https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
831
CCl VA GELIOTRINNING JIGAR MITOXONDRIYASIGA
TOKSIK TA’SIRI
Adizova Shoira Toirovna
Buxoro innovatsion ta’lim va
tibbiyot universiteti assistenti
Annotatsiya
. Ushbu maqolada mitoxondriyaning umumiy tuzilishi,
fun
ksiyasi hamda CCl va geliotrinning jigar mitoxondriyasiga zararli ta’siri
yoritilgan. Ular oksidlovchi stress va ATP sintezining pasayishiga sabab bo‘lib,
jigar hujayralarining shikastlanishiga olib keladi. Mitoxondriyal funksiyani tiklash
gepatitni davolashda muhim ekani ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
mitoxondriya,jigar, krista, fosfolipidlar,ferment,,nafas
zanjiri, antioksidant,ADF, ATF.
Mitoxondriya – hujayraning energiya ishlab chiqaruvchi organellasi bo‘lib,
unda nafas olish zanjiri va oksidlanishli fosforlanish jarayonlari amalga oshadi.
Jigar mitoxondriyasi esa organizm metabolizmining muhim markazi hisoblanadi.
Biroq, turli toksik omillar, xususan, CCl₄ (tetraxlorid uglerod) va geliotrin ta’sirida
mitoxondriyaning tarkibiy va funksional o‘zgarishlari yuzaga keladi.
Mitoxondriya hujayrada sharsimon, tayoqchasimon yoki ipsimon shaklda
uchraydi. U ikki qavatli membranaga ega bo‘lib, tashqi va ichki membranalardan
tashkil topgan.Tashqi membrana – silliq tuzilishga ega bo‘lib, ionlar va katta
molekulalarni o‘tkazuvchi kanallar hosil qiladi. Unda lipidlarni aktiv shaklga
o‘tkazuvchi fermentlar joylashgan.Ichki membrana – juda burmali tuzilishga ega
bo‘lib (kristalar), bu esa umumiy yuzani oshiradi. Ichki membranada elektron
tashuvchi fermentlar, ATP-sintetaza kompleksi va metabolitlarni tashuvchi maxsus
transport tizimlari mavjud.Mitoxondriya ichki qismidagi matriks quyidagi
komponentlardan tashkil topgan: Krebs sikli fermentlari hujayraning energiya
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Mitoxondriyal DNK va ribosomalar –
esa mitoxondriyaning o‘ziga xos oqsillarini sintez qiladi. Turli transport oqsillari
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
832
va
metabolitlar
– hujayra metabolizmini tartibga solishda ishtirok
etadi.Mitoxondriya ATP ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynaydi, shu sababli u
hujayraning "elektrostansiyasi" deb ataladi. Jigar kasalliklari, ayniqsa, CCl₄ va
geliotrinli gepatit mitoxondriyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CCl jigarda
oksidlanib, erkin radikallar hosil qiladi, bu esa lipidlarning peroksidlanishiga olib
keladi. Natijada, mitoxondriyalarning nafas olish zanjiri fermentlari, xususan, IV
kompleksi
faoliyati
pasayadi,
mitoxondriyal
DNK
zarar
ko'radi
va
mitoxondriyalarning morfologik o'zgarishlari kuzatiladi. Bu jarayonlar
mitoxondriyal
disfunksiyaga
olib
kelib,
jigarning
umumiy
faoliyatini
buzadi.Fosfolipidlar mitoxondriyaning tarkibiy yaxlitligi va funksiyasini
ta’minlaydi. CCl ta’sirida fosfolipid balansining buzilishi kuzatiladi. Geliotrin
ayrim o'simliklarda uchraydigan pirolizidin alkaloidi bo'lib, jigarga toksik ta'sir
ko'rsatadi.
Tadqiqotlar
geliotrin
bilan
zaharlanish
natijasida
jigar
mitoxondriyalarida fosfolipid tarkibining o'zgarishini ko'rsatadi.Kardiolipin
miqdori
kamayib,
lizokardiolipin
ortadi.
Fosfatidiletanolamin
kamayib,
lizofosfatidiletanolamin esa ortadi. Fosfatidilxolin,fosfatidiletanolamin nisbati
30% ga pasayadi. Bu o‘zgarishlar membrananing holatini buzib, mitoxondriya
funksiyasining izdan chiqishiga olib keladi.Mitoxondriya ichki membranasida
joylashgan nafas olish zanjiri fermentlari (suksinatdegidrogenaza, NADH-
oksidaza, sitoxrom oksidaza) faolligi pasayadi. Buning natijasida oksidlanishli
fosforlanish samaradorligi kamayadi,ATP ishlab chiqarish pasayadi.Energiyaga
bog‘liq biokimyoviy jarayonlar izdan chiqadi. Bu o‘zgarishlar natijasida hujayra
energetik inqirozga uchraydi, bu esa jigar hujayralarining degeneratsiyasiga olib
keladi.Ferment
faolligining
pasayishi
jigar
mitoxondriyasida
ATP-aza,
suksinatdegidrogenaza va sitoxrom oksidaza kabi fermentlarning faolligi sezilarli
darajada pasayadi,natijada energetik almashinuv buziladi.Hujayra ichida toksik
metabolitlar to‘planadi.Jigar to‘qimalarining shikastlanishi kuchayadi. Gepatitda
mitoxondriyaning shikastlanishi endogen fosfolipazalar faolligining oshishi
mitoxondriya membranalarining buzilishiga olib keladi.Transasillash va
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
833
transalkillash jarayonlarining pasayishi fosfolipidlarning normal sintezi izdan
chiqadi.Erkin radikallar hosil bo‘lishining ortishi ya’ni oksidlovchi stress
mitoxondriya shikastlanishini kuchaytiradi.
Bu o‘zgarishlar jigar hujayralarining shikastlanishiga, ularning metabolik
faolligining pasayishiga va jigar yetishmovchiligiga olib keladi. Shu sababli,
mitoxondriya funksiyasini qo‘llab-quvvatlash gepatitni davolashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, CCl₄ va geliotrin jigarda oksidlovchi
stress va mitoxondriyal disfunksiyaga sabab bo'lib, bu jigarning jiddiy
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Toirovna, A. S. (2024). Biochemical Features of Amino Acids in the
Nutrition
of the Body. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(2), 185-
192.
2. Тожибоев К.Т. Особенности секреции белка печенью крыс на
разных стадиях отравления ССl4 или гелиотриом.// Патологическая
физиология и экспериментальная терапия. 2009, №2, 57-60.
3. H. Hua, Zhenglei Zhang, G. Ding. "Inhibition of the mitochondrial
complex-1 protects against carbon tetrachloride-induced acute liver injury"
KRAXMAL STRUTURALARIGA ULTRA TOVUSHLARNING
TA’SIRI
Beshimov Yu.S., Amonova M.M., Umurov F.F.
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti,
Annotatsiya.
Ushbu tezisda boshoqli donlar turkumiga kiradigan bug‘doy
donidan olingan kraxmal va kleykovinaning sanoatda qo‘llanilishi, fizik-kimyoviy
tarkibi va olinish jarayonidagi biotexnologik o‘zgarishlar to‘g‘risida yoritilgan
bo‘lib, oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida ularning ishlatilishi to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.