TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTINI TASHKIL QILISHDA KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI

Abstract

Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
20-22
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shokirova , G. ., & Sobirov , L. . (2025). TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTINI TASHKIL QILISHDA KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI. Young Scientists, 3(19), 20–22. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/99326
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

20

TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTINI TASHKIL QILISHDA

KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna

Andijon davlat texnika instituti

Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi assistenti

Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

Andijon davlat texnika instituti

Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15559917

Annotatsiya:

Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati

va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy
faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni
samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari,
tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga
solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

kredit siyosati, tijorat banki, kreditlash, moliyaviy barqarorlik, kredit

portfeli, risklarni boshqarish.

Zamonaviy iqtisodiyotda banklarning roli nafaqat moliyaviy resurslarni jamg‘arish va

taqsimlash bilan, balki iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish salohiyatini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, tijorat banklarining
kreditlash amaliyoti iqtisodiy tizimning barqaror rivojlanishida asosiy o‘rin egallaydi. Kredit
siyosati esa ushbu jarayonning yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim strategik vosita
sifatida qaraladi. Tijorat banklari o‘zining kredit siyosatini shakllantirishda iqtisodiyotdagi
makro va mikro omillarni, bozor kon’yunkturasini, risklarni, hamda mijozlar ehtiyojlarini
chuqur tahlil qilish orqali samarali qarorlar qabul qiladi.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kredit siyosati aniq va tizimli yo‘lga qo‘yilgan banklarda

kredit portfelining sifati yuqori, qarzlarning qaytarilish darajasi barqaror va moliyaviy
barqarorlik ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘ladi. Aksincha, kredit siyosatining sustligi, strategik
yondashuvning yetishmasligi, kreditlash mezonlarining noaniqligi yoki subyektivligi bank
faoliyatining beqarorligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, kredit siyosatining ilmiy
asoslangan tarzda shakllantirilishi va amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi tijorat banklarining
umumiy muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.

Tijorat banklarining kredit siyosati- bu bank tomonidan kredit operatsiyalarini amalga

oshirishda qo‘llaniladigan tamoyillar, mezonlar, uslublar va mexanizmlar yig‘indisidir. Mazkur
siyosat bankning kredit faoliyatini tartibga soladi, kreditlash yo‘nalishlarini aniqlaydi va
risklarni boshqarish strategiyasini belgilaydi. Kredit siyosatining asosiy maqsadi- bank
kapitalining xavfsizligini ta’minlash, yuqori rentabellikka erishish va mijozlar ehtiyojlarini
qondirishdan iborat. O`zbekiston Respubliksida ham kredit siyosatiga katta e`tibor berilgan.
Jumladan, 2000-yil 22-fevralda “Tijorat banklarida kredit siyosatiga qo`yilgan talablar”
to`g`risidagi nizom tasdiqlanmagn. Hujjat 2021-yilda o`z kuchini yo`qotgan bo`lsada, kredit
siyosatining mazmunini yoritib bergan. Unga ko`ra, “Bankning kredit siyosati -kreditlash
jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul
qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

21

portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati
bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart”

1

.

Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi

tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy
etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi
va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. Kredit
siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan
hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli
kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart.

Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ajratilayotgan kreditlarning miqdori va

turlari, qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi muvozanat, moliyaviy
ma’lumotlarni tahlil qilish tartibi, kredit portfelining holati va ajratilgan mablag‘larning o‘z
vaqtida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan choralar keltiriladi.

Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va

belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq
xo‘jaligi, kapital qo‘yilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini
ochib va ochmay” kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b. Kredit siyosati bankning
resurs bazasiga, bozor kon’yunkturasiga, davlatning pul-kredit siyosatiga, qonunchilik
talablariga hamda mijozlarning xatti-harakatlariga bevosita bog‘liq holda ishlab chiqiladi. Bu
siyosat strategik va taktik darajalarda namoyon bo‘ladi. Strategik darajada kredit siyosati
uzoq muddatli maqsadlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari, kredit
portfelining tuzilmasi, risklarni kamaytirish choralarini belgilaydi. Taktik darajada esa ushbu
siyosat bankning kundalik faoliyatida qo‘llaniladigan aniq qoidalar, standartlar va
mexanizmlar shaklida ifodalanadi. Bular kredit berish tartibi, foiz stavkalari, ta’minot
shakllari, qarz oluvchilarning moliyaviy holatini baholash mezonlari, monitoring jarayonlarini
o‘z ichiga oladi.

Kredit siyosatining asosiy maqsadi- bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligi,

mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshirilishi, hamda iqtisodiyotning real
sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdir. To‘g‘ri ishlab chiqilgan va amalda samarali tatbiq
etilgan kredit siyosati bank kapitalining xavfsizligini ta’minlaydi, resurslardan oqilona
foydalanishga zamin yaratadi va qaytmas kreditlar ulushini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, u bozor sharoitlariga tez moslasha oladigan, dinamik va moslashuvchan
boshqaruv tizimini vujudga keltiradi.

Kredit siyosatini shakllantirishda bir qator tamoyillarga amal qilinadi. Bular orasida

iqtisodiy asoslanganlik eng muhimlaridan biridir. Bu tamoyil asosida kreditlash bozor tahlili,
mijozlar ehtiyojlari, sohaning rentabelligi va umumiy iqtisodiy muhitga tayanib amalga
oshiriladi. Shuningdek, likvidlik va xavfsizlik tamoyillari ham kredit siyosatining ajralmas
tarkibiy qismlaridir. Kredit ajratishda bank o‘z resurslarining xavfsizligi va to‘liq qaytarilishini
inobatga olishi lozim. Bu esa o‘z navbatida qarz oluvchining moliyaviy holatini chuqur tahlil
qilish, ta’minot ob’ektining qiymati va likvidligini aniqlash orqali ta’minlanadi.

Bundan tashqari, rentabellik tamoyili bankning foyda olish darajasini oshirishga

qaratilgan. Har bir kredit operatsiyasi bankka muayyan darajada daromad olib kelishi kerak,

1

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Nizomi, 02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat

raqami 905


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

22

aks holda bu faoliyat maqsadsiz va zararli bo‘lib qoladi. Kredit siyosatida shuningdek,
risklarni boshqarish tamoyili ham alohida o‘rin tutadi. Bunda kredit portfelining
diversifikatsiyasi, risklarni kategoriyalarga ajratish va ularni tahlil qilish orqali nazorat qilish
muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda kredit siyosatini ishlab chiqishda moslashuvchanlik va texnologik

yondashuvlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston tijorat banklari, xususan,
yirik moliyaviy institutlar o‘z kredit siyosatini zamonaviy texnologiyalar asosida
takomillashtirmoqda. Bu jarayonda avtomatlashtirilgan kredit tahlil tizimlari, skoring
modellari, sun’iy intellekt yordami bilan qaror qabul qilish mexanizmlari keng qo‘llanilmoqda.
Bunday innovatsion yondashuvlar kreditlash jarayonini tezlashtirish, inson omiliga
bog‘liqlikni kamaytirish va risklarni samarali boshqarish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, kredit siyosatining amaliy ahamiyatini iqtisodiyotning ustuvor

tarmoqlarini moliyalashtirishdagi o‘rni orqali ham ko‘rish mumkin. Masalan, O‘zbekiston
hukumati tomonidan belgilangan yillik rivojlanish dasturlari doirasida ishlab chiqarish,
infratuzilma, eksport-import, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmatlar sohalariga yo‘naltirilgan
kredit resurslari banklar kredit siyosatida asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab
olinmoqda. Bunda kredit siyosati yordamida iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega loyihalarni
moliyalashtirish, ijtimoiy bandlikni oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash
orqali mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shilmoqda.

Xulosa qilganda, Tijorat banklarida kreditlash amaliyotini samarali tashkil etishda kredit

siyosatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Kredit siyosati bankning umumiy strategiyasi va
moliyaviy barqarorligini belgilab beruvchi asosiy vosita bo‘lib, unda kreditlar hajmi va
muddatlari, tahlil va monitoring mexanizmlari, xavflarni baholash hamda kredit portfelining
sifati kabi muhim jihatlar mujassam bo‘ladi. Banklar kredit siyosati orqali kredit risklarini
kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va qarzdorlikni samarali boshqarishga
erishadilar. Shuningdek, kredit siyosatining har bir bank faoliyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi, uning amaliyotda muvaffaqiyatli
qo‘llanishini ta’minlaydi. Natijada, bankning rentabelligi ortadi, mijozlar bilan munosabatlar
mustahkamlanadi va butun moliya tizimining barqarorligi kuchayadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sindarov F. STANDART&POORʼS GLOBAL REYTING AGENTLIGI TOMONIDAN

OʻZBEKISTONNING REYTINGINI BAHOLASH AMALIYOTI //International Finance and
Accounting. – 2022. – Т. 2022. – №. 1. – С. 25.
2.

Dushaboyev J. TIJORAT BANKLARIDA KRЕDIT RISKINI BOSHQARISH //Journal of

science-innovative research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 10. – С. 567-577.
3.

https://infokredit.uz/about/scoring

4.

https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/

5.

https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/

References

Sindarov F. STANDART&POORʼS GLOBAL REYTING AGENTLIGI TOMONIDAN OʻZBEKISTONNING REYTINGINI BAHOLASH AMALIYOTI //International Finance and Accounting. – 2022. – Т. 2022. – №. 1. – С. 25.

Dushaboyev J. TIJORAT BANKLARIDA KRЕDIT RISKINI BOSHQARISH //Journal of science-innovative research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 10. – С. 567-577.

https://infokredit.uz/about/scoring

https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/

https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/