YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
105
CHET TILLARINI O’QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Jo’raqulova Ruxshona To’raqul qizi
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
Ilmiy rahbar:
Nilufar Zubaydova
https://doi.org/10.5281/zenodo.13933018
Annotatsiya:
Ushbu maqolada chet tillarini o’qitishning zamonaviy usulari haqida so’z
yuritiladi. Kommunikativ yondashuv, vazifa asosida o’qitish, aralash ta’lim, o’yinlashtirish,
audiovizual usullaridan foydalanish va onlayn platformalar kabi innovatsion metodlar ko’rib
chiqilgan. Zamonaviy texnologiyalar: jumladan: suniy intellekt va mobil ilovalarning o’rni
alohida ta’kidlanadi. Ushbu usullar til o’rgatish jarayonini yanada samarali va talablarga mos
ravishda tashkil etishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda, zamonaviy yondashuvlarning
afzalliklari va ularning ta’lim jaroyonidagi ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so’zlar
: chet tillarini o’qitish, kommukativ yondashuv, zamonaviy o’qitish usullari,
aralash ta’lim, o’yinlashtirish, audiovizual resurslar onlayn platformalar, o’qitishning
individualizatsiyasi, suniy intellekt, til o’rgatish ilovalari.
Hammaga ma’lumki, chet tillarini o’qitish so’ngi kunlarda global aloqalarning kengayishi
va texnologiyalarning rivojlanishi bilan yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga
bu sohada sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda. An’anaviy dars metodlari o’rnini yangi,
interaktiv va texnologiyaga asoslangan usullar egallab bormoqda. Bunday yondashuvlar
nafaqat o’quvchilarning qiziqishini oshiradi, balki ularga tilni tez va samarali o’rganishiga
yordam beradi. Chet tillarini o’qitishning asosiy maqsadi maktab o’quvchilarining
kommunikativ madaniyatini shakllashtirish va rivojlantirish, chet tilini amaliy o’zlashtirishga
o’rgatishdir.
Bugungi kunda o’qituvchilarning asosiy vazifasi har bir talaba uchun tilni amaliy
o’zlashtirishga sharoit yaratish, har bir o’quvchiga o’z faolligini, ijodkorligini namoyish etishiga
imkon beradigan shunda o’qitish usullarini tanlashdir. Hamkorlikda o’rganish, loyiha
metodikasi, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, internet resurslar kabi zamonaviy
pedagogik texnologiyalar o’quv jarayonida shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni amalga
oshirishga yordam beradi, bolalarning qobiliyatlari, ularning o’rganish darajasini hisobga olgan
holda o’qitishning individualizatsiyasi va farqlanishini taminlaydi. Chet til darslarda
kompyuterni o’qitish dasturlari bilan ishlash shakllariga quyidagilar kiradi: so’z boyligini
o’rganish; talaffuz qilishni mashq qilish; dialogik va monologik nutqni o’rgatish, to’g’ri yozishni
o’rgatish va grammatik hodisalarni ishlab chiqish. Shuningdek, texnologik vositalaridan
foydalanish chet tillarini o’rganishning har bir aspect (o’qish, yozish, tinglab tushunish va
gapirish) ida qo’l keladi masalan, tinglab tushunish uchun, albatta, kompyuter, pleyer, CD
disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng
muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlpvchining talaffuzi,
grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab
qilinadi.
Chet tilini o’qitishning Blended learning (aralash o’qitish) usuli ham bugungi kunda juda
samaralidir. Bu an’anaviy yuzma yuz o’qitish va onlayn ta’limning kombinatsiyasi bo’lib, bu usul
yordamida o’qituvchi darsda o’zaro muloqot, muhokama va amaliy mashg’ulotlarni olib borishi
mumkin, talabalar esa mustaqil ravishda onlayn resurslar orqali tilni mustahkamlash
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul talabalarning vaqtini samarali taqsimlash va individual
o’qitish jarayonini tashkil etishga imkon beradi. Shu bilan birga o’yinlashgan ta’lim usullari til
o’rganish jarayonini qiziqarli va rag’batlantiruvchi qilishga yordam beradi. Turli o’yinlar,
raqobat ruhidagi mashqlar, til o’rganish dasturlari va ilovalar orqali o’quvchilar motivatsiyasini
oshirish va ularning darslarga faol ishtirokini taminlash mumkin. Masalan, Duolingo yoki
Memrise kabi til o’rganish ilovalari o’quvchilarning bilimlarini o’yin shaklida mustahkamlashda
foydalanish mumkin.
Til o’rganishning yana bir zamonaviy usullaridan biri – suniy intellekt va chat-botlar.
Bunday botlar yordamida talabalar matn yozish, savol berish va o’quvchilar bilan interaktiv
suhbatlar qilish orqali ko’nikmalarini mustahkamlash imkonyatiga ega bo’ladi. Suniy
intellektga asoslangan tizimlar o’quvchilarning bilim darajasini tahlil qilish va ularni individual
ehtiyojlarga ko’ra o’rgatish imkonini beradi.
Xulosa
: Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar chet tilini o’qitish
jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. O’qituvchi sifatida interaktiv va kommunikativ
yondashuvlardan foydalanish, talabalar ehtiyojini inobatga olgan holda individual
yondashuvlarni qo’llash juda muhimdir.
References:
1.
Larsen-Freeman, D.& Anderson, M. (2011) Techniques & Prinsiples in language teaching
Oxford University Press.
2.
Johnson, R.K&Swain, M. (1997) Immersion education: International perspectives.
Cambridge University Press.
3.
Harmer J. The practice of English Language Teaching. London, (2001).
4.
M Orzikulova, G Rustamova “Methods Of Improving Speaking Skills For Kids” Conference
Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 151-154, 2024
5.
Orazinbetova Guldareha Kdirbayevna. “Chet tillarini o’qitishning zamonaviy usullari”.
6.
Otaboyeva, M.P.Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan
foydalanish va uning samaradorligi.
7.
Joraboyev, B.B.O. (2021). Using authentic materials on English lessons. Academic research
in educational science.
8.
Bekmurodova U.B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”
Toshkent (2012).
9.
Makhmudova, G. N., & Gulomova, N. F. (2023). Unlocking the potential of the digital econ-
omy in the EAEU countries: identifying and overcoming obstacles. π-Economy, 16 (4), 7–25.
DOI: https://doi. org/10.18721/JE, 16401.
10.
Гуломова, Н. (2022). Основные компоненты развития «умного» туризма в регионах.
Направления развития благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации
экономики, 1(01), 63-67.
11.
N.N. Zubaydova
The importance of teaching vocabulary
. International conference Bridge
to science:Research works 100 (November 15 2019) San Francisco, USA.
12.
Jumayeva, M. (2022). Analysis Of The Views Of Scientists Of The Renaissance, Based On A
Unique Approach To Pedagogy And Education And Upbringing. Science and Innovation, 1(5),
26-29.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
13.
Xolmanova, Z. Eski o ‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik
xususiyatlari. O ‘ZBEKIST, 38.
14.
qizi To‘yeva, M. S. (2022, November). Yangi O ‘Zbekiston Orifa Ayollari Va G ‘Arb
Ayollarining Jamiyatdagi Mavqeyi Va Ularning Huquqlari. In International Conferences (Vol. 1,
No. 2, pp. 74-81).
15.
R. A Utkurovich, R. G Utkurovna. “Teaching English Language To Primary Level Pupils At
School” Ijodkor O’qituvchi 3 (36), 103-105, 2024.
16.
Нуриллаев, Ж. Я., Нуриллаев, Х. Ж., Бердимуродова, Ф. П., & Мухамадиев, Н. К. (2023).
Оценка Лечебных И Метафилактических Мероприятий При Мочекаменной Болезни В
Зависимости От Состава Камня. Медицинский вестник Башкортостана, 18(1 (103)), 24-
28.
17.
Jumayeva, M., & Jumatova, B. (2023). Linguopragmatic Features Of Expressions
Expressing Feelings In Uzbek And English Literary Texts. Science and innovation, 2(C12), 166-
169.
18.
Bekzodovna, J. M., & Akbarovna, D. G. (2023). Innovative Methods and Tools in Higher
Education. Science and Innovation, 2(11), 708-715.
19.
Сулейманова, Н. М. (2017). Номинативный аспект речевого процесса. In Humanities
and Social Sciences in Europe: Achievements and Perspectives (pp. 76-82).
20.
Sharifovna, R. S. (2022). Class Size And The Learning-Teaching Process In Upper Classes.
Journal of new century innovations, 14(1), 86-98.
21.
Сулейманова, Н. М., & Абдуллаева, Л. Т. (2017). Имманентный характер
синергетических свойств единиц языковой системы. In Инновации В Современном
Языковом Образовании (pp. 61-65).