511
XALQ OG‘ZAKI IJODIDA RANGLAR TASVIRI
Nurboyeva Gulyora Baxodir qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedogogika instituti talabasi
Sharipova Sunbula Ahad qizi,
ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodida ranglarning o‘ziga xos poetik
funksiyalari, badiiy maqsadni yuzaga chiqarishdagi ahamiyati, ular tashigan ramziylikdagi o‘ziga
xosliklar, ziddiyatli talqinlar haqida mulohaza yuritiladi. Fikrlar xalq og‘zaki ijodi namunalari,
xususan, dostonlar, ertaklar, maqollar va xalq qo‘shiqlari orqali xulosalanadinglar tasviri,
ularning madaniy estetik ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodida ranglarning
funksional roli va ularning dunyoqarashi bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlari.
Xalq og‘zaki ijodi, tasviriy san'at, ramziylik, maqollar, madaniyat, ranglar.
HALK EDEBİYATINDA RENKLERİN PORTRESİ
Nurboyeva Gulyora Bakhodir kızı
Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Sharipova Sunbula Ahad kızı,
Bilimsel danışman, Özbek dili ve edebiyatı bölümü öğretmeni
Özet.
Bu makalede, Özbek halk sanatında renklerin benzersiz şiirsel işlevleri, sanatsal
hedefleri ifade etmedeki önemleri, ilettikleri benzersiz sembolizm ve çelişkili yorumları ele
alınmaktadır. Fikirler, özellikle destanlar, masallar, atasözleri ve halk şarkıları olmak üzere halk
sözlü sanatı örnekleriyle özetleniyor ve bunların tasviri, kültürel estetik önemlerine ışık tutuyor.
Ayrıca folklorda renklerin işlevsel rolü ve dünya görüşüyle bağlantısı tartışılmaktadır.
Anahtar kelimeler.
Folklor, görsel sanatlar, sembolizm, atasözleri, kültür, renkler.
ПОРТРЕТ ЦВЕТОВ В НАРОДНОЙ ЛИТЕРАТУРЕ
Нурбоева Гулёра Баходира кызы,
Студентка Узбекско-Финский педагогический институт
Научный руководитель: Шарипова Сунбула Ахад кызы
Преподаватель кафедры Узбекского языка и литературы
Аннотация.
В статье рассматриваются уникальные поэтические функции цветов в
узбекском народном искусстве, их значение в выражении художественных целей, уникальная
символика, которую они передают, и их противоречивые интерпретации. Идеи обобщены
на примерах народного устного творчества, в частности, былин, сказок, пословиц и
народных песен, а их изображение раскрывает их культурно-эстетическую значимость. В
статье также обсуждается функциональная роль цветов в фольклоре и их связь с
мировоззрением.
Ключевые слова.
Фольклор, изобразительное искусство, символика, пословицы,
культура, цвета.
THE PORTRAIT OF COLORS IN FOLK FOLK LITERATURE
Nurboyeva Gulyora Bakhodir qizi,
Student of the Uzbek-Finnish Pedagogical Institute
512
Sharipova Sunbula Ahad qizi,
Scientific supervisor, teacher of the Department of Uzbek Language and Literature
Annotation.
This article discusses the specific poetic functions of colors in Uzbek folk
folklore, their importance in revealing the artistic purpose, the peculiarities of the symbolism they
carry, and their contradictory interpretations. The ideas are summarized through examples of folk
folklore, in particular, epics, fairy tales, proverbs and folk songs, highlighting their cultural
aesthetic significance. The functional role of colors in folk art and their connection with worldview
are also discussed.
Keywords.
Folk art, visual arts, symbolism, proverbs, culture, colors.
Ranglar nafaqat bezak yoki tasviriy vosita, balki chuqur semantik ma’noga ega bo‘lgan
element sifatida ham ahamiyatlidir. Abu Rayxon Beruniy o‘zining “Kitob al-Javohir-ma’rifat ul-
Javohir” asarida 200 dan ortiq ranglarni sanab o‘tgan va ranglarning kelib chiqishi haqida ham o‘z
mulohazalarini bildirgan. Zamonaviy fan dunyoda 7 ta asosiy rang mavjud bo‘lib, qolganlari esa
ushbu ranglarning aralashuvidan hosil bo‘lganligini e’tirof etadi. Har bir rang turli madaniyatlarda
turlicha talqin qilinishi mumkin, ammo ularning xalq og‘zaki ijodidagi tahliliga nazar tashlar
ekanmiz turli xalqlar folklorida birmuncha umumiylik va o‘ziga xoslikni payqash mumkin. Shu
o‘rinda Shayx Najmiddin Kubroning yetti xil rangni yetti tushunchaga moslab bergan ta’rifini
keltirib o‘tishni joiz topdik:
Oq – islom, sariq – iymon, zangori – ehson, yashil - ishonch, ko‘k - to‘liq ishonch, qizil
– irfon, qora-hayajon, hayratni anglatgan.
Oq rang
– poklik va muqaddaslik ramzi. Oq rang xalq ijodida eng ko‘p uchraydigan
ramziyliklardan biri bo‘lib, u odatda poklik, begunohlik, muqaddaslik va yorug‘lik timsoli sifatida
ishlatiladi. Masalan, xalq ertaklarida oq otli yigit odatda yaxshilik va adolat timsoli bo‘lib, oq rang
shaxsiy fazilatlarni aks ettiriladi. Jumaladan, “Avesto”da oq - yorug‘likning ziddi o‘laroq ta’rif va
tavsif etilgani barchamizga yaxshi ma’lum. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, oq rangga nisbatan
shunga yaqin munosabatlar ba’zi xalqlarda, masalan, turkiy qavmlarda ham hokimlik qilganligini
ko‘rishimiz mumkin. Turkiy qavmlar oq rangni
motam, musibat hatto qurg‘oqchilik
alomati deb
hisoblashgan.
Ozarbayjonlik olim M.Saidovning yozishicha: “Oltoyliklarda oq rang motam ramzidir.
Manbalar, Chinda yashagan turkiy tilli solorlar uchun oq ranggining boshqa ma’nolar bilan bir
qatorda, motam timsoli bo‘lganligidan xabar beradi. Faqat turkiylarda emas, boshqa ayrim
xalqlarda ham ko‘k va oq motam, qayg‘u ramzi sanalgan. Ma’bud va ruhlar bilan muloqot vositasi
sifatida - hudolarning, farishtalarning, avliyolarning hurlarning jannatdagi kiyimi Yaxud, Braxman,
Abshabxlarning aksini ifodalaydi. Tibet buddasining beshlik ramzi: Pravaslav va katolik
cherkovlari xizmatchilarning kiyimi, xristianlik belgilarining ramzidir. Bular bilan bir qatorda,
yaponlarda xrizontema, oq laylak, turnalari timsoli; Xitoyda G‘arb belgisi, kuz va metall belgisi,
Hindistonda - quyosh timsoli; Braxmanlar kastasining ranggi, shuningdek motam libosi;
Xristianlarda – oq liliya, oq atirgul, ona Mariya (Bibi Maryam) timsoli; Oq bayroqlar esa hamisha
tinchlik, sulh va birodarlik ma’nolarini ifodalagan. Oq rangning salbiy jihatlari: o‘limni, kasallikni
bildirishi mumkin. Ba’zi yapon klassik she’rlarida esa ayrilish, qiyinchilik, yetishib bo‘lmaydigan
muhabbatning qiyinchiligini bildiradi. Folklorda oq rang ko‘pincha qizil va ko‘k ranglar bilan birga
qo‘llaniladi. Masalan, bolalar folklorida mashhur bo‘lgan “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Oq olma, qizil
olma” kabi lirik qo‘shiqlar ayni fikrni tasdiqlaydi. Xalq orasida
“oq ilon’’-“uy iloni”, uni o‘ldrish
baxtsizlik keltiradi,
degan qarash mavjud, buni quyidagi xalq qo‘shig‘i mazmunidan ham bilib
olishimiz mumkin:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yurganing qani?
Men yomondan ayrilib,
Yaxshini topganing qani?
513
Shuningdek, bugungi kunda ham ba’zi viloyatlarda kelin kuyov xonadoniga kelgach, barmoqlari oq
unga botiriladi. Bu kelin oq undek pokiza bo‘lib kelsin degan ma’noni bildiradi.
Qizil rang
- kuch, bosim, energiyalar to‘qashuvini bildiradi. (3). Oddiy xalq xayolida esa
og‘ir mehnat, urush, fojia, kurash, g‘azab kabi tushunchalarni uyg‘otadi. Folklor va mumtoz
adabiyotda esa qizil rang - qiz bola, ayol ma’nolarini ifodalaydi. Xalq qo‘shiqlarida qizil rangli
predmet kelsa, u ko‘pincha qiz bolaga tegishli bo‘ladi.
Qiz bolaning ro‘moli,
Qizil gulli shoyi.
Sumalakjon, sumalak.
Bundan tashqari, bu rang ko‘pincha yor va uning labiga ishora qiladi. Masalan, “
la’li lab
”
birikuvi mumtoz adabiyotda keng qo‘lanilgan.
Telba ko‘nglum yor zulfi toridan ayrilmagay,
Joni zorim la’shning guftonidan ayrilmagay.
( Avaz O‘tar).
Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, Shayx Najmiddin Kubro 7 xil rang haqida o‘z fiklarini
bildirar ekan, qizil rang irfonni bildiradi deya to‘xtaladi. Irfon (arabcha, bilish, anglash) tushunish
va bilim ma’nolarida qo‘llaniladi. Yana bizga ma’lumki, xonlar davridagi ko‘plab saroy kanizaklari
va raqqosalar qizil rangli ko‘ylakda tasvirlanadi.
Yashil rang
- o‘sish rangi. Tabiatning bahoriy uyg‘onishi, yangilanish rangi. Xususan
musulmon Sharqi adabiyotida Ko‘p nomi tilga olinuvchi, Salmoqli hikoyat-u rivoyatlar qahramoni
bo‘lgan Xizr alayhissalom siymosi ham yashil kiyimli kishi sifatida tasvirlanadi:
Xirqasi axzaru aso axzar,
Go‘yi ul erdi Xizr payg‘ambar.
[6:188]
Ushbu bayt Misr mamlakatidan bo‘lgan Sa’d hikoyatidan olingan. Sa’d o‘z uyida turli
kishilarni, mehmon qilib, ularning qiziq sarguzashtlarini tinglar edi. Bir kuni ikki g‘arib keladi. Ular
boshdan oyoq yashil kiyimda edilar. Musofirlar Shahrisabzlik ekanliklarini, yashillikka burkangan
yurtdan kelishganini aytadi:
Xizr monand sabzadin rangi
Sabzasi suyi ko‘zgusi rangi.
[6: 178]
Sa’d ko‘rgan bir tushining ma’nosini topish uchun g‘orda necha yildan buyon maqom tutgan
bir pir bilan uchrashadi. Pir boshidan o‘tgan voqealarni gapirib beradi. Donishmand bu zot tush
ko‘rib, ta’birini topolmay qiynalgani, jonidan umid uzganida bir pir duch kelgani, uning “xirqasi
axzar” – kiyimi yashil, “aso axzar” – hassasi yashil bo‘lib, xuddi Xizrga o‘xshashini aytadi. [2: 6]
Mahmyd Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otut turk” asarida keltirilishicha, Qoshg‘ariy yag‘mo
yerlarini keza turib, “Yada” toshi haqida eshitadi va unga qattiq qiziqib qoladi. U toshni shunday
ta’riflaydi: “Yada toshi yomg‘ir va shamol chaqirish uchun ishlatiladi va u
yashil rangda
bo‘ladi”.
Bundan ko‘rinib turibdiki, yashil rang qadimdan “yog‘ingarchilik”, “bahor” ramzi bo‘lib kelgan.
Qora rang
– o‘lim, bo‘shliq va jimjitlik kabi belgilarni bildiradi. Mumtoz adabiyot
namunalarida
“qora soch”, “qora ko‘z”
kabi birikmalarga duch kelamiz. Masalan, Mavlono
Lutfiyning
“qarodur
”, Alisher Navoiyning “qaro ko‘zim” radifli g‘azallari shular jumlasidandir.
Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” risolasining 1-faslida qora rang haqida qiziqzrli mulohazalar
keltiriladi
. “…aksar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Eron, Afg‘on, Seylon, Hind va
Kashmir”
xalqlarini qora tanli mehnatkash xalq deb tasvirlaydi.
Xalq og‘zaki ijodida qora
qora rang
yovuzlik, gunoh
kabi ma’nolarga egadir. Masalan,
“
baxti qora”, “qora kunlar
”
kabi. Ko‘plab ertak, maqol va matallarda, lirik qo‘shiqlarda
ranglardagi ramziylik poetic maqdasga xizmat qilganligining guvohi bo‘lamiz:
Oq bug‘doyning patiri,
O‘rgamchining chatiri,
Bir-ikki og‘iz aytayin,
Qora ko‘zlar xotiri.
(To‘y olqishi).
Shuningdek, joy nomlari va ismlarga qora so‘zining qo‘shib aytilishi jasorat va kuchlilikni
bildirib turgan.
514
Tog‘ boshini bosar tuman,
Har ish bo‘ladi begumon,
Qoraxondan aytaymi?
( Nima aytay?)
Xalq dostonlarida qora so‘zi bilan boshlaniluvchi ko‘plab joy nomlarini uchratamiz.
Masalan, Qoratepa kabi. Motam va marosim qo‘shiqlarida ham qora so‘zini uchratishimiz mumkin.
Quyida bu rang bevaqt kelgan o‘lim, ajal ma’nosini ifodalaydi:
Qora otlik, qora to‘nlik,
Meni ko‘rgani keldingmi?
Ochilgan lolazorimni
Xazon qilgali keldingmi?
Sariq rang
- ayriliq, hijron, sog‘inch kabi tushunchalarni ifodalaydi. Mumtoz adabiyotda
ham, folklorda ham bu rangdan unumli foydalanilgan. Sariq rang odatda, yashil rangga zid sifatida
olingan. Ya’ni yashil yosharish bo‘lsa, sariq keksalik sifatida qaralgan. O‘zbek folklorida ham sariq
ayriliq belgisi sifatida qaralgan. “Kelinning sepiga sariq rangli narsa solinmaydi, bu ayriliqqa olib
keladi” (to‘y marosimlarida aytilgan tabular).
Sandiq usti sariq gul,
Taqsam ado bo‘lmaydi.
Yurakdagi hasratni,
Aytsam ado bo‘lmaydi.
She’rda aynan
sariq gul
deyilishi bejizga emas.
Yurakdagi hasrat
bilan,
sariq gul
o‘rtasida
bog‘liqlik mavjud.
Qadimda ota-bobolarimiz sariq rangni sariq kasalga davo deb bilishgan. Shuning uchun
bemorga sariq libos kiydirishgan va uyini sariq rangli jihozlar bilan bezatishgan. Alisher Navoiy
sariq rang haqida shunday degan,
Yara qon da’fi
sariq
jins qilur, turfa ko‘rung
Kim bilur tegsa yuzing to‘kig‘a biryor
sarig‘.
Ko‘k rang
- motam, tushkinlik ramzi. Adabiyotda
“ko‘k”
rangini
“
moviy
”
sifatida
ishlatilishini ham ko‘ramiz. Odatda yoshi ulug‘ insonlar orasida va qipchoq lahjasida gaplashuvchi
kishilar so‘zlashuvida ham biz yashil o‘rniga
ko‘k
deb, ko‘k rangini esa,
moviy
deb aytilishiga
guvoh bo‘lamiz.
M.Ro‘ziyevaning shu mavzuga oid tadqiqotlarida keltirilishicha,
azaldanoq turkiy xalqlarda
azador insonlar ko‘k rangli kiyim kiyib yurishgan va bu an’ana bugungi kunda ham mavjud.
Buning o‘ziga xos tarixi bo‘lib, osmon va suv marhumlar orom topadigan yer sifatida qaralgan,
shu sababli ko‘k rang motam timsoli bo‘lib qolgan.
Umuman olganda, insoniyat qadimdanoq rang-baranglikga intilib kelgan. Folklor va yozma
adabiyot namunalarida ranglar o‘ziga xos poetik maqsadlarda, ruhiyat holat, qahramonlar ichki
olami, kayfiyati, kechinmalarini tasvirlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, turli
davrlarda ma’lum rangga nisbatan turli (salbiy yoki ijobiy) munosabat mavjud. Bunga ba’zan
muayyan rangning o‘ziga xos simvolikasi, tabiatda uchrash holati, ba’zan diniy-e’tiqodiy masalalar
sabab bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abdurahmonova. A. Saodatga eltuvchi bilim. – Toshkent: “Movorounnahr”, 2005. 552 b.
2.
Jumaboyeva D. Mumtoz va folklor asarlarda rang simvolikasining lingvokulturologik
xususiaytlari // ERUS, 9-son.
3.
Qosimov N. Folkor musiqa ijrochiligi. – Toshkent: “Talqin”, 2008. 194 b.
4.
Muminova S. Yodgorliklarda qo‘llanilgan bezaklarda ishlatilgan ranglar ahamiyati //
Mеждународный научный, 2-son.
5.
Alisher Navoiy. Sabba’i sayyor. –Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008. 344 b.