Mualliflar

  • Doimova Durdona Bahodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.115491

Annotasiya

Annotatsiya: Tarixiy manbashunoslikda Ashtarhoniylar (1601-1756) davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining XVIII asr o'rtalariga qadar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu davrga oid turli ko'rinishdagi yozma manbalar nashr etilgan bo'lsa ham, ularda aholining etnik tarkibi masalasi nisbatan kam yoritilganligi bilan harakterlanadi. Kalit so'zlar: Ashtarxoniylar, Buxoro xonligi, “Tarixi olmaroyi Abbosiy”, “Bahr ul-asror”, “Ubaydullanoma”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi qipchoqxoniy”, Movarounnahr, Mahmud ibn Vali, Muhammad Yusuf Munshiy, Muhammad Amin Buxoriy, Xo'jamqulibek Balxiy.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 69

ASHTARXONIYLAR DAVRIDA YOZILGAN MANBALARDA

ASHTARXONIYLAR DAVRNING SIYOSIY HAYOTI

Termiz iqtisodiyot va servis unverateti

Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Doimova Durdona Bahodirovna

Annotatsiya:

Tarixiy manbashunoslikda Ashtarhoniylar (1601-1756) davri tarixini

yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining XVIII asr
o'rtalariga qadar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat
qiladi. Bugungi kunda ushbu davrga oid turli ko'rinishdagi yozma manbalar nashr etilgan
bo'lsa ham, ularda aholining etnik tarkibi masalasi nisbatan kam yoritilganligi bilan
harakterlanadi. Kalit so'zlar: Ashtarxoniylar, Buxoro xonligi, “Tarixi olmaroyi Abbosiy”,
“Bahr ul-asror”, “Ubaydullanoma”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi qipchoqxoniy”,
Movarounnahr, Mahmud ibn Vali, Muhammad Yusuf Munshiy, Muhammad Amin
Buxoriy, Xo'jamqulibek Balxiy.

Kirish:

XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi va

murakkab tarixiy jarayonlar kеchdi. Ularni o‘rganishda voqеa-hodisalarga to‘g‘ri va xolis
baho bеrishda bu davr oralig‘ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari,
arxiv hujatlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif
buyurgan elchilar, sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o‘rin
tutadi. XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning
“Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix”
(Tarixlar dengizi), Abdurahmon Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf
Munishiyning “Muqimxon tarixi” asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari
Mahmud ibn Vali ( “Bahr-ul asror”), Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-muluk”
asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad Vafo
Karmanagiyning “Tuhfat ul-xoniy”, Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxon” kabi
tarixiy asarlari yaratildi1 . Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot
etgan) ning ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xoja Samandar Termiziyning “Dastur
ul-mulk” (Podshohlar uchun dastur) asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va
tuzumi haqidagi asardir. Mutribiyning “Tazkirat ush-muaro” Salexo Samarqandiyning
“Muzakkir ul-ashob” (1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro” kabi
tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi. “Matlab ut-tolibin”(“Haqiqat
izlovchilarning maqsadi”) Tojiddinning o‘g‘li AbulabbosMuxammad Tolib tomonidan
1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashhur Jo‘yboriy xojalardan xoja Muxammad
Islom, xoja Sa’d, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629), Abdixoja (1577-


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 70

1607) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati
bayon etilgan shuningdek ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro shahri va viloyati
hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo‘ybor
shayxlarining faoliyati va ularning vaqf mulklari sanab o‘tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat
biografik asar bo‘lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga
oid hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o‘rtasida munosabatlarga tegishli o‘ta muhim
ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun ham undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo‘yboriy
xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida
foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma’lum. Asarda uchragan ba’zi
ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot etganida u 39 yoshda bo‘lgan. Shuni
e‘tiborga olinadigan bo‘lsa, muallifning tug‘ilgan yili 1569-yil bo‘lib chiqadi. U xoja
Tojiddin Xasanning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, hamma vaqt otasi bilan birga Buxoroda
istiqomat qilgan. 1623-yili ota-bola Balxga borganlar. Muhammad Tolibning ham xo‘jaligi
katta bo‘lgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari befarzand xolasining
yersuvi va boshqa mulki ham unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga
baholangan. “Matlab ut-tolibin” tarkibi an’anaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz
bobdan iborat. Muqaddimada an’anaviy fotixa va hamdu sanolardan keyin, mazkur asarni
yozishda muallif o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar haqida so‘z yuritiladi va asar mundarijasi
keltiriladi. Lekin keyinroq atroflicha o‘rganilgan “Baxr ul-asror”, “Tarixi olamoroyi
Abbosiy”, “Silsilot us-salotin” asarlarida bu voqea xijriy 1009, milodiy 1601- yili sodir
bo‘lgani ochiq aytilgan. “Matlab ut-tolibin”da shu fikr aniq va ishonarli dalillar bilan
e’tirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o‘g‘li va taxt vorisi
Abdulmo‘min sulton o‘rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi ma’lumotlar tariximizning
yaxshi yoritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
jihatdan beshinchi bobda keltirilgan ma’lumotlar diqqatgan sazovordir. Bulardan biri,
Jo‘yboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa’dning vorisi
xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi qurilgan Xasanobod
qishlog‘i, 50 nafar chorbog‘, 20 qator tuya va boshqalar ham bo‘lgan. Shuni ham aytish
kerakki, xoja Tojiddin fiqh, hadis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig‘ishga ham e’tibor
bergan. “Matlab ut-tolibin” da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli
qo‘lyozmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar
bo‘lgan.Keltirilgan parchadan qurol-yaroqchining vazifalari va huquqlari, ortiqcha izohsiz
ham ko‘rinib turibdi. Abdixo‘janing XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro
xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o‘rni va mavqeyi
haqida asarda quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz. So‘nggi Shayboniy Pirmuhammad
Soniy (1598-1601) davrida mamlakatning ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi.Shu payt
Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi
Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo‘lsa, ikkalari davlatni
birgalashib boshqarishga ahd qildilar. “Matlab ut-tolibin”da Boqi Muhammadxonning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 71

mana bu so‘zlari keltiriladi; “Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo‘lsak,
unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o‘rtasida uchga taqsimlaymiz...” Ertasi
kuni ertalab, nonushta paytida Abdixo‘ja Boqi Muhammadxonnga murojaat qildi;
“Tabriklaymiz, ulug‘ ajdodlarimiz Sizga poytaxt shahar Buxoroni in’om qiladilar”. Boqi
Muhammadxon (ichiga sig‘may) suyunib ketdi va singlisini Abdixo‘jaga xotinlikka berdi.
Odatda, shaharlarning mavjudligini va yurt aholisining to‘kin hayotini bozorlar ko‘rsatgan.
Bozorlarning katta-kichikligi, boyligi va boshqa jihatlari shaharlarning mamlakatda tutgan
o‘rni va siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu asarda esa Buxoro shahrining
bozorlari va undagi rastalar ham tasvirlanadi.4 I. A. Remez, K. A. Sheyko, K. Z.
Hakimova, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolov, M. A. Boboxo‘jayev tadqiqotlarida Buxoro
xonligi ichki va tashqi siyosati, qishloq xo‘jaligi, haqida ma’lumotlar tahlil etilgan.Albatta
ularning hammasi manbalarni o‘rgangan holda buni talqin qilishgan. Mazkur davr tarixini
yoritgan xorijlik tadqiqotchilar guruhini M. Xoldsvort, G. Meyendorf, G. Bonvalot, Jorj
Fredrik Rayt, J. Kunit va h. k. tadqiqotchilar asarlari tashkil etadi. Mazkur olimlar ishlarida
Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jumladan, davlat boshqaruvi
masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, Angliya hukumatining Osiyoga nisbatan olib borgan
siyosati natijasida ingliz tarixchilari Buxoro xonligi tarixiga taalluqli voqea-hodisalarni
muntazam o‘rganganlar. Ingliz tadqiqotchisi Meri Xoldsvort Buxoro tarixini o‘rganib,
XVIII asrda ikkita asosiy sabablarga ko‘ra Buxoro, Qo‘qon va Xorazm tarixini o‘rganishda
zarur deb yozadi. Birinchi sabab, XVIII asr oxirida yoki undan oldinroq harbiy
imperiyaning bir qismiga aylangan hududlar tarixini, shahar tarixi bilan birga ichki urf-
odatlar hamda Buxoro xonligini Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan taqqoslash, tashqi
aloqalarini o‘rganishda. Ikkinchi sabab, ingliz kitobxonlari uchun Buxoroo xalqlari, uning
o‘tmish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etish. Meri Xoldsvortning “Turkestan
in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the Khanates of Bukhara, Kokand and Khiva”
asarida Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy ahvoli Buxoro – Afg‘oniston, Buxoro – Eron
o‘rtasidagi elchilik aloqalari, tashqi savdo munosabatlariga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Jorj Frederik Raytning “Rossiya Osiyosi” kitobida Markaziy Osiyoning moddiy
madaniyatiga doir tarixiy manbalar, Buxoro – Rossiya, Buxoro – Afg‘oniston, Eron –
Hindiston munosabatlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Joshua Kunitning
“Samarqand bo‘ylab tong, O‘rta Osiyoning qayta tug‘ilishi” nomli asarida Buxoro
xonligida davlat boshqaruvi tizimi quyidagicha izohlangan: “Xonning hokimiyati mutloq
edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar va faqat unga mas’ul
edi. Mamlakat ma’muriy birlashmalar, viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo‘linardi.
Ma’muriy amaldorlar beklar, amloqdorlar oqsoqollar edi”. Mavzu tarixshunosligining
tahlili shuni ko‘rsatadiki, Buxoro xonligining tarixshunosligi masalasi nafaqat mahalliy,
balki xorij tarixshunosligida ham alohida tadqiqot ob’ekti bo‘lgan. Xonlik tarixiga oid
yaratilgan tadqiqotlar va nashrlarda asosiy e‘tibor Buxoroning siyosiy tarixi, Rossiya bilan
munosabatlari, davlat tuzilishi, boshqaruvning xususiyatlari kabi masalalarga qaratilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 72

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Tarixiy manbashunoslik. Tuzuvchilar: A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova. – T.: Fan,

2006.

2. Агзамова Г.А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиё шаҳарларида ҳунармандчилик

.– Т., 2000.

3. Давидович Е.А. Денежное хозяйство Средней Азии в XIII веке – М.: “Наука”

Главная редакция восточной литературы, 1992.

4. Ефремов Ф. Девятилетнее странствование. –М., 1950. – С. 26.
5. Небольсин Б. И. Очерки торговли России с странами Средней Азии (Хивой,

Бухарой и Кокандом). – СПб., 1856.

6. Holdsworih. Turkestan in the nineteenth century. A Briet History ofthe khanates

of Bukhara, Kokand and Khiva. – Oxford, 1959. – P. 84.

7. Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. – New York, 1935.
8. Wright George Fredorick. Asiatic Russia. – New York, 1903. 2 vols. – P. 58.

Bibliografik manbalar

Tarixiy manbashunoslik. Tuzuvchilar: A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova. – T.: Fan, 2006.

Агзамова Г.А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиё шаҳарларида ҳунармандчилик .– Т., 2000.

Давидович Е.А. Денежное хозяйство Средней Азии в XIII веке – М.: “Наука” Главная редакция восточной литературы, 1992.

Ефремов Ф. Девятилетнее странствование. –М., 1950. – С. 26.

Небольсин Б. И. Очерки торговли России с странами Средней Азии (Хивой, Бухарой и Кокандом). – СПб., 1856.

Holdsworih. Turkestan in the nineteenth century. A Briet History ofthe khanates of Bukhara, Kokand and Khiva. – Oxford, 1959. – P. 84.

Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. – New York, 1935.

Wright George Fredorick. Asiatic Russia. – New York, 1903. 2 vols. – P. 58.