T.VULF BADIIY PROZASIDA MUALLIFNING USLUBIY O‘ZIGA XOSLIGI

Abstract

XX asr Amerika modern hikoyachiligida  ko‘plab diqqatga sazovor, tematik ko‘lamdor, shaklan maftunkor, haqqoniy tasvirga ega asarlar yaratildiki, bunda ko‘plab nosirlar qatorida T. Vulfning alohida hissasi mavjud. Ushbu maqolada biz yozuvchi T.Vulfning asar yaratishdagi nasriy individualligi, metodik spesifikasi hamda uslub ko’lamdorligi haqida fikr yuritamiz.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
65-68
18

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ganiyeva, O. (2024). T.VULF BADIIY PROZASIDA MUALLIFNING USLUBIY O‘ZIGA XOSLIGI. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(14), 65–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62880
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

XX asr Amerika modern hikoyachiligida  ko‘plab diqqatga sazovor, tematik ko‘lamdor, shaklan maftunkor, haqqoniy tasvirga ega asarlar yaratildiki, bunda ko‘plab nosirlar qatorida T. Vulfning alohida hissasi mavjud. Ushbu maqolada biz yozuvchi T.Vulfning asar yaratishdagi nasriy individualligi, metodik spesifikasi hamda uslub ko’lamdorligi haqida fikr yuritamiz.


background image

65

T.VULF BADIIY PROZASIDA MUALLIFNING USLUBIY O‘ZIGA XOSLIGI

O.X.Ganiyeva

f.f.f.d., dotsent

Buxoro davlat universiteti

o.x.ganieva@buxdu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14500012

Annotatsiya:

XX asr Amerika modern hikoyachiligida ko‘plab diqqatga sazovor, tematik

ko‘lamdor, shaklan maftunkor, haqqoniy tasvirga ega asarlar yaratildiki, bunda ko‘plab
nosirlar qatorida T. Vulfning alohida hissasi mavjud. Ushbu maqolada biz yozuvchi T.Vulfning
asar yaratishdagi nasriy individualligi, metodik spesifikasi hamda uslub ko’lamdorligi haqida
fikr yuritamiz.

Kalit so‘zlar:

Ichki konflikt, badiiy shakl, duallik, syujet, mavzu ko’lami, tasviriy ifoda,

bosh g’oya, satiric xususiyat.

Azaldan har bir muallif ijodi o‘ziga xoslik kasb etishi adabiyotshunoslikda bot-bot qayd

etiladi. Tabiiyki, har qanday so‘z namunasining asosiy uch xususiyati borligi – asar mazmuni,
mavzuiy ko‘lami; yozuvchi mahoratining unda aks etishi; ijodkorning uni qay darajada his
etib, voqelikning real badiiy ifodasi – shu omillarni ta’minlab berishi manbalarda
ta’kidlanadi

1

. T. Vulf kichik nasri XX asr AQSH modern adabiyotida o‘zining salmoqdorligi

hamda mazmundorligi bilan ajralib turadi. Nosir ijodi davomida qirqga yaqin hikoyalarini o‘n
besh nomdagi turli jurnallarda nashr ettirib, mazkur namunalarda hukmron muhitga daxldor
voqelikni psixologik-falsafiy rakursdan tasvirlay oldi. T. Vulf asarlari modernizm an’analarini
davom ettirib, hikoyalarida personajlarning zohiriy hamda botiniy tadqiqiga birdek e’tibor
qaratilgani, falsafiy mushohadaga chorlash, turli tasviriy vositalar orqali mavjud voqelikga
muallifning subyektiv munosabatini bildirishi, spetsifik poetik ifoda namoyon eta olishi
diqqatga sazovor.

T. Vulf 1900-yilda AQSHning Eshvil (Ashville), Shimoliy Karolina shtatida tug‘ilib,

asarlarida ko‘pincha avtobiografik yondashuv ustuvorligi kuzatiladi. Asosan nasrda barakali
qalam tebratgan yozuvchi garchi qisqa umr kechirgan bo‘lsa ham, to‘rt yirik hajmli roman,
ikkita hikoyalar to‘plami hamda adabiyotshunoslikga oid essesi bilan XX asr AQSH nasrida
inson ruhiy olamiga teran kirib bora olgan, inson dilining qatlamlarini ro‘yi-rost ifodalay
bilgani bilan mustahkam mavqega ega bo‘ldi.

T. Vulf “

Men nihoyat o‘z Amerikamni kashf qildim... Va men bu hayotni, bu yo‘lni, bu

dunyoni va bu Amerikaning o‘z tasavvurimdagi manzarasini eng yuqori darajada, qo‘limdan
kelganicha, ammo o‘zimga sodiq, halol va maqsadning beg‘ubor sofligi bilan amalga
oshiraman

2

, deya e’tirof etadi. T. Vulf umri davomida o‘zi bilgan olam, uni o‘rab turgan

ijtimoiy hamda tabiiy muhit tasvirida sobit turdi, hayotiy konsepsiyasiga sodiqligini saqlagani
holda badiiy ifodada real kartina yaratdi. Ruhiy zarbalar, ayriliq hamda turli sinovlar bilan
o‘tgan bolaligi, o‘smirlik yillaridagi yolg‘izlik, halovatsiz kunlar ta’siri, yozuvchi bo‘lib
shakllanishida duch kelgan mashaqqatli va suronli davri adib ijodining badiiy quvvatini
ta’minladi

3

.

H. Holman “Thomas Wolfe” sarlavhali ixcham risolasida yozuvchi ijodi, uning ijodiy

1

Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010. – B. 179.

2

Holman H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 6.

3

Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.: Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 72.


background image

66

individual qirralari, mazkur poetik tendensiyalar ro‘yobida ahamiyat kasb etgan omillar
haqida so‘zlab, nosirni ajratib turuvchi xususiyat uning “hayotning g‘alati va achchiq
mo‘jizasi” (“

the strange and bitter miracle of life”

4

)ga qarshi kurashgani, unga nisbatan nafrat

va g‘azabini ifodalaganini ta’kidlaydi. Ijodiy yo‘li davomida muallif hamma narsada duallik
mavjudligi, bu ikkilikda qarama-qarshi ikki tomon borligi, inkor qiluvchi jihat ochilmaguncha
har qanday masala o‘z yechimiga ega bo‘lmasligini asarlarida isbotlashga urindi.

T. Vulfning kichik nasri sanoqli adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgani e’tiborni

tortadi. H. Holmanning muxtasar risolasi 1960-yilda nashr qilingach, unda yozuvchi ijodi
xususida umumiy chizgilar keltiriladi, ammo aynan T. Vulf hikoyalari poetik jihatlari
monografik tafqiqot sifatida 1979-yilda J. D. Boyer hamda P. D. Uotkins, 1991-yilda J. M. Bentz
tomonidan amalga oshirildi. Ijodkorning kichik nasriga nisbatan kamroq munosabat
bildirilgani uning hikoyalari ilk marta o‘limidan so‘ng 1987-yilda to‘plam shaklida nashrdan
chiqgani, unga kiritilgan o‘ttiz beshta hikoya ilgari hech qayerda e’lon qilinmagani bilan
bog‘liq. Mazkur faslda T.Vulf hikoyalarida aynan qahramon gavdalantirilishida muallif
mahorati, hikoyaviy ifodada personajlarning roli, modern hikoyachilikga xos jihatlar hamda
yozuvchining bevosita hamda bilvosita xarakter yaratishda o‘ziga xos uslubini “Return”
hamda “No Cure for it” hikoyalari misolida yaxlit bir tizim sifatida ochib berishga harakat
qilamiz.

T. Vulf kichik nasri batafsil tadqiq qilingan ilk monografik ishlardan biri “Tomas Vulf

kichik nasri” mavzusida bo‘lib, mazkur tadqiqot J. D. Boyer tomonidan 1979-yil amalga
oshirilgan. Adabiyotshunos T. Vulf hikoyalarini uch davrga bo‘lib o‘rganadi, ularni

dastlabki

hikoyalar (early stories)

(1932-1934),

o‘rta davr (middle period)

(1935-1936),

so‘nggi

davr (final period)

(1937-1938) kabi bosqichlarga ajratgan holda tahlilga tortadi

5

. 1979-yil

kuziga kelib T. Vuf hikoyachiligi yana bir tadqiqotda tahlil qilindi, P. D. Uotkins “Tomas Vulf
hikoyalari” dissertasiyasida muallifning hikoyanavis sifatida shakllanishida ruhlantirgan
omillar, yozuvchining kichik nasriy namunalarini san’at darajasiga ko‘tarishi, 1929-yildan
1935-yil mart oyiga qadar yozilgan

dastlabki hikoyalar

i (

early stories

)

, 1935-yil aprelidan

so‘ng yaratilgan

o‘rta davr hikoyalari

(

middle stories

)

, 1936-yil oktyabrdan 1938-yil

yanvargacha ijod qilingan

yakuniy hikoyalar

(

late stories

)

, 1939-yildan 1966-yilgacha

davom etgan davrda nashr qilingan adib

vafotidan keyin nashr qilingan hikoyalar

(

posthumous stories

)

kabi bosqichlarga bo‘lib o‘rganishi alohida e’tirofga loyiq

6

.

T. Vulf o‘ttiz sakkiz yil umr ko‘rdi, bu qisqa davr u qadar oson kechmadi, bu jarayon

uning hayotida sezilarli ta’sir o‘tkazib, yozuvchi sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Ilk
hikoyasi 1932-yildan nashr qilingan bo‘lsa ham, 1938-yilda vafot etgan muallif kichik ijod
namunalari ancha vaqt o‘tib, to‘plam shaklida dunyo yuzini ko‘rdi. Hayotligida adib hikoyalari
o‘n besh turdagi nashrlarda e’lon qilinib, mazkur bosqich T. Vulf uchun tajriba davri bo‘ldi,
deya bemalol aytish mumkin. Zotan manbalarda talabalik davrida yozilgan hikoyalari
unchalik badiiy jihatdan pishiq emasligi, keyinchalik jurnalda chop etish bo‘yicha ijodkor bilan
maxsus ishlagan tahrirchi Elizabet Nouellning ta’siri natijasida mustahkam badiiy shaklga va

4

Holman H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 5.

5

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of the Requirements for the Degree of

Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.

6

Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of English submitted in partial

fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy at New York University, 1979. – P. 335.


background image

67

mazmunga ega asarlar yaratgani e’tirof etiladi

7

.

T. Vulfning dastlabki hikoyalari 1932-1934 yillarda chop ettilib, bu kichik nasriy asarlar

hajman salmoqdorligi, asosiy mavzularni yoritishga xizmat qiladigan lirik chekinishlar va
nuqtai nazarlar ustunligi, ichki konfliktga qaraganda ko‘proq mannerizmga asoslangan
xarakterlash uslubiga egaligi, bir-biriga qat’iy bog‘lanmagan, ammo umumiy mavzu yoki bir
roviy orqali birlashadigan erkin syujetlar asosida yaratilgani e’tiborni tortadi.

T. Vulf nasrida bir jihat kuzatiladiki, bu uning ijodi ibtidosida yaratgan asarlarining

ba’zilari keyinchalik romanlarining ma’lum qismlari tariqasida katta bir bo‘lakning bir
parchasiga aylandi, biroq “I Have a Thing to Tell you”, “Child by Tiger”, “The Lost Boy”,
“Chickamauga”, “The Prologue” hikoyalari bundan mustasno. Bu davr hikoyalarida yetakchi
mavzulardan biri vaqt, vaqt qadri orqali hayot mazmunini anglash bo‘lib, bu tematik
yondashuv yozuvchi kichik nasrida so‘nggi hikoyalariga qadar ustuvor mavzulardan biri bo‘lib
qolaverdi. Muallif kichik nasriy namunalarida vaqt mavzusi badiiy talqinida favvora, daryo,
ko‘l singari suv obyektlari tasvirlari yordamida ta’sirchan kartinalardan mohirona foydalandi.
Bunda T. Vulf vaqt va suv har ikkisi bir joyda to‘xtab turmasligi, ularga shiddatkorlik bilan
siljish xosligi, hayot shafqatsiz, undagi har bir daqiqa qadrli va u qaytarilmasligini ifodaladi.

T. Vulf ijodining dastlabki bosqichida yaratilgan hikoyalar hajman uzunligi, asosan

muallifning lirik tasviriy ifodalar keltirishi, bosh g‘oya ifodasi uchun keng tabiat tasvirlari
keltirilishi kuzatiladi. Muallif ijodining debochasida yaratgan hikoyalarida xarakterlari hamda
obrazlarini dramatic emas, balki ko‘proq statik xususiyatga egaligi oydinlashadi, ularning har
biri badiiy-estetik vazifa tashib, chuqur falsafiy mohiyat kasb etadi. Odatda bu xislat
hikoyalarning umumiy syujet harakatiga ko‘rsatmaydi, ammo yakunda g‘oyaviy maqsadni
amalga oshishida muhim rol o‘ynaydi. T. Vulf kichik nasrining spetsifik jihati ham an’anaviy
syujet tuzilishi yoki xarakterlar orasida kechadigan konfliktga boy usulda emas, balki
hayotimizda kundalik uchraydigan shaxsiy muammolar va ziddiyatlar tasviriga bag‘ishlandi.
Bunda biz umidvor yosh o‘spirin, keksalik davriga kelib taslim bo‘lgan qariya, sarson-
sargardonlikda umrguzaronlik qilgan behalovat insonlar obrazlarini ko‘ramiz. Xulosa o’rnida
aytish mumkinki, T.Vulf ijod dunyosida takrorlanmas o’ziga xos badiiy uslubga egaligi
yozuvchi asarlarini haqiqiy va umrboqiy merosga aylantirdi. Uning hikoyalarida muallif goh
o’zi ko’rgan, boshidan kechirgan hodisalarni real tarzda namoyon etsa, goh his etgan, ayni
asar yozilayotgan vaqtda tuygan pafoslarni psixologik yondashuv orqali tadbiq etadi. Bu
ajoyib yozuv metodi T.Vulfni ayni zamondosh modernist yozuvchilar orasida o’ziga xos tasvir
individualligi bilan ajratib turadi.

References:

1.

Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010.

– B. 179.
2.

Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to

the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of
Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.
3.

Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.

7

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of the Requirements for the

Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. iii.


background image

68

4.

Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.:

Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.
5.

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of

the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.
6.

The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier

Books, 1989. –P. 660.
7.

Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of

English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of
Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.

References

Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010. – B. 179.

Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.

Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.

Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.: Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.

The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 660.

Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.