Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56599

Аннотация

Maʼlumki, til jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan murakkab hodisa boʻlib, tilda mavjud boʻlgan soʻzlarning bugungi kunda qadar bosib oʻtgan tarixiy yoʻli tilshunoslik oldiga qoʻyilgan asosiy masalalardan biri sanaladi. Uni oʻrganish, tadqiq etish, fonetik, leksik va grammatik jihatdan chuqur yondashish hamda qardosh turkiy tillar tarixini oʻrganib, tildagi soʻzlarni qiyosiy tarafdan solishtirish tilshunoslikdagi muhim omil sanaladi.


background image

102

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

"IRODA" UMUMIY MAʼNOLI ATOV BIRLIKLARNING

LEKSIK XUSUSIYATI

Ashurova Zarina Aʼloqul qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti fakultet 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14025297

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 27-oktabr 2024 yil

Ma’qullandi: 29-oktabr 2024 yil

Nashr qilindi: 30-oktabr 2024 yil

Maʼlumki, til jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq

boʻlgan murakkab hodisa boʻlib, tilda mavjud boʻlgan

soʻzlarning bugungi kunda qadar bosib oʻtgan tarixiy

yoʻli tilshunoslik oldiga qoʻyilgan asosiy masalalardan

biri sanaladi. Uni oʻrganish, tadqiq etish, fonetik, leksik

va grammatik jihatdan chuqur yondashish hamda

qardosh turkiy tillar tarixini oʻrganib, tildagi soʻzlarni

qiyosiy tarafdan solishtirish tilshunoslikdagi muhim omil

sanaladi.

KEY WORDS

Xususan, tilshunoslikda "iroda" leksemasi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar Shu.

Rahmatullayev, N.Mamatovning "Oʻzbek tilining antonimlarining izohli lugʻati", "Oʻzbek

tilining etimologik lugʻati"da hamda mashhur turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshgʻariyning

"Devoni lugʻatit turk" asarlarida bu soʻz bilan bogʻliq boʻlgan izohlar keltirib oʻtilgan.
Hozirgi oʻzbek tilining lugʻat tarkibi oʻzbek tilining uzoq yillar mobaynida butun taraqqiyoti

davomida shakllangan hodisadir. Shu sababli ham undagi mavjud soʻzlarning paydo boʻlish

davri va kelib chiqish manbayi ham bir xildir. Xalqlar oʻrtasida yuzaga keladigan siyosiy,

iqtisodiy,, madaniy aloqalar natijasida bu xalqlarning tillariga ham , lugʻat tarkibiga ham

shubhasiz oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Buning natijasida bir tilda xos boʻlgan fonetik, leksik va

boshqa bir qator elementlar ikkinchi bir tilda oʻtib, unga oʻzlashib ketadi. Bunday oʻzaro taʼsir

qilish boshqa qatlamlardan koʻra, ayniqsa tilning leksik qatlamida kuchliroq boʻladi va aniq

namoyon boʻladi. Oʻzbek tilshunosligida boshqa tillardan : arab, fors, turk, rus va ingliz

tillarining sezilarli taʼsiri natijasida leksik qatlam bilan bir qatorda oʻzlashgan qatlam ham

yuzaga kelgan.
"Iroda" leksemasini etimologik jihatidan tahlil qiladigan boʻlsak, bu soʻz arab tilidan

oʻzlashgan boʻlib, dastlab irodat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini â

unlisiga almashtirib soʻz oxiridagi t tovushi tashlab qabul qilingan: iradat-iradâ (iroda); asli

koʻp maʼnoli Rada feʼlining "qidirmoq", "istamoq" maʼnosi bilan hosil qilingan, "biron bir ish

yoki amalni bajarishga xizmat qiluvchi qatʼiy xohish, intilish maʼnosini anglatadi. Bu soʻz

oʻzbek tilida ayol kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Bu soʻzdan irodali, irodasiz

sifatlari, bu sifatdan yasalgan irodasizlik mavhum oti yasalgan.
"Iroda" tushunchasi
1) Insonda mavjud boʻlgan maqsadni yuzaga chiqaruvchi qatʼiyat va matonat.


background image

103

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

2) Ixtiyor, xohish kabi maʼnolarni ifodalaydi. Misol: U oʻz irodasiga qarshi ish tutishga majbur

boʻldi.
Xususan, Sh.Rahmatullayev N. Mamatovning "Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati"da

irodaning antonimi haqida quyidagi izohlar berilgan
Irodali- irodasi kuchli, toʻsiqlarni matonat va qatʼiyat bilan yenga olishga qodir boʻlib, biror

maqsad yoʻlida duch kelgan qiyinchiliklarni yenga oladigan qatʼiyat bilan kurashadigan

fazilatdir.
Misol: Muhiddinqori Yoqubov irodali, harakatchan, xushchaqchaq ajoyib ovozli sanʼatkor edi.
Shu yoʻl egilgan qomatingizni koʻtaradi.Irodali boʻling, faqat irodali boʻling
Irodasiz-irodasi sust, maqsad sari harakat qila olmaslik, masʼuliyatsizlikdir. Biror maqsad

yoʻlida duch kelgan qiyinchiliklarni koʻrib chekinadigan xususiyat sanaladi.
Misol: Tursunboy obraziga xos boʻlgan irodasizlik, qoʻrqoqlik illatlari, oʻz onasining soʻnggi

yoʻlga kuzata olmaganligiga sabab boʻldi.
Gʻulomjon hech kutilmaganda irodasizlikka berilib, hamma narsadan koʻnglim sovidi.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Falsafa qomusiy lugʻati" da

"iroda" leksemasi nisbatan keng yoritib berilgan.
Valyuntarizm (lot. "valuntas"-iroda) falsafa psixologiyadagi oqim. Bu atama 1883-yilda

F.Tennies tomonidan lmiy muomalaga kiritilgan. Valyuntarizm irodani birlamchi deb eʼtirof

qiladi. Uni mavjudotning bosh asosi deb uqtiradi. Valyuntarizmnimg yetuk vakili Shopengauer

K.ning hodisalar, tasavvurlar asosida yotgan "narsa oʻzidagini" birlamchi, hech nimaga bogʻliq

boʻlmagan "olamiy irodadir" deb davo qiladi. Uning fikricha, barcha tirik vujudlarning

harakatlantiruvchi kuchi- stixiyali instinktiv xarakterga ega boʻlishi "yashashga intilish

irodasidan iborat". Ongli iroda koʻr-koʻrona, instinktiv individual irodaga nisbatan hosiladir.

Faylasuf Fixtening fikricha, iroda dunyoning mutlaq ijodiy namunasidir. Hartman nuqtayi

nazaridan esa iroda barcha narsada mavjud va har yerda ongsiz taʼsir qiladi. U atamalarni

irodaning birligi deb qaraydi. Qomusiy lugʻatda valyuntarizm bilan birgalikda iroda

tushunchasiga alohida taʼrif berib oʻtilgan.
Iroda( arab.-xohish, istak, maqsad)- insonning maʼlum maqsad yoʻlidagi oʻz xatti-harakatini

ongli ravishda yoʻnaltirib turishi, shu yoʻldagi qatʼiyatliligi, mavjud toʻsiqlarni yenga olishga

qodir boʻlgan ruhiy-maʼnaviy salohiyat.Iroda inson faoliyatining muhim xususiyati, uning

hayot mazmunini belgilab beruvchi muhim omil sanaladi. Irodali odamda maqsad va faoliyat

izchilligi kuzatiladi. Oldinga qoʻyilgan maqsadga bilan ishonch "iroda"ning muhim kuchi va

bosh omilidir. Zero, qatʼiy ishonch maqsad yoʻlidagi qiyinchiliklarni yengishga ruhiy asos

boʻladi. Irodani Allohga va shaxsga bogʻliq deb ham talqin qiladilar. Shu maʼnoda Allohning

irodasi va bandaning irodasi degan tushunchalar paydo boʻlgan. Allohning irodasi insonning

irodasiga nisbatan ancha keng, undan ustun tushunchadir. Allohning irodasi jamiyat va tabiat

taraqqiyoti qonuniyatlarining oʻziga xos meʼyorini, muvozanatini belgilovchi kuch sifatida

qaraladi. Har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilgʻor gʻoyalarining amalga oshishi mazkur jamiyat

aʼzolarining irodasiga bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan, xalq va millat irodasini

shakllantirishga, iroda tarbiyasiga ajdodlarimiz azaldan alohida eʼtibor berib qaragan. Irodali

boʻlishni eʼtiqodli boʻlish bilan chambarchas bogʻlab, chunki maʼlum bir qarashlar, taʼlimotlar,

eʼtiqodlarning gʻoyaviy asosini yaratib beradi. Eʼtiqodning zaif yoki mustahkamligi,

umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ham irodaning mustahkam

boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

104

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

Alisher Navoiy asarlari mavzu jihatidan rang-barang boʻlib, shoir asarlarining izohli lugʻatida

"iroda" tushunchasi ham keltirib oʻtilgan. Asosan, iroda etmoq, iroda aylamoq-xohlamoq,

istamoq maʼnolarini beruvchi feʼllari qoʻllanilgan.
B.T.Ataxanov, M.B.Isabayev tomonidan tuzilgan "Fuqarolik jamiyatidan tuzilgan atamalar

lugʻati" kitobida "iroda" leksemasi quyidagi termin bilan qoʻllanilgan.

Votum( lot.votum-istak, xohish)- vakillik organlari tomonidan hukumatga, uning alohida

aʼzosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning mansabdor shaxsiga ishonch

yoki ishonchsizlik bildirish.
Siyosiy iroda- subʼyektning oʻz faoliyatlari jarayonlarini boshqarishda namoyon boʻladigan

siyosiy qobiliyati. Siyosiy irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda,

maqsadga erishish yoʻllarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro

etishda namoyon boʻladi.
J. Omonturdiyev va A. Omonturdiyev kabi olimlar tomonidan tuzilgan "Maʼrifiy-irfoniy

istilohlarning izohli lugʻati" kitobida iroda leksemasi quyidagicha tasniflanadi:
Iroda(irodat)- Allohning subutiy sifatlaridan. Bunda barcha voqeliklar, jumladan inson taqdiri,

baxt-u baxtsizligi Allohning xohish-irodasiga bogʻliq ekanligi nazarda tutilgan:

Qadalda bir tikan, yo tushsa bir qil,
Irodasiz emas, hech ish, yaqin bil.
Agar moʻre qoʻyar yer ustiga po,
Va gar bir zarracha qum boʻlsa bejo,
Bulardin yo kichikdur, yo ziyoda

Emasdir hech nimarsa beiroda (Soʻfi Olloyor)

"Iroda"leksemasi arab tilidan tarixiy taraqqiyot, madaniy aloqalar natijasida arab tiliga xos

boʻlgan baʼzi jihatlar oʻzgarishga uchrab, iroda leksemasi sifatida tilimizga qabul qilindi.

Turkiy tilda yaratilgan bir qator asarlar, qoʻlyozmalarda shaxs maʼnaviyatini yuksaltiruvchi

soʻz sifatida eʼtirof etiladi. Ushbu leksema, asosan, azm-iroda, qatʼiyat, matonat, istak, xohish

kabi leksemalar bilan yondosh boʻlib, insonning oʻz faoliyatini maqsad sari intilishni toʻgʻri

yoʻnaltira olish mahorati sanaladi.
"Iroda"leksemani semantik jihatdan tahlil qiladigan boʻlsak, iroda leksemasi "maqsadni

amalga oshirish uchun kishida bilan ishonch"maʼnosiga ega.
1)oʻz-oʻzini tuta olish; 2)chidamlilik; 3) Intizom; 4) jasorat kabi semalar ostidan birlashadi.

Ushbu sema maʼno xususiyatiga koʻra denotativ sema boʻlib, " Iroda" sememasi tarkibidagi

yuqorida ajratilgan semalar mazkur maʼno haqida yetarlicha maʼlumot beradi. Maʼlumki,

semema tarkibida dennotativ sema ham, konnotativ sema ham boʻlishi mumkin. Ammo bizga

berilgan "iroda"leksemasida voqelikka boʻlgan subyektiv munosabat deyarli kuzatilmaydi
. Stilistika boʻlimida "iroda" leksemasi faol qoʻllaniladi. Kishilar har qanday sharoitda va

faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va

fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-biridan maʼlum darajada farq qiladi. Umumxalq

tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqda xilma-xil koʻrinishlarning paydo

boʻlishiga olib keladi. Tilda mavjud boʻlgan har bir soʻz maʼlum bir uslubda, maʼlum bir

maqsad yuzasidan qoʻllaniladi.
Soʻzlashuv uslubi ikki guruhga ajraladi: 1) adabiy soʻzlashuv uslubi 2) oddiy soʻzlashuv


background image

105

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

"Iroda" leksemasi adabiy soʻzlashuv uslubiga xos boʻlib, negaki ushbu soʻzda oddiy soʻzlashuv

uslubiga xos boʻlgan piching, hazil-mutoyiba, askiya kabi maʼnolar mavjud emas. Rasmiy

uslubda organlar, sud, adliya,fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va natarial ishlar va boshqa

sohalarni oʻz ichiga qamrab olib,rasmiy hujjatlar,, qaror va farmoyishlar ariza,shikoyat,

bayonnoma kabilar bu uslubning xarakterli xususiyatlaridandir. Shu sababdan ham bu

uslubda "iroda" umumiy maʼnoli atov birliklar qoʻllanilmaydi.
Ilmiy uslubda bu leksema keng qoʻllanilib, asosan falsafa va psixologiyada keng qoʻllaniladigan

atama hisoblanadi.
Misol: Iroda- mustaqil psixik jarayon hisoblanib, boshqa psixik hodisalarning jarayoni sifatida

ham keng qoʻllaniladigan, shaxs xatti-harakatlarini boshqarish shaklidir.
Publitsistik uslubda ommaviy axborot vositalarida, gazeta va jurnallarda olib boriladigan

intervyular, maqolalar bu uslubning xarakterli xususiyati sanaladi. Bu uslubda ham

"iroda"leksemasi maʼlum bir maqsadga qaratilgan holda ishlatiladi.
Badiiy uslub inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga

taalluqliligi, barchaga barobarligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qoʻllanilgan leksemalar

estetik taʼsirni kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik

bilan foydalanish, shuningdek yangidan yangi ifoda vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy

uslubida qoʻllanilgan "iroda"leksemasi muallif tomonidan qahramonning yuksak insoniy

fazilatga ega ekanligini aks ettiradi.

Adabiyotlar

1 Sh. Rahmatullayev. N. Mamatov R. Shukurov "Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati"

Toshkent-1989
2.A.Hojiyev "Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻat"
Toshkent-1974
3.A.Hojiyev, A.Nurmonov, S. Zaynobiddinov, K. Kokren a boshqalar "Hozirgi oʻzbek tili faol

soʻzlar ning izohli lugʻat" Toshkent-2001
4. S. Saidova "Arab tilidan oʻzlashgan atamalarning lugʻaviy-maʼnoviy xususiyati"
maqolasi

Библиографические ссылки

Sh. Rahmatullayev. N. Mamatov R. Shukurov "Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati" Toshkent-1989

A.Hojiyev "Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻat"

Toshkent-1974

A.Hojiyev, A.Nurmonov, S. Zaynobiddinov, K. Kokren a boshqalar "Hozirgi oʻzbek tili faol soʻzlar ning izohli lugʻat" Toshkent-2001

S. Saidova "Arab tilidan oʻzlashgan atamalarning lugʻaviy-maʼnoviy xususiyati"

maqolasi