139
JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTI TUSHUNCHASI, UNING
MAZMUNI VA MOHIYATI
Agoyev Shukrullo Safarboyevich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Bekturdiyev Jamshidbek Hamrobek og‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15535548
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish instituti, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
Jinoyat, jinoiy javobgarlik, mexanizm, muddat, amnistiya, avf, jinoyat tarkibi, huquqiy
mezon, aqliy mezon.
Аннотация
В статье научно анализируется институт освобождения от уголовной
ответственности в уголовном законодательстве Республики Узбекистан, его
содержание и сущность, формы реализации.
Ключевые слова
Преступление,
уголовная
ответственность,
механизм,
срок,
амнистия,
помилование, состав преступления, правовой критерий, психический критерий.
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan
qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va
qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ana shu vazifalarni amalga oshirish
uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat
ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi
mumkin bo’lgan jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarini belgilaydi17 . Jinoyat kodeksining 10-
moddasiga muvofiq qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs
javobgarlikka tortilishi shart. Shu bilan birga, qonunchilik sodir etilgan jinoyat va uni sodir
etgan shaxsni qonunchilikda belgilangan bir qator holatlar aniqlangan taqdirda jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish shartlari va tartibini ham belgilab berganki, bu shubhasiz jinoyat
qonunchiligining insonparvarlik prinsiping dalolati bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 7-
moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir
etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo’ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak
1
.
Shu o‘rinda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va mohiyatini qilmishning
jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan va shaxsni reabilitatsiya qilish tushunchalaridan
farqlash lozim bo‘ladi. Shaxsni oqlash shuni anglatadiki, unda shaxsning harakatlarida jinoyat
tarkibi mavjud bo‘lmaydi yoki shaxs jinoyatga umuman aloqasi bo‘lmaydi. Shu sababli ushbu
holat shaxsga nisbatan oqlov hukmining chiqishiga asos bo’ladi.
1
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и
инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
140
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar shundan iboratki, shaxsning xatti-
harakatlarida tashqi tarafdan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsada, qilmishning ijtimoiy xavfli,
g‘ayriqonuniy yoki aybli emasligi sababli uning harakatlari jinoyat hisoblanmaydi. Tahlil
etilayotgan javobgarlikdan ozod qilishda esa Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda
tutilgan jinoyat sodir etilgan, tergov hujjatlarini sudda tekshirish natijasida jinoyat sodir
etilganligi fakti va aynan shu shaxs tomonidan sodir etilganligi to‘la isbotlangan bo‘ladi. Lekin
tergov organlari, prokuror va sud tomonidan qonunda belgilangan asoslar mavjudligi
aniqlangan taqdirda jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi
ko‘rib hal etilishi kerak bo’ladi.Jinoyat hisoblanmagan boshqa huquq buzishlarga nisbatan
jinoyat qonunida nazarda tutilgan normalarni qo‘llab javobgarlikdan ozod qilish ham mumkin
emas. Chunki bu yerda faqat jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida gap boradi.
Shuningdek, jinoyat huquqidagi javobgarlikdan ozod etishning jinoyat uchun javobgarlikka
tortishdan yoki jazodan ozod etishdan farq qiluvchi eng muhim xususiyati jinoyat protsessual
huquqining ishni sudga qadar yuritish (surishtiruv yoki dastlabki tergov) bosqichi bilan
bevosita bog‘liq ekanligi hisoblanadi. Chunki jinoiy javobgarlikdan ozod etishning
javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi (64-m.), qilmish yoki shaxs ijtimoiy
xavfliligini yo‘qotgani (65-m.), aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi (66-m.)
sababli javobgarlikdan ozod etish masalasini, ya’ni mazkur asoslar bilan jinoyat ishini tugatish
tergov organi tomonidan ham amalga oshiriladi. Yarashuv (661 -m.), kasallik tufayli
javobgarlikdan ozod qilish (67-m.), amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod etish (68-m.),
surishtiruv yoki tergov organining prokuror orqali yuborilgan iltimosnomasi asosida sud
tomonidan hal etiladi. Shu sababli, bizning fikrimizcha, jinoiy javobgarlikdan ozod etishning
Jinoyat kodeksida aks etgan turlari yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirishda Jinoyat
protsessual kodeksidagi normalar yoki jinoyat-protsessual huquqining ayrim institutlari
mohiyatini qiyosiy tahlil etib, kompleks tarzda chuqur o‘rganishga, eng asosiysi, ilmiy nazariy
va ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan aniq fikr-mulohazalar, xulosa va takliflarni bildirishga
to’gri keladi
2
.
Jinoyat huquqi va jinoyat-protsessual huquqi biri ikkinchisi uchun asos, manba bo‘lib
doimo o‘zaro uyg‘un holatda huquq tizimida joylashgan va alohida-alohida fan sifatida
rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda ko‘pgina olimlar, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jazo
uning oldini olishdagi samarali vosita emasligi haqida fikr bildirib, kishilarni jinoyat sodir
qilishdan tiyib turish uchun asosiy yoki yetakchi o’rin tutishiga shubha bilan qaramoqdalar.
Kelajakda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo’lmagan jazo choralarini amaliyotda
ko‘proq qo‘llash vazifalari nazarda tutilganligi ham ta’kidlab o’tilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-moddasida jinoiy javobgarlikning
muqarrarligi prinsipi xususida so‘z yuritilgan bo’lib, unga ko‘ra, shaxs qonunda belgilangan
tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishi nazarda
tutilgan. Jinoyat kodeksining 64-68, 87, 155, 160, 178, 180, 181, 1811 , 184, 1852 , 188, 189,
190, 211, 212, 223, 2442 , 2444 , 248-moddalarida esa jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan
shaxsning javobgarlik masalasiga nisbatan butunlay boshqacha yo
‘
l tutilib, unda qonunda
belgilab qo
‘
yilgan asos va shartlar bajarilgan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
2
Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество
и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
141
masalasi nazarda tutilgan
3
. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi turli xil yondashuv va
tamoyillar asosida talqin qilinganligi, qonunchiligimizda uning ta’rifi nazarda keltirib
o‘tilmaganligi, qolaversa, ushbu mavzuda keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli
bu tushunchaga barcha olimlar tomonidan umume’tirof etishga joiz bir xil ta’rif va tavsif mavjud
emas. Jinoiy javobgarlikdan ozod etish masalalari yuzasidan chuqur tadqiqot olib borgan
S.G.Kelinaning fikricha, jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish jinoyat
huquqiy munosabatning tugatilganligini anglatadi. Davlat shaxsni javobgarlikdan ozod etish
to‘g‘risida qaror qabul qilgan odil sudlov organlari timsolida sodir etilgan qilmishi uchun
aybdorni jazolash borasidagi o
‘
z huquq va majburiyatlaridan voz kechadi, jinoyat sodir etgan
shaxs esa qonunda nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum bo’lish majburiyatidan hamda sodir
etilgan jinoyat oqibati hisoblangan majburlov choralaridan xalos bo‘ladi. Yana bir guruh
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deganda asosan jinoyat sodir
qilgan shaxsni davlat tomonidan ozodlikdan mahrum etishdan, ya’ni sud tomonidan ayblov
hukmi chiqarishdan ozod kilish tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni
takomillashtirish bo
‘
yicha bir qator takliflarni ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu takliflar quyidagi
asosiy yo
‘
nalishlarni o
‘
z ichiga oladi:
Yoshlarni va ayollarni hisobga olish:
Yoshlar (16-18 yosh) va ayollar (ayniqsa homilador
va bolalari bo'lgan) uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tizimini yanada takomillashtirish
mumkin. Ularga, ayniqsa, yengil jinoiy jinoyatlar uchun, jazo o'rniga rehabilitatsiya va ta’lim
berish tizimini qo‘llashni kengaytirish
.
Salbiy oqibatlarni kamaytirish: Jinoiy xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikdan ozod
qilishda, jinoyatning jiddiyligiga qarab, uni ijtimoiy ishlarga yoki majburiy ta'lim olishga
aylantirishni ko'rib chiqish mumkin.
Reabilitatsiya dasturlari: Jinoyatni sodir etgan shaxslarni reabilitatsiya qilish tizimini
takomillashtirish zarur. Shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning shartlaridan biri
sifatida, ularning jamiyatga qaytishini osonlashtirish uchun ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini
joriy etish
4
.
Tarbiyaviy va psixologik yordam: Jinoyat sodir etgan shaxslarni psixologik va tarbiyaviy
yordam bilan ta'minlash. Ularni jinoiy faoliyatdan uzoqlashtirish uchun o'qitish va
maslahatchilik xizmatlarini taqdim etish.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning shartlarini kengaytirish: Jinoiy javobgarlikdan ozod
qilishni faqat jinoiy xatti-harakatlar yengil bo‘lgan holatlarda emas, balki jinoyatchilikni qayta
sodir etmaslik va jamiyatga foydali bo'lishni ta'minlaydigan shaxslar uchun ham ko'rib chiqish
mumkin.
Yengil jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilish: Yengil jinoyatlar uchun jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, birinchi marta jinoyat sodir
etgan va jinoiy faoliyatni davom ettirmagan shaxslar uchun.
3
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
4
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини
кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
142
Ixtiyoriy afv qilish tartiblarini kengaytirish: Ixtiyoriy afv qilish (amnistiya yoki avf)
imkoniyatlarini kengaytirish. Bu, ayniqsa, yengil jinoyatlar uchun, agar jinoyatchi kelajakda
jamiyatga foydali bo'lib qolishini isbotlasa, qo'llanilishi mumkin
5
.
Qonunlarni yangilash: Jinoyatlarni takrorlamaslik va jinoyatchilarni ijtimoiylashtirish
maqsadida qonunchilikda o'zgarishlarni amalga oshirish. Ayniqsa, huquqiy yordam va
advokatlik xizmatlarining yaxshilanishi, jinoyatga iloji boricha munosib va adolatli javob berish
tizimini shakllantirish zarur
6
.
Majburiy ish va ijtimoiy xizmatlar: Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning bir shakli sifatida
majburiy ishlarni yoki ijtimoiy xizmatlarni joriy etish. Bu usul, jinoyat sodir etgan shaxsni
jamiyatga qaytarish va ularga ijtimoiy foyda keltirishga yordam beradi
7
.
Aholi orasida huquqiy madaniyatni oshirish: Jinoyatni sodir etgan shaxslarni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilishdan oldin, huquqiy madaniyatni oshirish va jinoiy javobgarlikni
tushuntirish uchun ommaviy targ‘ibotlar tashkil etish. Bu orqali fuqarolarda huquqiy ongni
shakllantirish mumkin
8
.
Ushbu takliflar O‘zbekistonning jinoiy qonunchiligini zamonaviy talablar asosida
takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin. Buning uchun esa qonunchilikdagi o‘zgarishlarni
jamoatchilik fikrini hisobga olib amalga oshirish muhimdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2024-y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. // O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2024-y.
3.
O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2024-y.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. TDYU, 2010-y.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar. TDYU, 2014-y.
6.
Jinoyat huquqi darslik. TDYU, hammualiflar jamoasi, 2019-y.
7.
Jinoyat huquqi darslik. JXU, hammualiflar jamoasi, 2021-y.
8.
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном
процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
9.
Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и
следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
10.
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
5
Усманалиев Н. Процессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари
//problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
6
Хушвактова Н.А. Prospects for ensuring the safety of public memberships in criminal proceedings// An International
German Journal World Bulletin of Management and Law (WBML) (ISSN (E) – 2749-3601) Published: Volume-12, July-
2022 | Pages: 207-209 (Journal Impact Factor: 7.424) (12.00.00).
7
Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических
средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S.
– С. 267-277.
8
Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатишнинг генезиси, унинг ўзига хос хусусиятлари
//Eurasian Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-2. – С. 116-128.
143
11.
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп
моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
12.
Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,
хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
13.
Хушвактова Н.А. The Improvement Of Exploiting Public Assistance In Investigator`S
Crime Prevention Activities // The American Journal of Political Science Law and Criminology
(ISSN
–
2693-0803)
Published:
March
30,
2021
|
Pages:
55-59
https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume03Issue03-09 (Impact Factor SJIF 2020: 5. 453)
(12.00.00).
14.
Хушвактова Н.А. Prospects for ensuring the safety of public memberships in criminal
proceedings// An International German Journal World Bulletin of Management and Law
(WBML) (ISSN (E) – 2749-3601) Published: Volume-12, July-2022 | Pages: 207-209 (Journal
Impact Factor: 7.424) (12.00.00).
15.
Усманалиев
Н.
Процессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //problems and solutions of scientific and innovative
research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
16.
Усманалиев
Н.
Процессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //problems and solutions of scientific and innovative
research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
17.
Аширбоев А. Ислом ҳуқуқи таъсири кучли давлатларда суриштирув ва дастлабки
терговни тўхтатиш институтининг ўзига хос хусусиятлари //Наука и технология в
современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 35-38.
18.
Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатишнинг генезиси,
унинг ўзига хос хусусиятлари //Eurasian Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №.
5-2. – С. 116-128.