YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
DARS O’TISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM METODLARNI QO’LLASHDAGI
ASOSIY QOIDALAR
1
Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi
2
Komilova Arofatoy Kozimjon qizi
ADPI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14208213
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dars o’tishda foydalaniladigan ayrim metodlarni
qo’llashdagi asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ya’ni, dars o’tish davomida
metodlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi va ularning afzalliklari haqida
yozilgan.
Kalit so’zlar: “
Aqliy hujum”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni
xohlayman”, “FSMU”, “Bumerang”, metod, dars, texnologiya.
“Aqliy hujum”
metodidan ham ma’ruza, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu
metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga
keltiradi. Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi-
talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan
bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom
etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na
boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar
baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda
buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib
to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan
aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z
fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan
fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va
rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shakllanib bo‘lgach u oxirgi marta
umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin, talabalar o‘zlarining takliflarini
o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar.
Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va talabalarda mustaqil ishlash
ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa berish va uy vazifasini bajarishga
tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trenerning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar
«Aqliy hujum» metodi biror muammo bo´yicha ta‘lim oluvchilar tomonidan bildirilgan
erkin fikr va mulohazalarni to´plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadigan metoddir.
«Aqliy hujum» metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og´zaki shaklida ta‘lim
beruvchi tomonidan berilgan savolga ta‘lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi.
Ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa
berilgan savolga ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga
ko´rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskada ( magnitlar yordamida) «pinbord» doskasida
(ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
101
ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to´g´ri va
ijobiy qo´llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o´rgatadi.
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
o
natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi;
o
ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
o
fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi;
o
ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi;
o
ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.
“Qarama-qarshi munosabat”
metodi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni
tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga
ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch
tushunchalar aniqlanadi;
-ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi;
-tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar
tarzida guruhlanadi;
-jadval yaratilib, uning 1-ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi;
-kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuv muhokama qilinadi;
-jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
O‘quvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga
jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir:
O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi
va baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash
va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson
unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o’rganish uchun tayanchdir.
Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi
mavzuni o’rganish jarayonida va uni o’rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil
oxirida o’tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu:
ko’rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo’yicha suhbat vaqtida,
o’quvchilar tomonidan tajribalar o’tkazilayotganida;
masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida;
qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni umumiy yoki individual
tekshirishdir.
Takrorlash turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har bir darsda
butun sinfni umumiy so’rash yoki ayrim o’quvchilardan individual so’rash ko’rinishida
o’tkaziladi. Umumiy so’rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko’proq sondagi
o’quvchilarni jalb qilish va sinf e‘tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. Biroq ayrim
savollarga olingan javoblar har bir o’quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon
bermaydi va ularga o’z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini
rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning uchun ham individual so’rash, ya‘ni ayrim
o’quvchining ravon hikoyasi so’rashning asosiy turi hisoblanadi.
So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab
olinganligini, ularning o’rganilayotgan jonsiz tabiat ob‘ektlari, o’simlik va hayvonlar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi.
Shunga ko’ra materialni faqat og’zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab
qilish kerakki, o’quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o’z hikoyalarini
o’qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o’quv qurollarini
ko’rsatish bilan birga olib borsinlar.
Alohida o’quvchidan so’rashning butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam
berishi munosabati bilan sinf e‘tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf
e‘tiborini faollashtirish uchun savolni butun sinfga berish, keyin tayinli o’quvchini javobga
chiqarish lozim. Bu barcha o’quvchilar diqqatlarini to’plashga va materialni xotirada tiklashga
majbur qiladi. Bundan tashqari javob beruvchi o’quvchi yo’l qo’ygan xato va noaniqlikni
tuzatish, uning javobini to’ldirish va qo’shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni
kuzatib borishni taklif qilish kerak. O’qituvchi javob berayotgan o’quvchiga e‘tibor berish
bilan birga butun sinfni o’z nazorati ostida ushlab turmog’i lozim. O’quvchilar e‘tiborini
bo’shashganligini o’z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini
o’z vaqtida payqash va bartaraf qilish g’oyat muhimdir.
“Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”
metodidan foydalanish uch bosqich asosida
amalga oshiriladi, ya’ni:
1.
O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik
darajalari aniqlanadi.
2.
O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari
o’rganiladi.
3.
O’quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo’yicha amalga oshirilgan harakatlarning to’liq tafsiloti quyidagicha:
Sinf o’quvchilari guruhlarga biriktiriladilar; o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha
tushunchalarga egalik darajasi o’rganiladi;
o’quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari
o’rganiladi;
o’quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga
yozib qo’yiladi;
o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi;
o’quvchilar o’zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo’yiladi;
mashg’ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
“Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodining afzalliklari:
Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay
olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy
ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan
bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.
“FSMU”
texnologiyasining maqsadi:
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy
fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish,
xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
103
so’rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda
foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
- qatnashchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud
tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi.
«BUMERANG» METODI
Metodning tavsifi.
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish,
fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars
mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan.
Metodning maqsadi.
O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar
tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli
savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat
qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga
imkoniyat yaratish.
Metodning qo‘llanishi.
Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi
darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar.
O‘quvchi dars jarayonida mustaqil
o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar
(o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
•
o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
•
o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
•
o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
•
berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
•
har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi;
•
yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan
axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga
erishadilar;
•
berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki
nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
•
yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
•
darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
maqsadida o‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov
o‘tkazadilar;
•
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:
•
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda
bittadan savol tuziladi;
•
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh
hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
104
•
guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
•
guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
•
darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Xulosa.
Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib xulosa qiladigan bo’lsak, biz tahlil qilgan
metodlardan dars o’tishda foydalanish darsning sifatini va samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Bundan tashqari, dars davomida bu metodlardan foydalanish o’quvchilarning faolligini
va qiziqishini ortishiga sabab bo’ladi. Biz biologiya darslarini o’tishda bu metodlardan ko’p
bora foydalanganmiz.
References:
1.
Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari. —T.: «O‘qituvchi», 2002-y.
2.
Ta’lim jarayonidagi noan’anaviy shakllar (metodik tavsiyanoma).Tuzuvchilar: A.T.
G‘ofurov, J.O. Tolipova, 1994-y.
3.
G‘ofurov A.T., Tolipova J.O. «Umumiy biologiyani o‘qitishning Norasmiy usul va
shakllari. —T., 1992-y.
4.
Sh.S. Shoimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M. Qoziboyeva - “ Ta’lim
texnologiyalari”. Toshkent, 2020.
5.
Sh.Q. Mardanov, A.Q. Raxmatullayeva - “ Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyihalash”.
Toshkent, 2020.