Текущий выпуск
Статьи
CHET TILINI O‘RGANISHDA EMOTSIONAL INTELLEKTNING O‘RNI
Mazkur maqolada chet tilini o‘rganish jarayonida emotsional intellektning ahamiyati, uning o‘quvchilar motivatsiyasi, kommunikativ kompetensiya va ijtimoiy moslashuvga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Emotsional intellektning asosiy komponentlari – o‘z emotsiyalarini anglash va boshqarish, empatiya, ijobiy munosabatni shakllantirish hamda muloqot madaniyatini rivojlantirish – chet tilini samarali o‘zlashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologiya, pedagogika va lingvodidaktika yondashuvlari integratsiyasi asosida emotsional intellektni rivojlantirish metodlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu usullar til o‘rganuvchilarning nutq faoliyatida o‘ziga ishonchini oshirish va til kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
ZAMONAVIY OLIY TA’LIMDA TALABALARDA KOLLABORATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: ILMIY MANBALAR TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarda kollaborativ madaniyatni shakllantirishga doir ilmiy manbalar tizimli tahlil qilinadi. Tahlil natijalari ijtimoiy-psixologik (o‘zaro ishonch, mas’uliyat, ochiq muloqot) va pedagogik omillar (hamkorlikka yo‘naltirilgan dizayn, fasilitatsiya, formatif baholash)ning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Raqamli texnologiyalar — LMS platformalari, bulutli hamkorlik vositalari va loyiha boshqaruvi tizimlari — hamkorlikni barqaror qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
ПОРА ОЛИШ ҲАҚИДАГИ АРИЗА ВА ХАБАРЛАР ЮЗАСИДАН ТЕРГОВГА ҚАДАР ТЕКШИРУВ ЎТКАЗИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Мақолада пора олиш ҳақидаги ариза ва хабарлар юзасидан терговга қадар текширув ўтказишнинг ўзига хос хусусиятлари ва қонуний асосларини ўрганади. Жиноий-процессуал қонунчиликка мувофиқ равишда, пора олиш фактлари ҳақидаги дастлабки маълумотларни текшириш, баҳолаш ва қарор қабул қилиш жараёнлари таҳлил қилинган. Мақолада терговга қадар текширув босқичидаги процессуал ҳаракатлар, далиллар йиғиш усуллари, гувоҳлар билан ишлаш, документал материалларни текшириш ва экспертиза тайинлаш масалалари қаралган. Шунингдек, ушбу босқичдаги юридик кафолатлар, муддатлар ва текширув натижалари бўйича қабул қилинадиган қарорлар турлари муҳокама этилган.
MAIN PROPERTIES OF COSMETIC BUILDING MIXTURES
This article explores the composition, properties, and application areas of decorative construction mixtures. It analyzes the physical and mechanical characteristics, durability, and resistance of decorative mixtures used in construction to moisture, temperature, and other external factors. In addition, important aspects such as the environmental safety and energy efficiency of modern decorative materials are also examined. The research results serve to assess the quality of these mixtures and to develop recommendations for their effective practical application
AL-XORAZMIY VA ALGEBRA FANINING SHAKLLANISHI
Ushbu maqolada buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi, xususan, algebra fanining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan “Hisob al-jabr val-muqobala” asarining mazmuni, ilmiy ahamiyati, hamda bu fan yo‘nalishining keyingi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Algebra atamasining kelib chiqishi, unga sabab bo‘lgan omillar va hozirgi zamonaviy matematikadagi algebraik tafakkur shakllanishining ildizlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida ilmiy baho berilgan