https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
824
MODIFIKATSIYALANGAN BENTONITLARNING ADSORBSION
XOSSALARI
Adizova Shoira Toirovn
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Navbahor konidan olingan bentonit gilidan
samarali sorbentlar yaratish mumkinligi aniqlangan. Tadqiqot natijasida bu
bentonitlar mis (II) va rux (II) ionlarini yutish xususiyatiga ega ekani o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Bentonit, sorbent, adsorbsiya izotermalari, modifikatsiya,
teksturaviy xususiyat, oqava suv.
Yuqori samarali tabiiy bentonitlar ko‘plab ekologik muammolarni hal
etishda keng qo‘llanilmoqda. Gaz, neftni qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik
sanoat tarmoqlari katta miqdorda suv resurslaridan foydalanadi. Ishlab chiqarish
jarayonida ishlatilgan suv tarkibida og‘ir metallar va zararli moddalar mavjud
bo‘lib, bu ekologiyaga salbiy ta’sir qiladi.Shu sababli, sanoat oqava suvlarini
tozalash masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada mahalliy
xomashyodan foydalanish, oqava suvlarni tozalash va ularni ishlab chiqarishda
qayta ishlatishning ilmiy asoslangan va chiqindisiz texnologiyalarini ishlab
chiqish zarur. Oqava suvlarni tozalash usuli ishlab chiqarish jarayonining turi,
ifloslanish manbalarining xususiyatlari (sanoat, maishiy, atmosferaviy, kimyoviy),
suv tarkibi va boshqa omillarga bog‘liq. [1-2]. Ma’lumki, sorbsiya hodisasi
qaytuvchan jarayondir, ya’ni adsorbsiyalangan modda sorbentdan qaytib eritmaga
o‘tishi mumkin. Bir xil sharoitda to‘g‘ri (sorbsiya) va teskari (desorbsiya)
jarayonlarning tezligi eritmadagi va sorbent yuzasidagi modda konsentratsiyasiga
bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli, sorbsiya boshida, ya’ni eritmada modda
konsentratsiyasi maksimal bo‘lganda, sorbsiya jarayoni ham eng yuqori tezlikda
kechadi.Sorbent yuzasida erigan modda miqdori ortgani sari, ba’zi molekulalar
yana eritmaga qayta o‘ta boshlaydi. Agar adsorbsion muvozanatga erishilgandan
so‘ng eritmadagi modda konsentratsiyasi oshirilsa, sorbent yana bir oz modda
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
825
yutishi mumkin. Ammo bu holatda muvozanat qayta tiklanib, sorbentning to‘liq
sorbsiya qobiliyati ishga tushguncha davom etadi. Sorbentning imkoniyati to‘liq
ishga solingandan so‘ng eritmadagi modda konsentratsiyasining oshishi
adsorbsiyaga ta’sir qilmaydi. [3].
1 va 2-rasmlarda tadqiq qilingan bentonitlarda mis (II) va rux (II)
ionlarining adsorbsiyasi izotermalari keltirilgan (jarayon sharoitlari: harorat
t=30±1ºC, pH=7).
1rasm . Rux (Zn²
⁺
) ionlarining adsorbsiyasi izotermalari:
1. Ishqoriy bentonit
2.Ishqoriy-yer bentoniti
2-rasm. Mis (Cu²
⁺
) ionlarining adsorbsiyasi izotermalari:
1. Ishqoriy bentonit
2.Ishqoriy-yer
-
bentoniti
Adsorbsion izotermalardan ko‘rinib turibdiki, ishqoriy bentonit Zn²
⁺
va
Cu²
⁺
ionlarini nisbatan yuqori miqdorda adsorbsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lib,
bu mos ravishda 137 va 165 mg/g ga teng. Konsentratsiya 30 mg/l bo‘lganda,
ishqoriy bentonit bosqichma-bosqich o‘zgaruvchi adsorbsion jarayon ekanini
ko‘rsatadi, ishqoriy-yer metallari bentoniti esa konsentratsiyaning asta-sekin
ortishini namoyon qiladi, holbuki ishqoriy-yer bentonitida muvozanat
konsentratsiyasining oshishi bilan adsorbsiya miqdorining bir tekis o‘sishi
kuzatiladi.Shunday qilib, boyitish jarayoni natijasida kimyoviy tarkibda yuzaga
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
826
kelgan o‘zgarishlar bentonit gilining adsorbsiya xususiyatlarini kuchaytirishi va
ularning teksturaviy xarakteristikalarini yaxshilashi mumkin, bu esa ularni turli xil
ko‘p funktsiyali maqsadlar uchun samaraliroq qiladi. Ushbu xususiyat teksturaviy
xarakteristikalar qiymatlarining o‘zgarishi bilan ham tasdiqlanadi (1-jadval).
1-jadval
Boyitilgan bentonitlarning teksturaviy xususiyatlari
Namuna
S sol, м
2
/g
R, nм
ΣV, sм
3
/g
Ishqoriy bentonit
69,4
3,47
0,219
ishqoriy-yer bentoniti
58,7
3,83
0,194
Ishqoriy bentonit namunasining solishtirma yuzasi boyitish jarayonida
50,2 m²/g dan 69,4 m²/g gacha oshdi (19 m²/g yoki taxminan 34% o‘sish),
ishqoriy-yer bentoniti uchun esa bu o‘sish 16,3 m²/g yoki taxminan 41% ni tashkil
etdi. Birinchi namunaning o‘rtacha g‘ovak radiusi (R) 41,24 Å (4,136 nm) dan
3,47 nm gacha kamaydi (0,667 nm yoki 12% ga qisqarish). Bundan tashqari,
umumiy g‘ovak hajmining ortishi ham kuzatildi: ishqoriy bentonit uchun bu
qiymat 0,20 dan 0,219 sm³/g gacha oshgan bo‘lsa, ishqoriy-yer bentoniti
namunasida 0,194 sm³/g gacha yetgan. Bentonitning yaqqol namoyon bo‘ladigan
sorbsion va ion almashish xususiyatlari uni suv va sanoat oqava suvlari tozalash
sohasida keng qo‘llash imkonini beradi. Bunday aktivlashtirilgan bentonit asosida
olingan sorbentlar suvni samarali tozalaydi, og‘ir metallar olib tashlanadi, va
oqava suvlarning ranglanishi bartaraf etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Файзуллаев Н.И., Мамадолиев И.И. Юқори кремнийли цеолитнинг
фаолланиш шароитини мақбуллаштириш // Научный вестник
Самаркандского государственного университета. 2019. № 3 (115). С. 8-12.
2. Mamadoliev Ikromjon Ilkhomidinovich. Study Of The Sorption And
Textural Properties of Bentonite And Kaolin // Austrian Journal of Technical and
Natural Sciences Scientific journal 2019. № 11–12. P. 33-38.
3. Mamadoliev I.I., Fayzullaev N.I. Optimization of the Activation
Conditions of High Silicon Zeolite // International Journal of Advanced Science
and Technology IJAST Journal. 2020. Vol. 29, No. 03, P. 6807 – 6813 (Scopus)