120
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
AXBOROT XAVFSIZLIGI FANINI О‘QITISHDA
INNOVATSIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
Qudratov Alijon Normamatovich
Guliston davlat universiteti
katta o‘qituvchi, +998975671163
a.n.qudratov@qmail.com
Bahodirov Muzrob Doniyor o‘g‘li
Guliston davlat universiteti
o‘qituvchi, +998911029292
e-mail: muzrobbakhodirov@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15429645
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 16-may 2025 yil
Ushbu maqolada axborot xavfsizligi fanini zamonaviy
ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlar asosida
integratsiya qilish masalalari keng yoritilgan. Bugungi
kunda axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va
ko‘nikmalar nafaqat IT sohasidagi mutaxassislar
uchun, balki barcha soha vakillari uchun ham
zaruratga aylanib bormoqda. Ayniqsa, raqamli
iqtisodiyot va elektron boshqaruv tizimlarining
rivojlanishi fonida axborotning ishonchli va xavfsiz
muhitda saqlanishi ta’lim tizimida bu fanni
chuqurlashtirib, amaliy yo‘nalishda o‘rgatishni talab
etmoqda. Shu sababli, an’anaviy ta’lim metodlaridan
innovatsion va texnologik yondashuvlarga o‘tish
zarurati yuzaga kelmoqda.
KEY WORDS
Axborot
xavfsizligi,
innovatsion
ta’lim,
virtual
laboratoriya, gamifikatsiya, xorijiy
tajriba, kiberta’lim, simulyator.
Har bir jamiyatning kelajagi, uning ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan uzluksiz
ta’lim tizimining asosi yaratildi.
Raqamli transformatsiya davrida axborot xavfsizligi masalasi global miqyosda dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda deyarli barcha sohalarda davlat boshqaruvi, sog‘liqni
saqlash, ta’lim, moliya, sanoat va hatto ijtimoiy munosabatlarda raqamli texnologiyalar
chuqur joriy qilinmoqda. Bunda axborot resurslarining ishonchliligi, maxfiyligi va butunligi,
shuningdek, ma’lumotlar ustidan nazoratni saqlab qolish eng muhim omillardan biri bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, elektron hukumat tizimlari, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), bulutli
hisoblash texnologiyalari va katta ma’lumotlar (Big Data) asosida shakllangan xizmatlarning
ommalashuvi axborot xavfsizligiga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.
Shu sababli bugungi kunda har bir davlat axborot xavfsizligini milliy xavfsizlikning tarkibiy
qismi sifatida ko‘rib, bu yo‘nalishda malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlar murakkablashib borayotgan bir paytda, bu sohaga oid
chuqur bilim va zamonaviy amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetishtirish
muhim strategik vazifalardan biriga aylangan. An’anaviy o‘quv metodlari bu talabga to‘liq
javob bera olmaydi. Shu bois, axborot xavfsizligi fanini zamonaviy talablarga mos holda,
innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitish zarurati dolzarb bo‘lib bormoqda.
Zamonaviy axborot xavfsizligi fanini o‘qitishning samarali uslublari, ilg‘or xorijiy tajribalar,
virtual laboratoriyalar va interaktiv ta’lim platformalari asosida ta’lim jarayonini
121
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
modernizatsiya qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi
mavjud holat, mavjud muammolar va bu muammolarga innovatsion yechimlar taklif qilinadi.
Maqsad – raqamli asrga mos, kuchli amaliy bazaga ega bo‘lgan axborot xavfsizligi
mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur sharoitlarni yaratish va ilg‘or amaliyotni joriy
etishdan iborat.
Asosiy qism
Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar. 1983 yil AQSH
Mudofaa Vazirligi (MV) kompyuter xavfsizligi Agentligi TSec (Ishonchli tizimlarning
himoyalanganligini baholash kriteriyalari) nomli hisobotini chop etdi. U boshqacha aytganda
Olov rang kitob (kitob rangiga kо‘ra) deb nomlandi. Unda kо‘p foydalanuvchili kompyuter
tizimlarida maxfiy ma’lumotlarni himoyalash uchun xavfsizlikning 7 ta darajasi ajratilgan.
Bular: Al – kafolatli himoya, Bl, B2, B3 – ruxsatni tо‘liq boshqarish, Cl, C2 – ruxsatni tanlash
orqali boshqarish, D – minimal xavfsizlik.
AQSH Mudofaa Vazirligi kompyuter tizimlarini baholash maqsadida AQSH MV qoshidagi
kompyuter xavfsizligi Milliy Markazi NCSC-TG-005 va NCSC-TG-011 nomli Qizil kitob (kitob
rangiga kо‘ra) deb nomlangan qо‘llanmasini chiqardi.
Bunga javob tariqasida GFR axborot xavfsizligi Agentligi GreyenBook (Yashil kitob)ni
tayyorladi. Unda xususiy hamda davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashda vujudga
keluvchi talablar kompleks tarzda о‘z aksini topgan.
1990 yilda Yashil kitob Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiya davlatlari
tomonidan ma’qullandi va yevropa Ittifoqiga yuborildi. Uning asosida yevropa standartini
ifodalovchi ITSec (Axborot texnologiyalarining himoyalanganligini baholash kriteriyalari)
yoki oq kitob tayyorlandi. Bu kitobda xavfsiz axborot tizimlarini tashkil etish kriteriyalari
keltirilgan.
ITSec Oq kitobda xavfsizlik kriteriyalarining quyidagi asosiy qismlari keltirilgan:
1. Axborot xavfsizligi.
2. Tizim xavfsizligi.
3. Mahsulot xavfsizligi.
4. Xavfsizlikka tahdid.
5. Xavfsizlik funksiyasi tо‘plami.
6. Xavfsizlikning kafolatlanganligi.
7. Xavfsizlikning umumiy bahosi.
8. Xavfsizlik sinflari.
ITSec yevropa kriteriyalariga kо‘ra axborot xavfsizligi olti asosiy element va uning qismlarini
о‘z ichiga oladi:
1. Axborot konfedentsialligi (axborotni noqonuniy olishdan himoyalash).
2. Axborot butunligi (axborotni noqonuniy о‘zgartirishdan himoyalash).
3. Axborotdan foydalana olishlilik (axborot va tizim resurslarini noqonuniy yoki tasodifiy
ushlab qolishlardan himoyalash).
4. Xavfsizlik maqsadlari (axborot xavfsizligi funktsiyalari nima uchun kerak).
5. Axborot xavfsizligi funksiyalarining tasnifi:
– identifikatsiya va autentifikatsiya (foydalanuvchining haqiqiyligini an’anaviy tekshirishgina
emas, yangi foydalanuvchilarni rо‘yxatga olish, eskilarini о‘chirish, shuningdek
autentifikatsiya axborotlarini о‘zgartirish va tekshirish uchun funksiyalar, shu jumladan
butunlikni nazorat qiluvchi vositalar ham tushuniladi);
– foydalanish huquqini boshqarish (shu jumladan, umum foydalaniluvchi obyektlarning
butunligini ta’minlash maqsadida ularga ruxsatni vaqtincha chegaralovchi xavfsizlik
funksiyalari, ruxsat berish huquqini tarqatishni boshqarish kabilar);
– hisobot berishlilik (protokollashtirish);
– audit (mustaqil nazorat);
– obyektlardan qayta foydalanish;
122
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
– axborotning aniqligi (ma’lumot turli qismlarining о‘zaro mosligini ta’minlash (aloqa aniqligi)
hamda axborotni uzatishda uni о‘zgarmasligini ta’minlash (kommunikatsiya aniqligi));
– xizmat kо‘rsatishning ishonchliligi (qisqa vaqt ichida vaqt bо‘yicha kritik harakatlar
bajarilishini ta’minlovchi funksiyalar;
kritik bо‘lmagan, ya’ni kerakli vaqtda ma’lumotni olish imkonini berish; xatolarni topish va
ularni bartaraf etish funksiyalari;
kommunikatsiya xavfsizligini ta’minlovchi rejalovchi funksiyalar);
ma’lumot almashish.
6. Xavfsizlik mexanizmlarini ifodalash.
Oq kitobda «tizim» va «mahsulot» о‘rtasida farq ifodalanadi. «Tizim» deganda ma’lum bir
maqsadda va ma’lum bir doirada qо‘llaniluvchi aniq apparat - dasturiy konfiguratsiya
tushuniladi. «Mahsulot» deganda esa, о‘z xohishiga kо‘ra sotib olib ixtiyoriy «tizim»ga
о‘rnatilishi mumkin bо‘lgan apparat - dasturiy paket tushuniladi. «Tizim» va «Mahsulot»ning
kriteriyalarini umumlashtirish maqsadida ITSecda yagona – «obyekt» atamasi kiritilgan.
«Obyekt»ni ishonchli deb qabul qilish uchun, xavfsizlikni kafolatlovchi ma’lum bir darajadagi
ishonch kerak bо‘ladi. U esa samaradorlik va aniqlikni о‘z ichiga oladi. Ba’zi manbalarda
kafolatlanganlikni himoya vositalarining adekvatligi deb ham nomlanadi.
Himoyaning samaradorligini tekshirishda konfedentsiallik, butunlik, axborotga ruxsat
etilganlik bо‘yicha xavfsizlik vazifalarining о‘zaro mosligi tahlil qilinadi. ITSec da himoya
mexanizmlari quvvatining uchta darajasi (bazaviy, о‘rta, yuqori) keltirilgan.
Yevropa kriteriyalarida xavfsizlikning 10 ta sinfi о‘rnatilgan(F-C1, F-C2, F-B1, F-B2, F-B3, F-IN,
F-AV, F-D1, F-DC, F-DX). Ularning dastlabki beshtasi Amerikaning TCSec kriteriyasidagi Cl, C2,
Bl, B2, V3 larga mos keladi. F-IN sinfi axborot butunligiga bо‘lgan yuqori talabga asoslangan
bо‘lib, MBBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)ga mos keladi, hamda ruxsatning
quyidagi turlari farqlanadi: о‘qish, yozish, qо‘shish, о‘chirish, hosil qilish, qayta nomlash va
obyektlarni belgilash. F-AV sinfi axborot tizimlari ish qobiliyatini ta’minlash uchun yuqori
talabga mо‘ljallangan. F-D1 sinfi axborot kanallari orqali uzatiluvchi ma’lumotlarning
butunligina bо‘lgan yuqori talabga mо‘ljallangan.
F-DC sinfi axborot konfedentsialligiga bо‘lgan yuqori talabga moslashgan. F-DX sinfi esa bir
vaqtda F-D1 va F-DC sinflari talablariga nisbatan kuchaytirilgan talabga asoslangan.
Tahdidlarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga bо‘lish mumkin:
1. Tahlil qilinuvchi obyektlarni tanlash va ularni kо‘rib chiqishda batafsillik darajasi.
2. Tahdidlarni baholash metodologiyasini tanlash.
3. Aktivlarni identifikatsiyalash.
4. Tahdid va uning oqibatlari tahlili, himoyaning zaifliklarini aniqlash.
5. Tahdidlarni baholash.
6. Himoya choralarini tanlash.
7. Tanlangan choralarni qо‘llash va tekshirish.
8. Qoldiq tahdidni baholash.
Ushbu munosabatlarni huquqiy boshqarish avvalo, axborot tahdidlaridan sug‘urta qilish
orqali amalga oshirilishi mumkin va zarur.
AQShning milliy xavfsizligini ta’minlash tizimi. Milliy xavfsizlik agentligi (MXA-NBA) –
radioelektron tutib qolish sohasida jahonda peshqadam hisoblanadi. Agentlikning maqsadi –
texnik vositalar yordamida AQShning milliy xavfsizligini ta’minlash.
AQShning tashqi xavfsizligini ta’minlashda Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB-SRU)ga
asosiy о‘rinlardan biri ajratilgan. U yerda boshqa davlatlar tomonidan milliy axborot
infratuzilmaga qilinadigan tahdidlar haqidagi axborotlarni qidirish va qayta ishlash bо‘yicha
razvedkaning imkoniyatlarini kengaytirishga yо‘naltirilgan reja ishlab chiqilgan va tatbiq
qilingan. Agentura ishiga oid an’anaviy usullardan tashqari, MRB texnik yо‘l orqali yopiq
ma’lumotlar bazasiga kirishni va ochiq manbalarning tahliliga katta e’tibor qaratadi. Keyingi
123
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
vaqtlarda MRB axborot va kompyuter texnologiyalari bо‘yicha mutaxassislarni, jumladan
xakerlar orasidan tanlashni amalga oshirmoqda.
AQShning Mudofaa vazirligi (MV) xalqaro Internet tarmog‘ining ajdodi hisoblanib, birinchi
bо‘lib mamlakatning xavfsizligiga yangi tahdidning va axborot qurolining kuchini anglab yetdi
va hozirgi vaqtda harbiy sohada axborot urushi doktrinasini tatbiq qilishda yetakchi о‘rinni
egallaydi. Pentagon harbiy avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini «qizil buyruqlar» deb
ataluvchi zaiflikka tekshirish uchun harbiy kompyuter tarmoqlarini himoyasini ta’minlash
bilan shug‘ullanish maqsadida xakerlarniishga qabul qiladi.
Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi. Buyuk Britaniyada axborot xavfsizligini
ta’minlash davlat tizimini yaratishda axborot urushi dushmanning axborot tizimiga ta’sir
etuvchi va bir vaqtda mamlakatning shaxsiy tizimlarini himoyalovchi harakatlar deb qaraladi.
Buyuk Britaniyaning Razvedka va xavfsizlik bо‘yicha parlament komiteti Britaniya maxsus
xizmatlari ustidan nazorat idorasi sifatida 1994 yilda tashkil etilgan. Bu komitet «Razvedka
xizmatlari tо‘g‘risida»gi qonunga muvofiq uchta maxsus xizmat:
Maxfiy xizmat (MI5), SIS razvedkasi va Hukumat aloqa markazi tomonidan buyudjet
mablag‘larining sarflanishini, bu xizmatlarning boshqarilishini va ularning olib borayotgan
siyosatini nazorat qilish uchun tuzilgan.
SecretIntelligenceService/MI6 – Buyuk Britaniyaning asosiy razvedka xizmati. SIS Tashqi
ishlar vazirligi (TIV) tizimiga kiritilgan bо‘lib xorijda 87 ta qarorgohga va Londonda shtab
kvartiraga ega. SISni Bosh direktor boshqaradi va u bir vaqtning о‘zida Tashqi ishlar
vazirining о‘rinbosari ham hisoblanadi.
Kontrrazvedka xizmati – MilitaruIntelligence-5 (MI-5) 1909 yilda ichki xavfsizlikni ta’minlash
bilan shug‘ullanuvchi maxfiy xizmatlar Buyrosining ichki departamenti sifatida tuzilgan.
Germaniyaning axborotni himoyalash tizimi. Axborot oqimlarining xavfsizligini ta’minlashga
ma’sul koordinatsiyalovchi hukumat idorasi bо‘lib 1991 uilda tashkil etilgan Federal xavfsizlik
xizmati (BSI) hisoblanadi. Bu xizmat axborot texnikasi sohasidagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Rossiya Federatsiyasi (RF)ning axborot xavfsizligini ta’minlovchi davlat idoralari strukturasi.
Axborot xavfsizliginingdavlat siyosatini ishlab chiqish, qonunlar, normativ-meyoriy hujjatlar
tayyorlash, axborotni muhofaza qilishni ta’minlash bо‘yicha о‘rnatilgan meyorlarni bajarilishi
ustidan nazoratni davlat idoralari amalga oshiradilar.
RF Prezidenti axborot xavfsizligini ta’minlovchi davlat idoralariga boshchilik qiladi. U
Xavfsizlik kengashini boshqaradi va davlatda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir
farmonlarni tasdiqlaydi.
Xulosa axborot xavfsizligi fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy
tajribalarning o‘rganilishi bu sohadagi mutaxassislarni sifatli tayyorlashga xizmat qiladi.
Amaliy ko‘nikmalarga asoslangan ta’lim, simulyatsiya va onlayn o‘quv resurslari orqali
talabalarning tayyorgarlik darajasini oshirish mumkin. O‘zbekiston ta’lim tizimida bu
yo‘nalishda jadal harakatlar amalga oshirilsa, raqamli xavfsizlikning barqaror ta’minlanishiga
erishiladi.
Adabiyotlar:
1.
ENISA – European Union Agency for Cybersecurity: https://www.enisa.europa.eu
2.
NSA – Centers of Academic Excellence in Cybersecurity: https://www.nsa.gov
3.
Cybersecurity Education Curricula (ACM & IEEE recommendations)
4.
TryHackMe: https://tryhackme.com
5.
Аbduraximov, D. B. (2019). FEATURES OF THE USE OF INFORMATION AND
COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Bulletin of Gulistan
State University, 2020(2), 28-33.