Authors

  • Beshimov Yu.S.
  • Amonova M.M.
  • Umurov F.F.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96568

Keywords:

Kalit so’zlar. Kraxmal kleykovina diffuziya koeffitsienti tenzimetrik usul gigroskopiya gidrofil sorbsiya.

Abstract

Annotatsiya.  Ushbu  tezisda  boshoqli  donlar  turkumiga  kiradigan  bug‘doy 
donidan olingan kraxmal va kleykovinaning sanoatda qo‘llanilishi, fizik-kimyoviy 
tarkibi  va  olinish  jarayonidagi  biotexnologik  o‘zgarishlar  to‘g‘risida  yoritilgan 
bo‘lib,  oziq-ovqat  sanoatining  turli  sohalarida  ularning  ishlatilishi  to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltirilgan.  


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

833

transalkillash jarayonlarining pasayishi fosfolipidlarning normal sintezi izdan

chiqadi.Erkin radikallar hosil bo‘lishining ortishi ya’ni oksidlovchi stress

mitoxondriya shikastlanishini kuchaytiradi.

Bu o‘zgarishlar jigar hujayralarining shikastlanishiga, ularning metabolik

faolligining pasayishiga va jigar yetishmovchiligiga olib keladi. Shu sababli,

mitoxondriya funksiyasini qo‘llab-quvvatlash gepatitni davolashda muhim

ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, CCl₄ va geliotrin jigarda oksidlovchi

stress va mitoxondriyal disfunksiyaga sabab bo'lib, bu jigarning jiddiy

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Toirovna, A. S. (2024). Biochemical Features of Amino Acids in the

Nutrition

of the Body. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(2), 185-

192.

2. Тожибоев К.Т. Особенности секреции белка печенью крыс на

разных стадиях отравления ССl4 или гелиотриом.// Патологическая
физиология и экспериментальная терапия. 2009, №2, 57-60.

3. H. Hua, Zhenglei Zhang, G. Ding. "Inhibition of the mitochondrial

complex-1 protects against carbon tetrachloride-induced acute liver injury"




KRAXMAL STRUTURALARIGA ULTRA TOVUSHLARNING

TA’SIRI

Beshimov Yu.S., Amonova M.M., Umurov F.F.

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti,

E-mail:

yusuf.beshimov1979@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda boshoqli donlar turkumiga kiradigan bug‘doy

donidan olingan kraxmal va kleykovinaning sanoatda qo‘llanilishi, fizik-kimyoviy

tarkibi va olinish jarayonidagi biotexnologik o‘zgarishlar to‘g‘risida yoritilgan

bo‘lib, oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida ularning ishlatilishi to‘g‘risida

ma’lumotlar keltirilgan.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

834

Kalit so’zlar.

Kraxmal, kleykovina, diffuziya koeffitsienti, tenzimetrik usul,

gigroskopiya, gidrofil, sorbsiya.

Аннотaция.

В данной диссертaционной работе описаны промышленное

использование крахмала и клейковины, полученных из зерна пшеницы,

относящейся к группе колосовых, физико-химический состав и

биотехнологические изменения в процессе производства, а также приведены

сведения об их использовании в различных областях пищевой

промышленности.

Ключевые слова.

Крахмал, клейковина, коэффициент диффузии,

тензиметрический метод, гигроскопичность, гидрофильность, сорбция.

Modifikasiyalangan kraxmalni oziq-ovqat sanoatida qo'llash nafaqat yakuniy

mahsulotning organoleptik xususiyatlarini yaxshilash, uning zichligini va

tuzilmasining gomogenligini oshirish, balki tayyor mahsulotning saqlash

muddatini uzaytirishga imkon beradi. 2-jadvalda ultra tovush bilan ishlov berilgan

kraxmal namunalari keltilgan.

Ultra tovush bilan ishlov bеrilgan namunalarining xususiyatlari

1-jadval

Qayta ishlash quvvati,

Vt

(qurilmaning

nominal quvvati, %)

Namunalar

1

3

5

10

1.

400 (100)

1-100

3-100

5-100

10-100

2.

240 (60)

1-60

3-60

5-60

10-60

2-jadvalda

kraxmalning

shishish

va

kleysterizasiya

jarayonlari

suspenziyaning qovushqoqligi o'zgarishi bilan birga kechishi va bu jarayon turli

kraxmal turlarida turlicha amalga oshishi keltirilgan. Masalan, yuqori amilozali va

katta zarrachali kartoshka kraxmalining zarrachalari boshqa turdagi kraxmal

zarrachalariga nisbatan tezroq shishadi va kleysterizasiyalanadi [1].

Kraxmal suspenziyasini ultratovush yordamida ishlov berishda kraxmalning

kleysterizasiyasi pastroq haroratlarda amalga oshadi. Kraxmalni isitish jarayonida


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

835

hosil bo'lgan kleyster kolloid tizimni tashkil etadi (kraxmal dispersiyasi), unda

dispersion faza shishgan kraxmal zarrachalari bo'lib, dispersiyalovchi muhit esa

suvda erigan kraxmal (asosan amilozaning) eritmasidir. Kraxmal dispersiyasining

qovushqoqligi, dispersiyalangan shishgan kraxmal zarrachalarining hajmiy ulushi

va deformasiyalanishi bilan chambarchas bog'liq. Shu bilan birga, uzluksiz

fazaning qovushqoqligi va fazalar o'rtasidagi o'zaro ta'sirlar butun tizimning

reologik xususiyatlarini belgilaydi [2].

Tadqiqotlar natijasida shuni aniqlashdi-ki, kraxmal suspenziyasiga

ultratovushning ma'lum rejimlarida ta'sir qilish natijasida kraxmal pastroq

haroratda kleysterizasiyalanadi. 1–60 rejimida kraxmal 44,5 °C haroratda

kleysterizasiyalanadi, 1–100 rejimida esa kraxmal 52,5 °C haroratda

kleysterizasiyalanadi. Har ikkala holatda eritma yanada bir xil bo'lib, kam

qovushqoqlikka va yuqori shaffoflikka ega bo'ladi. Soviganidan so'ng, eritma

yanada elastik gelga aylanadi. Bu esa neytral ta'm va hidga ega bo'ladi.

Kraxmal kleysterlarining reologik xususiyatlarini o'rganish uchun eng past

kleysterizasiya haroratiga ega bo'lgan namunalar (1–60, 3–60, 1–100, 3–100) va

nazorat namunasi tanlandi. 1-rasmda kartoshka kraxmalining zarrachalari

shishishi darajasi va amiloza ajralishining haroratga bog'liqligi ko'rsatilgan.

Nomlanishi

Kraxmal donachalarining

strukturasi

1.

kraxmal


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

836

2.

ultra tovush bilan

1-60 rejimda qayta

ishlangan kraxmal

3.

UZ bilan 1-100

rejimda qayta ishlangan

kraxmal

4.

issiqlik ishlov

berilgan (t=60

0

C)

kraxmal

1-rasm. Kraxmal donachalarining strukturasi

Nativ kraxmallar kleyster hosil qilish qobiliyatiga ega, ammo ularning bir

qator kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular harorat ta'siriga sezgir, sinerezisga moyil

va saqlashda yetarlicha barqaror emas. Kraxmal shishishi darajasi oshgani sari,

qovushqoqligi ortadi va yuqori molekulyar strukturaning dezintegrasiyasi

qovushqoqlikni eksponensial tarzda pasayishiga olib keladi.

Diqqatni tortadigan fakt shundaki, kartoshka kraxmalining kleyster

qovushqoqligi, zarrachalar shishish darajasi va dezintegrasiyasi asosida uchta

tartib raqamiga o'zgarishi tajribalardan ma’lum bo‘ldi.

Kraxmalni modifikasiyalash uning reologik xususiyatlarini sezilarli darajada

o'zgartirish imkonini beradi. Bu esa uning qo'llanilish imkoniyatlarini

kengaytiradi. Modifikasiyalangan kraxmal qo'shimchalarining samaradorligini

aniqlovchi asosiy xususiyatlardan biri ularning boshqa ingredientlar bilan mosligi

hisoblanadi. Kraxmalni modifikasiyalash uning gel hosil qilish, quyuqlashtirish va


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

837

emulsiya hosil qilish qobiliyatini oshiradi. Bu esa uni turli oziq-ovqat

mahsulotlarini ishlab chiqarishda, ayniqsa, konditerlik, non pishirish va go'shtni

qayta ishlash sanoatlarida qo'llashni ta'minlaydi [3, 4].

Modifikasiyalangan kraxmalni oziq-ovqat sanoatida qo'llash nafaqat yakuniy

mahsulotning organoleptik xususiyatlarini yaxshilash, uning zichligini va

tuzilmasining gomogenligini oshirish, balki tayyor mahsulotning saqlash

muddatini uzaytirishga imkon beradi. 3-rasmda modifikatsiyalangan kraxmalning

ultratovush rejimida haroratga, qovushqolikga va amilozaning o‘zgarishiga ta’siri

keltirilgan.

2-rasm. modifikatsiyalangan kraxmalga ultratovush ta’siri

2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, modifikatsiyalangan kraxmalning ultratovush

rejimida haroratga, qovushqolikga va amilozaning o‘zgarishiga katta ta’sir qilib,

barcha parametrlar ultratovush yordamida o‘zgarishlarga olib keladi.

Shunday qilib, zamonaviy oziq-ovqat texnologiyalarida modifikasiyalangan

kraxmal asosidagi struktura beruvchi qo'shimchalardan ultratovush yordamida

foydalanish emulsiya-gel tabiatiga ega mahsulotlar assortimenti (mayonez,

souslar, pastillar, zefirlar, marmeladlar va boshqalar) yaratishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiёtlar ro‘yxati


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

838

1. Yu.S.Bеshimov, Е.V. Alеksееnko “Isslеdovaniе usloviy vqdеlеniе

kraxmala iz pshеnichnoy muki s primеnеniеm ximichеskix sposobov obrabotki”
Matеrialы IV Mеjdunarodnoy konfеrеnцii “Kachеstvo zеrna, muki i xlеba”.
Moskva, 2019. S. 148-151

2. Yu.S.Bеshimov, Abduraxmonov O.R., Narziеv M.S., Qobilov

H.X.Boshoqli

donlar

kraxmali olinishi xususiyatlari va qo‘llanilishi

(monografiya). Buxoro, “Durdona” nashriёti, 2019. 124 b.

3. Yu.S.Bеshimov, N.M.Baxriddinova “Boshoqli donlar asosida kraxmal va

klеykovina olish istiqbollari” Kompoziцion matеriallar. Ilmiy-tеxnikaviy va
amaliy jurnali, Toshkеnt, №2/2019. 125-126 b.

4. Yu.S.Bеshimov, Е.V. Alеksееnko “Tеxnologiya poluchеniya pshеnichnogo

kraxmala” Matеrialы IV Mеjdunarodnoy konfеrеnцii “Kachеstvo zеrna, muki i
xlеba”. Moskva, 2019. S. 99-101


References

Yu.S.Bеshimov, Е.V. Alеksееnko “Isslеdovaniе usloviy vqdеlеniе

kraxmala iz pshеnichnoy muki s primеnеniеm ximichеskix sposobov obrabotki”

Matеrialы IV Mеjdunarodnoy konfеrеnцii “Kachеstvo zеrna, muki i xlеba”.

Moskva, 2019. S. 148-151

Yu.S.Bеshimov, Abduraxmonov O.R., Narziеv M.S., Qobilov

H.X.Boshoqli donlar kraxmali olinishi xususiyatlari va qo‘llanilishi

(monografiya). Buxoro, “Durdona” nashriёti, 2019. 124 b.

Yu.S.Bеshimov, N.M.Baxriddinova “Boshoqli donlar asosida kraxmal va

klеykovina olish istiqbollari” Kompoziцion matеriallar. Ilmiy-tеxnikaviy va

amaliy jurnali, Toshkеnt, №2/2019. 125-126 b.

Yu.S.Bеshimov, Е.V. Alеksееnko “Tеxnologiya poluchеniya pshеnichnogo

kraxmala” Matеrialы IV Mеjdunarodnoy konfеrеnцii “Kachеstvo zеrna, muki i

xlеba”. Moskva, 2019. S. 99-101