Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 39
BOSHLANG'ICH SINFLARDA DARSLARDA STEAM
TEXNOLOGIYASINAN FOYDALANISH
Usenbaeva Gozzal
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik institute
Boshlang'ich ta'lim fakulteti 3v-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
boshlang'ich
sinflarda
darslarda
steam
texnologiyasidan foydalanish va STEAM texnologiyasi haqida ma'lumot beriladi.
Kalit so'zlar:
Boshlang'ich sinf, o'quvchilar, darslar, STEAM texnologiyasi,
o'qituvchi, maktablar.
STEAM- hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion
metodlardan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas,
balki integratsiyalashgan holda umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi. Bizning
dunyomizni texnalogiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q. Bundan keyin ham texnalogik
rivojlanish davom etadi va STEAM ko‘nikmalari bu-rivojlanishning asosi bo‘lib
hisoblanadi. STEAM bolalarni ilhomlantiradi. Bolalar kashfiyotchilar va olimlar sifatida
tadqiqotlar olib borishadi, texnalogiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar
sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib
o‘ynashadi. STEAM fanlarining ommalashayotganini va samaradorligini hisobga olgan
holda Prezidentimiz tashabbusi bilan prezident maktablarida STEAM fanlari darslik
sifatida o‘tila boshladi.
STEAM-bolalarning intelektual qobiliyatlarini ilmiy va texnalogik ijodkorlikka jalb
qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U bolalarning aniq tabiiy fanlarga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlanishiga qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEAM- ta’lim
texnalogiyasi quyidagicha ma’no kasb etadi. S-Science (Fan), T-Technology
(texnalogiya), E-Engineering (Muhandislik), A-Art (San’at), M –Mathematics
(Matematika). Biz yaxshi bilamizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar faoliyati
rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etiladi. Bu markazlar quyidagilar:
Til va nutq;
Ilm fan va tabiat;
San’at;
Qurish-yasash va konstruksiyalash;
Sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi
Rivojlantiruvchi markazlar bolalar faoliyati mazmunini samarali tashkil etish
uchun xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi markazlar STEAM integratsiyalagan sohalarni
o‘zida aks ettiradi. Misol uchun ilm-fan va tabiat markazi-S- Science (Fan) bilan, san’at va
sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi- A-Art (San’at) bilan, qurish-yasash,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 40
konstruksiyalash va matematika markazi-E- Engineering (Muhandislik) va M –
Mathematics (Matematika) bilan hamohang. STEAM –ta’limining 10 ta afzallik tomoni
bor. Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “ mavzu” lar bo‘yicha
integratsiyalab olib borish.STEAM –ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi
birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga
va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga
bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash.STEAM – ta’limida amaliy
mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish
namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab
chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish
va muammolarni yechish.
STEAM texnologiyasi hozirgi kunda texnologiya, tabiiy fan darslarida ko'proq
foydalaniladi. Boshlang'ich sinflarda tabiiy fan darsligida STEAM texnologiyasi bo'yicha
mavzular berilgan. O'quvchilar tabiiy fani darsligida STEAM texnologiyasi bo'yicha
berilgan topshiriqlarni bajaradilar. Tabiiy fan darsligida STEAM texnologiyasi bo'yicha
berilgan mavzuni olib qaraylik. Masalan: 3-sinf tabiiy fanida Energiya turlari bo'yicha
mavzuda STEAM texnologiyasini qo'llashimiz mumkin. O'quvchilarni guruhlarga
bo'lamiz. Harbir guruhga energiya ishlab chiqaradigan stansiyalarni bo'lib beramiz. 1-
guruh Suv elektr stansiyasi, 2-guruh Quyosh elektr stansiyasi, 3-guruh Shamol elektr
stansiyasi, 4-guruh issiqlik elektr stansiyasi. O'quvchilar o'zlariga berilgan stansiya
bo'yicha rasm chizadi. Bu rasm chizish darsi bilan bog'liq. Keyin elektr stansiyani rangli
qog'ozlardan foydalanib yopishtirishi mumkin. Bu texnologiya darsi bilan bog'liqli.
Stansiyani o'lchab chizishi kerak bo'ladi va bu matematika darsi bilan bog'liqli. Demak,
bizlar bitta tabiiy fan darsini texnologiya, matematika, rasm fanlari bilan bog'ladik. Bunday
qilib bir fanni boshqasi bilan bog'lash integratsiya hisoblanadi.Boshlang‘ich sinflarda dars
jarayonida
STEAM
texnologiyasidan
foydalanish
— bu ta’lim jarayonini
integratsiyalashgan, amaliy va innovatsion uslubda tashkil etishdir. STEAM (Science,
Technology, Engineering, Art, Mathematics) — fan, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematikani birlashtirgan yondashuvdir. Quyida boshlang‘ich sinflarda STEAM
texnologiyasidan foydalanishning maqsadi, afzalliklari, usullari va ba’zi amaliy misollar
keltirilgan:
1. Maqsadlari:
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish;
Fanlararo bog‘liqlikni shakllantirish;
O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undash;
Amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish.
2. Afzalliklari:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 41
Ijodiy yondashuvni rag‘batlantiradi;
Mustaqil fikrlashni rivojlantiradi;
Jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi;
Hayotiy vaziyatlarga tatbiq etiladigan bilimlar beradi;
Fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rganish imkonini yaratadi.
3. Dars jarayonida foydalanish usullari:
a) Loyiha asosida o‘qitish: O‘quvchilar kichik loyihalar ustida ishlaydilar, masalan,
“Yozgi bog‘ loyihasi” — bu yerda ular:
Biologiya: o‘simliklar haqida o‘rganadilar;
Matematika: urug‘ sonini sanaydilar, sug‘orish jadvalini tuzadilar;
Texnologiya: tuproqni tayyorlash vositalarini tanlaydilar;
San’at: bog‘ dizaynini chizadilar.
b) Mini-laboratoriyalar: Oddiy tajribalar o‘tkazish orqali ilmiy tushunchalarni oson
o‘zlashtirish (masalan, suv aylanishi, magnit xususiyatlari).
c) Interfaol mashg‘ulotlar: LEGO, robototexnika (mos darajada), Scratch Junior yoki
boshqa grafik dasturlar orqali kompyuter savodxonligi va algoritmik fikrlashni o‘rgatish.
4. Amaliy misollar: Misol 1: “Qor odam yasaymiz”
Tabiiy fan: Muz va suv aylanishi haqida ma’lumot.
Matematika: Qor odamning bo‘yi, doiralarning o‘lchami.
San’at: Uni bezatish.
Muhandislik: Barqaror tuzilma yasash (yiqilmasligi uchun).
Texnologiya: Qor odamni yasashda ishlatilgan materiallarni tahlil qilish.
Misol 2: “Ovozli tabrik kartochkasi yasash.
San’at: Kartochkani bezatish;
Texnologiya: Oddiy batareya va ovoz chipidan foydalanish;
Fan: Elektr tokining aylanishi;
Muhandislik: Kartochkani to‘g‘ri yig‘ish;
Matematika: Kartochkaning o‘lchamini aniqlash.
STEAM texnologiyasi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari:
-ko‘proq amaliyotga yo‘naltirilgan o‘rganish orqali bilimlarni mustahkamlashadi;
-o‘z qiziqishlariga mos faoliyatlar orqali o‘rganishga motivatsiyalangan
bo‘ladilar;
- zamonaviy kompetensiyalarni egallashga tayyor bo‘lib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentabrdagi «2018- 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturi to‘g’risidagi» gi PQ – 3931 – son Qarori.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 42
2.R.A.Mavlonova , N.H.Raxmonqulova , K.O.Matanazarova , M.K.Shirinov ,
S.Hafizov «Umumiy pedagogika» . «Fan va texnalogiya» nashriyoti T:2018.
3.O‘tkir Tolipov , Dilnoz Ro‘zieva «Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat
» » Toshkent innavatsiya – Ziyo » T: 2019.