World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
402
MADANIY TAFOVUTLAR VA ULARNING
TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI
Zaripboyeva Dinora Ilhombek qizi
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti,
1-kurs talabasi
Telefon:770142363
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tarjima jarayonida madaniy tafovutlarning
tutgan o‘rni, ularning mazmun va shakl nuqtayi nazaridan tarjima sifatiga
ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, madaniy realiyalar, diniy va ijtimoiy
konnotatsiyalar, frazeologik birliklar va mentalitetga xos belgilar tarjima
nazariyasidagi yondashuvlar doirasida ko‘rib chiqiladi. Tarjimonning madaniy
kompetensiyasi va uning strategik qarorlari madaniy tafovutlar sharoitida tarjimaning
kommunikativ adekvatligini belgilovchi omil sifatida asoslanadi. Maqolada
madaniyatlararo
tafovutlarning
tarjima
semantikasi,
pragmatikasi
va
interpretatsiyasiga bo‘lgan ta’siri haqida nazariy qarashlar va ilg‘or tadqiqotlar
asosida mulohazalar ko’rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
Tarjima nazariyasi, madaniy tafovut, madaniy realiyalar,
madaniyatlararo
kommunikatsiya,
tarjimon
kompetensiyasi,
adekvatlik,
interpretatsiya.
Abstract:
This article analyzes the role of cultural differences in the translation
process and their impact on the quality of translation in terms of content and form. In
particular, cultural realities, religious and social connotations, phraseological units,
and signs of mentality are considered within the framework of approaches in
translation theory. The cultural competence of the translator and his strategic
decisions are justified as a factor determining the communicative adequacy of
translation in conditions of cultural differences. The article reviews the impact of
intercultural differences on the semantics, pragmatics, and interpretation of
translation based on theoretical views and advanced research.
Keywords:
Translation theory, cultural difference, cultural realities,
intercultural communication, translator competence, adequacy, interpretation
Аннотация:
В статье анализируется роль культурных различий в процессе
перевода и их влияние на качество перевода с точки зрения содержания и
формы. В частности, в рамках подходов в теории перевода рассматриваются
культурные реалии, религиозные и социальные коннотации, фразеологические
единицы, признаки менталитета. Обосновывается культурная компетентность
переводчика и его стратегические решения как фактор, определяющий
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
403
коммуникативную адекватность перевода в условиях культурных различий. В
статье на основе теоретических представлений и передовых исследований
рассматривается влияние межкультурных различий на семантику, прагматику
и интерпретацию перевода.
Ключевые слова:
Теория перевода, культурные различия, культурные
реалии, межкультурная коммуникация, компетентность переводчика,
адекватность, интерпретация.
Hozirgi kunda globallashuv jarayonlari ortidan jarayonda tarjimaga bo’lgan
ehtiyoj ham ortib bormoqda. Bu tarjima orqali tuli xil xalqlar o’zining ma’daniyatini,
tafakkur va qadriyatini almashishadi Biroq tarjima bu faqat lingvistik muvofiqlik
emas, balki madaniy ekvivalentlikni ta’minlash san’atidir. Chunki har bir til o‘ziga
xos madaniyatni, mentalitetni va tarixni o‘zida aks ettiradi.
Shu sababdan, tarjima jarayonida faqatgina grammatik me’yorlarni emas, balki
madaniy tafovutlarni ham hisobga olish zarur. Aks holda, tarjima qilinayotgan matn
noto‘g‘ri yoki kontekstdan yiroq talqin qilinishi, hatto madaniy tushunmovchiliklarga
sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tarjimada madaniy tafovutlarning ta’siri,
ularni qanday qilib yengish mumkinligi va tarjimon kompetensiyasi muhim omil
sifatida tahlil qilinadi.
Madaniy tafovut tushunchasining nazariy asoslari
Til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo’lgan tushunchalardir. Madaniyat
insoniyatning jamiyatda yashash jarayonida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar,
diniy e’tiqodlar, san’at, axloq, huquqiy tizimlar va boshqa ijtimoiy
hodisalarningyig’indisidir. Har bir tilda o‘sha millatning madaniyati aks etgan
bo‘ladi. Shu bois tarjima jarayonida lingvistik ekvivalentlikdan tashqari madaniy
konnotatsiyalarga ham e’tibor qaratilishilozim.
Geert Hofstede ( 2001, p. 79–274) tomonidan ishlab chiqilgan madaniy
o‘lchovlar nazariyasida madaniyatlar kuch masofasi, individualizm/kollektivizm,
noaniqlikka toqatlilik kabi mezonlar asosida farqlanadi. Shu jihatlar tarjima
jarayonida muayyan madaniyatga xos xatti-harakatlar, muloqot shakllari va axloqiy
me’yorlarning moslashtirilish zaruratini keltirib chiqaradi.
E. A. Nida (1964 pp. 159–167) esa tarjimadagi madaniy ekvivalentlikni
ta’minlash uchun “dinamik ekvivalentlik” prinsipini ilgari suradi. Uning fikricha,
asliyat matnni o‘quvchi auditoriya madaniyatiga moslashtirgan holda, iloji boricha
aslga yaqin semantik va pragmatik ta’sirni ishlab chiqishi kerak.
Bassnett tarjima faqatgina til almashtirish emas, balki bu jarayonga madaniyatlararo
ko‘prik sifatida qarash kerakligini ta’kidlaydi. Bassnett, S. (2014 p. 14-16).
Translation Studies
. Routledge
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
404
Madaniy tafovutlarning tarjimaga ta’siri
Madaniy realiyalar
Madaniy realiyalar — bu boshqa tillarda bevosita ekvivalenti (ya’ni sinonimi)
bo‘lmagan tushunchalar bo‘lib, ular tarixiy, geografik, diniy yoki siyosiy omillarga
bog‘liq. Masalan, “kurpacha”, “qalpoq”, “sufra” kabi o‘zbek tilidagi
tushunchalarning ingliz tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muqobil varianti yo‘q. Shuning uchun
tarjimon bu so‘zlarni kontekstga mos tarzda tarjima qilib izohlab berishga majbur
bo‘ladi.
Masalan:
O‘zbekcha:
Mehmonlar
kelishi
bilan
darrov
dasturxon
yozildi.
Inglizcha: As the guests arrived, a traditional Uzbek meal was quickly prepared and
spread on the floor.
Bu yerda “dasturxon yozildi” iborasi bevosita tarjima qilinmagan, balki ma’nosi
tushunarli qilib omma tushunadigan yo’lda yetkazib berilgan
Frazeologik birliklar
Frazeologik birliklar madaniy tafakkur mahsuli bo‘lib, ko‘pincha metaforik
ma’noga ega bo’ladi. Bunday iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilish, gapning to’g’ri
ma’nosini chiqarmasdan ma’nosizlikka yoki noto‘g‘ri tushunishga olib keladi.
Misollar:
·
“Qo‘shnichilik – qadrdonchilik.”
Iborasini
ingliz tilida quyidagicha talqin
qilish mumkin:
“Good neighbors are like family.”
· Inglizcha “Kick the bucket” iborasi — “vafot etmoq” degani. O‘zbekchada esa
“olamdan o‘tmoq” kabi neytral va madaniyatga mos ifoda ishlatiladi.
Diniy va ijtimoiy konnotatsiyalar
Diniy termin va iboralarni tarjima qilish jarayonida nihoyatda ehtiyotkorlik
bilan yondashish kerak bo’ladi. Har bir din o‘ziga xos termin va tushunchalarga ega.
Masalan, “halol”, “harom”, “baraka”, “taqvo” kabi tushunchalar tarjima
qilinayotganda nafaqat lug‘aviy, balki tafsiriy izoh bilan boyitilishi talab etiladi.
Tarjimonning madaniy kompetensiyasi
Tarjima faqat grammatikani emas, balki muloqotning madaniy jihatlarini ham
o’z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham tarjimonning madaniy kompetensiyasi
— u biladigan tillarning madaniyatini chuqur tushunishi, ularning ijtimoiy kontekstini
anglay olishi va mos yechim topa olish qobiliyatidir.
Mona Baker (
p. 5–6
1992) bu kompetensiyani tarjimaning muhim tarkibiy
qismlaridan biri deb biladi. Uning fikricha, tarjimon semantik tenglikdan tashqari,
kommunikativ maqsadni to‘liq tushunib, kerak bo‘lsa, transformatsiyalardan
foydalana olishi zarur.
Madaniy tafovutlar bilan ishlashda quyidagi strategiyalar qo‘llaniladi:
Adaptatsiya (moslashtirish)
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
405
Izohli tarjima
O‘zlashma
(transliteratsiya va izoh)
Madaniy ekvivalent topish
Ekvivalentlik va adekvatlik muammosi
Tarjimada “ekvivalentlik” va “adekvatlik” tushunchalari ko‘p muhokama
qilinadi. Ekvivalentlik bu – mazmun jihatdan muvofiqlik bo‘lsa, adekvatlik esa –
kontekst, uslub va funksional moslikni ham o‘z ichiga oladi.
Tarjima nazariyasida
“ekvivalentlik” va “adekvatlik” tushunchalari tarjima sifatini baholashda markaziy
o‘rin tutadi. Har ikkala termin ham bir-biriga yaqin bo’lsa-da, ular aytim jihatlar bilan
farqlanadi va tarjimon tarjima qilish jarayonida turli yondashuvlarni ifodalaydi.
Ekvivalentlik (equivalence)
“Ekvivalentlik” tushunchasi, eng avvalo,
mazmuniy muvofiqlik
ni bildiradi.
Bunda manba tilidagi xabar (kontent) va maqsad tilidagi xabar bir xil axborot yukiga
ega bo‘lishi kerak. Ekvivalentlik nazariyasining asoschilaridan biri bo‘lgan
Eugene
A. Nida
tarjimada ikki xil ekvivalentlik borligini taqdim etadi:
Formal ekvivalentlik
– bu
so‘zma-so‘z va grammatik struktura
darajasidagi moslik bo‘lib, tarjima matni imkon qadar originalga yaqin bo‘lishi
talab etiladi.
Dinamik (yoki funksional) ekvivalentlik
– bu
xabarni
maqsad
auditoriyasiga
psixologik va madaniy ta’siri
bo‘yicha o‘xshatishga
asoslanadi. U original matndagi ta’sirni saqlab qolishga harakat qiladi.
Nida
bu
haqda
shunday
yozadi:
“Dynamic equivalence focuses on the principle of equivalent effect — the
relationship between receptor and message should be substantially the same as
that which existed between the original receptors and the message.”
(Nida, 1964, p. 159)
Shu tariqa, ekvivalentlik tarjimaning semantik (mazmuniy) jihatiga
ko‘proq e’tibor qaratadi.
Adekvatlik (adequacy)
“Adekvatlik” tushunchasi esa tarjima jarayonida
kontekst, funksional
vazifa, uslub va madaniy moslikni
o‘z ichiga olgan
kompleks moslik
ni
bildiradi. U Rossiyalik tarjima nazariyotchilari, xususan,
Viler, Komissarov
va
Barkhudarov
ishlarida keng yoritib borilgan. Ularning fikricha:
“Adekvat tarjima — bu manba tilidagi kommunikativ vazifani, uslubiy
xususiyatlarini, lingvistik va madaniy fonini imkon qadar to‘liq va aniq qayta
yaratgan tarjimadir.”
(Komissarov, 1990, p. 149)
Adekvatlik – bu faqatgina so‘z darajasidagi emas, balki
tekst
darajasidagi kommunikativ tenglik
ni ko‘zda tutadi. Masalan, reklama, she’r,
hazil, siyosiy nutq kabi matnlarni tarjima qilish jarayonida faqat ekvivalentlik
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
406
yetarli bo‘lmaydi; ularni
kontekst, madaniy muhit va funksional vazifaga
qarab adekvat tarjima qilish lozim bo‘ladi.
Masalan, rus tilidan o‘zbekchaga:
“Он потерял голову от любви.” — bu ibora o‘zbek tilida “U muhabbat
girdobida o‘zini yo‘qotdi” tarzida tarjima qilinadi. Bu yerda adekvatlik saqlanib,
iboraning konnotatsiyasi ham uzatiladi.
Tarjima nazariyasi vakillaridan V. Komissarov, A. Fedorov, S. Bassnett kabilar
bu ikki tushunchaning farqini ilmiy asoslab, ularni tarjimada uyg‘unlikda qo‘llash
zaruratini ta’kidlaydi.
Tarjimada madaniy tafovutlarning amaliy ifodasi
Adabiy tarjimada
Adabiy asarlar tarjima qilishda madaniy tafovutlar ayniqsa muhim o’rin tutadi.
Misol uchun, Abdulla Qahhorning “Sinchalak” asarida o‘zbek xalqining mentaliteti,
urf-odatlari, hayot tarzini aks ettiruvchi tafsilotlar mavjud. Bularni chet tiliga
o‘tkazishda oddiy so‘zlardan tashqari, madaniy izohlar bilan to‘ldirish talab etiladi.
Zero, o’zbek xalqining madaniyati boshqa xalq vakillariga to’liq va tushunarli yetib
borishi kerak.
Reklama va tijoriy tarjima
Reklamada hissiy ta’sir, madaniy konnotatsiyalar juda muhim. Masalan:
“Because you’re worth it” — “Chunki siz bunga loyiqsiz”
“I’m loving it” — “Yaxshi ko‘rishim tabiiy” yoki “Bu menga yoqmoqda”
Bu yerda tarjimon madaniy sezgirlikni saqlagan holda ekvivalent topishi lozim.
Adekvatlik – bu faqatgina so‘z darajasidagi emas, balki
tekst darajasidagi
kommunikativ tenglik
ni ko‘zda tutadi. Masalan, reklama, she’r, hazil, siyosiy nutq
kabi matnlarni tarjima qilishda faqat ekvivalentlik yetarli bo‘lmaydi; ularni
kontekst,
madaniy muhit va funksional vazifaga
qarab adekvat tarjima qilish lozim bo‘ladi.
Madaniy tafovutlar tarjima qilish juda muhim hisoblanadi. Ular tarjima matnini
nafaqat mazmun, balki uslubiy, kommunikativ va estetik jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Tarjimon ushbu tafovutlarni anglay olishi, ularni zarur hollarda transformatsiya qila
olishi va tarjima matniga mos keladigan yondashuvlarni tanlashi lozim. Bu esa
tarjimonning lingvistik emas, balki madaniy kompetensiyasiga ham bog‘liq. Madaniy
tafovutlar sharoitida yuqori sifatli tarjima faqat nazariy bilimlar emas, balki
madaniyatlararo sezgirlik asosida yaratiladi.
Shu tariqa, ekvivalentlik tarjimaning semantik (mazmuniy) jihatiga ko‘proq
e’tibor qaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hofstede, G. (2001 p.79).
Culture's Consequences
. Sage Publications.
2.
Nida, E. A. (1964 p.159).
Toward a Science of Translating
. Brill.
3.
Bassnett, S. (2014 p.14-16).
Translation Studies
. Routledge.
4.
Baker, M. (1992
p. 5–6
).
In Other Words: A Coursebook on Translation
. Routledge.
5.
Комиссаров В.Н. (1990 p.149).
Теория перевода
. Высшая школа.