Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 47
BOSHLANG’ICH SINFLARDA EPIK ASARLAR
USTIDA ISHLASH METODIKASI
Usenbaeva Gozzal
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti
Boshlang'ich ta'lim fakulteti 3v-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada epik asarlar va boshlang’ch sinflarda berilgan epik
asarlarni o’qitish usullari haqida aytiladi.
Kalit so’zlar:
Epik asar, boshlang’ich sinf, o’quvchi, o’qituvchi, darslar.
Epik asarlar bu juda katta adabiyot asarlari hisoblanadi. Epik asarlarga roman,
povest, ertak, hikoyalarni kirgizsak bo’ladi. Epik asarlardan boshlang’ich sinflarda eng
ko’p qo’llaniladigani bular eratklar va hikoyalar hisoblanadi. Ertaklar boshlang’ich sinf
o’quvchilari eng ko’p o’qiydigan epik asarlar hisoblanadi. O’qituvchilar o’quvchilarga
ko’pincha ertak va hikoyalrni o’qishni topshirish kerak. O’quvchilar ertaklarga juda
qiziqadi va ertaklar ham o’quvchilarning yoshiga mos kelishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda epik asarlar ustida ishlash metodikasi — bu o‘quvchilarga
badiiy matnni tushunish, tahlil qilish, obrazlarni ajratib olish va asardan axloqiy-mazmuniy
xulosalar chiqarishni o‘rgatish usullarining majmuasidir.
1. Asarni tanlash
Boshlang‘ich sinflar uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1.
Yoshga mos, tushunarli tilga ega bo‘lishi;
2.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi;
3.
Qahramonlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, halollik kabi ijobiy g‘oyalarga boy
bo‘lishi;
4.
Hajmi jihatidan o‘quvchining yoshi va psixologiyasiga mos bo‘lishi.
Misollar:
Ertaklar: “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘riboy va Toshbaqa”
Dostonlardan parchalar: “Alpomish” (qisqartma ko‘rinishda)
Xalq og‘zaki ijodi: rivoyatlar, afsonalar
2. O‘qitish bosqichlari
A. Asarni o‘qish
O‘qituvchi ifodali o‘qib beradi yoki o‘quvchilar bilan navbatma-navbat o‘qiladi.
Har bir bo‘lim yoki sahna ortidan qisqacha muhokama qilinadi.
B. Matn ustida ishlash
Savol-javob
usuli bilan mazmuni aniqlanadi.
Qahramonlar kimlar? Ular qanday fe’l-atvorga ega?
Asardagi voqealar ketma-ketligi aniqlanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 48
Asardagi asosiy g‘oya va xulosa ajratib olinadi.
C. Tahlil qilish
Voqealarni ketma-ketlikda aytib berish (plan tuzish).
Qahramon obrazini ochib berish (ularning gap-so‘zlari, harakatlari asosida).
Asarning ijobiy va salbiy qahramonlari taqqoslanadi.
D. Ijodiy topshiriqlar
Ertak yoki asarga oxirgi qism yozish.
Qahramonga maktub yozish.
Rasm chizish yoki dramatizatsiya qilish.
3. Metodik usullar
Rolga kirib o‘qish
Rolli o‘yinlar (dramatizatsiya)
Rasmlar asosida hikoya qilish
Klaster, aqliy hujum (brainstorming)
“Men bo‘lsam edi…” texnikasi (qahramon o‘rnida bo‘lsang, nima qilarding?)
4. Tarbiya bilan bog‘lash
Asar orqali o‘quvchilarga:
Yaxshi va yomonni ajratish
Mehr-shafqat, halollik, do‘stlik kabi qadriyatlar tushuntiriladi
Hayotiy saboqlar chiqarish o‘rgatila
Ertakni o‘qitish metodikasi. Ertaklarni o‘qitish metodikasi - ertaklar olami
bolalarning qiziqishini uyg‘otadigan eng muhim adabiy janrlar turiga kiradi. O‘quvchilarni
ertakdagi chigal voqealar, qahramonlik harakatlari, topqirlik harakatlari, topqirlik, adolatli
yondashuv, samimiylik kabi xulq-atvorlari, asarning g‘oyaviy yo‘nalishlari - adolat, barcha
o‘rinlarda yutuqlarga erishib boradi. Asar, birinchi boshlanishidanoq o‘quvchilarning fikr-
tuyg‘ularini o‘ziga jalb etadi va hamma vaqt voqeadagi ijobiy obraz tarafida bo‘lib, uning
g‘alaba qilish istagida o‘tiradi. Ijobiy, qahramonlarning samimiyligi, mehnatsevarligi,
halol xulq-atvori o‘quvchida ijobiy taassurot qoldiradi. Shuning uchun bularni tahlil
qilganda ertakning yo‘nalishiga qarab tahlil qilish zarur. Bu karomatli kuchlar kimga
yordam beradi, nima uchun, bu voqeaning qahramonlarga munosabati, ularning yaxshilik
va yomonlik tomonlari va h.k. jihatlari hikoyalarni tahlil qilgandek bo‘lib keladi.
Asarning mazmuni oson o‘zlashtirilishiga e’tibor berib ketish yetarli emas. O‘qib
turganda bolalar bilan o‘qituvchining oddiy muomala qilishi, ertakni o‘qishdagi asosiy
shartlardan biri. O‘qib borayotganda o‘qituvchining so‘zi doimo o‘quvchilarga qaratilib,
so‘zning jonli, sodda bo‘lib, o‘qishga barcha vaqtlari e’tibor berib, ertakning syujetining
chigallashishiga, bo‘layotgan voqealarga go‘yo o‘zi qatnashib o‘tirgandek bo‘lib,
qahramonlarining turmushiga, taqdiriga o‘qituvchi bilan birga qatnashib o‘tirishi shart.
Agar o‘qituvchi badiiy qilib so‘zlab bersa asarning ta’sirchanligi avvalgidan ham o‘tkirroq
holatga keladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 49
Ertaklarni o‘qib ma’lum hajmda bilim olish bilan birga undan xalqimizning til
boyliklarining turli namunalari bilan tanishadi, chunki ertakning tili - xalqimizning boy
so‘zlashuv tili. Shuning uchun uning tilini o‘quvchilar to‘liq tushunishiga, ularni
egallashiga e’tibor berish kerak. ertaklar o‘quvchilarning tilini o‘stirishdagi eng qiyin
vosita hisoblanadi. Ertaklar matni - o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda
eng qulay material. Kichik yoshdagi bolalar ertaklardagi tasviriy vositalarni qo‘shib
sintaktik uslublardan foydalanib hikoya qilib berishni yoqtiradilar. Shuning uchun
o‘quvchilarning bunday qiziqishidan o‘qituvchi ustalik bilan foydalanib turishi kerak.
Ertakni o‘qish bilan o‘z elining tabiati, turmushi, urf-odati bilan tanishadi. Qiyinchilikni
qanday yengish yo‘llarini o‘rganish bilan, o‘zi yaxshi odatlarga, mehribonlik tuyg‘ulariga
taqlid qiladi. Undagi uchragan yaxshiliklarni o‘quvchilarning o‘zlari ham takrorlagisi
keladi. Bu jihatdan olganda ertaklar o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini, til boyligini
o‘stiradi, xolos.
Hikoya kichik hajmli adabiy janr bo‘lib, unda inson hayotidagi ma’lum bir voqea
hayotning muhim tomonlarini umumlashtirib aks ettiriladi. Hikoya ko‘pincha odam
hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvirlaydi. Uning mazmuni hayotdan olingan. Hikoya
mazmuni boshlang‘ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni
qahramonning xatti-harakatlari, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi
hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun adabiy janr turi bo‘lgan hikoya bilan
tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
1. Matn mazmuni bo‘yicha o‘qituvchi savollariga javob berish;
2. Suhbat matniga berilgan savol-topshiriqlarni bajarish;
3. Suhbat mazmuni bo‘yicha o‘quvchilarning savollar tuzishi;
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish;
5. Hikoya matnini qismlarga ajratish;
6. Har bir bo‘limga nom berish;
7. Suhbatga reja tuzish;
8. Reja asosida qayta hikoya qilish.
9. Reja asosida bayon yozish.
Xulosa qilib aytganda o’quvchilarning kitobga bo’lgan mehrini oshirishda,darsga
qiziqishini orttirishda epic asarlarning o’rni juda katta ahamiyatga ega. Epik asarlarga
ko’plagan asarlar kiradi, lekin boshlang’ich sinf o’quvchilariga ertak va hikoyalar o’qib
beriladi. O’quvchilar katta roman va povestlarni o’qib zerikadi. Chunki ularda faqat
so’zlar berilgan boladi. O’quvchilar bo’lsa rasmli asarlarga juda qiziqadi, o’sha rasmlar
orqali ertak yoki hikoya mazmunini tushunib oladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 50
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili
o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni
o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. A.Pirniyazova, Q.Pirniyazov, Q.Bekniyazov Baslawısh klaslarda ana tilin oqıtıw
metodikası Nókis «Bilim» baspası 2018-j