SODDA GAPLARNING AJRATILGAN BO‘LAKLAR VOSITASIDA SHAKLIY-MAZMUNIY MURAKKABLASHUVI

Аннотация

sodda gaplar ham mazmunan, ham shaklan murakkablashgan gaplar bo‘lib turli vositalar yordamida murakkablashadi. Ushbu maqolada ajratilgan bo‘laklar yordamida murakkablashgan sodda gaplarning xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
80-82
35

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nurillayeva, S. . (2024). SODDA GAPLARNING AJRATILGAN BO‘LAKLAR VOSITASIDA SHAKLIY-MAZMUNIY MURAKKABLASHUVI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 80–82. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62876
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

sodda gaplar ham mazmunan, ham shaklan murakkablashgan gaplar bo‘lib turli vositalar yordamida murakkablashadi. Ushbu maqolada ajratilgan bo‘laklar yordamida murakkablashgan sodda gaplarning xususiyatlari haqida so‘z boradi.


background image

80

SODDA GAPLARNING AJRATILGAN BO‘LAKLAR VOSITASIDA SHAKLIY-

MAZMUNIY MURAKKABLASHUVI

Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523150

Annotatsiya:

sodda gaplar ham mazmunan, ham shaklan murakkablashgan gaplar

bo‘lib turli vositalar yordamida murakkablashadi.

Ushbu maqolada ajratilgan bo‘laklar

yordamida murakkablashgan sodda gaplarning xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

murakkablashgan gap, shakliy murakkablashuv, mazmuniy

murakkablashuv, ajratilgan hol, ajratilgan izohlovchi, gap urg’usi.

ПРАГМАТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОСЛОЖНЁННО- ПРОСТЫХ

ПРЕДЛОЖЕНИЙ С ДЕЕПРИЧАСТНЫМИ ОБОРОТАМИ

Аннотация:

Простые предложения - это как по содержанию, так и по форме

сложные предложения, которые усложняются различными способами. В этой статье
будут проанализированы особенности осложнённо- простых предложений,
осложненных с помощью обособленные части речи.

Ключевые слова:

осложнённое предложение, формальная сложность,

содержательная сложность, обособленное обстоятельство, обособленное дополнение,
ударение в предложении .

O‘zbek tilshunosligida murakkablashgan sodda gaplar masalasini ilk bor

G’.Abdurahmonov ilmiy yoritib bergan. Ajratilgan bo‘laklar, undalmalar va kirishlar ishtirok
etgan sodda gaplar murakkablashgan sodda gaplar sifatida o‘rganildi. Olim ajratilgan fe’lli
o‘ramlar, maxsus ko‘makchili qurilmalar, ajratilgan sifatlovchilar va izohlarni gapning
ajratilgan bo‘laklariga kiritgan. Rus tadqiqotchisi N.Patroyeva ajratilgan bo‘laklar va
o‘xshatishli qurilmalar shakliy-mazmuniy murakkablashuvga xizmat qilishini qayd etadi.

Ajratilgan bo‘lakli murakkablashgan sodda gaplarda gap urg’usi ajratilgan bo‘lakka

tushadi. Gap tarkibidagi barcha bo‘laklar ajratilishi mumkin. Ham vositasiz, ham vositali
to‘ldiruvchilar ajratilgan bo‘lak vazifasida kela oladi. Quyidagi gapdagi ajratilgan bo‘lak
vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelganligi bois ajratilgan to‘ldiruvchi hisoblanadi.

Eng kattasini, ko‘k ranglisini ot ninachi deymiz. Isajon Sulton.Onaizorim.Qissa.4-b.

Ushbu

gapda eng katta ninachini ot ninachi deb nomlaganliklari haqidagi ma’lumot dastlabki axborot
hisoblansa, uning ko‘k rangda ekanligi belgiga yanada aniqlik kiritib, qo’shimcha axborot
berishga xizmat qilgan.

Quyidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar (To‘rtko‘z bilan Zulukka) belgisiz qo‘llangan vositali

to‘ldiruvchi (qolgan itlar(ga)ni aniqlab, izohlab kelgan. Gapdan anglashiladigan dastlabki
axborot “qolgan itlarga suruvni yonlab yurishgina qolishi” bo‘lsa, o’sha itlarning To‘rtko‘z
hamda Zuluk deb nomlanishi qo‘shimcha yangi ma’lumotni ifodalagan:

Qolgan itlar – To‘rtko‘z

bilan Zulukka suruvni yonlab yurishgina qolardi. Normurod Norqobilov. Adadsiz azob. Qissa.
148-b.

Quyidagi gapda ajratilgan bo‘laklar(ertalab uyg’onish-u kechqurun boshni bolishga

qo‘yish) belgisiz qo‘llangan qaratqich aniqlovchi(tirik yurishning)ni izohlab kelgan. Bunda


background image

81

ajratilgan bo‘laklar gapning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklab, uni ham shaklan, ham
mazmunan murakkablashtirganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Axir, faqat ishq tuyg’usigina

tiriklikni, tirik yurish – ertalab uyg’onish-u kechqurun boshni bolishga qo‘yish zahmatini oqlaydi.
Ulug’bek Hamdam. Sabo va Samandar.Roman.Toshkent. “O‘zbekiston”. 2011-y.6-b.

Asosan, o‘rin va payt holi ajratilgan hol vazifasida kela oladi.

Ra’no o‘sha daraxtzorning boshlanish joyida, oy yorug‘i chang kabi yog‘dulangan ingichka

so‘qmoq boshida turganmish. Isajon Sulton.Onaizorim. Qissa.56-b

Ushbu gapdagi ajratilgan bo‘lak (oy yorug’i chang kabi yog’dulangan ingichka so‘qmoq

boshida) o‘rin holi(daraxtzorning boshlanish joyida)ni aniqlash, izohlashga xizmat qilgani
uchun ajratilgan hol sifatida tahlil qilinadi. Gapda berilayotgan asosiy ma’lumot Ra’noning
daraxtzorning boshlanish joyida turganligi bo‘lsa, oy yorug’i chang kabi yog’dulangan ingichka
so‘qmoq boshi daraxtzorning boshlanishi ekanligi qo‘shimcha yangi ma’lumot berishga xizmat
qilgan hamda sodda gapning shakliy- mazmuniy murakkablashuvini ta’minlagan.

Ajratilgan bo‘lakni ergashtirib kelgan bo‘lak gapda qanday sintaktik vazifani bajarsa,

ajratilgan bo‘lak ham shunday vazifada keladi. Quyidagi gapda mantiqiy urg’uning ajratilgan
kesimga tushganligi ta’kid ma’nosini kuchaytirishga xizmat qilgan:

Ehtimol, javob aynan shu

yerda – sukutdadir, muttasil javobsizlikdadir. Ulug’bek Hamdam. Sabo va Samandar. Roman.
Toshkent. “O‘zbekiston”. 2011-y.5-b

. Ushbu gapda kesim vazifasidagi o’rin ravishi( shu

yerda)ning ma’nosini uyushiq holdagi ajratilgan bo‘lak (sukutdadir, muttasil javobsizlikdadir)
izohlab kelgan.

Quyidagi gapda ham uyushiq holdagi ajratilgan kesim gapdan anglashilgan asosiy

mazmun – muallif tan olayotgan dardning qanday dard ekanligiga aniqlik kiritishga xizmat
qilgan:

Bu yog’i endi eski dard – tanballik, hafsalasizlik. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar

mamlakati. Qissa.5-b.

Anovi orolliklar-u manovi olazarak bashang zanjidan boshqa yana ikki kishigina qolgan:

men-u tovarish Baxtiyor. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b.

O‘zbekiston bayrog’ining o‘sha kezlarda endigina chiqqan mitti tasviri – значок. Erkin

A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 1-b.

Bu yerda ham o‘zlarini shunday tutishadi – ozod, erkin. Erkin A’zam.Chapaklar va

chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b.

Ajratilgan ega – eganing soyasi o‘laroq, u ifodalagan so‘zlovchi uchun biroz noaniq

bo‘lgan ma’lumotni aniqlashtirish uchun xizmat qiladi. Quyidagi murakkablashgan sodda
gapda ifodalangan asosiy axborot so‘zlovchi aytayotgan manzilda “anovi orolliklar-u manovi
olazarak bashing zanjidan boshqa yana ikki kishigina qolgan”ligi haqida bo‘lsa, ajratilgan
bo‘lak o‘sha ikki kishining kim ekanligini aniqlab keladi: “men-u tovarish Baxtiyor”.

Anovi orolliklar-u manovi olazarak bashang zanjidan boshqa yana ikki kishigina qolgan:

men-u tovarish Baxtiyor. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b.

Quyida ajratilgan eganing ega vazifasida kelgan kishilik olmoshini izohlashga xizmat

qilganiga guvoh bo‘lamiz:

Qaysi mamlakatga safar qilmoq foydali-yu, qaysisi zararli ekanini siz

– diplomatlar yaxshi bilasiz. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 4-b

Ajratilgan aniqlovchi sifatlovchini sifatlanmishdan keyinga o‘tkazish yoki aniqlovchini

izohlash orqali hosil qilinadi.

Bu o‘sha – suyagi buzuq ulkan bo‘ri edi. Normurod Norqobilov.

Oqbo‘yin.Qissa. 49-b.

Ushbu murakkablashgan sodda gapda ifodalangan bosh axborot – bu

o‘sha bo‘ri ekanligi haqida bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak bo‘rining qandayligi: “suyagi buzuq ulkan


background image

82

bo‘ri” ekanligi haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi.

Xulosa o‘rnida ayta olamizki, gapning barcha bo‘laklari ajratilishi mumkin. Ajratilgan

bo‘lak ishtirok etgan gaplar ham shaklan, ham mazmunan murakkablashadi va
murakkablashgan sodda gaplar sifatida o‘rganiladi.

References:

1.

Ўзбек тилидаги содда гапларда семантик-синтактик асимметрия

– Тошкент:

Ўқитувчи, 1984
2.

Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (Синтаксис). –

Тошкент: Ўқитувчи, 1995.
3.

Нурманова Д. Ўзбек тилида мураккаблашган содда гапларда мўътадиллашув Ilmiy

xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies.
2022. 5(65). 97-104. URL:

https://www.ajhuman.uz/article/871854708498/abstract

4.

Патроева Н. Типы и функции осложняющих конструкций в языке русской поэзии

XVIII-XIX в.в.: Автореф. дисс. док. фил. наук. – Санкт-Петербург. 2005. – 54 с.
5.

Umurzakova

M.

https://www.researchgate.net/publication/352351935_

Communicative_and_pragmatic_functions_of_segmented_structures?_sg%5B0
6.

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1965. –

316 б.

Библиографические ссылки

Ўзбек тилидаги содда гапларда семантик-синтактик асимметрия – Тошкент: Ўқитувчи, 1984

Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (Синтаксис). – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.

Нурманова Д. Ўзбек тилида мураккаблашган содда гапларда мўътадиллашув Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies. 2022. 5(65). 97-104. URL: https://www.ajhuman.uz/article/871854708498/abstract

Патроева Н. Типы и функции осложняющих конструкций в языке русской поэзии XVIII-XIX в.в.: Автореф. дисс. док. фил. наук. – Санкт-Петербург. 2005. – 54 с.

Umurzakova M. https://www.researchgate.net/publication/352351935_ Communicative_and_pragmatic_functions_of_segmented_structures?_sg%5B0

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1965. – 316 б.