Authors

  • Adizova Shoira Toirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96570

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bentonit gili sorbent adsorbsion izotermalar oqava suvlar modifikatsiyalash kislotali faollash.

Abstract

 Annotatsiya.    Hozirgi  vaqtda  metallurgiya  sanoati  korxonalarining 
aksariyati katta hajmdagi oqova suvlarni tozalash muammosiga duch kelmoqda. 
Suvni  ifloslantiruvchi    og’ir  metal  kationlari  bo’lib  bo‘lib,    ushbu  maqolada 
bunday oqava suvlarni tozalash uchun faollashtirilgan sorbentlardan foydalanish 
masalalari ko‘rib chiqiladi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

827

BENTONITLARNI KIMYOVIY FAOLLASTIRISH ORQALI

SORBSION XOSSASINI OSHIRISH

Adizova Shoira

Toirovna

Buxoro innovatsion ta’lim va

tibbiyot universiteti assistenti

Adizovashoira263@gmail.com

Annotatsiya

. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati korxonalarining

aksariyati katta hajmdagi oqova suvlarni tozalash muammosiga duch kelmoqda.

Suvni ifloslantiruvchi og’ir metal kationlari bo’lib bo‘lib

,

ushbu maqolada

bunday oqava suvlarni tozalash uchun faollashtirilgan sorbentlardan foydalanish

masalalari ko‘rib chiqiladi

.

Kalit so‘zlar:

Bentonit gili, sorbent, adsorbsion izotermalar,oqava

suvlar,modifikatsiyalash,kislotali faollash.

Ma’lumki, modifikatsiyalangan tabiiy sorbentlar yuqori darajada rivojlangan

g‘ovakli tuzilishga ega bo‘lib, ular samarali adsorbent, turli polimer moddalar

uchun to‘ldiruvchi, katalizator va dori vositalari tashuvchisi sifatida keng

qo‘llaniladi. Ayniqsa, modifikatsiyalangan sorbentlar sanoat oqova suvlarini

kompleks tozalash uchun nisbatan arzon va samarali adsorbent hisoblanadi.

Shu sababli, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida olimlar tabiiy

mineral sorbentlarni, xususan, bentonitni modifikatsiyalash va ularni sanoat oqova

suvlarini kompleks tozalashda qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib

bormoqdalar. Shu munosabat bilan, bentonit gillarini modifikatsiya qilish

sharoitlarini optimallashtirishga, ularning teksturaviy xususiyatlari va g‘ovakli

tuzilishini yaxshilashga, shuningdek, termik, mexanik va kimyoviy barqarorligini

oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda [1-2].

Mineral resurslar asosida yangi turdagi sorbent materiallarni olish

texnologiyasini ishlab chiqish va sanoat oqava suvlarini tozalash jarayonlarini

o‘rganishdan ko‘zlangan tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Tadqiqot ob'ektlari sifatida

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi bentonit gillari katta qiziqish uyg'otmoqda.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

828

Shuning uchun ularning kimyoviy va mineralogik tarkibini, asosiy sorbsion

xususiyatlarini o'rganish, usullarini ishlab chiqish kimyoviy faollashtirish va

o'zgartirish alohida ahamiyat kasb etadi.. Eksperimental tajriba ishlari uchun

boyitilgan Navbahor ishqoriy bentonitlaridan foydalangan. Avval 30 g Navbahor

bentonit gili suspenziyasi tayyorlandi, 300 ml distillangan suv bilan yaxshilab

aralashtirilib yuvildi: bunda gilning tarkibiga kiruvchi minerallar va hamma

zarrachalari, fraksiyalarga ajratiladi. Olingan suspenziyani tindirish maqsadida 1

sutka xona haroratida qoldirildi, keyin to‘yingan gil fraksiyalarini 8000 ayl/min.da

ishlovchi sentrafugada 5 min. davomida na’munani ajratib olindi. Olingan

fraksiyani 14 soat davomida havoda, so‘ngra 60°C haroratda 6 soat quritish

shkafida quritiladi. Faollashtirish maqsadida konsentratsiyalari 20% bo‘lgan

sulfat kislotasida ishlov berib, 70-80°C haroratda 3 soat davomida quritish amalga

oshirildi. Faollashtirish tugagach gil suspenziyasini 200 ml distillangan suv bilan

gilni

muhiti neytral sharoitga qadar bir necha marta yuvib, sentrafugalab

so‘ngra 14 soat 65°C haroratda va ohakda quritib, polietilen idishlarda saqlandi.

Bentonitlarga kislotali ishlov berishdan oldin 0,05 mm o‘lchamda maydalanadi.

Ishlov berish tugaganidan so‘ng gil Byuxner voronkasida qog‘oz filtr bilan filtrlab

olindi va pH=6-6,5 oralig‘iga qadar distillangan suvda yuvildi. Bentonitni kislotali

faollashtirishdan avval suvni yo‘qotish uchun Bentonit filtr qog‘oz bilan

birgalikda 120°C da 5 soat davomida quritish shkafida quritildi.

1-jadval

Navbahor bentonitning kimyoviy tarkibi massa %

Kimyoviy

tarkibi

SiO

2

TiO

2

Al

2

O

3

Fe

2

O

3

Mg

O

Ca

O

Na

2

O

K

2

O

P

2

O

5

SO

3

Ishqoriy

bentonit.%

56,3

3

0,3

2

11,8

6

6,15

1,94

0,9

6

1,62

1,8

0

0,4

5

0,8

0


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

829

Kimyoviy tahlil natijalari (1-jadval) Navbahor hududidan olingan bentonit

namunalari kimyoviy tarkibi va ayrim elementlarning tarkibiga ko‘ra bir-biridan

farqlanishini ko‘rsatadi.

2-jadval

Kislotali faollashtirishdan so‘ng, namuna massa %:

Bentonit

kimyoviy

tarkibi %

SiO

2

TiO

2

Al

2

O

3

Fe

2

O

3

MgO

CaO

Na

2

O

K

2

O

P

2

O

5

70,43

1,28

8,76

1,43

0,57

0,61

0,28

1,47

0,23

2-jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki,

Dastlabki Navbahor bentonitida SiO

2

miqdori 56,33% ni tashil etmoqda sintez

qiligan MS da esa SiO

2

miqdori 70,43% ni tashil qilgan ya’ni SiO

2

miqdori 1,25

marotabaga organ. Demak, biz tomonidan sintez qilingan seolitni MS deb qarash

mumkin.

Azot adsorbsiyasidan foydalanib, umumiy g'ovaklik, g'ovak hajmi va

taqsimoti kabi parametrlar aniqlandi, bu ularning adsorbsion faolligini baholash

imkonini berdi. Olingan izotermalar quyida ko'rsatilgan (2-rasm).


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

830

a)

b)

2-rasm. Azotning adsorbsion izotermalari: a) ishqoriy bentonit; b)

ishqoriy tuproq bentoniti.

Ishqoriy bentonit gil gidroksidi tuproqli loyga (65,5 mg-ekv/100 g) nisbatan

kattaroq kation almashinish kompleksiga ega (80,6 mg-ekv/100 g). Bu ishqoriy

namunalardagi gil tarkibida kation almashinish xususiyatiga ega bo'lgan ko'proq

qatlamli minerallar mavjudligini ko'rsatishi mumkin. Olingan izotermalar mos

keladigan adsorbsion tenglamalar bilan tavsiflangan, olingan ma'lumotlar jadvalda

keltirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Н.И.Файзуллаев, И.И.Мамадолиев. Юқори кремнийли цеолитнинг

фаолланиш шароитини мақбуллаштириш Научный вестник Самаркандского

государственного университета. 2019. № 3(115). С8-12.2.

2. Mamadoliev Ikromjon Ilkhomidinovich. Study Of The Sorption And

Textural Properties Of Bentonite And Kaolin // Austrian Journal of Technical and

Natural Sciences Scientific journal 2019. № 11–12. С 33-38.

3. Sabirov B.T., Namazov Sh.S., Po‘latov X.L. O‘zbekistonning istiqbolli

konlarida bentonit gillarini har tomonlama o‘rganish // Universum: texnika

fanlari: elektron. ilmiy jurnal – 2020. – No 8 (77) / [Elektron resurs]. – Kirish

rejimi:

https://7universum.com/ru/tech/archive/item/10621

(kirish

sanasi:

23/04/2023)

References

Н.И.Файзуллаев, И.И.Мамадолиев. Юқори кремнийли цеолитнинг

фаолланиш шароитини мақбуллаштириш Научный вестник Самаркандского

государственного университета. 2019. № 3(115). С8-12.2.

Mamadoliev Ikromjon Ilkhomidinovich. Study Of The Sorption And

Textural Properties Of Bentonite And Kaolin // Austrian Journal of Technical and

Natural Sciences Scientific journal 2019. № 11–12. С 33-38.

Sabirov B.T., Namazov Sh.S., Po‘latov X.L. O‘zbekistonning istiqbolli

konlarida bentonit gillarini har tomonlama o‘rganish // Universum: texnika

fanlari: elektron. ilmiy jurnal – 2020. – No 8 (77) / [Elektron resurs]. – Kirish

/04/2023)