Авторы

  • Nazokat Qanoatova
    “University of economics and pedagogy “NOTM Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
  • Kamola Hasanova
    Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 05-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.92009

Ключевые слова:

ma’nodosh so‘zlar grammatika uslubiyat til ifodaliligi atama predmet didaktik material.

Аннотация

ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida yozmoqchiman. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi.


background image

22

MAKTABDA ONA TILI DARSLARIDA MA’NODOSH SO‘ZLARNI O‘QITISHDA

METODOLOGIK YANGILIKLAR

Qanoatova Nazokat Sotivoldi qizi

“University of economics and pedagogy “NOTM

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

Hasanova Kamola Abdulatif qizi

Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 05-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486924

Annotatsiya.

ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan

bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida
yozmoqchiman. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i,
qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Kalit so‘zlar:

ma’nodosh so‘zlar, grammatika, uslubiyat, til ifodaliligi, atama, predmet,

didaktik material.

Аннотация:

В данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях,

которые использовал в своей педагогической практике, связанных с произношением и
написанием синонимичных слов. Синонимы отличаются друг от друга
дополнительными оттенками значений, эмоциональной окраской и особенностями
употребления.

Ключевые слова:

синонимы, грамматика, стилистика, выразительность речи,

термин, предмет, дидактический материал.

Annotation (in English):

In this article, I intend to describe the pedagogical technologies I have used in my

teaching practice related to the pronunciation and spelling of synonymous words. Synonyms
differ from each other in terms of additional semantic nuances, emotional coloring, and usage
features.

Keywords:

synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term, subject,

didactic material.


Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini

tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan
ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan
so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda
katta bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. yirik kam ishlatiladi. gigant kitobiy uslubga xos
bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo‘llanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi,
shuning uchun bunday so‘zlar bilan ishlash juda muhim. kishi lug‘atida sinonimlar qancha
ko‘p bo‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. o‘zbek tili - sinonimlarga boy til. ,,o‘zbek tili
sinonimlarining izohli lug‘ati» da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining 13 ta sinonimi berilgan.
Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar
haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash
elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi:

o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish

mumkinligini tushuntirishga, 2 -3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2 - 3 sinonimini topib
aytishga o‘rgatiladi.


background image

23

Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. Bunda bir so‘z turkumiga oid ikki sinonimik

qatordagi so‘zlar ichiga bir-ikkita boshqa so‘z kiritib beriladi. o‘quvchilar sinonimlarni ikki
guruhga ajratib aytadilar.

Buning uchun so‘zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat,

mamlakat, murod, yurt.

2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. o‘qituvchi otni o‘tganda osmon, sifatni o‘tganda

mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi. o‘quvchilar bu so‘zlarga sinonim
tanlaydilar:

osmon - ko‘k, samo, falak; mazali - lazzotli, laziz, totli; ko‘nikmoq - o‘rganmoq,

odatlanmoq, odat qilmoq.

3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. o‘quvchilar

sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning qo‘llanilishidagi farqni tushuntiradilar.

4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun sinonim so‘zlar

qatori qavs ichida beriladi, o‘quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko‘chiradi:
Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. oltin (o‘t, olov,
alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar. 5. Sinonim
so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun
to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. o‘qituvchi
shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi.

Masalan, chiroyli. o‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni katakchalardan

topib aytadilar: go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so‘zlar qatori bilan so‘z birikmasi
tuzadilar:

chiroyli shahar, go‘zal manzara, sohibjamol malika va hokazo. So‘zlarning ma’nosini

tushuntirish o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini o‘stiradi. Boshlang‘ich sinflarda
o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi.
atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab
olishga yordam beradi.

Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o‘quvchilar predmet keng

ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib
oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan
o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak.

Buning uchun o‘qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi

lozim bo‘lgan so‘zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o‘rnida
tushuntirishni belgilab oladi. O‘qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar
ma’nosini bilmaydigan ayrim so‘zlar matnni o‘qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o‘qish
jarayonida so‘z ma’nosini tushuntirishga chek qo‘yish kerak. agar biror so‘zni matnni o‘qish
vaqtida tushuntirish zaruriyati tug‘ilsa, matn mazmunidan o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmagan
holda shu so‘z ma’nosi qisqacha tushuntiriladi. ko‘chma ma’noda ishlatilgan obrazli so‘zlar va
badiiy nutq birliklari matn o‘qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn
mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. ayniqsa, masallar o‘qilganda, undagi allegorik,
ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni asarni o‘qishdan oldin yoki o‘qish jarayonida
tushuntirib bo‘lmaydi. ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga


background image

24

tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan
foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning Grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini
o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir,
ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga
erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. lug‘at
ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy
maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish,
o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida
qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli
tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus
ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda leksik birliklar, xususan, ma’nodosh so‘zlarning
o‘rni beqiyosdir. Ma’nodosh so‘zlar bilan ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, nutq
aniqligi va ifoda tiniqligi, stilistik sezuvchanlik kabi muhim til ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Shuning uchun ham ularni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar yangilanib,
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida boyitilmoqda.

An’anaviy yondashuvlar faqat so‘z yodlashga asoslangan bo‘lsa, hozirgi metodik

yangiliklar o‘quvchini faol ishtirokchiga aylantiradi. O‘qituvchining asosiy vazifasi –
o‘quvchini mustaqil izlanishga, fikr yuritishga, kontekst asosida to‘g‘ri ma’no ajratishga
o‘rgatishdan iborat bo‘lmoqda. Bunda interfaol metodlar, loyihaviy topshiriqlar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi.

Klaster, “aqliy hujum”, rolli o‘yinlar, matn asosida ishlash kabi usullar yordamida

o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifodalash, o‘rganilgan so‘zlarni real nutq vaziyatida qo‘llashni
o‘rganadilar. Bu orqali ularning nutqiy faolligi, ijodiy fikrlashi va tilni ongli ravishda
o‘zlashtirishi ta’minlanadi.

Yana bir muhim jihat – bu mavzuni o‘rganish orqali o‘quvchilar leksik sinonimiya, ma’no

nozikliklari, stilistik tafovutlar haqida bilimga ega bo‘ladi. Bu esa ularning nutq madaniyati,
adabiy tilga hurmati va estetik didini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, ma’nodosh so‘zlarni o‘qitishdagi metodologik yangiliklar

faqatgina bilim berishga emas, balki o‘quvchini fikrlaydigan, tahlil qiladigan va erkin
ifodalaydigan shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Ona tili darslarida ushbu mavzuni
innovatsion va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish ta’lim sifatini yuksaltiradi va
o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qosimova K. va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2009

2.

G‘ulomov A.va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2012

Библиографические ссылки

Qosimova K. va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2009

G‘ulomov A.va boshqalar. ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2012