur
[2: 95-b.].
Ushbu hikoyatda insonning nafsini jilovlay olishi, omonatga xiyonat qilmaslik,
“duruggo‘y”
bo‘lmaslik, agarda kishi “
durug‘go‘y”
bo‘lsa, oxiri qashshoq bo‘lishi yoritib o‘tilgan. Hikoyatda
kasbi o‘g‘rilik bo‘la turib, omonatga berilgan zarni o‘g‘irlamay, o‘z egasiga borib, o‘z qo‘llari bilan
berishi o‘g‘rining iymoni naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bejizga
xalq orasida “Omonatga xiyonat – iymonga nuqson ”, “Omonat – halol odamning mezoni” degan
maqollar uchramaydi. Ushbu asarni o‘qigan inson, avvalo, o‘zini isloh qila boshlaydi.
Atrofidagilarga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi, dunyoqarashi kengayadi.
Asarda ota-onani ulug‘lash, hurmat qilish va mehr haqqini ado qilishlikdir haqida ham
alohida bob ajratilgan. Kaykovus ota-onani mevali daraxtga qiyoslagan. Chunki daraxt qancha
yaxshi tarbiya qilinsa va parvarish berilsa, uning mevasi shuncha mazaliroq bo‘ladi. Kishi ota-
onasiga qanday munosabatda bo‘lsa, o‘zining farzandidan ham shunday munosabat kutiladi.
Negaki, kishi mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydi. Ota-onaning hurmati va qadr-qimmati qancha
ko‘p bo‘lsa, ularning qilgan duolari tezroq ijobat bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ota-onani e’zozlash dunyodagi eng ulug‘ vazifa
hisoblanadi. Kaykovus asarlarida bu haqiqatni dalillab bergan. Ushbu asar ma’naviyat bulog‘i
ekanligi, asarlar ichida mavqeyi balandligi bilan va davrlar osha qiymatini bejizga emas. Asar
davrlar osha o‘z qiymatini yo‘qotmasdan kelmoqda. Uzoq asarlar mobaynida inson tarbiyasi,
shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishda muhim dasturul amal vazifasini o‘tab kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual uslub.
In International Conference on Adaptive Learning Technologies. (Vol. 15, pp. 37-39).
2.
Kaykovus. Qobusnoma (forschadan Muhammad Rizo Ogohiy tarjimasi). - Toshkent :
“Mutolaa”, 2024. 628 b.
3.
Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: “Yangi nashr”, 2019. 237 b.
4.
Zunnunov A. “O‘zbekiston pedagogikasi tarixi ”, T – 1997. 290 b.