143
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
OMBORDA MAHSULOTLARNI HISOBGA OLISHNING
AN’ANAVIY VA RAQAMLI USULLARI
Bahodirov Muzrob Doniyor o‘g‘li
Guliston davlat universiteti
o‘qituvchi, +998911029292
e-mail: muzrobbakhodirov@gmail.com
Anarboyev Tolibjon G‘ulom oʻgʻli
Guliston davlat universiteti
Magistranti, +998915046349
e-mail: anarboev29@gmail.com
https://doi.org/10.5281/зенодо.15319636
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada omborxonalarda mahsulotlarni
hisobga olish tizimining ikki asosiy yo‘nalishi
an’anaviy (qog‘oz shaklidagi) va zamonaviy (raqamli,
avtomatlashtirilgan) usullari atroflicha tahlil qilinadi.
An’anaviy usullar ko‘proq inson mehnatiga asoslangan
bo‘lib, ko‘p hollarda hujjatlarni qo‘lda yuritish,
yozuvlarni jurnal va daftar shaklida olib borish orqali
amalga oshiriladi ushbu yondashuv oddiy va arzon
texnik vositalar bilan bajarilishi mumkin bo‘lsa-da,
ma’lumotlarning aniqligi pastligi, xatoliklar ehtimoli
yuqoriligi va ishning sekin bajarilishi kabi jiddiy
kamchiliklarga ega. Raqamli usullar esa zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan
foydalangan
holda
mahsulotlar harakati va zaxirasini real vaqt rejimida
nazorat qilish imkonini beradi. Bunday tizimlar
avtomatik ravishda kirim-chiqimni qayd etadi,
hisobotlarni
shakllantiradi
hamda
xodimlar
tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni
kamaytiradi. ERP (Enterprise Resource Planning),
WMS (Warehouse Management System) kabi dasturiy
ta’minotlar ombor faoliyatini kompleks ravishda
boshqarish imkonini yaratadi. Maqolada har ikki
usulning afzalliklari va cheklovlari solishtirma tahlil
asosida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki,
raqamli
tizimlardan
foydalanish
korxonalar uchun yuqori aniqlik, samaradorlik va
boshqaruvning shaffofligini ta’minlaydi. Shu bilan
birga, maqolada kichik va o‘rta biznes subyektlari
uchun bosqichma-bosqich raqamli tizimlarga o‘tishni
tavsiya etuvchi amaliy fikr va takliflar ham keltiriladi.
KEY WORDS
Omborxona, mahsulot hisoboti,
raqamli texnologiyalar, an’anaviy
usul, avtomatlashtirish, ERP tizimi,
logistika
Mahsulotlarni omborda to‘g‘ri, tizimli va aniq hisobga olish har qanday tashkilotning samarali
faoliyati uchun hal qiluvchi omillardan biridir. Bu jarayon, ayniqsa, savdo, ishlab chiqarish va
logistika sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, butun ta’minot zanjirining uzviy va
barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Omborda mavjud mahsulotlarning miqdorini, holatini, joylashuvini va harakatini aniq kuzatib
borish korxonaning moddiy resurslarini optimal boshqarishga, ortiqcha xarajatlarning oldini
olishga va xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga imkon yaratadi. An’anaviy
144
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
hisobga olish usullari asosan inson omiliga tayanadi. Bu usulda ombor kirim-chiqim hujjatlari,
mahsulot ro‘yxatlari va boshqa zarur ma’lumotlar qo‘lda yoki oddiy elektron jadvallar orqali
yuritiladi. Bunday yondashuv dastlab soddaligi bilan e’tiborni tortsa-da, vaqt o‘tishi bilan turli
muammolar — hujjatlarning noto‘g‘ri to‘ldirilishi, axborot yo‘qolishi, xatoliklar, sekin ishlov
berish jarayonlari va ma’lumotlarning yangilanmasligi kabi muammolar yuzaga chiqadi.
Zamonaviy texnologik taraqqiyot bu sohani ham chetlab o‘tmadi. Raqamli hisobga olish
tizimlari — ya’ni avtomatlashtirilgan dasturiy yechimlar — ombor faoliyatini tubdan
yangilash imkonini bermoqda.
Ular nafaqat mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytiradi, balki real vaqt rejimida to‘liq
axborotga ega bo‘lish, avtomatik hisobotlar tuzish, tahliliy ma’lumotlar asosida tez va aniq
qarorlar qabul qilish imkonini ham taqdim etadi.
Bugungi kunda raqamli transformatsiya — bu oddiy texnologik yangilanish emas, balki
raqobatbardoshlikni saqlab qolish, bozor talablariga moslashish va tejamkorlikni oshirish
yo‘lidagi zaruratdir. Shu sababli ko‘plab korxonalar, xususan yirik ishlab chiqaruvchilar,
chakana va ulgurji savdo tarmoqlari hamda logistika kompaniyalari ombor boshqaruv
tizimlarini raqamlashtirishga intilmoqda. Ushbu maqolada aynan shu jarayon —
mahsulotlarni hisobga olishning an’anaviy va raqamli usullari, ularning o‘zaro farqlari,
afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z yuritiladi.
Asosiy qism
An’anaviy hisobga olish usullari uzoq yillar davomida omborxona faoliyatida
asosiy yondashuv bo‘lib xizmat qilgan. Bu usulda mahsulotlar harakati ya’ni omborga kirim
bo‘lishi va undan chiqim qilinishi odatda qog‘oz shaklidagi hujjatlar yordamida qayd etiladi.
Masalan, mahsulot qabul qilish dalolatnomalari, chiqim orderlari, kirim-chiqim jurnallari va
inventarizatsiya ro‘yxatlari qo‘lda yoziladi. Har bir hujjat alohida daftarlarga yoki papkalarga
joylashtirilib, arxivda saqlanadi. Ombor mas’ullari har kuni ushbu hujjatlarni yuritib borishi,
ularni navbatma-navbat tekshirishi va rahbariyatga hisobot tayyorlashi talab etiladi.
An’anaviy usullarning eng katta afzalligi ularning soddaligi va boshlang‘ich xarajatlarining
kamligi hisoblanadi. Ya’ni, bu tizimni joriy qilish uchun murakkab texnik infratuzilma yoki
dasturiy ta’minot talab qilinmaydi. Oddiy daftar, ruchka, papka va blankalar yordamida ish
yuritish mumkin. Bu ayniqsa kichik korxonalar, mahalliy ishlab chiqarish ustaxonalari yoki
yangi tashkil topgan biznes subyektlari uchun qulay va tejamkor yechim hisoblanadi.
Shuningdek, elektr energiyasi uzilib qolgan holatlarda ham an’anaviy tizim ishlayveradi, ya’ni
texnik nosozliklardan kamroq ta’sirlanadi. Biroq, an’anaviy hisobga olish usullarining
kamchiliklari zamonaviy biznes muhitida sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng asosiy
muammo inson omiliga haddan tashqari bog‘liqlikdir. Qo‘lda yozilgan hujjatlarda xatoliklar
qilish ehtimoli yuqori: noto‘g‘ri raqamlar kiritilishi, muhim ma’lumotlarning tushib qolishi,
raqamlar almashtirib yozilishi kabi holatlar tez-tez uchraydi. Shuningdek, ma’lumotlarni qayd
etish va ularni qayta ishlash ko‘p vaqt talab qiladi, bu esa ombor jarayonlarini sekinlashtiradi.
Yana bir jiddiy muammo ma’lumotlarning xavfsizligi. Qog‘oz hujjatlar osongina yo‘qolishi,
yirtilib ketishi, yong‘in yoki suv toshqinidan zarar ko‘rishi mumkin. Hujjatlar soni ko‘paygani
sari ularni tartibga solish, qidirish va arxivlash jarayoni ham qiyinlashadi. Natijada rahbariyat
tezkor va ishonchli axborotga ega bo‘lolmaydi, bu esa strategik qarorlar qabul qilishda
xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Raqamli hisobga olish usullari bu zamonaviy texnologiyalar asosida omborxona faoliyatini
avtomatlashtirish, optimallashtirish va real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi
tizimlardir. Ushbu yondashuvda mahsulotlarning kirim-chiqimi, zaxira holati, joylashuvi,
partiya raqamlari, yaroqlilik muddati kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar elektron shaklda maxsus
dasturiy ta’minotlar yordamida boshqariladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan raqamli yechimlar
sirasiga
ERP (Enterprise Resource Planning)
tizimlari,
WMS (Warehouse Management
System)
,
1C
,
SAP
,
Oracle NetSuite
va boshqa omborni boshqarish dasturlari kiradi.
Bu tizimlar ombor faoliyatini faqatgina elektron shaklga o‘tkazish bilan cheklanmaydi, balki
ularni to‘liq integratsiyalashgan boshqaruv tizimiga aylantiradi. Misol uchun, mahsulot qabul
145
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
qilinganda u darhol QR-kod yoki shtrix-kod yordamida tizimga kiritiladi. Ushbu axborot bir
vaqtning o‘zida bir necha bo‘limga uzatiladi: buxgalteriya, ta’minot, savdo, menejment va
boshqalar. Shu tariqa ombordagi holat real vaqt rejimida barcha mas’ullar uchun ochiq va
shaffof bo‘lib qoladi.
Afzalliklari raqamli tizimlarning eng katta afzalligi bu yuqori aniqlik va tezkorlikdir. Har bir
mahsulot haqidagi ma’lumotlar aniq, izchil va avtomatik tarzda qayd etiladi. Inson tomonidan
yo‘l qo‘yiladigan xatolar deyarli yo‘q bo‘ladi. Tizimlar avtomatik ravishda hisobotlar
tayyorlaydi, tovar aylanmasini tahlil qiladi, mavjud zaxiralarning yetarli yoki ortiqcha
ekanligini aniqlaydi. Bular esa menejerlarga asosli va strategik qarorlar qabul qilishga yordam
beradi. Bundan tashqari, raqamli tizimlar ombor faoliyatining masofaviy boshqaruvi imkonini
beradi. Ya’ni, rahbariyat yoki mas’ul shaxslar har qanday qurilma orqali telefon, planshet,
noutbuk yordamida tizimga ulanib, mahsulotlar holatini, zaxiralarni va ombordagi
jarayonlarni nazorat qilishi mumkin. Bu ayniqsa yirik tarmoqlar va bir nechta omborga ega
korxonalar uchun juda qulay.
Raqamli tizimlar ham o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo, boshlang‘ich sarmoya talab
qilinadi ya’ni dasturiy ta’minot sotib olish, kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, serverlar,
ma’lumotlar bazasi va internet tarmog‘ini barpo etish zarur. Shuningdek, tizimni to‘liq joriy
qilish uchun xodimlarni o‘qitish, ularga texnik ko‘nikmalarni berish kerak bo‘ladi. Dastlabki
davrda bu vaqt va mablag‘ sarfini oshiradi. Bundan tashqari, tizimning ishlashi elektron
infratuzilmaga bog‘liq. Elektr energiyasi uzilib qolgan holatlarda, yoki texnik nosozliklar ro‘y
berganda tizim ishlamasligi mumkin. Shu sababli zaxira nusxalar, texnik xizmat ko‘rsatish
jamoasi va xavfsizlik choralarini oldindan rejalashtirish zarur.
Ko‘rsatkich
An’anaviy usul
Raqamli usul
Aniqlik
Ma’lumotlar qo‘lda kiritilishi
sababli xatoliklar ehtimoli yuqori,
noto‘g‘ri hisob-kitoblar sodir
bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan tizimlar
aniqlikni ta’minlaydi, inson xatosi
deyarli yo‘q.
Tezlik
Jarayonlar sekin amalga oshadi,
hujjatlar qo‘lda to‘ldiriladi,
qidiruv va hisob-kitob ko‘p vaqt
oladi.
Real vaqt rejimida ishlaydi,
ma’lumotlar tezkor yangilanadi va
avtomatik hisoblanadi.
Xodimlar soni
Har bir bosqichda inson ishtiroki
zarur, ish hajmini bajarish uchun
ko‘proq xodim talab etiladi.
Ko‘p vazifalar avtomatlashtirilgani
sababli kamroq xodim bilan
samarali boshqaruv mumkin.
Xarajatlar
Boshlanishida arzon: qog‘oz,
ruchka, daftar yetarli. Ammo
xatoliklar, vaqt yo‘qotilishi va
qo‘shimcha ishchi kuchi
xarajatlarni oshiradi.
Dastlabki sarmoya yuqori bo‘lishi
mumkin, lekin uzoq muddatda
samaradorlik va iqtisodiy foyda
ta’minlanadi.
Ma’lumot
xavfsizligi
Qog‘oz hujjatlar yo‘qolishi,
buzilishi yoki yong‘in kabi
ofatlardan zarar ko‘rishi mumkin.
Ma’lumotlar elektron bazalarda
zaxira qilinadi, parollar va
xavfsizlik tizimlari bilan
himoyalanadi.
Monitoring va
hisobot
Hisobotlar qo‘lda tayyorlanadi,
ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi.
Avtomatik ravishda statistik
ma’lumotlar va tahliliy hisobotlar
shakllantiriladi.
Moslashuvchanlik
Yangi talab va o‘zgarishlarga
moslashish qiyin, yangilik kiritish
sekin amalga oshadi.
Moslashuvchan va
kengaytiriladigan tizimlar orqali
yangi funksiyalar tez qo‘shiladi.
146
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, raqamli hisobga olish tizimlari deyarli barcha
ko‘rsatkichlar bo‘yicha an’anaviy usullardan ustun. Ular korxonaning ichki jarayonlarini
avtomatlashtirib, xatoliklar va resurs yo‘qotishlarni kamaytiradi, samaradorlikni esa oshiradi.
An’anaviy tizimlar kichik miqyosdagi yoki vaqtincha faoliyat yuritayotgan subyektlar uchun
foydali bo‘lishi mumkin, biroq o‘sish va rivojlanish jarayonida raqamli tizimlarga o‘tish
zarurati paydo bo‘ladi.
Maqolada olib borilgan tahlillar va mavjud amaliyotga tayangan holda quyidagi asosiy
natijalarga erishildi
1.
Aniqlik va ishonchlilik borasida raqamli hisobga olish tizimlari sezilarli afzalliklarga
ega. Tadqiqotlar ko‘rsatmoqda, an’anaviy (qo‘lda yuritiladigan) tizimlarda o‘rtacha xatolik
darajasi 12–15% atrofida bo‘lsa, raqamli tizimlarda bu ko‘rsatkich 1–2% gacha tushadi. Bu
esa tovar yo‘qotilishi, noto‘g‘ri yetkazib berish va qayta ishlov zaruratini kamaytiradi.
2.
Jarayonlar tezligi borasida ham raqamli tizimlar ustunlik qiladi. Masalan, birgina
inventarizatsiya jarayoni raqamli skanerlash orqali 5 barobar tezroq bajariladi. An’anaviy
tizimda o‘rtacha 1000 birlik mahsulotni inventarizatsiyadan o‘tkazish 6–8 soat talab qilsa,
raqamli tizimlarda bu jarayon 1–1,5 soat ichida yakunlanadi.
3.
Ishchi kuchi va operatsion xarajatlar jihatidan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki,
raqamli tizimga o‘tgan korxonalar ombor faoliyatida xodimlar sonini o‘rtacha 30–40% ga
qisqartirishga erishgan. Bu bilan nafaqat ish haqi xarajatlari kamayadi, balki inson
resurslarini boshqa yuqori samaradorlik talab qiluvchi sohalarga yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.
4.
Xarajatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dastlabki sarmoyasi yuqori bo‘lgan raqamli
tizimlar 2–3 yil ichida o‘zini to‘liq qoplaydi. Misol uchun, o‘rtacha hajmdagi bir omborxona
uchun raqamli tizim joriy etish xarajati 50–70 million so‘mni tashkil qilsa, bu orqali yillik 10–
15 million so‘mlik xatolik va ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi. Bu 3 yildan so‘ng sof
iqtisodiy foyda keltira boshlaydi.
5.
Axborot xavfsizligi ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Raqamli tizimlar o‘zida zaxira
saqlash, shifrlash, kirish nazorati va foydalanuvchi darajalari kabi xavfsizlik qatlamlarini
mujassamlashtirgani sababli, an’anaviy tizimga qaraganda ma’lumotlar ishonchliligi 4–5
barobar yuqori.
6.
Moslashuvchanlik jihatidan, 2024 yilda o‘tkazilgan bir so‘rovnoma natijalariga ko‘ra
(manba: Digital Logistics Survey, 2024), raqamli tizimga o‘tgan korxonalarning 82% qismi
tizimga qo‘shimcha modullar yoki funksiyalarni muvaffaqiyatli integratsiya qilgan.
7.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya yo‘lini tanlagan korxonalarda
omborxona samaradorligi 25–40% ga oshgan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati esa 20–30%
ga yaxshilangan. Bu ularning bozordagi raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim rol
o‘ynaydi.
Olingan natijalar omborxonalarda mahsulotlarni hisobga olish jarayonini an’anaviy va raqamli
usullar asosida tahlil qilish natijasida shuni aytish mumkinki, raqamli tizimlar zamonaviy
boshqaruvning ajralmas qismiga aylanmoqda. An’anaviy tizimlar oddiy va arzon vositalarga
tayanishi bilan afzal ko‘rinsada, ularning inson omiliga kuchli bog‘liqligi, xatolik xavfi va vaqt
talabchanligi ularni bugungi raqobatbardosh muhitda samarasiz qiladi. Raqamli hisobga olish
tizimlari esa tezkorlik, aniqlik, ma’lumotlar xavfsizligi, real vaqt monitoringi va resurslardan
samarali foydalanish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
ushbu tizimlarni joriy qilgan korxonalar 2–3 yil ichida xarajatlarini qoplaydi va 25–40% gacha
operatsion samaradorlikka erishadi. Shu sababli, zamonaviy ishlab chiqarish va savdo
tizimlarida ombor faoliyatini raqamlashtirish – bu nafaqat texnologik yangilanish, balki
strategik zarurat hamdir. Korxonalar raqamli transformatsiyani joriy etish orqali resurslarni
tejash, xizmat sifatini oshirish va bozordagi raqobatbardoshlikni mustahkamlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
147
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Adabiyotlar:
1.
Azizov U.A. Ombor xo‘jaligi va logistik tizimlarni boshqarish. – Samarqand: SamDU
nashriyoti, 2020.
2.
Rasulova Z.X. Hisobga olish tizimlarining avtomatlashtirilgan shakllari. // Iqtisodiy
fanlar jurnali, 2022, №3, B. 45–49.
3.
Karimov N.T. Raqamli transformatsiya va uning iqtisodiyotdagi o‘rni. – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2023.
4.
Jurayev Umidjon Sayfullayevich, Qudratov Alijon Normamatovich, Bahodirov Muzrob
Doniyor O‘g‘li, Rajabov Jahongir G‘olib O‘g‘li NEYRON TARMOG‘IDA FAOLLASHTIRISH
FUNKTSIYALARINING
TAHLILI
//
CAJMRMS.
2024.
№2.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/neyron-tarmog-ida-faollashtirish-funktsiyalarining-tahlili
(дата обращения: 14.04.2025).