World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
397
MASHINA TARJIMASI VA INSON TARJIMONI:ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR SOLISHTIRUVLI TAHLIL
Zaripboyeva Dinora Ilhombek qizi
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti,
1-kurs talabasi
Telefon: 770142363
Annotatsiya:
Mazkur maqolada zamonaviy tarjima texnologiyalari, xususan
mashina tarjimasi (Machine Translation – MT) va inson tarjimonlari faoliyati tahlil
qilinadi. Maqola har ikki yondashuvning afzalliklari, kamchiliklari, amaliy
qo‘llanilishi va kelajakdagi istiqbollari haqida fikr yuritadi. Tadqiqot jarayonida
nazariy manbalar, amaliy misollar va mavjud texnologik vositalardan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar:
Mashina tarjimasi, inson tarjimoni, sun’iy intellekt, neyrotarjima
tizimlari, sifat, aniqlik, madaniyatlararo kommunikatsiya.
Abstract:
This article analyzes modern translation technologies, in particular
machine translation (MT) and the work of human translators. The article discusses
the advantages, disadvantages, practical applications and future prospects of both
approaches. The research process used theoretical sources, practical examples and
existing technological tools.
Key words
: Machine translation, human translator, artificial intelligence,
system neurotranslation, quality, accuracy, cultural communication
Аннотация
: В статье анализируются современные технологии перевода, в
частности машинный перевод (МП) и работа переводчиков-людей. В статье
обсуждаются преимущества, недостатки, практическое применение и будущие
перспективы обоих подходов. В процессе исследования использовались
теоретические источники, практические примеры и существующие
технологические инструменты.
Ключевые
слова:
Машинный
перевод,
переводчик-человек,
искусственный интеллект, системы нейроперевода, качество, точность,
межкультурная коммуникация.
Tarjima faoliyati insoniyat tarixida qadim zamonlardan buyon mavjud bo’lib,
bugungi globallashuv davriga kelib uning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa,
texnologik rivojlanish bilan birga mashina tarjimalari (masalan, Google Translate,
DeepL, Yandex Translate) keng qo‘llanila boshladi. Biroq inson tarjimonining roli
hamon o‘z qadrini yo‘qotmagan. Shu bois, bugungi maqola mazkur ikki yondashuvni
solishtirish, ularning afzallik va kamchiliklarini aniqlashga qaratilgan.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
398
Tarjimaning nazariy asoslari.
Tarjima nazariyasi tarjimonlik jarayonining
tilshunoslik, madaniyatshunoslik va psixologiya bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi (Nida
& Taber, 1969 1-bob). Tarjima faqat lug‘aviy ekvivalentlik emas, balki kontekstual,
stilistik va madaniy moslikni ham ta’minlashi kerak. Shu jihatdan inson tarjimasi
bugungi kunga kelib ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan.
Tarjima nazariyalaridan biri bo‘lgan
ekvivalentlik paradigmi
, matnlar o‘rtasida
muayyan darajada tenglik bo‘lishini taxmin qiladi. Pym bu borada shunday deydi:
“Someone who holds an equivalence theory believes that SL and TL expressions
can have the same value in some respect such as form, function or reference.”
(Pym, 2010, p. 50)
Bu nazariyaga ko‘ra, tarjima faqat so‘zma-so‘z o‘girish emas, balki manba
tilidagi ma’no, funksiya yoki shaklga yaqinlikni saqlagan holda maqsadli tilga
o‘tkazish jarayonidir. Inson tarjimoni ushbu kontekstda ekvivalentlikni his qilish, uni
moslashtirish va madaniy tafovutlarni hisobga olish qobiliyatiga ega bo‘lsa, mashina
tarjimasi bu borada cheklovlarga ega.
Mashina tarjimasi: rivojlanish va imkoniyatlar
. Mashina tarjimasi dastlab
1950-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bugungi rivojlangan texnologiyalar asriga
kelib u sun’iy intellekt (AI) asosidagi neyrotarjima tizimlari orqali sezilarli
yuksalishga erishdi (Koehn, 2010 p.45-67). Zamonaviy MT tizimlari matnni
o‘rganish va kontekstni to’g’ri aniqlagan holda oldingi statistik yondashuvlardan
ko‘ra ancha yuqori aniqlikni ta’minlamoqda. Misol qilib keltiradigan bo’lsak:
Google Neural Machine Translation (GNMT)
tizimi 100 dan ortiq tilni
qo‘llab-quvvatlaydi.
DeepL Translator
kontekstual tarjimada inson tiliga yaqin natijalar beradi.
Bundan tashqari, mashina tarjimasi bugungi kunda ayrim muhim bo’lgan
sohalarning: tibbiyot, texnika, IT, va biznes hujjatlarining dastlabki tarjimasida
kerakli vosita sifatida xizmat qilmoqda. Bu sohalarda ko‘p hollarda aniqlik va
standartlashtirilgan iboralar muhim bo‘lib, mashina bu vazifani tez va samarali
bajaradi. Bu sohalar aniqlilik va standartlashtirilgan iboralar tarjimasini talab qiladi.
Shuning uchun ular ko’proq mashina tarjimalariga murojat qilishadi sababi mashina
tarjimani tez va samarali amalga oshiradi. Mashina inson tarjimasidan ko’ra ko’proq
terminlarni biladi va uni tezda tarjima qila oladi. Shu sababli bu sohalarda ko’proq
mashina tarjimasi qo’llaniladi. Masalan, ilmiy va biznes matnlarida ishlatiladigan
terminlar: hypothesis, financial statement, stakeholders kabi atamalar mashina
tarjimasi orqali juda tez va yetarli darajada aniq tarjima qilinadi. Chunki bu so‘zlar
rasmiy, texnik tusga ega va madaniy kontekstga bog‘liq emas
Inson tarjimon: malaka va professional yondashuv.
Inson tarjimonlar tilni
nafaqat grammatik, balki madaniy, ijtimoiy, va nutqiy jihatdan chuqur anglaydi.
Professional tarjimonlar stilistika, idiomalar, konnotatsiyalar, soha terminologiyasi va
muloqot kontekstini to‘g‘ri yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Akademik va adabiy
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
399
tarjimada inson omili ayniqsa muhim (Venuti, 1995 p.12-30). Chunki bilamizki,
adabiyot bu san’atdir, inson san’atni his qilgan holatda asar yaratadi. Uni esa albatta
inson tarjima qilishi kerak. Sababi mashina tarjimondek kontekstni aniq chiqara
olmaydi, inson omili esa san’atkor yaratganini xuddi o’zidek yetkazib berishga
harakat qiladi. Shuni aytish kerakki, inson tarjimonlar mas’uliyatni his qila olishadi.
Ular kontekstga ehtiyotkorlik bilan yondashishadi, bu esa kitob yoki ilmiy matnlarni
tarjima qilishda juda muhim hisoblanadi. Tarjimon matnni mashinaga qaraganda
sekinroq bajaradi, shuning uchun ko’pchilik mashina tarjimasidan foydalanadi. Inson
tarjimoni, texnologik vositalarga nisbatan sekinroq ishlashi va xizmat narxining
maashinaga nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Biroq, uning tarjima jarayonidagi
matnlarni sifatli va aniq tarjima qilishi bilan mashina tarjimasidan ancha ustun
sanaladi. Inson tarjimon stilistik nozikliklarni, san’at asarlarini madaniy kontekstni
va tilning emotsional ohangini chuqur his eta oladi. Shuningdek, u matnning umumiy
maqsadi va kontekstini hisobga olgan holda ijodiy yondashuvni namoyon etadi. Shu
jihatdan, inson tomonidan bajarilgan tarjima nafaqat til jihatdan, balki madaniy va
muloqotiy aniqlik nuqtayi nazaridan ham yuqori ishonchlilikka ega bo‘ladi.
Mashinada tarjima qilishning o’ziga xos afzalliklari bo’lishiga qaramasdan,
inson tarjimasining ijobiy taraflari judayam ko’p. Misol uchun, mashina tarjimani
juda tez amalga oshiradi u buni amalga oshirish uchun bir nechta soniya kifoya.
Shuningdek mashina tarjimasi ancha arzon ba’zida esa tekin. Texnik matnlarni tez va
oson aniq qilib tarjima qiladi. Biroq stilistik kamchiliklari ko’p. Bundan tashqari,
mashina avtomatlashtirilgan va gapni so’zma-so’z tarjima qiladi. Kontekstni to’liq
tushunmaydi. Bu esa uning salbiy tarafi. Qo’shimcha ravishda, u ba’zan noto’g’ri
tarjima qilishi mumkin, unga to’liq ishonib bo’lmaydi. Texnologiyalar qanday tez
rivojlanmasin, inson tafakkuri, madaniy sezgirlik va muloqotdagi noziklikni anglash
qobiliyati hech bir mashina tomonidan to‘liq takrorlana olmaydi. Shu sababli, inson
tarjimoni nafaqat so‘zlarni, balki ularning ortidagi ma’no, kayfiyat va madaniy
kontekstni ham aniq va ta’sirli anglay oladi va uni ommaga tushunarli yetkaza oladi.
Tarjima nazariyalaridan biri bo‘lgan
ekvivalentlik paradigmi
, matnlar o‘rtasida
muayyan darajada tenglik bo‘lishini taxmin qiladi. Pym bu borada shunday deydi:
“Someone who holds an equivalence theory believes that SL and TL expressions
can have the same value in some respect such as form, function or reference.”
(Pym, 2010, p. 50)
Bu nazariyaga ko‘ra, tarjima faqat so‘zma-so‘z o‘girish emas, balki manba
tilidagi ma’no, funksiya yoki shaklga yaqinlikni saqlagan holda maqsadli tilga
o‘tkazish jarayonidir. Inson tarjimoni ushbu kontekstda ekvivalentlikni his qilish, uni
moslashtirish va madaniy tafovutlarni hisobga olish qobiliyatiga ega bo‘lsa, mashina
tarjimasi bu borada cheklangan imkoniyatlarga ega.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
400
Biz ularga misol qilib idomatik ifodalarni keltirishimiz mumkin:
Inglizcha: "It’s raining cats and dogs."
Mashina tarjimasi (Google): "Bu mushuklar va itlar yog‘moqda."
Inson tarjimoni: "Kuchli yomg‘ir yog‘moqda."
Bu jumladan ko’rinib turibdiki, inson gapni ma’nosini aniq tushungan
halda, gapni so’zma so’z emas kontekst jihatdan tarjima qilgan. Bu esa inson
tarjimasining ancha to’g’ri va samarali ishlashini yana bir yaqqol na’munasi
hisoblanadi.
Bilamizki, tarjimadan ko’pchilik sohalarda foydalanamiz, shu jumladan
yuridika sohasida ham keng foydalanib turamiz. Agar yuridikada mashina
tarjimasidan foydalanilsa, u yuridik matnlarni noto’g’ri tarjima qilishi mumkin,
noto’g’ri qilingan ish esa sud jarayonlarida turli xil muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin. Inson qilgan tarjima esa ishonchli va aniq bo’ladi sababi
bunda inson huquq normalariga amal qilib qonun-qoidalarga amal qilagan
holda tarjima qiladi.
Madaniy kontekstga moslashuv
.Mashina tarjimasi ko’pincha matnning
konteksual mazmunini to’g’ri anglay olmaydi, bu esa semantik noaniqliklarga
va noto’g’ri tarjimaga olib keladi. Natijada, mashina tarjimasi inson
tarjimoniga xos bo‘lgan stilistik noziklik, kontekstga moslashuvchanlik va
madaniy sezgirlikdan yiroq qoladi.Misol sifatida quyidagi gaplarni ko’rish
mumkin.
Inglizcha: "He gave her the cold shoulder."
Mashina tarjimasi: "U unga sovuq yelkani berdi."
Inson tarjimoni: "U unga e’tibor bermadi."
Bu misollar mashina tarjimasining cheklovlari va inson tafakkurining zarurligini
ochiq ko‘rsatib beradi.
Kelajak istiqbollari.
Zamonaviy texnologiyalar yildan yilga rivojlanib
takomillashib bormoqda. Shubhasiz kelajakda ham bu innovatsiyalar uzluksiz
rivojlanib bu dunyo aholisi uchun juda kata fayda keltiradi. Shu o’rinda mashina
tarjimasi ham yanada rivojlanib, ko’proq kontekstni tushunishga qodir bo’ladi.
Hozirgi kunga kelib ham sun’iy intellekt sohasidagi yangiliklar, ayniqsa ChatGPT va
boshqa LLM (katta til modellari) asosidagi tizimlar inson tiliga tobora yaqin natijalar
bermoqda. Biroq, inson tarjimonlar hanuzgacha adabiy, diplomatik, huquqiy va
madaniy noziklik talab qilinadigan sohalarda yetakchi bo‘lib qoladi. Tarjima
faoliyatining eng maqbul shakli esa —
inson va mashina hamkorligi
asosida amalga
oshirishdir. Mashina tarjima qilgan ish inson tomonidan ko’zdan kechirilsa maqsadga
muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari, tarjima sohasida yangi kasblar paydo bo‘lmoqda
— masalan, tarjima muharriri (post-editor), tarjima sifati tahlilchisi, AI asosidagi
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
401
tarjima tizimlarini sozlovchi mutaxassislar hisoblanadi. Bu esa sohaga yangi
imkoniyatlar yaratmoqda va yangi kasblar paydo bo’lishi uchun xizmat qilmoqda.
Kelajakda mashina tarjimasi multimodal yondashuv (matn, tasvir va audio) va
inson ishtirokidagi post-tahrirlash orqali yanada takomillashishi kutilmoqda. Bu
haqda Baharudin va hamkorlari quyidagicha ta’kidlaydi:
“Multimodal translation and integration with human post-editing are emerging
directions that will likely shape the future of NMT.”(Baharudin et al., 2019, p.
128950)
Bu yondashuv mashina va inson hamkorligini yanada mustahkamlaydi, tarjima
sifatining barqarorligini va kontekstga mosligini oshiradi.
Mashina tarjimasi texnologiyasi tezlik va qulaylik jihatidan katta yutuqlarga
erishgan bo‘lsa-da, inson tarjimonining malakasini va kontekstual anglashini,
madaniy muvofiqlikni tushunish qobiliyatining o‘rnini bosa olmaydi. Har ikkala
yondashuvning ustunliklari mavjud bo‘lib, ularni o‘zaro to‘ldiruvchi vositalar sifatida
ishlatish mumkin. Yaxshi tarjima — bu texnologiya va inson tafakkurining
uyg‘unligida qilingan tarjimadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nida, E. A., & Taber, C. R. (1969 1-bob). The Theory and Practice of
Translation. Brill Archive.
2.
Koehn, P. (2010 p.45-67). Statistical Machine Translation. Cambridge
University Press.
3.
Venuti, L. (1995p.12-30). The Translator's Invisibility: A History of Translation.
Routledge.
4.
(Baharudin et al., 2019, p. 128950)
5.
(Pym, 2010, p. 50)