BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MA’NODOSH, SHAKLDOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLARNI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishda interaktiv metodlardan foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari yoritiladi. Klaster, rol o‘ynash, kichik guruhlarda ishlash kabi metodlarning dars jarayonida qo‘llanilishi tahlil qilinib, ularning samaradorligi amaliy tajribalarga asoslangan holda yoritilgan. Ushbu metodika o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Erkinova , N. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MA’NODOSH, SHAKLDOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLARNI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(1), 76–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/63550
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishda interaktiv metodlardan foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari yoritiladi. Klaster, rol o‘ynash, kichik guruhlarda ishlash kabi metodlarning dars jarayonida qo‘llanilishi tahlil qilinib, ularning samaradorligi amaliy tajribalarga asoslangan holda yoritilgan. Ushbu metodika o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

76

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MA’NODOSH, SHAKLDOSH VA

ZID MA’NOLI SO‘ZLARNI O‘RGATISHDA INTERAKTIV

METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Erkinova Nazokatxon Anvarjon Qizi

FarDU 1-bosqich magistranti

nazokatxonerkinovafdu@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.14698781

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga

ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni

o‘rgatishda

interaktiv

metodlardan

foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari yoritiladi.

Klaster, rol o‘ynash, kichik guruhlarda ishlash kabi

metodlarning dars jarayonida qo‘llanilishi tahlil

qilinib, ularning samaradorligi amaliy tajribalarga

asoslangan holda yoritilgan. Ushbu metodika

o‘quvchilarning

so‘z

boyligini

kengaytirish,

mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va nutq

madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

interaktiv

metodlar,

ma’nodosh so‘zlar, shakldosh so‘zlar,
zid ma’noli so‘zlar, boshlang‘ich
ta’lim, til madaniyati.

KIRISH.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida ta’lim tizimini

rivojlantirishni mamlakat kelajagini belgilovchi muhim soha sifatida ta’kidlab keladi: “Ta’limni

isloh qilish orqali biz kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratamiz”[1]. Shu bilan

birga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni har bir o‘quvchining

individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etishni

rag‘batlantiradi[2]. Boshlang‘ich ta’lim davri o‘quvchilarning asosiy bilim, ko‘nikma va

malakalarni shakllantirishda hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Ayniqsa, ona tili darslarida

o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va ularning lingvistik tafakkurini rivojlantirish dolzarb

masalalardan biridir. Ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatish orqali

o‘quvchilarning til boyligini oshirishda interaktiv metodlardan foydalanish samarador usul

sifatida tan olinmoqda. Ushbu maqolada interaktiv metodlarni qo‘llashning nazariy va amaliy

jihatlari, shuningdek, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi.
Bolalarning dunyoqarashini boyitish har qanday uslubdagi matnni o’qish va uni anglash,

tanqidiy, kreativ fikrlash ko’nikmasini egallashda interaktiv metodlarni qo’llab ularga bu

bilimlarni egallashlariga imkoniyat yaratishimiz lozim. Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish

darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarni o’quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan

muloqatga kirisha oladigan, o’z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni

shakllantirishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI

IX аsrlаrda ilm-fаn vа mа’rifаt sohаsidа o‘z xizmаtlаri bilаn dunyogа mаshhur bo‘lgаn fаylаsuf

vа munаjjim, mаtemаtikа, fizikа, tibbiyot, tаrix, til vа аdаbiyot, pedаgogikа sohаsidа ilmiy


background image

77

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

merosi bilаn nom qoldirgаn Muhаmmаd Muso аl-Xorаzmiy, Аbu Nаsr Forobiy, Аhmаd аl-

Fаrg‘oniy, Аbu Rаyhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino kаbi qomusiy olimlаr fаoliyаt olib borganlar.

Qomusiy olimlаr o‘z ilmiy merosidа tа’limiy-аxloqiy аsаrlаr yаrаtishgа hаm kаttа e’tibor berib,

bu аsаrlаrdа ilgаri surilgаn g‘oyаlаr insonning hаm аqliy, hаm аxloqiy, estetik vа jismoniy

jihаtdаn kаmol topishidа, pedаgogik fikr tаrаqqiyotidа kаttа аhаmiyаtgа egа bo‘ldi.
Bularning ichida

Muhаmmаd аl-Xorаzmiy insonning kаmolgа etishi vа insoniy

munosаbаtlаrni yo‘lgа qo‘yishdа ilm-fаnning muhim аhаmiyаti to‘g‘risidаgi g‘oyаni ilgаri

surgаn.
Аllomа o‘zigаchа bo‘lgаn ilmiy bilimlаrning аsosiy g‘oyаlаri, metodlаrini sintezlаshtirdi. U

ilmiy bilimlаrni o‘rgаnuvchilаrning mustаqil bilim olishlаrigа e’tiborni qаrаtdi.
Muhаmmаd аl-Xorаzmiy ko‘rgаzmаli-tаjribа metodlаri, bilim berishning turli vositаlаri, sаvol-

jаvob, mаlаkа vа ko‘nikmаlаrni shаkllаntirish metodlаri, bilimlаrni sinаsh metodlаridаn

foydаlаngаn. Muhаmmаd аl-Xorаzmiy bilishni sezgidаn mаntiqiy tаsаvvur orqаli fаrq qilish

hаqidа fikr bаyon etgаn: sezgi orqаli bilish bu qismаn bilish bo‘lsа, mаntiqiy bilish hаqiqiy

bilimning muhim tomonini nаmoyon etаdi.
Muhаmmаd аl-Xorаzmiy bilish nаzаriyаsigа muhim hissа qo‘shdi. U birinchilаrdаn bo‘lib,

sinov-kuzаtish vа sinov metodlаrigа аsos soldi. Аllomа ilmiy

fаoliyаtining metodologik jihаtlаrigа kаttа аhаmiyаt bergan olimdir.[3. 215-bet]
Bundan tashqari Beruniyning ilmiy bilimlаrni egаllаsh yo‘llаri, usullаri hаqidаgi fikrlаri

hozirgi dаvr uchun hаm dolzаrbdir. O‘quvchigа bilim berishdа:

– o‘quvchini zeriktirmаslik;
– bilim berishdа bir xil nаrsаni yoki bir xil fаnni o‘rgаtаvermаslik;
– uzviylik, izchillik;
– tаhlil qilish vа tаqqoslаsh;
– mа’lumdаn nomа’lumgа, yаqindаn uzoqqа, soddаdаn qiyingа qаrаb
borish;
– tаkrorlаsh;
– yаngi mаvzulаrni qiziqаrli, аsosаn, ko‘rgаzmаli bаyon etishgа e’tibor

berish kerаkligi uqtirilаdi.
U bаrchа illаtlаrning аsosiy sаbаbi ilmsizlikdа deb bilаdi. Ilmlаrni egаllаshdа esа shаxsdа

intilish vа qiziqish, muhitni аlohidа ko‘rsаtib o‘tаdi.[3.219-bet]
Buyuk ajdodlarimiz ilgari surgan ushbu g’oyalar hozirgi davrda ham o’z qiymatini yo’qotgani

yo’q. Shunday qilib,yuqoridagi olimlarning fikrlari, ta’kidlab o’tgan metod va ko’rsatmalari

ushbu mavzuni yoritishim uchun ham ilmiy asos bo’lib hizmat qilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar o‘ziga xos

o‘rganish obyektidir. Ushbu til birliklarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda quyidagi qobiliyatlar

rivojlanadi:
Ma’nodosh so‘zlar: shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlardir. Ma’nodosh

so’zlar lug‘aviy zaxirani boyitish va kontekstga mos ravishda so‘z tanlash ko‘nikmasini


background image

78

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

shakllantiradi. Masalan, go‘zal, chiroyli, latofatli kabi ma’nodosh so‘zlarning nozik farqlarini

tushuntirish orqali o‘quvchilar til boyligini oshiradi.
Shakldosh so‘zlar: aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib , turli atash ma’nolarni bildirgan so’zlarga

aytiladi. Bir xil shakldagi so‘zlarning turli ma’nolarga ega ekanligini o‘rganish o‘quvchilarning

semantik tafakkurini rivojlantiradi. Masalan, to‘q (rang) va to‘q (to‘ygan) , yoz (fasl) va yoz

(yozmoq fe’l), chopmoq (yugurmoq) va chopmoq (yer chopmoq) ,qovoq (poliz ekini ) va

qovoq (inson a’zosi) so‘zlari orqali tilning murakkabligi ochib beriladi.
Zid ma’noli so‘zlar: o’zaro qarama-qarshi va zid ma’no bildiradigan so’zlardir. Teskari

ma’nodagi tushunchalarni taqqoslash orqali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash ko‘nikmasiga ega

bo‘ladilar. Masalan, yaxshi – yomon, katta – kichik, baland – past, oq – qora kabi so‘z juftliklari

bolalarning tahlil qilish qobiliyatini oshiradi[4].
Interaktiv metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi va ularning o‘z bilimlarini

amaliyotda qo‘llashga undaydi. Bu metodlar o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantiradi,

kreativ fikrlashni rivojlantiradi va guruhda ishlash ko‘nikmalarini oshiradi. Interaktiv

metodlar quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
Venn diagrammasi: Ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni tahlil qilish uchun Venn

diagrammasidan foydalanish o‘quvchilarga so‘zlar o‘rtasidagi farqlarni va o‘xshashliklarni

ko‘rsatib beradi. Bu metod so‘zlarni vizual ravishda taqqoslashga imkon beradi.
O‘yin metodlari

:

O‘yinlarni o‘qitishda qo‘llash o‘quvchilarni faollashtiradi va so‘zlarni qiziqarli

va interaktiv tarzda o‘rganishga imkon yaratadi. Masalan, so‘zlar ombori o‘yinida o‘quvchilar

birgalikda so‘zlar yig‘ib, ular orasidan ma’nodosh yoki zid ma’noli so‘zlarni ajratadilar.Yoki

shakildosh bo’lgan so’zlarni yig’ib chiqadilar.So’zlarni uch guruhga ajratish mobaynida bolalar

sinonim, antonim va omonim so’zlarni yaxshiroq ajratish imkoniga ega bo’ladilar.
Zanjir metodi: Zanjir metodini o’tilgan darsni mustahkamlash qismida foydalansak darsni

yanada qiziqarli va jonli olib borgan bo’lamiz. O’yin tartibi shundayki: birinchi partadagi

o’quvchi mavzudan bitta yangi o’rgangan so’zini aytadi, keyingi ishtirokchi esa o’sha birinchi

ishtirokchi aytgan so’z bilan birgalikda o’zi ham yangi bitta so’zni aytadi. Shu tartibda

o’yinimiz davom etadi. O’yin davomida so’zlarni unutib qo’ygan o’quvchilar o’yindan

chetlashtirilib boraveradi. O’yin so’ngida qolgan bitta ishtirokchi g’olib bo’ladi va o’qituvchi

tomonidan rag’batlantiriladi. Bu metod o’quvchilarni nafaqat yangi o’rgangan so’zi esida

saqlashiga yordam beradi balki, uni xotirasi va diqqatini ham rivojlantiradi.
Yuqoridagi metodlar yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’nodosh, shakldosh va zid

ma’noli so’zlarni o’rganishda faolliklarining oshishiga yordam beradi. Bu metodlar

o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va til boyligini kengaytiradi.Bu metodlardan

unumli va samarali foydalanish ,albatta, pedagokning bilim va malakasiga hamda bolalarning

darsdagi faolligiga bog’liq holda amalga oshadi.O’qituvchi bu metodlarni to’g’ri va aniq qo’llay

olishi juda ham muhimdir.

XULOSA:

Ushbu maqolada ma’nodosh, shakildosh va zid ma’noli so’zlar haqida ma’lumotlar

keltirildi. Interaktiv metodlar va ularning qo’llanilishi, interaktiv metodlardan foydalanish

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z boyligini oshirish, tahliliy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarni

rivojlantirish uchun samarali vosita ekanligi haqida so’z yuritilgan. Xulosa qilib aytganda,

bunday tartibdagi metodlar dars samaradorligini nafaqat oshiradi balki, o’quvchilarni

harakatga undaydi va ularni o’rganishga, izlanishga bo’lgan ishtiyoqini oshiradi. Shuning

uchun har bir darslarda shu turdagi turli xil metodlardan foydalanib dars o’tishimiz maqsadga

muvofiq bo’ladi.


background image

79

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

Metodlar o‘quvchilarning til boyligini kengaytirishga, ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini

rivojlantirishga yordam beradi. Bu metodlarning dars jarayoniga tatbiq etilishi boshlang‘ich

ta’limda til o‘rganishning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu interaktiv

metodlar dars jarayonini nafaqat samarali, balki qiziqarli ham qiladi, bu esa ta’limning sifatini

oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. “Ta’lim islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari”,

Toshkent, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”, 2020.
3. O’.J. Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. Umumiy pedаgogikа. –T.:

«Fаn vа texnologiyа», 2017, 215-219-betlar.
4.Rasulov N. R. "Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi", T.: O‘zbekiston, 2020 ,

215-bet.
5. Akramov M. B. "Interaktiv metodlar: Nazariya va amaliyot", Samarqand: Zarafshon, 2019,

14-bet.
6.Nargiza Erkaboyeva “O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami’’ – T.: “LESSON PRESS”,2017, 95-

112- betlar.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. “Ta’lim islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari”, Toshkent, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”, 2020.

O’.J. Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. Umumiy pedаgogikа. –T.:

«Fаn vа texnologiyа», 2017, 215-219-betlar.

Rasulov N. R. "Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi", T.: O‘zbekiston, 2020 , 215-bet.

Akramov M. B. "Interaktiv metodlar: Nazariya va amaliyot", Samarqand: Zarafshon, 2019, 14-bet.

Nargiza Erkaboyeva “O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami’’ – T.: “LESSON PRESS”,2017, 95-112- betlar.