Авторы

  • Axrorjon Ashirboyev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi kabinet boshlig’i.
  • Suxrobjon Hazratov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105217

Ключевые слова:

Bosqinchilik tergov qilish tergov vaziyatlari dalillar vazifalar tusmollar.

Аннотация

Mazkur maqolada bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish jarayonida yuzaga keladigan tipik tergov vaziyatlari chuqur va har tomonlama tahlil etilgan. Muallif har bir tergov vaziyatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlab, tekshirilishi zarur bo‘lgan namunaviy tusmollarni batafsil ishlab chiqqan. Bundan tashqari, maqolada har bir tipik tergov vaziyatida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tergov va protsessual harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi (algoritmi) ishlab chiqilgan. Ushbu algoritm tergovni samarali va sifatli olib borishga yordam beradi, shu bilan birga tergov jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan tahlil va ishlanmalar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

BOSQINCHILIK JINOYATINI TERGOV QILISHDA TIPIK TERGOV

VAZIYATLARI VA ULARNING HAR BIRIDA TERGOVCHINING ASOSIY

VAZIFALARI

Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi kabinet boshlig’i.

Hazratov Suxrobjon Habib o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15628438

Annotatsiya

Mazkur maqolada bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish jarayonida yuzaga keladigan

tipik tergov vaziyatlari chuqur va har tomonlama tahlil etilgan. Muallif har bir tergov vaziyatida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlab, tekshirilishi zarur bo‘lgan namunaviy
tusmollarni batafsil ishlab chiqqan. Bundan tashqari, maqolada har bir tipik tergov vaziyatida
amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tergov va protsessual harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi
(algoritmi) ishlab chiqilgan. Ushbu algoritm tergovni samarali va sifatli olib borishga yordam
beradi, shu bilan birga tergov jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan
tahlil va ishlanmalar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar xodimlariga bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilishda muhim qo‘llanma bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.

Kalit so'zlar

Bosqinchilik, tergov qilish, tergov vaziyatlari, dalillar, vazifalar, tusmollar.

Jinoyatlarni tergov qilish - bu inson intellektual faoliyatining murakkab va ko‘p qirrali

turidir. Tergovchi ishining asosiy mazmuni nafaqat texnik operatsiyalarni bajarish, balki har xil
vaziyatlarda mantiqiy va strategik qarorlar qabul qilish jarayonidir. Bu jarayonning muhim
bosqichlaridan biri - mavjud tergov vaziyatini chuqur anglash va har tomonlama tahlil qilishdir.
Bunda tergovchi dalillarni sinchkovlik bilan o‘rganishi, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashi va
ishning umumiy manzarasini tiklashi lozim. Shunday qilib, tergov - bu faqat ma’lumotlarni
to‘plash emas, balki ularni tahlil qilish, mantiqiy xulosalar chiqarish va asoslangan qarorlar
qabul qilishdir

1

. Fikrimizcha, ko‘rilayotgan tushunchani ta’riflash uchun, holatlar, sharoitlar,

tafsilotlar majmuasi sifatidagi vaziyatning umumiy ma’nosidan kelib chiqish lozim. Ko‘rinib
turibdiki, muayyan jinoiy hodisani tergov qilish sub’ekti sifatida tergovchi uchun ob’ektiv
muhitda o‘rnatilgan barcha holatlar emas, balki u yoki bu jinoyatni ochish, tergov qilish uchun
muhim bo‘lgan holatlar muhimdir. Tafsilotlar esa, jabrlanuvchi, guvohlardan olingan
ma’lumotlar, olingan dalillar yordamida aniqlanadi. Tergov qilishning muayyan paytiga kelib
vujudga kelgan bitta vaziyatni har hil tergovchilar, o‘zining tayyorgarlik darajasi, ish tajribasi,
ruhiy holati va boshqalarga qarab har hil baholashi mumkin. Biroq, bulardan qat’iy nazar,

1

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув

юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

haqiqiy tergov vaziyati ob’ektiv xarakterini yo‘qotmaydi va faqat o‘zining axborot bilan
to‘ldirilishiga bog‘liq

2

.

Jinoyat ishlarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bosqinchilikni tergov qilishning

dastlabki bosqichlarida quyidagi tipik tergov vaziyatlari yuzaga kelgan:

1. Bosqinchilik sodir etgan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda yoki uni sodir etganidan so‘ng

darhol qo‘lga olingan. Ushbu vaziyat o‘rganilgan ishlarning 74,7 foiz holatlarda kuzatilgan.
Ushbu vaziyatda quyidagi tusmollarni ilgari surish mumkin:

- qo‘lga olingan shaxs ilk bor jinoyatni sodir etgan;
- qo‘lga olingan shaxs shu hududda yoki qo‘shni tumanlarda yoki aholi yashash

punktlarida avval sodir etilgan va ochilmay qolgan jinoyatlarni sodir etilishiga aloqador;

- jinoyatning barcha ishtirokchilari qo‘lga olingan;
- jinoyatchilarning bir qismi qo‘lga olinmay qolgan.
Gumon qilinuvchi hodisa sodir bo‘lgan joyda qo‘lga olish paytida vujudga kelayotgan

vaziyat, go‘yoki, uni fosh etish uchun qiyinchiliklarni tug‘dirmaydi. Biroq, aksincha, B.A.
Viktorov to‘g‘ri ta’qidlaganidek, jinotyani sodir etgan shaxsni aniqlash va qo‘lga olish, bu
“faqatgina ishni boshlanishi”. Shoshilinch tergov xarakatlarida belgilangan ketma-ketlikka
(algoritm) rioya qilmaslik tergov qilishdagi jiddiy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin

3

.

Mazkur vaziyatda tergov xarakatlarini quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga

muvofiq bo‘ladi:

- shaxsni ushlab turish;
- gumon qilinuvchini shaxsiy tintuv; ushlangan shaxsni guvohlantirish;
- hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
- gumon qilinuvchi qo‘lga olingan joy, uning xarakatlanish yo‘nalishlari, yashiringan

joylarini, shuningdek undan topilgan va olib qo‘yilgan narsalarni ko‘zdan kechirish;

- jabrlanuvchi, guvohlar hamda boshqa shaxslarni so‘roq qilish;
- gumon qilinuvchini so‘roq qilish;
- gumon qilinuvchining yashash va ish joylarida tintuv o‘tkazish;
- olib qo‘yilgan narsa va hujjatlar yuzasidan ekspertizalar tayinlash;
- gumon qilinuvchini, undan olib qo‘yilgan narsa va buyumlarni hamda jinoyat qurollarini

jabrlanuvchi va guvohlarga tanib olish uchun ko‘rsatish.

2. Bosqinchilikni sodir etgan shaxs haqida ma’lumot mavjud, ammo jinoyatchi qo‘lga

olinmagan

4

.

Ko‘rilayotgan bosqinchilikni tergov qilishning boshlang‘ich bosqichida mazkur vaziyat

14,3 foiz holatlarda kuzatilgan.

Bunday murakkab vaziyatni hal qilinishi ko‘proq, tergov xarakatlari qanchalik to‘g‘ri

rejalashtirilgan va tergov tusmollari ilgari surilganligiga bog‘liq. Quyidagi tusmollar eng
namunaviy bo‘lgan:

2

B.B.Murodov.

Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson

huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.

3

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала

қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

4

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган

шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва
психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

36

- jinotyachi qo‘shni hududda, mamlakatda, o‘z qarindoshlarinikida, tanishlarinikida

yashiringan;

- jinoyatchi jinoyat sodir etilgan hududda yashovchi qarindoshlarinikida, tanishlarinikida

yashiringan;

- jinoyatchi uning qarindoshlariga va tanishlariga ma’lum bo‘lmagan joyda yashiringan.
Boqinchilikni boshqa, transport, turar joylarda, banklarda, zargarlik do‘konlarda, savdo

do‘konlarida sodir etilayotgan jinoyatlardan farqlaydigan eng asosiy hususiyati, bu, egallangan
mulkning nisbatan past qiymatda sotilishidir. Shuning uchun tergovdan yashirinayotgan
jinoyatchida qisqa bo‘lgan vaqt o‘tgach pul mablag‘lariga yangi ehtiyoj paydo bo‘ladi. Oziq-
ovqat, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchue
qidirilayotgan shaxs yana va yana hujumlarni uyushtiradi, to ushlanmagunga qadar

5

.

Ushbu tufayli yashiringan shaxsni qidiruv hududida mavjud bo‘lgan tezkor vaziyatni

inobatga olib, o‘xshash uchul bilan sodir etilgan g‘arazli-zo‘ravonli xarakterga ega jinoyatlarni
puhta tahlil qilgan holda o‘tkazish lozim.

Bosqinchi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan, ammo uning o‘zi qo‘lga olinmagan

vaziyatni hal qilishda tergovchi xarakatlarining eng optimal algoritmi quyidagi ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin:

- jinoyatchini “issiq izlar” bo‘yicha qidirish;
- qidirilayotgan shaxs qarindoshlari va tanishlarining telefon so‘zlashuvlarini nazorat

qilish va yozib olish;

- gumon qilinuvchi va u bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan pochtatelegraf

jo‘natmalarini xatlash

6

.

Gumon qilinuvchi unga qarindosh bo‘lmagan tanishlarining uyida yashirinishi

mumkinligi tufayli, uning nafaqat qarindoshlik va o‘rtoqlik, balki qisqa muddatli, lavhali
aloqalarini aniqlash shart. Jinoyatchini qidirishda eng samarali usullardan biri, ommaviy
axborot vositalari orqali aholiga murojaat qilib uning batafsil ta’rifini, fotosuratlarini xaftalik
gazetalar, jurnallar, televidenie axborot tarmoqlariga joylashtirish bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari jinoyatchini qo‘lga olinishiga jamoat joylarda qidirilayotgan jinoyatchiga nisbatan
varaqalarni yopishtirish va tarqatish ham yordam beradi.

3. Bosqinchilikni sodir etgan shaxs haqida axborot umuman mavjud emas. Ushbu vaziyat

11 foiz foiz holatlarda uchraydi. Bu kabi vaziyatlarda bosqinchilikni tergov qilish muammolidir.

Shu bilan birga, ushbu vaziyat, jabrlanuvchi jinoyatchini ko‘rganmi, yoki unda ko‘rish

imkoni bo‘lmaganmi, jinoyatchining belgilarini eslab qoldimi, yoki yo‘qmi, ana o‘shalarga
qarab, keyingi ikkita vaziyatlarga aylanishi mumkin:

1) Bosqinchining tashqi belgilari jabrlanuvchining ongida aks ettirilgan;
2) Hujumning tasodifiyligi va pinhonligi tufayli jabrlanuvchi jinoyatchini ko‘rmay qolgan

7

.

5

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш

мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

6

Ш.С.Агоев., Шакирова С

. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в

науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

7

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг

назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

Agarda birinchi holatda jiyanotchining sub’ektv suratini tuzish va uni tashqi ko‘rinish

alomatlari bo‘yicha qidirish, jabrlanuvchiga avval o‘xshash jinoyatlarni sodir etgan
shaxslarning foto va videoyozuvlarini taqdim etish, jinoyatchining belgilari haqida barcha IIB
tezkor bo‘linmalariga tezkor xabarnomalar yuborish natija berishi mumkin bo‘lsa, ikkinchi
vaziyatda bu narsani ilojisi yo‘q. Tergov vaziyatlarning mazkur turi uchun shaxs haqidagi
ma’lumotlarni yo‘qligi hosdir. Mazkur vaziyatni hal qilish uchun quyidagi namunaviy
tusmollarni ilgari surish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

1) jinoyat muqaddam bunga o‘xshash qilmishlari uchun sudlangan va mazkur hududda

yashaydigan shaxslar tomonidan sodir etilgan;

2) jinoyat doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, spirtli ichimliklarni va giyohvand

moddalarni iste’mol qilayotgan shaxslar tomonidan sodir etilgan;

3) jinoyat muqaddam sudlanmagan, ammo hozrgi vaqtda o‘xshash jinoyatlarni sodir

etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan va ularga nisabatan ozodlikdan mahrum
etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi ko‘rilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan;

4) jinoyatni sodir etilishiga voyaga yetmagan, notinch oilalarda yashayotgan va o‘zining

xayot tarziga asosan jinoyatni sodir etishga moyilligi mavjud shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Tergovchining butun faoliyati, avval gumon qilinuvchini qidirish lozim bo‘lgan shaxslar

doirasini aniqlash, keyin esa jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlashdan iborat. Boshlang‘ich
ma’lumotlarga asosan, umulashtirilgan amaliyot nuqtai nazaridan ushbu vaziyatga hos bo‘lgan
tushuntirishda ifodalanadigan, ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan namunaviy tusmollarni
tekshirish lozim

8

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги

Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

5.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //

Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //

“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.

Б.Б.Муродов.

Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш

йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:

8

Н.Қ.Усманалиев.

Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар

//Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

38

Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.

Б.Б.Муродов.

“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга

хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

10.

Ш.Ш.Суюнов.

Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик

жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.

Ш.Ш.Суюнов.

Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг

жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп

моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда

жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.

А.Т.Аширбоев.

Жиноят

ишини

тўхтатиш

тушунчаси

ва

аҳамияти.

Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган

тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.

А.Т.Аширбоев

. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.

Н.Қ.Усманалиев.

“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Н.Қ.Усманалиев.

Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан

боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.

Н.Қ.Усманалиев.

Протсессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж

. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни

кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

21.

Ш.С.Агоев., Шакирова С

. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт

//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А

. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг

ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д

. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик

жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.

Ш.С.Агоев., Ташев У

. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-

протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.

Хушвактова Н.А

. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.

Хушвактова Н.А

. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда

жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.