Авторы

  • Arofatoy Komilova
    ADPI Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabasi
  • Dilorom Xusanova
    ADPI Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50449

Ключевые слова:

achitqi zamburug’i zang zamburug’i qo’ziqorin zamburug’i mikoriza mitselliy “Beshinchisi ortiqcha” metodi “BBB” metodi Venn diagrammasi Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Zamburug’lar dunyosi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

9-SINFLARDA “ZAMBURUG’LAR DUNYOSI” MAVZUSINI O’QITISHDA

INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Komilova Arofatoy Kozimjon qizi

Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi

ADPI Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14059207

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Zamburug’lar dunyosi” mavzusini o’qitishda

interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish,
o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini
orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

achitqi

zamburug’i, zang zamburug’i, qo’ziqorin zamburug’i, mikoriza,

mitselliy, “Beshinchisi ortiqcha” metodi, “BBB” metodi, Venn diagrammasi, Hamkorlikda
o’qitish texnologiyasi.

Ключевые слова:

дрожжевой гриб, ржавчинный гриб, грибной гриб, микориза,

мицелий, метод “пятого избытка”, метод “ГЭБ”, диаграмма Венна, технология
совместного обучения.

Keywords:

yeast fungus, rust fungus, mushroom fungus, mycorrhiza, mycelium, “fifth

plus” method, “BBB” method, Venn diagram, collaborative teaching technology.

Kirish.

Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi

doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga
yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir.

Darsni boshlagandan so’ng o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha ma’lumot beriladi.

Mavzu o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi va tasavvurining to’g’ri shakllanishi uchun
taqdimotdan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

O’quvchilar zamburug’lar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lganidan so’ng,

“Beshinchisi

ortiqcha”

metodidan foydalangan holda mavzuni mustahkamlash va o’tilgan mavzuni

qisqacha takrorlash o’quvchilarning faolligini ortishiga katta yordam beradi.

Bu metodning asosiy vazifasi ham mavzuga oid tushunchani qiyoslash, tahlil qilish va

umumlashtirishdan iborat.

Metoddan foydalanish tartibi:

1.

O’quvchilarga 5 ta tushuncha beriladi. Ulardan 4 tasi mavzuga oid va 1 tasi mavzudan

tashqari tushuncha.
2.

O’quvchi mavjud 5 ta tushunchadan qaysi biri ortiqcha ekanligini topib uni chiqarib

tashlashi va fikrini asoslab berishi lozim bo’ladi.

Misol:

mitselliy, tamaki mozaikasi, achitqi, lishaynik, mikoriza.

Topshiriq 1.

Yuqorida keltirilgan tushunchalardan qaysi biri ortiqcha va nima uchun?

Javob:

mazkur qator uchun tamaki mozaikasi ortiqcha. Chunki, u o’simlik bargiga zarar

keltiruvchi virus hisoblanadi.

O’quvchilarni darsni yanada yaxshiroq o’zlashtirishlari va amaliy ko’nikmalarini

shakllantirish uchun ularga slaymdan zamburug’larning tashqi tuzilishini yasashlarini
topshiriq sifatida berish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Topshiriq 2.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalanib o’quvchilarga topshiriq

berish. Bunda o’quvchilar 4 ta o’quvchidan iborat bo’lgan kichik guruhlarga ajratiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

O’quvchilarga 4 qismdan iborat bo’lgan topshiriq beriladi. Guruhdagi har bir o’quvchi
topshiriqning bir qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism
yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq
yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.

Masalan:

1. Achitqi zamburug’i; 2. Qo’ziqorin zamburug’i; 3. Zang zamburug’i; 4.

Vertisill zamburug’i. Guruhdagi 4 ta o’quvchi yuqoridagi zamburug’ turlarini 1 tadan bo’lishib
oladi va bu zamburug’ar to’g’risidagi ma’lumotni kitobdan o’qib oladi. Buning uchun
o’quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi. 5 daqiqadan so’ng guruh a’zolari o’qigan ma’lumotlari
to’g’risida bir-biri bilan o’rtoqlashadilar. Buning uchun ularga yana 5 daqaiqa vaqt beriladi.
Topshiriq yakunida guruh a’zolari mavzu yuzasidan umumiy xulosa chiqaradilar.

Topshiriq 3.

O’quvchilar foydali va parazit zamburug’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni

venn diagrammasiga joylashtirishlari kerak. Bunda o’quvchilar foydali zamburug’lar haqidagi
o’ziga xos tushunchalarni bir ustunga, parazit zamburug’lar haqidagi o’ziga xos
tushunchalarni yana bir ustunga yoziladi. Ikkala zamburug’ ham zamburug’lar dunyosiga
kirganligi sababli, ular to’g’risidagi o’xshash tushunchalar o’rta ustunga yoziladi.

Masalan:



Foydali zamburug’ Zararli zamburug’

Umumiy











Darsni yakunlashdan avval o’quvchilarga “BBB” texnologiyasini qo’llagan holda yana bir

topshiriq berish.

Topshiriq 4.

Tayanch

tushunchalar

Bilaman

Bilishni

hohlayman

Bilib oldim

Zamburug’

Mitselliy

Penitsill

Kurtaklanish

Zang zamburug’i

Gifa


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

Achitqi

zamburug’i

Mikoriza

Vertisill

O’quvchilar bilish darajasiga qarab yuqoridagi jadvalni to’ldiradilar. Ya’ni dasrni

boshlashdan avval jadvalning birinchi va ikkinchi ustunini to’ldiradilar. Birinchi ustunga
yangi mavzu o’tilmasidan avval berilgan tushunchalar haqida nimalarni bilsa, shuni yozishi
kerak. Ikkinchi ustunga yuqoridagi tushunchalar haqida nimalarni bilishini xoxlaydi, shuni
yozishi kerak. Uchinchi ustun esa darsning so’nggida to’ldiriladi. Bu ustunga dars davomida
nimalarni bilib oldi, shu haqida yozishi kerak.

Xulosa.

Biologiya darsini tashkil etishda yuqoridagi kabi interfaol metodlar va

texnologiyalardan foydalanilsa, o’tiladigan darsning samaradorligi oshadi va o’quvchilarning
qiziqishi yuqori darajada bo’ladi. Yana o’quchilarning mustaqil fikrlash va guruhlarda ishlash
qobiliyati ham yaxshi rivojlanadi.

Refernces:

1.

A. Zikriyayev, A. To’xtayev, I. Azimov, N. Sonin - “ 9-sinf Biologiya darsligi”. Toshkent,

2019.
2.

Sh.S. Shoimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M. Qoziboyeva - “ Ta’lim

texnologiyalari”. Toshkent, 2020.
3.

Sh.Q. Mardanov, A.Q. Raxmatullayeva - “ Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyihalash”.

Toshkent, 2020.

Библиографические ссылки

A. Zikriyayev, A. To’xtayev, I. Azimov, N. Sonin - “ 9-sinf Biologiya darsligi”. Toshkent, 2019.

Sh.S. Shoimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M. Qoziboyeva - “ Ta’lim texnologiyalari”. Toshkent, 2020.

Sh.Q. Mardanov, A.Q. Raxmatullayeva - “ Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyihalash”. Toshkent, 2020.