Authors

  • Zaripboyeva Dinora Ilhombek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.113985

Keywords:

Kalit so‘zlar: Adabiy tarjima stilistika matn ruhi tarjimon ijodi muallif uslubi madaniy konnotatsiya adekvatlik.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiy tarjimada stilistik yondashuvning ahamiyati, tarjimonning ijodiy yondashuvi va asar ruhining saqlanishi muhimligi tahlil qilinadi. Matn stilistikasi, muallif uslubi va madaniy konnotatsiyalarni tarjimada ifodalash masalalari nazariy va amaliy manbalar asosida yoritib beriladi. Shuningdek, tarjima jarayonida tarjimonning ijodkorlik mahorati va uning qaday muhim ekani tahlil qilinadi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

407

ADABIY TARJIMADA STILISTIK YONDASHUV:

TARJIMON IJODI VA MATN RUHI

Zaripboyeva Dinora Ilhombek qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti,

1-kurs talabasi

Telefon:770142363

Zaripbayevadinora1@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada adabiy tarjimada stilistik yondashuvning

ahamiyati, tarjimonning ijodiy yondashuvi va asar ruhining saqlanishi muhimligi
tahlil qilinadi. Matn stilistikasi, muallif uslubi va madaniy konnotatsiyalarni tarjimada
ifodalash masalalari nazariy va amaliy manbalar asosida yoritib beriladi. Shuningdek,
tarjima jarayonida tarjimonning ijodkorlik mahorati va uning qaday muhim ekani
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Adabiy tarjima, stilistika, matn ruhi, tarjimon ijodi, muallif uslubi,

madaniy konnotatsiya, adekvatlik.

Abstract:

This article analyzes the importance of stylistic approach in literary

translation, the translator's creative approach and the importance of preserving the
spirit of the work. The issues of text stylistics, author's style and the expression of
cultural connotations in translation are covered based on theoretical and practical
sources. The translator's creative skills in the translation process and

how important

they are are also analyzed.

Keywords:

Literary translation, stylistics, spirit of the text, translator's work,

author's style, cultural connotation, adequacy.

Аннотация:

В статье анализируется важность стилистического подхода в

художественном переводе, творческий подход переводчика и важность
сохранения духа произведения. На основе теоретических и практических
источников рассматриваются вопросы стилистики текста, авторского стиля и
выражения культурных коннотаций в переводе. Анализируются творческие
навыки переводчика в процессе перевода и насколько они важны.

Ключевые слова:

Художественный перевод, стилистика, дух текста,

работа переводчика, авторский стиль, культурная коннотация, адекватность.

Kirish

Adabiy tarjima – bu shunchaki til o‘zgartirish yoki tarjima qilish emas, balki

madaniyatlararo muloqot, badiiy tafakkur va matn ruhini boshqa til vositalari orqali
ifodalash san’atidir. Har qanday adabiy asarda muallif uslubi, stilistik vositalar,


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

408

konnotatsiyalar va madaniy qatlamlar mavjud bo‘lib, ularni boshqa tilga ko‘chirish
tarjimondan nafaqat til, balki badiiy sezgi, uslubiy anglash va ijodkorlikni talab etadi.

Adabiy tarjima boshqa sohaviy tarjimalardan, masalan, texnik yoki huquqiy

tarjimadan tubdan farq qiladi. Bu farq, asosan, matnning estetikasiga, badiiy
yondashuviga va stilistik shakllanishiga borib taqaladi.

Peter Newmark ta’kidlaganidek, "Adabiy tarjimada muhim narsa – bu matnning

musiqasi, ritmi, obrazlari va konnotatsiyalari." Shu sababli tarjimon o‘z tarjimasida
bu jihatlarni yo‘qotmasdan, asarning badiiy qiymatini saqlab qolishi kerak
(Newmark, 1988, p. 163).

Har bir san’at asari yaratgan yozuvchi o‘ziga xos stilistik uslubga ega bo‘ladi.

Bu uslubga muayyan sintaktik tuzilma, metaforalar, ironiyalar, leksik tanlov va ritm
kiradi. Tarjimondan esa bu elementlarni boshqa tilga o’tkazish jarayonida ijodkorlik
va jiddiy yondashuv talab etiladi. Susan Bassnettning fikricha, tarjimon “matn
muallifining hamfikri bo‘lishi, ammo yangi til muhitida uni qayta yaratuvchi ijodkor
sifatida ish tutishi” lozim (Bassnett, 2014, p. 85).

Misol uchun, Shekspir asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan tarjimonlar

(Xurshid Davron, Muhammad Yusuf) o‘z tarjimalarida nafaqat mazmun, balki
uslubiy xususiyatlarga ham e’tibor bergan. Asarni xalq tushunadigan tilda, ma’daniy
tafovutlarni saqlagan holda tarjima qilgan. Bu esa matn ruhining boshqa tilga
o‘tishida muhim rol o‘ynaydi.

Madaniy konnotatsiyalar va milliy ruh

Adabiy matnlar muayyan bir madaniyat mahsuli bo‘lib, ularda milliy urf-odat,

tarixiy kontekst va madaniy qadriyatlar mujassam bo‘ladi. Tarjimon bu unsurlarni
boshqa madaniyatga va boshqa xalq vakillriga mos tarzda yetkazish uchun ba’zida
adaptatsiya (moslashtirish) usulidan foydalanadi. Lawrence Venuti “madaniy
ko‘rinmaslik” (translator’s invisibility) masalasini ko‘tarib, tarjimonning juda sodiq
yoki juda erkin bo‘lishi o‘quvchida matnni qanday qabul qilishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatishini aytadi (Venuti, 1995, p. 21–23).

Misol: Amerikada yozilgan romanlardagi "Thanksgiving" bayrami yoki

“baseball”ga oid iboralarni o‘zbek tilida aynan saqlash ham, ularni o‘quvchiga
tanishroq kontekstga moslashtirish ham stilistik yondashuvni talab qiladi.

Adabiy tarjimada tarjimon ma’lum darajada erkinlikka ega bo‘ladi. Biroq bu

erkinlik mutlaq bo‘lishi mumkin emas, chunki tarjimon o‘zining ijodiy yondashuvi
orqali asarning asosiy g‘oyasi, muallifning ichki ovozi va stilistik xususiyatlariga
putur yetkazmasligi lozim. Tarjimon matn mazmunini chuqur anglab, uni boshqa tilga
muvofiq tarzda bayon etishi kerak.

Antoine Berman (1992 p.286) ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib,

"etnotsentrik deformatsiya" muammosini ilgari suradi. Unga ko‘ra, tarjimon asar
matnini o‘z madaniy va estetik me’yorlariga haddan tashqari moslashtirib yuborishi,
ya’ni uni ortiqcha o‘zgartirishi orqali matnning asl mohiyatini buzib qo‘yishi


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

409

mumkin. Bunday yondashuv adabiy asarning original ruhini, muallifning stilistik
niyatlarini va madaniy ko‘lamini buzib qo’yishi yoki yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Shuning uchun tarjimon o‘z ijodkorligini asarga sodiqlik bilan uyg‘unlashtirgan holda
ishlashi, ya’ni tarjima jarayonida ijodiy moslashuv va sodiqlik o‘rtasida nozik
muvozanatni saqlashi zarur. Shu bois, tarjimon asarning semantik va stilistik
qirralarini o‘zgartirmasdan, lekin uni o‘quvchi uchun tushunarli tarzda yetkazishi
kerak. Bu nozik muvozanat tarjimonning nafaqat til bilimini, balki badiiy didini ham
sinovdan o‘tkazadi.

Roman tarjimasi

: Ingliz tilidagi "The Great Gatsby" romanining ruscha

tarjimasida F. Scott Fitzgeraldning uslubi saqlanmagan holatlar mavjud. Garchi
mazmun asosan to‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lsa-da, ritm, obrazlar va ironik ohang
yo‘qolgan. Bunga sabab tarjimonning noto’g’ri yondashishi bo’lgan.

Stilistik sodiqlik va tarjima strategiyalari:

Tarjimon stilistik jihatdan

sodiqlikni saqlash uchun quyidagi strategiyalardan foydalanadi:

Transpozitsiya

– grammatik shakllarni moslashtirish

Modulyatsiya

– ma’noni o‘zgartirmasdan ifoda shaklini o‘zgartirish

Ekvivalensiya

– umumiy effektni saqlagan holda erkin tarjima

Adaptatsiya

– madaniy unsurlarni moslashtirish

Bu strategiyalar Nida & Taber (1969 p.200) tomonidan ishlab chiqilgan tarjima

ekvivalentlik modeli doirasida keng tahlil qilingan.

Adabiy tarjimada stilistik yondashuv muallif matnining ruhini saqlashda muhim

o’rin tutadi. Tarjimon matnning grammatik va semantik jihatlaridangina emas, balki
asarning badiiy, madaniy va stilistik qatlamlaridan ham xabardor bo‘lishi lozim.
Tarjimon – bu til o‘girish bilan cheklanmaydigan, balki madaniyatlararo ko‘prik
o‘rnatadigan ijodkordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Newmark, P. (1988 p.163).

A Textbook of Translation

. Prentice Hall.

2.

Bassnett, S. (2014 p.85).

Translation Studies

. Routledge.

3.

Venuti, L. (1995 p.21-23).

The Translator's Invisibility: A History of

Translation

. Routledge.

4.

Berman, A. (1992 p.286).

The Experience of the Foreign: Culture and

Translation in Romantic Germany

. SUNY Press.

5.

Nida, E. A., & Taber, C. R. (1969 p.200).

The Theory and Practice of

Translation

. Brill Archive.


References

Newmark, P. (1988 p.163). A Textbook of Translation. Prentice Hall.

Bassnett, S. (2014 p.85). Translation Studies. Routledge.

Venuti, L. (1995 p.21-23). The Translator's Invisibility: A History of Translation. Routledge.

Berman, A. (1992 p.286). The Experience of the Foreign: Culture and Translation in Romantic Germany. SUNY Press.

Nida, E. A., & Taber, C. R. (1969 p.200). The Theory and Practice of Translation. Brill Archive.