Mualliflar

  • Doimova Durdona Bahodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.115490

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma‟lumot beriladi, va bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma‟lumot beriladi. Ushbu maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun in‟om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‟rni haqida diniy unvonlar haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati haqida so‟z boradi. Kalit so’zlar: Dargox, “siyosatnoma”, Qabo, Visoqboshi, Hojib, Sohibi haros, Xo‟jayi buzruk, Devoni vazir, Devoni sohib, Devoni mushrif, Sipoqsolar, Muqto, Iqto, G‟aribxona , Shayxulislom, Ustod,Visoqboshi, Chodir boshlig‟I, Hayilboshi, Hojib, Ariz, Devoni arz.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 73

SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI

Termiz iqtisodiyot va servis unverateti

Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Doimova Durdona Bahodirovna


Annotatsiya

: Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri

hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining
davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma‟lumot beriladi, va
bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib
kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma‟lumot beriladi. Ushbu
maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun
in‟om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning
vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‟rni haqida diniy unvonlar
haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida
harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va
unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati
haqida so‟z boradi. Kalit so’zlar: Dargox, “siyosatnoma”, Qabo, Visoqboshi, Hojib, Sohibi
haros, Xo‟jayi buzruk, Devoni vazir, Devoni sohib, Devoni mushrif, Sipoqsolar, Muqto,
Iqto, G‟aribxona , Shayxulislom, Ustod,Visoqboshi, Chodir boshlig‟I, Hayilboshi, Hojib,
Ariz, Devoni arz.


KIRISH

: Somoniylar o’z davlatida juda yaxshi yo'lga quyilgan hukmronlik tizimini

o'rnatdilar. Davlat boshida juda katta vakolatlarga ega bo’lgan amir turar edi. Somoniylar
davlatining ma'muriy tuzlishi quyidagicha bulgan: dastavval boshqaruv organi dargoh
(oliy hukmdor saroyi) va devon (davlat idorasi)ga bo’lingan. Mamlakatning ichki
siyosatida amirning shaxsiy gvardiyasi katta rol o’ynagan. Bu gvardiya turk g’ulomlaridan
saralanib olinar, uning boshliqlari katta-katta davlat mansablarini egallar edilar. Turk
g’ulomlari bunday sharafga o’zoq yillar sadoqat bilan xizmat qilishlari evaziga muyassar
bo’lar edilar.

Turk g’ulomining xizmat pog’onasidan ko’tarilish jarayoini muarrix va davlat arbobi

Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etilgan.
«Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi. G’ulomlar mansab
darajasi pog’onama-pog’ona, qilgan xizmatiga yarasha ko’tarilib borgan. Chunonchi,
g’ulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo’lib xizmat qilar va zandoniy matosidan
tikilgan qabo (kamzulga o’xshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular
bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u
jazoga tortilardi. Bir yildan so’ng visoqboshi (3 g‟ulomga bosh bulgan kichik komandir)
hojib (gvardiyachi rulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 74

yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi. G’ulom yana bir yil
ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi
yilida unga eng yaxshi egar, yuldo’z -yuldo’z qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan
tikilgan qabo, cho’qmor berar edilar: chuqmorni g’ulom kamarining halqasiga ilib olar edi.
Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan
chodir hamda o’z otryadiga 3 g’ulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush
bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi,
obro’si, birkitilgan g’ulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi
(gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga
sazovor bo’lar edi. U qanchalik obro’-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin,
baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer-
suv in'om etar edilar». Saroydagi eng ulug‟ mansabdor hojibi bo’z urg (ulur hojib) bo’lib,
unga saroy ahliga ko’z-quloq bo’lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Alohida xizmat
ko‟rsatgan hojibi bo’z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar. Hojibi
bo’zurgdan keyin sohib haras (saroy soqchilari boshlig’i) turgan. Bu mansab ummaviylar
va abbosiylar davrida ham mavjud edi. U oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi shaxs
bo’lgan. Bu haqida Nizomulmulk bunday deb yozadi: «Amiri haras mansabi hamma vaqt
muhim mansablardan biri bo’lgan. Albatta, ulur hojib mansabi bundan mustasno. Amiri
haras oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi bo’lganligi sababli, odamlar undan
hukmrondan ko’ra ham ko‟proq qo’rqar edilar». So’ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun
tili bilan bunday deydi: «Mening ikki amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan
to qopong’u tushganga qadar odam boshini tanasidan judo qilish bilan band,
jinoyatchilarning oyoq-qo’llarini chopib tashlaydilar, cho’qmor bilan urib zindonga
tashlaydilar». Dargohning xo’jalik ishlari bilan vakil shug’ullangan. «Hamma vaqt bu ish
tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur va ishonchli odam turgan Shoh
oshxonasidan tortib, to may omborlari va podshoh otxonasidan doimo ogoh bo’lib,
hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko’z-quloq,
bo’lib turuvchi shaxs; har oyda, balki deyarli har kuni, oliy hukmdorning kengashlarida
ishtirok etgan, u bilan muloqotda bo’lgan va zarur paytda saroyga zudlik bilan yetib kelib,
oliy maqomga zz fikrlarini izhor etgan hamda mamlakatda ro’y berayotgan voqyealardan
uni xabardor qilgan». Keyingi o’rinda xojayi bo’zurg (ulug’ xoja) mansabidagi shaxs
turgan. Xojayi bo’z urg saroy byurokratik apparatining boshida turgan. Bulardan tashqari,
dargohda har xil xizmatkorlar, masalan, eshik oga, dasturxonchi kabi kichik mansabdorlar
ham bulgan. Byurokratik apparat Buxoro registoni atrofida joylashgan o’nta devon
tomonidan boshqarib turilgan. Narshaxiyning ta'kidlashicha, ular quyidagilar: devoni vazir
(ulur vazir devoni), devoni mustavfiy (moliya ishlari devoni), keyingi vaqtlarda devoni
rasoil yoki devoni insho deb atalgan devoni amir al-mulk (davlat tayanchi devoni), devoni
sohib shurat (amir gvardiyasi boshlig’i devoni), devoni sohib barid (aloha xizmati devoni),
devoni mushrif (amir nazoratchisi devoni), devoni addiyya (amirning shaxsiy mulklarini


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 75

idora qiluvchi devon), devoni muxtasib (ko’cha va jamoa joylaridagi tartibotni tekshirib
turuvchi devon), devoni vaqf, devoni qo’z zot (qozilar devoni). Shunga muvofiq
mustavofiy, xojayi omid, sohib shurat, mushrif, muxtasib, qozi al-qo’z zot va boshqa
mansablar bo’lgan.Joylarda hokimiyat sipoqsolar (katta mulklarda) va hokimlar (mayda
ma'muriy idoralarda) qo’lida bo’lgan. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi,
avvalambor, markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog’liq edi. Buni
yaxshigina anglagan somoniylar o’z ta sarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda
dastavval ixcham davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar —
markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy
a'yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo’lar edi. Narshaxiyning ma'lumoti
bo’yicha, Somoniylar davlati asosan devoni vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat,
sohibi muayyid, mushrif, mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan
yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh
boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma'muriy, siyosiy va xo’jalik tartiboti
uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi.
Mustavfiy devoni xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk — davlat hujjatlari va
elchilik aloqalari; sohibi shurat — soqchiboshi, ya'ni harbiy, xususan, amirning muntazam
turkiy saroy nav-karlari, uning ta'minoti; sohibi muayyid — maktubot va axborot, ya'ni
pochta; mushrif — saroy ish boshqaruvchisi; mumallikayi xos — davlat mulklari;
muhtasib — bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning mafkurasi; qazo
— adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf xo’jaliklari bilan shug’ullanar edi. Nasr
ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida
devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi.
Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo’libgina
qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo’lishi shart edi. Odatda, ular
arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi
biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab
olingan. Shubhasiz, bu o’rta asrlarning o’ziga xos amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy
an'analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi.
Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo’lgan.
Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning
vakillari bo’lgan. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan
esa markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo’ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba'zan
vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy
hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir
shaharda rais — shahar boshlig’i hamda muhtasib — nazoratchisi bo’lardi. Ularni
hokimning bevosita o’zi mahalliy aslzodalar yoki ko’pincha oliy tabaqa ruhoniylarning
nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik
daromad-buromadi (byudjeti) ning deyarli yarmi sarf etilardi. Shu bilan birga IX-X


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 76

asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-
katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulklar «ikto», unga ega bo’lgan mulkdorlar
«muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha, rustoq
(tuman) yoki shaharlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar; sulola
a'zolari — amir-zodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir
umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o’tkazilmagan. Iqtodorlar
hadyaga berilgan mulklarga hali to’la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridai
tushadigan daromad yoki uning ma'lum qisminigina yig’ib olish huquqiga ega bo’lganlar
xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib-vazirga ba'zan o’z nomi bilan chaqa-pul
zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu, shubhasiz, o’z navbatida markaziy hokimiyatni
kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib
kelar edi. Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va
uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning
obro’si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga
aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome' maejidi, xonaqoh
(g’aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o’kiladigan
sajdagoh)lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri
Buxoro shahrida qad qo’yardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai
Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma'naviy
hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm
peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom
ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada ulug’lanadi. Ustoddan keyin
«xatib»lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar.
Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar
kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo’jaligi tarkib topadi. Masalan, Narshaxiyning
yozishicha, Afshona qishlog’ining ekin yerlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil
Somoniy tomonidan Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek,
amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor
yerlarni Hasan ibn Muhammad Tolut ismli mulqdor arab lashkarboshidan 10 ming
dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining jome' masjidi vaqfiga qo’shib beradi. Bunday
misollarni ko’plab keltirish mumkin. Lekin nima sababdan va qanday yo’l bilan masjid va
madrasalar tasarrufida katta-katta yer va mulklar to’planishi hamda vaqf xo’jaligining
tarkib topishi to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish uchun keltirilgan misollarning
o’zi ham kifoya qiladi. Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni
muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar. Xususan, Ismoil Somoniy yaxshi
qurollangan harbiy qo’shinlar va maxsus muntazam saroy soqchi navkarlar sho’ratini
tuzadi. Muntazam soqchilar oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini
qo’riqlash uchun turk g’ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 77

xizmatchi, mohir chavandoz turk o’smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib
kelgan bo’lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida
saroyning shaxsiy sho’rati safiga tortgan edilar. Saroy sho’ratiga qabul qilingan o’spirin
turk g’ulomining harbiy xizmati ma'lum muddatda va qat'iy belgilangan tartibda o’tar edi.
Xizmatning birinchi yili bo’zdan kiyim kiygan piyoda, ikkinchi yili yuganlangan otliq
askar xizmatini bajarar edi. Uchinchi yili beliga qora cho’rin kamar bog’lanib, beshinchi
yilga borganda u yaxshi kiyim-kechak va yulduzli yuganni olishga muyassar bo’ladi.
Agarda xizmat davrida g’ulom nojo’ya harakatlar qilmagan bo’lsa, yettinchi yili unga
«visoqboshi», ya'ni «chodir boshlig’i» degan unvon berilar edi va o’zi bilan qo’shib
hisoblaganda 4 nafar askarga u boshliq bo’lardi. „bunday unvonga erishgan g’ulom
kumush ip bilan tikilga‟'qora rangli bosma namat qalpoq va qimmatbaho ganjaviy etik
kiyib yurardi. G’ulomlar orasida eng qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim
navkarlar «haylboshi», ya'ni otliq qo’shin boshlig’i, so’ngra esa «hojib» degan lavozimga
ko’tarilar edi. Hojiblarning boshlig’i «hojib ul xujob» yoki «hojib ul buzruk» deb
yuritilgan. Bunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanar edi.
Hojiblar, ayniqsa, hojib ul xujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va
dargohning ishlarini boshqarar edi. Shu bilan birga u butun turk hojiblarining boshlig’i
hisoblanar edi. Somoniylar muntazam soqchi qo’shinidan tashqari, ozod mehnat ahlidan
tuzilgan harbiy qo’shinlarga ham ega edilar. Harbiy qo’shinlar va ularning ta'minoti bilan
«ariz» boshliq «devoni ariz» deb atalgan maxsus mahkama shug’ullanar edi. Ariz
qo’shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog’-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-
xashagi bilan shug’ullanar edi. Qo’shinlarga xizmat haqi har 3 oyda, ya'ni yiliga 4 marta
to’lanar edi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki somoniylar davlatida tashkil etilgan barcha davlat

lavozimlar o‟z vazifasi jixatdan mukamlal qilib tuzilgan. Shuningdek bu lavozimlarga
berilgan vazifalar jixatdan davlat tizimini boshqarish mukkamal shakillantrilgan, yani
saroy lavzimlaridan, Devondan tortib barcha lavozimlargacha mahaliy va diniy
lavozimlargacha tarkibda davlat lavozimlari tuzib chiqilgan bu esa davlat boshqaruv
tizimini soddalashtrgan. Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda
Somoniylar davlati tashkil topdi. O’rta asrlar zamonining bu yirik davlatini boshqarishda
hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an'analariga suyanib, muntazam
soqchi armiya va kuchli harbiy qo’shinlarga ega bo’lgan markazlashgan boshqaruv
mahkamasini tashkil qildi. O’rta asrning bu yirik davlati o’zining boshqaruv tizimi
jihatidan, shubhasiz, O’rta Osiyoda o’rta asrlar davlatchiligining shakllanishi va
taraqqiyoti tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni takidlab o‟tish kerakki
somoniylar yer egaligi tizimi ham mukkammal tuzilga, ammo davlat xizmatlari uchun
in‟om etilgan yer egaligi turi davlat markazlashuvini uzoqlashtib qo‟ygan, shu bilan birga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 78

turlixil boshboshdoqlililklarni keltrib chiqaradi va usha davr xulosasi bilan aytganda bu
davlat yemirilishining bosh sabablarini keltrib chiqargan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. Toshkent. “Adolat”-1997
2. E.V Rtvelatze, A.X Saidov, Abdullayev. Qadimgi O‟zbekiston sivilizatsiyasi:

Davlatchilik va huquq tarixidan lavxalar. Toshkent. “Adolat”- 2001

3. O‟zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. O‟zMU nashriyoti-2000-2001
4. A.Sagdullayev O‟ Mavlonov. O‟zbekistonda davlat boshqaruv tarixi. Toshkent.

Akademiya-2006

5. O‟zbekiston Tarixi ( qisqacha ma‟lumotnoma). Toshkent. Sharq- 2000
6. O‟sarov Umidjon Abdumavlonovich. Somoniylar davlatining O‟rta Osiyoda

tarixida tutgan o‟rni. Bitiruv malakaviy ishi.Toshkent-2013

7. Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro Tarixi T. “Kamalak” 1995

Bibliografik manbalar

Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. Toshkent. “Adolat”-1997

E.V Rtvelatze, A.X Saidov, Abdullayev. Qadimgi O‟zbekiston sivilizatsiyasi: Davlatchilik va huquq tarixidan lavxalar. Toshkent. “Adolat”- 2001

O‟zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. O‟zMU nashriyoti-2000-2001

A.Sagdullayev O‟ Mavlonov. O‟zbekistonda davlat boshqaruv tarixi. Toshkent. Akademiya-2006

O‟zbekiston Tarixi ( qisqacha ma‟lumotnoma). Toshkent. Sharq- 2000

O‟sarov Umidjon Abdumavlonovich. Somoniylar davlatining O‟rta Osiyoda tarixida tutgan o‟rni. Bitiruv malakaviy ishi.Toshkent-2013

Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro Tarixi T. “Kamalak” 1995